uz
Feedback
Pulli Gap

Pulli Gap

Yopiq kanal

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali Pulli Gap analitikasi

Pulli Gap O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 33 882 obunachidan iborat bo'lib, Iqtisodiyot & Moliya toifasida 3 550-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 2 370-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 33 882 obunachiga ega bo‘ldi.

23 Iyun, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -1 112 ga, so‘nggi 24 soatda esa -41 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 35.01% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 11.98% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 11 865 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 4 060 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 24 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 24 Iyun, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Iqtisodiyot & Moliya toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

33 882
Obunachilar
-4124 soatlar
-2757 kunlar
-1 11230 kunlar
Postlar arxiv
Pulli Gap
33 895
💸 Har kuni 10 000 so'mdan tejasangiz nimalar bo'ladi? Hamma “ko‘proq pul topish” haqida gapiradi. Lekin ko‘pchilik pulni ush
💸 Har kuni 10 000 so'mdan tejasangiz nimalar bo'ladi? Hamma “ko‘proq pul topish” haqida gapiradi. Lekin ko‘pchilik pulni ushlab qolish — eng qiyin ko‘nikma ekanini unutib qo'yadi. 10 ming so‘m — bu bir nechta pechenye, saqich, bir baklajka kola bo'lishi mumkin. Kun davomida sezilmaydi ham. Ammo mana shu sezilmaydigan narsa — moliyaviy tartibning boshlanishidir. 📌 Tasavvur qiling: Siz bugundan boshlab har kuni 10 000 so‘mni chetga olib qo‘yasiz. Bu ko‘p ham emas, kam ham emas — bitta odat. 1 oy → 300 000 so‘m 6 oy → 1,8 million so‘m 1 yil → 3,6 million so‘m “Bu puldan nima foyda bo‘ladi?” deyishingiz mumkin. Ammo asl savol boshqa: Siz hozir 3,6 million so‘mni birdan hech qanday qiyinchiliksiz topa olasizmi? Agar yo‘q bo‘lsa — demak, bu odat aynan sizga kerak. 💡 Kichkina odat — katta xavfsizlik yostig‘i Hayotda kutilmagan to‘lovlar har doim bor: • telefon buzilishi, • avtomobil remonti, • tibbiy xarajatlar, • sovg‘a, safar, ish uchun zarur bo‘lgan xaridlar… Mana shu “tushunarsiz qayerdandir chiqadigan” to‘lovlar uchun odamlar ko‘pincha qarzga kiradi. Lekin oddiy 10 ming so‘mli odat buni oldini oladi. 🧠 Tejamkorlik — bu qashshoqlik emas. Bu o‘zingni qiynash ham emas. Bu shunchaki: “Men har oy o‘zimga va kelajagimga 300 000 so‘mlik hurmat qilaman” degan fikr. Shu odat sizga quyidagilarni beradi: moliyaviy tartib, nazorat hissi, xavfsizlik, kutilmagan xarajatlarda asabiylashmaslik, sekin-asta boylik hissi. Boylik — katta qadamlardan emas, mayda-mayda odatlarning yig‘indisidan boshlanadi. 🔥 Bugunoq boshlang — atigi 10 ming so‘m bilan. Albatta, bu pul sizni darhol boy qilmaydi. Lekin bir yil o‘tib, ortga qarab: “Ey, men bunga qodir ekanman-ku!” deb aytib qo‘yasiz. Xo'sh, bu odatni boshlaysizmi? TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 895
