fa
Feedback
Pulli Gap

Pulli Gap

رفتن به کانال در Telegram

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام Pulli Gap

کانال Pulli Gap (@pulli_gap) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 31 645 مشترک است و جایگاه 3 823 را در دسته اقتصاد و امور مالی و رتبه 2 505 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 31 645 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 01 سپتامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -734 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -6 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 44.93% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً N/A% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 0 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 0 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 0 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 02 سپتامبر, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته اقتصاد و امور مالی تبدیل کرده‌اند.

31 645
مشترکین
-624 ساعت
-1767 روز
-73430 روز
آرشیو پست ها
Pulli Gap
31 624
Kartadan-kartaga foizsiz pul o'tkazuvchi ilovalar 🚗 Chakana Pay ilovasida — bir oyda 10 mln so‘mgacha 0% 🏦 Alliance Pay ilovasida — bir oyda 10 mln so‘mgacha 0% (Humo kartalari orasida 100 mln so‘mgacha) 🏦 BRB mobile ilovasida — bir oyda 5 mln so‘mgacha 0% 🏦 MKBank Mavrid ilovasida — bir oyda 5 mln so‘mgacha 0% 🏦 SQB Mobile ilovasida — bir oyda 5 mln so‘mgacha 0% 🏦 Anorbank ilovasida — bir oyda 5 mln so‘mgacha 0% (ushbu limit dastlabki ikki oy davomida amal qiladi) 🏦 Hamkor Mobile ilovasida — bir oyda 5 mln so‘mgacha 0% 🏦 Open bank ilovasida — bir oyda 5 mln so‘mgacha 0% ▪️ Sello Pay ilovasida bir oyda 5 mln so‘mgacha 0% 🏦 Davr Mobile 2.0 ilovasida bir oyda 3.5 mln so‘mgacha 0% 🏦 Milliy 2.0 ilovasida bir oyda 3 mln so‘mgacha 0% ➖alif mobi ilovasida bir oyda 1 mln so‘mgacha 0% 💰 Humans ilovasida bir oyda 1 mln so‘mgacha 0% ▫️OQ ilovasida bir oyda 1 mln so‘mgacha 0%. 🏦 TBC Bank‘ning Salom kartasi bilan TBC ilovasida komissiyasiz o‘tkazmalarni amalga oshirish mumkin 💳Ushbu limitlar deyarli barcha bank ilovalari va to‘lov tizimlarida mavjud. Eng muhim jihati — Uzcard yoki Humo kartangiz bo‘lsa kifoya. ❗️Eslatma: ayrim limitlardan oshganda qo‘shimcha komissiya olinishi mumkin. Shu sababli to‘lovlarni belgilangan limit ichida amalga oshirish tavsiya etiladi — shunda ortiqcha xarajat qilmaysiz TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
31 624
🎙 Pulli Gap Talk'ning yangi sonida restorator, "Khanate" restorani asoschisi Faxriddin Atamuratov mehmonimiz bo'ldi. Suhbat davomida biz quyidagilar haqida gaplashdik: 🔹 Restoran ochish uchun kerak bo‘ladigan boshlang‘ich sarmoya 🔹 Ofitsiantlik haqidagi keng tarqalgan stereotiplar 🔹 Kuchli raqobat bo'lgan bozorda qanday ajralib turish mumkinligi 🔹 Xorazm taomlarining o‘ziga xosligi va ularni to‘g‘ri tanishtirish sirlari 💡 Faxriddin Atamuratovning fikricha, ofitsiantlik — “yengilroq kasb” emas. Aksincha, to‘g‘ri ishlatilsa, u katta daromad, katta mas’uliyat va katta madaniyat talab qiladigan soha. 📺 Videoni tomosha qiling, izohlarda fikringizni qoldiring va do‘stlaringiz bilan ulashing: https://youtu.be/SgU-t0Zi110

Pulli Gap
31 624
❓Ekologik stikerlar nima va uni qayerdan olsa bo'ladi? Xabaringiz bor, avtotransportlarning ekologik toifasini aniqlash va ul
Ekologik stikerlar nima va uni qayerdan olsa bo'ladi? Xabaringiz bor, avtotransportlarning ekologik toifasini aniqlash va ularga stiker berish tartibi tasdiqlandi. Bu nima degani? Endi mashinangizning ekologik holati rasmiy mezonlar asosida baholanadi va natijaga qarab “yashil”, “sariq” yoki “qizil” stiker beriladi. Eng qulay tomoni — bularning barchasini my.gov.uz orqali ham olish mumkin. 🚘 Mashina qanday mezonlarga ko‘ra baholanadi? Ekologik toifa — bu avtomobilingizning qanchalik “toza” yoki “iflos” ekanini bildiruvchi daraja. Nizomga ko‘ra: 🔹 Benzin, LPG, CNG (gaz)da yuradigan mashinalar: Yevro-2 va yuqori — “toza” Yevro-0, Yevro-1 — “o‘rta” 🔹 Dizel mashinalar: Yevro-4 va yuqori — “toza” Yevro-3 — “o‘rta” Yevro-0, 1, 2 — “zararli” 🔹 Gibridlar, muqobil yoqilg‘i va 3 yildan kichik mashinalar: Doim “toza” toifaga kiradi. 