Tasavvur qiling… dunyoda hech qachon urush bo‘lmagan. Hech qayerda portlashlar bo'lmagan. Hech bir ota-onaning ko‘zi yoshga to‘lmagan. Insoniyat faqat mehnat qilgan, yaratuvchanlik qilgan, raqobat qilgan. ❓ Shunaqa dunyoda biz qayerga yetgan bo‘lardik? Videoda shu haqida o‘ylab ko‘ramiz: 🔹 Urushsiz iqtisodiyot — qanaqa bo‘ladi o‘zi? 🔹 Har yili qurollarga ketayotgan pul — agar ilm-fanga, ta’limga, texnologiyaga berilsa, dunyo qay darajada o‘zgaradi? 🔹 “Tinchlik — foyda” degan gap shunchaki shior emasligini qanday isbotlash mumkin? 🔹 Urush bo‘lmasa, pulning qadr-qimmati o‘zi qanday bo‘lardi? ❗️Hozir dunyo qurollanishga ikki trillion dollar sarflayapti. Ikki trillion! Bu pul aslida kimning orzulari, kimning kelajagi hisobidan ketmoqda? Videoda mana shu savolning tagiga yetamiz. 📱 Tomosha qiling: https://youtu.be/pa6pB6ASO0U?si=TGjs4IOXD3BTId9g

Pulli Gap
33 895
⚠️ "Kredit olib beramiz" — yangicha firibgarlik Oxirgi oylar ichida Telegram’da bir xil tipdagi xabarlar ko‘paydi: “Kredit ol
⚠️ "Kredit olib beramiz" — yangicha firibgarlik Oxirgi oylar ichida Telegram’da bir xil tipdagi xabarlar ko‘paydi: “Kredit olib beramiz”, “Past foizli kredit bor”, “Tezkor kredit tasdiqlaymiz”. Shunday turdagi moliyaviy tuzoqlardan qanday himoyalanish mumkin? Bir qaraganda oddiy reklama. Ammo aslida — bu hozirda eng faol rivojlanayotgan firibgarlik sxemalaridan biri. Bugun biz shu mavzuda siz bilan suhbatlashamiz. Avvalo, shu turdagi firibgarlarning 3 asosiy usulini sanab o'tsak: 1️⃣ Kredit olish uchun “komissiya” Firibgar sizdan “ariza topshirish”, “tasdiqlash”, “tezlashtirish” bahonasida 50 000 — 300 000 so‘m so‘raydi. Pulni oladi — yo‘qoladi. Qarabsizki, kredit ham yo'q, pul ham. 2️⃣ Pasport ma’lumotlari va shaxsiy ma'lumotlarni so‘rash “Agar sizga kredit berishmagan bo'lsa, biz sizga olishga yordam beramiz”, deb: pasport rasmini, selfi surat, bank kartasi raqamini so‘rashadi. Bu ma’lumotlar orqali sizning nomingizga kredit olib qo‘yishlari mumkin. 3️⃣ “Bank xodimi”ga o‘xshab gapirish ❗️Firibgarlar bank logotipidan foydalanadi, ovozli xabar yozadi, hatto “shartnoma” yuboradi. Lekin bitta narsa ularni fosh qiladi: bank hech qachon kredit berish uchun oldindan pul so‘ramaydi. 🛡 Bunday firibgarlardan o‘zimni qanday himoya qilaman deb o'ylayapsizmi? Buning uchun oddiygina kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilishingiz kerak: 😊 Hech qachon oldindan pul to‘lamang: bu — firibgarlikning birinchi belgisidir. 😊 Haqiqiy bank faqat rasmiy kanallarda javob beradi: Telegram’dagi shaxsiy akkaunt — bu bank emas. Rasmiy kanallar: bank veb-sayti, aloqa markazi, bank mobil ilovasi, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar bo'lishi mumkin 😊 Shaxsiy ma’lumotlaringizni begona odamga bermang: passport, selfi, karta raqami 😊 “Judayam past foiz” — 99% firibgarlik: banklar foizlarni davlat talablari asosida belgilaydi. 10–15% dan past foizda kredit taklif qilayotgan bo‘lsa — demak, yolg‘on. 😊 Profilni tekshiring: yangi anonim akkaunt bu juda xavfli, izohlar haqiqiymi, rasmiy sahifami. 🚨 Agar firibgarlikka uchrab qolgan bo'lsangiz darhol: 1️⃣ Kartani bloklang 2️⃣ Bankka qo‘ng‘iroq qiling 3️⃣ IIV Kiberxavfsizlik markaziga murojaat qiling 4️⃣ Sizga firibgar yozgan akkauntni bloklang Bugungi kunda eng yaxshi moliyaviy savodxonlik — bu shubhali havolalarga bosmaslik va “tezkor pul”ga ishonmaslik. Kredit olish — jiddiy jarayon. Uni Telegram’dagi anonim akkauntga ishonib topshirish — pulingizni o‘z qo‘lingiz bilan begona odamga berish bilan baravar. Kreditni bevosita bank orqali yoki rasmiy bank mobil ilovasi orqali rasmiylashtiring. Postni barcha tanishlaringizga yuborib qo'ying TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 895
Rasmiy daromadga ega bo'lmaganlar uchun avtokreditlarni bir joyda jamladik 🏦 Agrobank ◦ Foizi - 26% dan boshlab ◦ Muddati -
Rasmiy daromadga ega bo'lmaganlar uchun avtokreditlarni bir joyda jamladik 🏦 Agrobank ◦ Foizi - 26% dan boshlab ◦ Muddati - 5 yilgacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 25% dan boshlanadi Batafsil 1216 🏦 O‘zmilliybank ◦ Foizi - 25% ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 30% dan boshlanadi Batafsil 1344 🏦 Asia Alliance Bank ◦ Foizi - 0%dan 19,5%gacha ◦ Muddati - 60 oy ◦ Boshlang‘ich to‘lov - Avtomobil narxining 75% gacha Batafsil 1270 🏦 Xalq banki ◦ Foizi - 24% ◦ Muddati - 60 oy ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 50% Batafsil 1106 🏦 Turonbank Imkoniyat 2.0 ◦ Foizi - 25% ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 30% dan boshlanadi Batafsil Green Avto ◦ Foizi - 25% ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 30% dan boshlanadi Batafsil AvtoSelf 2.0 ◦ Foizi - 25,99% ◦ Muddati - 48 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 30% dan boshlanadi Batafsil 🏦 SQB ◦ Foizi - 25% dan 28% gacha ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 35% dan boshlanadi Batafsil 1180 🏦 BRB ◦ Foizi - 0% dan 18,5% gacha ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 25% dan boshlanadi Batafsil 1254 🏦 MKBank ◦ Foizi - 26% ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 25% dan boshlanadi Batafsil 1285 🏦 Apex bank ◦ Foizi - 0% dan 22% gacha ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 25% dan boshlanadi Batafsil 1881 Ushbu postni mashina olmoqchi bo'lib yurgan do'stingizga yuborib qo'ying 🚗 ❗️Eslatma: Ma'lumotlar o'zgarishi mumkin. Ularni bevosita bankdan aniqlashtirish tavsiya etiladi. TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 895
🔖 Qonunchilikka ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladig
🔖 Qonunchilikka ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarning boj­siz olib kirish normalari quyidagi miqdorlarda belgilangan: 1️⃣Qiymat bo‘yicha limitlar: 🔹 Havo transportida — 1000 AQSh dollari; 🔹 Temir yo‘l va daryo transportida — 500 AQSh dollari; 🔹 Avtomobil (piyoda) o‘tkazish punktlari orqali — 300 AQSh dollari; 2️⃣ Pochta / kuryer jo‘natmalari: 🔹 Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali — 200 AQSh dollari; 🔹 Xalqaro pochta jo‘natmalari orqali — 100 AQSh dollari. 3️⃣ Chet elda qolish muddati talablari 🔹Agar siz havo transporti orqali kirayotgan bo‘lsangiz, chet elda kamida 3 kun bo‘lishingiz kerak, aks holda bojsiz limit qo‘llanilmaydi. 🔹Agar avtomobil yoki piyoda chegaradan qaytayotgan bo‘lsangiz — kamida 2 kun chetda bo‘lish shart. 4️⃣Maxsus tovarlar uchun miqdor cheklovlari 🔹 Alkogol (ichimlik): 2 litr gacha. 🔹 Tamaki mahsulotlari: 200 dona sigaretga qadar; sigaralar: 5 dona. 🔹 Parfyumeriya (atirlar): 3 shisha, har biri 300 ml dan oshmasligi kerak. Biologik faol qo'shimchalar: 🔹Suyuqlik shaklida (siroplar) — 10 shisha gacha. 🔹Kukun — 0.5 kg gacha. 🔹Tabletkalar — 100 dona. 🔹Kapsulalar — 100 dona yoki 4 ta PET idishga qadar. 🔹Quruq shaklda (o‘simlik qismlari, ildizlar): 0.5 kg gacha. TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 895