😊Stickerlarni kim beradi? Ro‘yxatdan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda ekologik stikerlar Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlarida ekologik operatorlar tomonidan beriladi. 💡Stickerlar uch xil rangda bo'ladi: 🟢 Yashil — toza 🟡 Sariq — o‘rta 🔴 Qizil — zararli Eng muhimi — stikerlar muddatsiz, ya’ni bir marta olasiz, tamom. 🖥 Qanday olish mumkin? Stiker olish uchun: IIV YHX xizmatining rasmiy saytiga yoki my.gov.uz (YIDXP) ga kirib ariza topshirasiz. Arizangiz mezonlarga mos bo‘lsa, mashinangizga tegishli ekologik stiker tayyorlab beriladi. Yangi tartib bilan avtomobillarni ekologik nazoratga moslashtirish orqali shahar havosi yanada toza bo‘lishi kutilmoqda. Postni barcha mashina haydaydigan tanishlaringizga yuborib qo'ying 🙃 TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
31 624
1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi? 😊Pulli Gap O'zbekistonda 1-dekabrdan kuchga kiradigan yangiliklar va qonunchilikdagi o'zgaris
1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi? 😊Pulli Gap O'zbekistonda 1-dekabrdan kuchga kiradigan yangiliklar va qonunchilikdagi o'zgarishlarni bir yerga jamladi. 1️⃣Ai-80 benzini sotuvi toʻxtatiladi Aholini sifatli va ekologik toza yoqilgʻi bilan taʼminlagan holda Ai-80 benzinini avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarida sotishning oldini olish boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatiladi. 2️⃣Iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda yangi tizim joriy etiladi Iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida “iste’molchi — tadbirkor — nodavlat notijorat tashkilotlar — davlat organlari” tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 3️⃣Nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ma’lumotnoma ko‘rsatish talab etilmaydi Idoralararo axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali yana quyidagilar bekor qilinadi: *️⃣nikohlanuvchi shaxslarda FHDY organlari tomonidan nikoh qayd etilganda, tibbiy ko‘rik natijalari taqdim etilganda, shuningdek, nikohdan ajralishda sudning hal qiluv qarori qabul qilinganda; *️⃣respublika hududida notarial tasdiqlangan nikoh shartnomalari asl nusxalarini notariuslar tomonidan ularning nusxasini “Notarius” ATga majburiy yuklash tartibini joriy etish hisobiga. 4️⃣Ekologiya bo‘yicha ma’lumotlar ochiq bo‘ladi O‘zbekiston Atrof-muhitga taalluqli masalalar bo‘yicha axborotdan foydalanish, qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning ishtiroki va odil sudlovga erishish to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilgani munosabati bilan Ekologiya vazirligi atrof tabiiy muhit davlat monitoringi ma’lumotlar bazasining jamoatchilik uchun ochiqligini ta’minlaydi va unga ma’lumotlarni joylashtiradi. 5️⃣Barcha mahallalar – bitta reyestrda 2025-yil 1-noyabrda yakunlangan mahallalar auditi natijasida ular to‘g‘risida to‘plangan ishonchli va dolzarb ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan mahalla fuqarolar yig‘inlarining yagona reyestri 1-dekabrgacha to‘liq ishga tushiriladi. 6️⃣Tadbirkorlarga qo‘shimcha ravishda kafolatlar taqdim etiladi Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan qo‘shimcha ravishda kafolat yoki kafilliklar ayrim shartlarda taqdim etiladi 7️⃣Seysmologik onlayn platforma ishga tushiriladi Platforma quyidagilarni o‘z ichiga oladi: *️⃣ehtimoliy zilzilalarning mintaqaviy akselerogrammalari bazalari; *️⃣ilmiy tahlillar asosida respublika hududlarini seysmik xavflilik darajasi bo‘yicha tasniflashni nazarda tutuvchi umumiy seysmik va batafsil rayonlashtirish xaritalari; *️⃣respublikada mavjud bo‘lgan faol tektonik yoriqlar xaritalari. TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
31 624
💳 Bo‘lib to‘lash rostdan ham qimmatmi? Hech o'ylab ko'rganmisiz, bo'lib to'lash nega qimmatdek tuyiladi? Bu faqat inflyatsiya emas. Bu — risk, vaqt va xizmat xarajatlarining birlashgan narxidir. Do‘kon sizga mahsulotni bugunoq beradi, siz esa keyin to‘laysiz. Shu oraliqda nima bo‘ladi? *️⃣Kimdir to‘lovni kechiktiradi. *️⃣Kimdir umuman to‘lamaydi. *️⃣Tizimning o‘zi ham doimiy xizmat xarajatlarini talab qiladi. ❓ Demak, bo‘lib to‘lash siz uchun xarajatmi yoki imkoniyat? Navbatdagi videoda shu mavzuda batafsil gaplashamiz: https://youtu.be/M79hbvMFE_I?si=JmbzMBGAp2VHOBMR

Pulli Gap
31 624
Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish — bir necha soniyalik ish! Ko‘pchilik hali ham mehnat daftarchasidan ko‘chirma olishni
Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish — bir necha soniyalik ish! Ko‘pchilik hali ham mehnat daftarchasidan ko‘chirma olishni qiyin, navbat kutadigan jarayon deb o‘ylaydi. Aslida esa hammasi bitta telefon va my.gov.uz orqali hal bo‘ladi. 💡 Agar sizga kredit olish, ishga kirish, pensiya hujjatlari, yoki shunchaki rasmiy ma’lumot uchun kerak bo‘lsa — bu xizmat aynan shu vaziyatlar uchun. 📱 Xo'sh, ko'chirma qanday olinadi? 1️⃣ my.gov.uz’ga kirasiz va bosh sahifadan “Bandlik va mehnat” bo‘limini tanlaysiz. 2️⃣ “Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish” xizmatini bosasiz. 3️⃣ Xizmat tavsifi bilan tanishib, davom etasiz. 4️⃣ Ariza ichida sizning shaxsiy identifikatsion raqamingiz avtomatik ravishda chiqadi — hech narsa yozmaysiz. 5️⃣ Faqat tilni tanlaysiz va kichik arifmetik misolga javob berasiz. ✅ “Foydalanish”ni bosgan zahoti, tizim sizning ish faoliyatingiz bo‘yicha rasmiy ko‘chirmangizni shakllantirib beradi. 📥 Va eng zo‘ri — uni darhol yuklab olishingiz, tashkilotlarga yuborishingiz yoki ariza hujjatiga qo‘shishingiz mumkin. Hammasi onlayn, shunchaki tez. Postni barcha yaqinlaringizga yuborib qo'ying 😉 TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
31 624
💸 Har kuni 10 000 so'mdan tejasangiz nimalar bo'ladi? Hamma “ko‘proq pul topish” haqida gapiradi. Lekin ko‘pchilik pulni ush
💸 Har kuni 10 000 so'mdan tejasangiz nimalar bo'ladi? Hamma “ko‘proq pul topish” haqida gapiradi. Lekin ko‘pchilik pulni ushlab qolish — eng qiyin ko‘nikma ekanini unutib qo'yadi. 10 ming so‘m — bu bir nechta pechenye, saqich, bir baklajka kola bo'lishi mumkin. Kun davomida sezilmaydi ham. Ammo mana shu sezilmaydigan narsa — moliyaviy tartibning boshlanishidir. 📌 Tasavvur qiling: Siz bugundan boshlab har kuni 10 000 so‘mni chetga olib qo‘yasiz. Bu ko‘p ham emas, kam ham emas — bitta odat. 1 oy → 300 000 so‘m 6 oy → 1,8 million so‘m 1 yil → 3,6 million so‘m “Bu puldan nima foyda bo‘ladi?” deyishingiz mumkin. Ammo asl savol boshqa: Siz hozir 3,6 million so‘mni birdan hech qanday qiyinchiliksiz topa olasizmi? Agar yo‘q bo‘lsa — demak, bu odat aynan sizga kerak. 💡 Kichkina odat — katta xavfsizlik yostig‘i Hayotda kutilmagan to‘lovlar har doim bor: • telefon buzilishi, • avtomobil remonti, • tibbiy xarajatlar, • sovg‘a, safar, ish uchun zarur bo‘lgan xaridlar… Mana shu “tushunarsiz qayerdandir chiqadigan” to‘lovlar uchun odamlar ko‘pincha qarzga kiradi. Lekin oddiy 10 ming so‘mli odat buni oldini oladi. 🧠 Tejamkorlik — bu qashshoqlik emas. Bu o‘zingni qiynash ham emas. Bu shunchaki: “Men har oy o‘zimga va kelajagimga 300 000 so‘mlik hurmat qilaman” degan fikr. Shu odat sizga quyidagilarni beradi: moliyaviy tartib, nazorat hissi, xavfsizlik, kutilmagan xarajatlarda asabiylashmaslik, sekin-asta boylik hissi. Boylik — katta qadamlardan emas, mayda-mayda odatlarning yig‘indisidan boshlanadi. 🔥 Bugunoq boshlang — atigi 10 ming so‘m bilan. Albatta, bu pul sizni darhol boy qilmaydi. Lekin bir yil o‘tib, ortga qarab: “Ey, men bunga qodir ekanman-ku!” deb aytib qo‘yasiz. Xo'sh, bu odatni boshlaysizmi? TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
31 624
Tasavvur qiling… dunyoda hech qachon urush bo‘lmagan. Hech qayerda portlashlar bo'lmagan. Hech bir ota-onaning ko‘zi yoshga to‘lmagan. Insoniyat faqat mehnat qilgan, yaratuvchanlik qilgan, raqobat qilgan. ❓ Shunaqa dunyoda biz qayerga yetgan bo‘lardik? Videoda shu haqida o‘ylab ko‘ramiz: 🔹 Urushsiz iqtisodiyot — qanaqa bo‘ladi o‘zi? 🔹 Har yili qurollarga ketayotgan pul — agar ilm-fanga, ta’limga, texnologiyaga berilsa, dunyo qay darajada o‘zgaradi? 🔹 “Tinchlik — foyda” degan gap shunchaki shior emasligini qanday isbotlash mumkin? 🔹 Urush bo‘lmasa, pulning qadr-qimmati o‘zi qanday bo‘lardi? ❗️Hozir dunyo qurollanishga ikki trillion dollar sarflayapti. Ikki trillion! Bu pul aslida kimning orzulari, kimning kelajagi hisobidan ketmoqda? Videoda mana shu savolning tagiga yetamiz. 📱 Tomosha qiling: https://youtu.be/pa6pB6ASO0U?si=TGjs4IOXD3BTId9g