💸 Pulni aslida kim ixtiro qilgan? Tangadan boshlab banknotga, kartadan boshlab raqamli balanslargacha — biz har kuni ishlatadigan pul aslida insoniyat tarixidagi eng katta yolg‘on, lekin ayni paytda eng kuchli ishonch tizimi ekanini bilardingizmi? Biz qo‘limizda ushlab yurgan qog‘ozlar… telefondagi raqamlar… plastikdagi summa…— bularning bari faqat bitta narsaga tayangan: odamlarning bir-biriga bo‘lgan ishonchi. ✨ Ushbu video — pulning ortidagi yashirin mexanizmlar, tarixiy yolg‘onlar va insoniyatning eng katta kelishuvi haqida. 🎥 Videoni ko‘ring. Pulga bo‘lgan qarashingiz o‘zgaradi: https://youtu.be/e6jW2Znn6EI?si=Mr9sJh3SgT6loKvR

Pulli Gap
33 895
❄️ “Sovuq oylar” uchun tejash: isitish, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalar Qish yaqinlashgani sayin odamlar eng ko‘p o'yla
❄️ “Sovuq oylar” uchun tejash: isitish, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalar Qish yaqinlashgani sayin odamlar eng ko‘p o'ylaydigan narsa bu albatta xarajatlar yanada oshishi bo'ladi. Isitish, kiyim-kechak, oziq-ovqat — hammasi birdan qimmatlashgandek bo‘lib tuyuladi. Aslida esa to‘g‘ri yondashuv bilan qishda ham pulni tejash mumkin. Keling, bugun siz bilan eng muhim uch yo‘nalishni ko‘rib chiqamiz. 🏠 Isitishda tejash — oddiy, ammo samarali usullar Isitish — qishda eng katta xarajatlardan. Shuning uchun oddiy qoidalarga amal qilib, xarajatni tejash mumkin: ✅ Eshik-derazalarni tekshiring — 15–30% issiqlik shu orqali “uchib” ketadi. Oddiy rezina lenta yoki skotch bilan sovuqni to'ssa bo'ladi, oddiy, lekin samarali usul ✅ Elektrli isitkichni strategiya bilan ishlating — bir xonada yashasangiz, butun kvartirani emas, faqat shu xonani isiting ✅ Isitish vaqtlarini jadval qiling — kechasi pastroq harorat, kun davomida esa faqat kerak bo‘lganda yoqing 👕 Kiyim-kechak: issiq, ammo aqlli shopping Qishda o‘zini issiq saqlash uchun hamma yugurib qalin kurtka oladi. Lekin bu ham xarajatni ko‘paytiradi. Shuning o‘rniga: 🔎 3 qavat qoidasini eslab qoling: 1️⃣ ichki qatlam — termobelyo 2️⃣ o‘rta qatlam — sviter 3️⃣ tashqi qatlam — shamol va sovuqdan himoyalovchi kurtka Shunda eng sovuq kunda ham qalin-qalin kiyimlarga pul sarflamaysiz. ✅ Sovuq sezonga kirishdan oldin xarid qiling — oktyabrda narxlar pastroq bo‘ladi. Yanvar–fevralda esa chegirmalar boshlanadi ✅ Brend kiyimlarga yopishmang — issiqlikni brend emas, mato beradi: paxta, jun, termomatolar ✅ Mahalliy tikuvchilarni qo‘llab-quvvatlang — sifatli, o‘lchamga mos va ko‘pincha arzonroq ham bo'ladi 🛒Oziq-ovqat: narxlar ko‘tarilsa ham aqlli bo‘lish mumkin Qishda oziq-ovqat narxlari mavsum sababli har doim harakatchan. Tejash uchun: ✅ Mavsumiy mahsulotlarga tayaning — kartoshka, sabzi, piyoz, karam, lavlagi qishda barqaror narxda bo‘ladi ✅ Bir haftalik menyu tuzing — rejasiz xarid qilish — pul yo‘qotish demak ✅ Qishda saqlanadigan mahsulotlarni oldindan oling — quruq loviya, un, yog‘, guruch, makaron kabi ✅ Oshxonadagi sovuqni ishlating — qishda balkon “tabiiy muzlatgich”. Muzlatkichda joy kamaysa, ortiqcha elektr yo‘qotmaysiz 💡 Yakuniy maslahat: pulni emas, odatlaringizni boshqaring Qishda xarajatlar ko‘paygandek tuyuladi, aslida esa bizning odatlarimiz ko‘p pul “yeydi”. Oddiy o‘zgarishlar bilan xarajatlarni quyidagicha tejash mumkin: ➡️ Isitish — 20% gacha ➡️ Oziq-ovqat — 15–25% ➡️ Kiyim-kechak — 30–40% Qish — faqat sovuq havogina emas. To‘g‘ri yondashsangiz, eng samarali moliyaviy faslga aylanishi mumkin TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 895
AI500 Hackathon 2025! 🚀 📗 Sun’iy intellekt yordamida insonlar hayotini o‘zgartiradigan mahsulot yaratmoqchimisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! 🏆 1-o‘rin — 200 mln so'm 🥈 2-o‘rin — 150 mln so'm 🥉 3-o‘rin — 100 mln so'm ✍️ Ro‘yxatdan o‘tish boshlangan va 25-noyabrgacha davom etadi. Jamoangizni yig'ing va ishtirok eting! Tashkilotchi: Agrobank va IT Community of Uzbekistan. 📺 Batafsil ma'lumotni video orqali bilib oling va hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 895
💰 Bank foizlari nimani anglatadi? Banklar haqida gap ketganda eng ko‘p eshitiladigan so‘zlardan biri — bu foiz. 🏦 Xo'sh, fo
💰 Bank foizlari nimani anglatadi? Banklar haqida gap ketganda eng ko‘p eshitiladigan so‘zlardan biri — bu foiz. 🏦 Xo'sh, foiz aslida nima? Foiz — bu puldan foydalanish uchun to‘lanadigan haq. Ya’ni pul ham boshqa tovar kabi “ijaraga beriladi”. Kimdir uni ishlatmoqchi bo‘lsa, egasiga ma’lum haq to‘laydi. Shuning uchun: ✅ Kredit olgan odam — bank pulini ishlatgani uchun foiz to‘laydi. ✅ Depozit qo‘ygan odam — bankka o‘z pulini ishlatish imkonini bergani uchun foiz oladi. Oddiy qilib aytganda: Kreditdagi foiz — bu sizning xarajatingiz bo'lsa, depozitdagi foiz esa sizning daromadingiz. 📈 O'zi foiz miqdori nimaga bog'liq? Bank foizlari o‘zboshimchalik bilan belgilanmaydi. Unga bir nechta omillar ta’sir qiladi: 1️⃣Markaziy bankning asosiy stavkasi – bu banklar uchun “yo‘riqnoma” kabi. Agar Markaziy bank stavkani oshirsa, barcha tijorat banklari ham foizlarini ko‘taradi. 2️⃣ Inflyatsiya – agar narxlar o‘sib borayotgan bo‘lsa, pulning qiymati pasayadi, demak, foizlar ham o‘sadi. 3️⃣ Risk darajasiga qarab foiz pastroq yoki balandroq bo'lishi mumkin. 💡 Foiz nega kerak? Foizsiz tizim bo‘lishi mumkin emas. Chunki foiz: 💚 Bankka xarajatlarni qoplash va foyda olish imkonini beradi, 💚 Odamlarga pulni aylantirish va tejash motivatsiyasini beradi, 💚 Davlat iqtisodiy siyosatini boshqarish vositasi sifatida xizmat qiladi. Agar foizlar juda past bo‘lsa — odamlar ko‘proq qarz oladi, lekin tejash kamayadi. Agar yuqori bo‘lsa — tejash kuchayadi, lekin iqtisodiy faollik sekinlashadi. Shu muvozanat — Markaziy bankning asosiy vazifasi. 💬 Sizningcha, hozirgi kunda O‘zbekistonda bank foizlari odamlar uchun qulaymi yoki og‘irmi? Izohlarda fikringizni yozing TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 895