Pulli Gap
31 624
⚠️ "Kredit olib beramiz" — yangicha firibgarlik Oxirgi oylar ichida Telegram’da bir xil tipdagi xabarlar ko‘paydi: “Kredit ol
⚠️ "Kredit olib beramiz" — yangicha firibgarlik Oxirgi oylar ichida Telegram’da bir xil tipdagi xabarlar ko‘paydi: “Kredit olib beramiz”, “Past foizli kredit bor”, “Tezkor kredit tasdiqlaymiz”. Shunday turdagi moliyaviy tuzoqlardan qanday himoyalanish mumkin? Bir qaraganda oddiy reklama. Ammo aslida — bu hozirda eng faol rivojlanayotgan firibgarlik sxemalaridan biri. Bugun biz shu mavzuda siz bilan suhbatlashamiz. Avvalo, shu turdagi firibgarlarning 3 asosiy usulini sanab o'tsak: 1️⃣ Kredit olish uchun “komissiya” Firibgar sizdan “ariza topshirish”, “tasdiqlash”, “tezlashtirish” bahonasida 50 000 — 300 000 so‘m so‘raydi. Pulni oladi — yo‘qoladi. Qarabsizki, kredit ham yo'q, pul ham. 2️⃣ Pasport ma’lumotlari va shaxsiy ma'lumotlarni so‘rash “Agar sizga kredit berishmagan bo'lsa, biz sizga olishga yordam beramiz”, deb: pasport rasmini, selfi surat, bank kartasi raqamini so‘rashadi. Bu ma’lumotlar orqali sizning nomingizga kredit olib qo‘yishlari mumkin. 3️⃣ “Bank xodimi”ga o‘xshab gapirish ❗️Firibgarlar bank logotipidan foydalanadi, ovozli xabar yozadi, hatto “shartnoma” yuboradi. Lekin bitta narsa ularni fosh qiladi: bank hech qachon kredit berish uchun oldindan pul so‘ramaydi. 🛡 Bunday firibgarlardan o‘zimni qanday himoya qilaman deb o'ylayapsizmi? Buning uchun oddiygina kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilishingiz kerak: 😊 Hech qachon oldindan pul to‘lamang: bu — firibgarlikning birinchi belgisidir. 😊 Haqiqiy bank faqat rasmiy kanallarda javob beradi: Telegram’dagi shaxsiy akkaunt — bu bank emas. Rasmiy kanallar: bank veb-sayti, aloqa markazi, bank mobil ilovasi, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar bo'lishi mumkin 😊 Shaxsiy ma’lumotlaringizni begona odamga bermang: passport, selfi, karta raqami 😊 “Judayam past foiz” — 99% firibgarlik: banklar foizlarni davlat talablari asosida belgilaydi. 10–15% dan past foizda kredit taklif qilayotgan bo‘lsa — demak, yolg‘on. 😊 Profilni tekshiring: yangi anonim akkaunt bu juda xavfli, izohlar haqiqiymi, rasmiy sahifami. 🚨 Agar firibgarlikka uchrab qolgan bo'lsangiz darhol: 1️⃣ Kartani bloklang 2️⃣ Bankka qo‘ng‘iroq qiling 3️⃣ IIV Kiberxavfsizlik markaziga murojaat qiling 4️⃣ Sizga firibgar yozgan akkauntni bloklang Bugungi kunda eng yaxshi moliyaviy savodxonlik — bu shubhali havolalarga bosmaslik va “tezkor pul”ga ishonmaslik. Kredit olish — jiddiy jarayon. Uni Telegram’dagi anonim akkauntga ishonib topshirish — pulingizni o‘z qo‘lingiz bilan begona odamga berish bilan baravar. Kreditni bevosita bank orqali yoki rasmiy bank mobil ilovasi orqali rasmiylashtiring. Postni barcha tanishlaringizga yuborib qo'ying TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
31 624
Rasmiy daromadga ega bo'lmaganlar uchun avtokreditlarni bir joyda jamladik 🏦 Agrobank ◦ Foizi - 26% dan boshlab ◦ Muddati -
Rasmiy daromadga ega bo'lmaganlar uchun avtokreditlarni bir joyda jamladik 🏦 Agrobank ◦ Foizi - 26% dan boshlab ◦ Muddati - 5 yilgacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 25% dan boshlanadi Batafsil 1216 🏦 O‘zmilliybank ◦ Foizi - 25% ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 30% dan boshlanadi Batafsil 1344 🏦 Asia Alliance Bank ◦ Foizi - 0%dan 19,5%gacha ◦ Muddati - 60 oy ◦ Boshlang‘ich to‘lov - Avtomobil narxining 75% gacha Batafsil 1270 🏦 Xalq banki ◦ Foizi - 24% ◦ Muddati - 60 oy ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 50% Batafsil 1106 🏦 Turonbank Imkoniyat 2.0 ◦ Foizi - 25% ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 30% dan boshlanadi Batafsil Green Avto ◦ Foizi - 25% ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 30% dan boshlanadi Batafsil AvtoSelf 2.0 ◦ Foizi - 25,99% ◦ Muddati - 48 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 