💰 Ertadan boshlab dunyoda faqat bitta pul birligi qolsa-ya? Hech qanday dollar, yevro yoki yuan yo‘q. Kurslar, ayirboshlash, konvertatsiya — barchasi tarixda qoladi. Savdo soddalashadi, sayohat arzonlashadi… ammo bu qulaylikning o'z narxi bor. 🎥 Yangi videoda ushbu mavzularni yoritamiz: 🔹 Yagona valyuta — bu iqtisodiy inqilobmi yoki xavfmi? 🔹 Agar barcha markaziy banklar o‘z mustaqilligini yo‘qotsa, nima yuz beradi? 🔹 Bitta mamlakatdagi inqiroz qanday qilib butun dunyoga tarqaladi? 🔹 Nega Yevro tajribasi barcha davlatlarda ishlamadi? ▶️Tomosha qiling va obuna bo'ling: https://youtu.be/690HVAw_Aw4?si=N_DOkAXW4yUVuxeF

Pulli Gap
33 895
🛍 11.11 yoki Xalqaro shoping kuni oldidan hushyorlik Har yili noyabr oyi kelishi bilan internet to‘la “super chegirmalar”, “
🛍 11.11 yoki Xalqaro shoping kuni oldidan hushyorlik Har yili noyabr oyi kelishi bilan internet to‘la “super chegirmalar”, “faqat bugun!”, “- 70%” degan yozuvlarga to‘ladi. 11.11 — butun dunyo bo‘ylab iste’molchilarni onlayn xarid qilishga undaydigan bayramga aylanadi. Ammo har yili bir savol ochiq qoladi: bu haqiqiy chegirmami yoki marketing o‘yini? Keling, bugun shu haqda gaplashamiz. 🎯 Nega biz xarid qilishga shoshilamiz? Psixologlar aytadi: “Chegirma” so‘zi miyamizdagi mukofot tizimini faollashtiradi. Qisqa muddatli “foyda” hissi sabab, bizga kerak bo‘lmagan narsani ham zarur deb o‘ylaymiz. Ayniqsa, “chegirma tugaydi”, “oxirgi imkoniyat” kabi iboralar vaqt bosimini kuchaytirib, qaror qabul qilishni tezlashtiradi. 📉 Narxlar qanday “chegirmaga aylanadi”? Ko‘p hollarda chegirmadan bir necha hafta oldin narxlar asta-sekin oshiriladi, so‘ngra “- 50%” deb qayta yoziladi. Natijada, xaridor aslida o‘sha eski narxni to‘laydi. Ba’zida esa kompaniyalar “chegirma”ni faqat ayrim modellar yoki o‘lchamlar uchun qo‘llaydi — e’tibor bilan qaralmasa, xaridchi buni sezmaydi. Masalan: 😊Avval narx: 999 ming so‘m Keyin “chegirma” bilan: 799 ming so‘m Lekin bir oy avval u 799 ming so‘m edi. 🧠 Xo'sh, qanday qilib hushyor bo‘lish kerak? 1️⃣ Narx tarixini tekshiring. Ba’zi platformalarda tovarning so‘nggi oylardagi narx dinamikasini ko‘rish mumkin. 2️⃣ Solishtiring. Bir xil mahsulotni boshqa sayt yoki do‘konlarda ko‘ring. Farq ko‘p bo‘lsa — bu “chegirma” sun’iy. 3️⃣ Shu narsa menga kerakmi yoki shunchaki xohlayapmanmi? Har xariddan oldin shu savolni bering. 4️⃣ Byudjet belgilang. Faqat oldindan rejalashtirilgan narsalarga xarajat qiling. 5️⃣ Emotsiyaga berilmang. “Sotib olish zavqi” bir necha daqiqada o‘tadi, lekin ortiqcha xaridning og‘irligi uzoq davom etadi. 💡 Chegirma — yomon emas, lekin aql bilan ish qiling Albatta, ayrim savdo maydonchalari chindan ham haqiqiy aksiyalar qiladi. Ammo bu holatda ham asosiy tamoyil bir xil: xarid sizni emas, siz xaridni boshqarishingiz kerak. 💚 Xulosa o'rnida Pulli Gap tavsiyasi: “Chegirmalar”ni investitsiya sifatida ko‘rmang — u sizning pulingizni tejamasligi, balki yo‘qotishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Unutmang, eng yaxshi xarid – o‘ylangan xariddir. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 895