30% dan boshlanadi Batafsil 🏦 SQB ◦ Foizi - 25% dan 28% gacha ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 35% dan boshlanadi Batafsil 1180 🏦 BRB ◦ Foizi - 0% dan 18,5% gacha ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 25% dan boshlanadi Batafsil 1254 🏦 MKBank ◦ Foizi - 26% ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 25% dan boshlanadi Batafsil 1285 🏦 Apex bank ◦ Foizi - 0% dan 22% gacha ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 25% dan boshlanadi Batafsil 1881 Ushbu postni mashina olmoqchi bo'lib yurgan do'stingizga yuborib qo'ying 🚗 ❗️Eslatma: Ma'lumotlar o'zgarishi mumkin. Ularni bevosita bankdan aniqlashtirish tavsiya etiladi. TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
31 624
🔖 Qonunchilikka ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladig
🔖 Qonunchilikka ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarning boj­siz olib kirish normalari quyidagi miqdorlarda belgilangan: 1️⃣Qiymat bo‘yicha limitlar: 🔹 Havo transportida — 1000 AQSh dollari; 🔹 Temir yo‘l va daryo transportida — 500 AQSh dollari; 🔹 Avtomobil (piyoda) o‘tkazish punktlari orqali — 300 AQSh dollari; 2️⃣ Pochta / kuryer jo‘natmalari: 🔹 Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali — 200 AQSh dollari; 🔹 Xalqaro pochta jo‘natmalari orqali — 100 AQSh dollari. 3️⃣ Chet elda qolish muddati talablari 🔹Agar siz havo transporti orqali kirayotgan bo‘lsangiz, chet elda kamida 3 kun bo‘lishingiz kerak, aks holda bojsiz limit qo‘llanilmaydi. 🔹Agar avtomobil yoki piyoda chegaradan qaytayotgan bo‘lsangiz — kamida 2 kun chetda bo‘lish shart. 4️⃣Maxsus tovarlar uchun miqdor cheklovlari 🔹 Alkogol (ichimlik): 2 litr gacha. 🔹 Tamaki mahsulotlari: 200 dona sigaretga qadar; sigaralar: 5 dona. 🔹 Parfyumeriya (atirlar): 3 shisha, har biri 300 ml dan oshmasligi kerak. Biologik faol qo'shimchalar: 🔹Suyuqlik shaklida (siroplar) — 10 shisha gacha. 🔹Kukun — 0.5 kg gacha. 🔹Tabletkalar — 100 dona. 🔹Kapsulalar — 100 dona yoki 4 ta PET idishga qadar. 🔹Quruq shaklda (o‘simlik qismlari, ildizlar): 0.5 kg gacha. TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
31 624
💸 Pulni aslida kim ixtiro qilgan? Tangadan boshlab banknotga, kartadan boshlab raqamli balanslargacha — biz har kuni ishlatadigan pul aslida insoniyat tarixidagi eng katta yolg‘on, lekin ayni paytda eng kuchli ishonch tizimi ekanini bilardingizmi? Biz qo‘limizda ushlab yurgan qog‘ozlar… telefondagi raqamlar… plastikdagi summa…— bularning bari faqat bitta narsaga tayangan: odamlarning bir-biriga bo‘lgan ishonchi. ✨ Ushbu video — pulning ortidagi yashirin mexanizmlar, tarixiy yolg‘onlar va insoniyatning eng katta kelishuvi haqida. 🎥 Videoni ko‘ring. Pulga bo‘lgan qarashingiz o‘zgaradi: https://youtu.be/e6jW2Znn6EI?si=Mr9sJh3SgT6loKvR

Pulli Gap
31 624
❄️ “Sovuq oylar” uchun tejash: isitish, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalar Qish yaqinlashgani sayin odamlar eng ko‘p o'yla
❄️ “Sovuq oylar” uchun tejash: isitish, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalar Qish yaqinlashgani sayin odamlar eng ko‘p o'ylaydigan narsa bu albatta xarajatlar yanada oshishi bo'ladi. Isitish, kiyim-kechak, oziq-ovqat — hammasi birdan qimmatlashgandek bo‘lib tuyuladi. Aslida esa to‘g‘ri yondashuv bilan qishda ham pulni tejash mumkin. Keling, bugun siz bilan eng muhim uch yo‘nalishni ko‘rib chiqamiz. 🏠 Isitishda tejash — oddiy, ammo samarali usullar Isitish — qishda eng katta xarajatlardan. Shuning uchun oddiy qoidalarga amal qilib, xarajatni tejash mumkin: ✅ Eshik-derazalarni tekshiring — 15–30% issiqlik shu orqali “uchib” ketadi. Oddiy rezina lenta yoki skotch bilan sovuqni to'ssa bo'ladi, oddiy, lekin samarali usul ✅ Elektrli isitkichni strategiya bilan ishlating — bir xonada yashasangiz, butun kvartirani emas, faqat shu xonani isiting ✅ Isitish vaqtlarini jadval qiling — kechasi pastroq harorat, kun davomida esa faqat kerak bo‘lganda yoqing 👕 Kiyim-kechak: issiq, ammo aqlli shopping Qishda o‘zini issiq saqlash uchun hamma yugurib qalin kurtka oladi. Lekin bu ham xarajatni ko‘paytiradi. Shuning o‘rniga: 🔎 3 qavat qoidasini eslab qoling: 1️⃣ ichki qatlam — termobelyo 2️⃣ o‘rta qatlam — sviter 3️⃣ tashqi qatlam — shamol va sovuqdan himoyalovchi kurtka Shunda eng sovuq kunda ham qalin-qalin kiyimlarga pul sarflamaysiz. ✅ Sovuq sezonga kirishdan oldin xarid qiling — oktyabrda narxlar pastroq bo‘ladi. Yanvar–fevralda esa chegirmalar boshlanadi ✅ Brend kiyimlarga yopishmang — issiqlikni brend emas, mato beradi: paxta, jun, termomatolar ✅ Mahalliy tikuvchilarni qo‘llab-quvvatlang — sifatli, o‘lchamga mos va ko‘pincha arzonroq ham bo'ladi 🛒Oziq-ovqat: narxlar ko‘tarilsa ham aqlli bo‘lish mumkin Qishda oziq-ovqat narxlari mavsum sababli har doim harakatchan. Tejash uchun: ✅ Mavsumiy mahsulotlarga tayaning — kartoshka, sabzi, piyoz, karam, lavlagi qishda barqaror narxda bo‘ladi ✅ Bir haftalik menyu tuzing — rejasiz xarid qilish — pul yo‘qotish demak ✅ Qishda saqlanadigan mahsulotlarni oldindan oling — quruq loviya, un, yog‘, guruch, makaron kabi ✅ Oshxonadagi sovuqni ishlating — qishda balkon “tabiiy muzlatgich”. Muzlatkichda joy kamaysa, ortiqcha elektr yo‘qotmaysiz 💡 Yakuniy maslahat: pulni emas, odatlaringizni boshqaring Qishda xarajatlar ko‘paygandek tuyuladi, aslida esa bizning odatlarimiz ko‘p pul “yeydi”. Oddiy o‘zgarishlar bilan xarajatlarni quyidagicha tejash mumkin: ➡️ Isitish — 20% gacha ➡️ Oziq-ovqat — 15–25% ➡️ Kiyim-kechak — 30–40% Qish — faqat sovuq havogina emas. To‘g‘ri yondashsangiz, eng samarali moliyaviy faslga aylanishi mumkin TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
31 624
AI500 Hackathon 2025! 🚀 📗 Sun’iy intellekt yordamida insonlar hayotini o‘zgartiradigan mahsulot yaratmoqchimisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! 🏆 1-o‘rin — 200 mln so'm 🥈 2-o‘rin — 150 mln so'm 🥉 3-o‘rin — 100 mln so'm ✍️ Ro‘yxatdan o‘tish boshlangan va 25-noyabrgacha davom etadi. Jamoangizni yig'ing va ishtirok eting! Tashkilotchi: Agrobank va IT Community of Uzbekistan. 📺 Batafsil ma'lumotni video orqali bilib oling va hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
31 624
💰 Bank foizlari nimani anglatadi? Banklar haqida gap ketganda eng ko‘p eshitiladigan so‘zlardan biri — bu foiz. 🏦 Xo'sh, fo
💰 Bank foizlari nimani anglatadi? Banklar haqida gap ketganda eng ko‘p eshitiladigan so‘zlardan biri — bu foiz. 🏦 Xo'sh, foiz aslida nima? Foiz — bu puldan foydalanish uchun to‘lanadigan haq. Ya’ni pul ham boshqa tovar kabi “ijaraga beriladi”. Kimdir uni ishlatmoqchi bo‘lsa, egasiga ma’lum haq to‘laydi. Shuning uchun: ✅ Kredit olgan odam — bank pulini ishlatgani uchun foiz to‘laydi. ✅ Depozit qo‘ygan odam — bankka o‘z pulini ishlatish imkonini bergani uchun foiz oladi. Oddiy qilib aytganda: Kreditdagi foiz — bu sizning xarajatingiz bo'lsa, depozitdagi foiz esa sizning daromadingiz. 📈 O'zi foiz miqdori nimaga bog'liq? Bank foizlari o‘zboshimchalik bilan belgilanmaydi. Unga bir nechta omillar ta’sir qiladi: 1️⃣Markaziy bankning asosiy stavkasi – bu banklar uchun “yo‘riqnoma” kabi. Agar Markaziy bank stavkani oshirsa, barcha tijorat banklari ham foizlarini ko‘taradi. 2️⃣ Inflyatsiya – agar narxlar o‘sib borayotgan bo‘lsa, pulning qiymati pasayadi, demak, foizlar ham o‘sadi. 3️⃣ Risk darajasiga qarab foiz pastroq yoki balandroq bo'lishi mumkin. 💡 Foiz nega kerak? Foizsiz tizim bo‘lishi mumkin emas. Chunki foiz: 💚 Bankka xarajatlarni qoplash va foyda olish imkonini beradi, 💚 Odamlarga pulni aylantirish va tejash motivatsiyasini beradi, 💚 Davlat iqtisodiy siyosatini boshqarish vositasi sifatida xizmat qiladi. Agar foizlar juda past bo‘lsa — odamlar ko‘proq qarz oladi, lekin tejash kamayadi. Agar yuqori bo‘lsa — tejash kuchayadi, lekin iqtisodiy faollik sekinlashadi. Shu muvozanat — Markaziy bankning asosiy vazifasi. 💬 Sizningcha, hozirgi kunda O‘zbekistonda bank foizlari odamlar uchun qulaymi yoki og‘irmi? Izohlarda fikringizni yozing TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
31 624
💰 Ertadan boshlab dunyoda faqat bitta pul birligi qolsa-ya? Hech qanday dollar, yevro yoki yuan yo‘q. Kurslar, ayirboshlash, konvertatsiya — barchasi tarixda qoladi. Savdo soddalashadi, sayohat arzonlashadi… ammo bu qulaylikning o'z narxi bor. 🎥 Yangi videoda ushbu mavzularni yoritamiz: 🔹 Yagona valyuta — bu iqtisodiy inqilobmi yoki xavfmi? 🔹 Agar barcha markaziy banklar o‘z mustaqilligini yo‘qotsa, nima yuz beradi? 🔹 Bitta mamlakatdagi inqiroz qanday qilib butun dunyoga tarqaladi? 🔹 Nega Yevro tajribasi barcha davlatlarda ishlamadi? ▶️Tomosha qiling va obuna bo'ling: https://youtu.be/690HVAw_Aw4?si=N_DOkAXW4yUVuxeF

Pulli Gap
31 624
🛍 11.11 yoki Xalqaro shoping kuni oldidan hushyorlik Har yili noyabr oyi kelishi bilan internet to‘la “super chegirmalar”, “
🛍 11.11 yoki Xalqaro shoping kuni oldidan hushyorlik Har yili noyabr oyi kelishi bilan internet to‘la “super chegirmalar”, “faqat bugun!”, “- 70%” degan yozuvlarga to‘ladi. 11.11 — butun dunyo bo‘ylab iste’molchilarni onlayn xarid qilishga undaydigan bayramga aylanadi. Ammo har yili bir savol ochiq qoladi: bu haqiqiy chegirmami yoki marketing o‘yini? Keling, bugun shu haqda gaplashamiz. 🎯 Nega biz xarid qilishga shoshilamiz? Psixologlar aytadi: “Chegirma” so‘zi miyamizdagi mukofot tizimini faollashtiradi. Qisqa muddatli “foyda” hissi sabab, bizga kerak bo‘lmagan narsani ham zarur deb o‘ylaymiz. Ayniqsa, “chegirma tugaydi”, “oxirgi imkoniyat” kabi iboralar vaqt bosimini kuchaytirib, qaror qabul qilishni tezlashtiradi. 📉 Narxlar qanday “chegirmaga aylanadi”? Ko‘p hollarda chegirmadan bir necha hafta oldin narxlar asta-sekin oshiriladi, so‘ngra “- 50%” deb qayta yoziladi. Natijada, xaridor aslida o‘sha eski narxni to‘laydi. Ba’zida esa kompaniyalar “chegirma”ni faqat ayrim modellar yoki o‘lchamlar uchun qo‘llaydi — e’tibor bilan qaralmasa, xaridchi buni sezmaydi. Masalan: 😊Avval narx: 999 ming so‘m Keyin “chegirma” bilan: 799 ming so‘m Lekin bir oy avval u 799 ming so‘m edi. 🧠 Xo'sh, qanday qilib hushyor bo‘lish kerak? 1️⃣ Narx tarixini tekshiring. Ba’zi platformalarda tovarning so‘nggi oylardagi narx dinamikasini ko‘rish mumkin. 2️⃣ Solishtiring. Bir xil mahsulotni boshqa sayt yoki do‘konlarda ko‘ring. Farq ko‘p bo‘lsa — bu “chegirma” sun’iy. 3️⃣ Shu narsa menga kerakmi yoki shunchaki xohlayapmanmi? Har xariddan oldin shu savolni bering. 4️⃣ Byudjet belgilang. Faqat oldindan rejalashtirilgan narsalarga xarajat qiling. 5️⃣ Emotsiyaga berilmang. “Sotib olish zavqi” bir necha daqiqada o‘tadi, lekin ortiqcha xaridning og‘irligi uzoq davom etadi. 💡 Chegirma — yomon emas, lekin aql bilan ish qiling Albatta, ayrim savdo maydonchalari chindan ham haqiqiy aksiyalar qiladi. Ammo bu holatda ham asosiy tamoyil bir xil: xarid sizni emas, siz xaridni boshqarishingiz kerak. 💚 Xulosa o'rnida Pulli Gap tavsiyasi: “Chegirmalar”ni investitsiya sifatida ko‘rmang — u sizning pulingizni tejamasligi, balki yo‘qotishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Unutmang, eng yaxshi xarid – o‘ylangan xariddir. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
31 624
Tasavvur qiling — ertaga butun dunyo bo‘ylab 8 milliard inson ishga chiqmaydi. Hech kim. Na shifokor, na haydovchi, na kassir. 🤯Bir kunlik dam olish — oddiy tanaffus emas, balki butun tizim uchun sinov bo‘ladi. 💡 Navbatdagi videomizda: 🔹 24 soatlik to‘xtash iqtisodiyotga qancha zarar keltiradi? 🔹 Qaysi sohalar eng katta yo‘qotishga uchraydi? 🔹 Tarixda bunday holat kuzatilganmi? 🔹 Va eng qizig‘i — bu g‘oya qanday qilib foydaga aylanishi mumkin? kabi mavzularni yoritdik. Dunyo faqat harakatda yashaydi. Bir kunlik “to‘xtash” esa insoniyat tizimini qay darajada bog‘liqligini ko‘rsatadi. 🎤 Videoni tomosha qiling: https://youtu.be/dVBT9FQOomE?si=rOt2z8b9FUeHqXju

Pulli Gap
31 624
Repost from Agrobank
🎯 AI500 — O‘zbekistonning eng yirik AI-hakatoni! 📗 Sun’iy intellekt yordamida insonlar hayotini o‘zgartiradigan mahsulot ya
+1
🎯 AI500 — O‘zbekistonning eng yirik AI-hakatoni! 📗 Sun’iy intellekt yordamida insonlar hayotini o‘zgartiradigan mahsulot yaratmoqchimisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! 💰 Sovrin jamg‘armasi — 500 million so‘m! 🏆 1-o‘rin — 200 million 🥈 2-o‘rin — 150 million 🥉 3-o‘rin — 100 million Qolgan 50 million soʻm 5 ta jamoa oʻrtasida taqsimlanadi va har biri 10 million soʻmdan oladi. 👥 Jamoa: 1 tadan 5 tagacha ishtirokchi 🎯 Yosh: 16 yoshdan yuqori 📍 Final: 13-dekabr, Toshkent shahri, Agrobank bosh ofisida ✨ Final ishtirokchilarini quyidagilar kutmoqda: • O‘z mahsulotini sotish imkoniyati • Agrobank’dan ish taklifi • UDEA universitetida o'qish uchun grant yutish imkoniyati • Agrobank va IT Community sertifikatlari Ro‘yxatdan o‘tish boshlangan va 25-noyabrgacha davom etadi! 💡 AI olamida o‘zingizni namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. 🚀 Agrobank va IT Community of Uzbekistan ko‘magida o'tkazilmoqda. Batafsil

Pulli Gap
31 624
1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi? 😊Pulli Gap O'zbekistonda 1-noyabrdan kuchga kiradigan yangiliklar va qonunchilikdagi o'zgaris
1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi? 😊Pulli Gap O'zbekistonda 1-noyabrdan kuchga kiradigan yangiliklar va qonunchilikdagi o'zgarishlarni bir yerga jamladi. 1️⃣O‘zbekistonda 2,1 mingdan ziyod davlat xizmatchisi shtati qisqartiriladi Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining jami 2141 ta shtati qisqartiriladi. Qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarda esa rahbar o‘rinbosarlari soni jami 16 taga qisqartiriladi. 2️⃣Avtomobilga gaz ballon o‘rnatilganidan so‘ng “texpasport”ni yangilash talab etilmaydi Avtomobilga gaz ballon o‘rnatilganidan so‘ng “texpasport”ni almashtirish talab etilmaydi. Shuningdek, transport vositasiga gaz balloni o‘rnatilganligiga oid ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish orqali transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi. 3️⃣Mobil operatorlar, banklar va to‘lov tashkilotlari YAIDXP orqali pulli davlat xizmatlarini ko‘rsatadi Mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, to‘lov tashkilotlariga mobil ilovalar orqali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (YAIDXP, my.gov.uz) pulli elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. 4️⃣ YAIDXPdagi shaxsga doir ma’lumotlar ularning qog‘oz shakliga tenglashtiriladi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) jismoniy shaxslarning belgilangan shaxsga doir ma’lumotlari ularning shaxsiy kabineti orqali real vaqt rejimida taqdim etiladi. Bunda: 💚jismoniy shaxsning Yagona portaldagi shaxsga doir ma’lumotlari ularning qog‘oz shakliga tenglashtiriladi; 💚ushbu ma’lumotlar Yagona portalning mobil ilovasidan foydalangan holda ko‘rsatilganda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur ma’lumotlarning qog‘oz shaklini talab qilish taqiqlanadi. 5️⃣ Ayrim fuqarolarga qo‘shimcha ta’lim olish uchun “kasb vaucheri” beriladi Malakasini oshirish va kasbga qayta tayyorlanish istagidagi shaxslarga qo‘shimcha ta’lim olish uchun “kasb vaucheri” berish tartibi joriy etiladi. “Kasb vaucheri” ssuda sifatida beriladi. Shaxs o‘qishni tugatib sertifikat olgach, ishga joylashganidan so‘ng ssudani 2 yil davomida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga qaytaradi. Quyidagi shaxslarga kasb-hunar kurslarida ta’lim olish davrida jamg‘arma hisobidan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi: 💚nogironligi bo‘lgan shaxslarga; 3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda ta’lim olayotgan Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalar a’zolariga; 💚doimiy yashash joyidan boshqa hududga qatnab ta’lim olayotgan shaxslarga. 6️⃣ Ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to‘lanadi Ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to‘lanadi. Uni takroran belgilashda dastlabki tayinlangan nafaqani olish muddati tugagandan so‘ng qo‘shimcha ravishda kamida 12 oylik ish staji talab etiladi. 7️⃣Talabalar ijara to‘lovining bir qismini qaytarish bo‘yicha my.gov.uz orqali murojaat qilishi mumkin bo‘ladi Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini qaytarish bo‘yicha Yagona portal orqali murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. 2021-yil may oyidan boshlab talabalarga ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilmoqda. Toshkent shahrida kompensatsiya miqdori oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari — 412 ming so‘mgacha, viloyatlarda esa BHMning yarmigacha yetishi mumkin. TelegramInstagramYouTubeTikTok