Tasavvur qiling — ertaga butun dunyo bo‘ylab 8 milliard inson ishga chiqmaydi. Hech kim. Na shifokor, na haydovchi, na kassir. 🤯Bir kunlik dam olish — oddiy tanaffus emas, balki butun tizim uchun sinov bo‘ladi. 💡 Navbatdagi videomizda: 🔹 24 soatlik to‘xtash iqtisodiyotga qancha zarar keltiradi? 🔹 Qaysi sohalar eng katta yo‘qotishga uchraydi? 🔹 Tarixda bunday holat kuzatilganmi? 🔹 Va eng qizig‘i — bu g‘oya qanday qilib foydaga aylanishi mumkin? kabi mavzularni yoritdik. Dunyo faqat harakatda yashaydi. Bir kunlik “to‘xtash” esa insoniyat tizimini qay darajada bog‘liqligini ko‘rsatadi. 🎤 Videoni tomosha qiling: https://youtu.be/dVBT9FQOomE?si=rOt2z8b9FUeHqXju

Pulli Gap
33 895
Repost from Agrobank
🎯 AI500 — O‘zbekistonning eng yirik AI-hakatoni! 📗 Sun’iy intellekt yordamida insonlar hayotini o‘zgartiradigan mahsulot ya
+1
🎯 AI500 — O‘zbekistonning eng yirik AI-hakatoni! 📗 Sun’iy intellekt yordamida insonlar hayotini o‘zgartiradigan mahsulot yaratmoqchimisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! 💰 Sovrin jamg‘armasi — 500 million so‘m! 🏆 1-o‘rin — 200 million 🥈 2-o‘rin — 150 million 🥉 3-o‘rin — 100 million Qolgan 50 million soʻm 5 ta jamoa oʻrtasida taqsimlanadi va har biri 10 million soʻmdan oladi. 👥 Jamoa: 1 tadan 5 tagacha ishtirokchi 🎯 Yosh: 16 yoshdan yuqori 📍 Final: 13-dekabr, Toshkent shahri, Agrobank bosh ofisida ✨ Final ishtirokchilarini quyidagilar kutmoqda: • O‘z mahsulotini sotish imkoniyati • Agrobank’dan ish taklifi • UDEA universitetida o'qish uchun grant yutish imkoniyati • Agrobank va IT Community sertifikatlari Ro‘yxatdan o‘tish boshlangan va 25-noyabrgacha davom etadi! 💡 AI olamida o‘zingizni namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. 🚀 Agrobank va IT Community of Uzbekistan ko‘magida o'tkazilmoqda. Batafsil

Pulli Gap
33 895
1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi? 😊Pulli Gap O'zbekistonda 1-noyabrdan kuchga kiradigan yangiliklar va qonunchilikdagi o'zgaris
1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi? 😊Pulli Gap O'zbekistonda 1-noyabrdan kuchga kiradigan yangiliklar va qonunchilikdagi o'zgarishlarni bir yerga jamladi. 1️⃣O‘zbekistonda 2,1 mingdan ziyod davlat xizmatchisi shtati qisqartiriladi Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining jami 2141 ta shtati qisqartiriladi. Qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarda esa rahbar o‘rinbosarlari soni jami 16 taga qisqartiriladi. 2️⃣Avtomobilga gaz ballon o‘rnatilganidan so‘ng “texpasport”ni yangilash talab etilmaydi Avtomobilga gaz ballon o‘rnatilganidan so‘ng “texpasport”ni almashtirish talab etilmaydi. Shuningdek, transport vositasiga gaz balloni o‘rnatilganligiga oid ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish orqali transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi. 3️⃣Mobil operatorlar, banklar va to‘lov tashkilotlari YAIDXP orqali pulli davlat xizmatlarini ko‘rsatadi Mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, to‘lov tashkilotlariga mobil ilovalar orqali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (YAIDXP, my.gov.uz) pulli elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. 4️⃣ YAIDXPdagi shaxsga doir ma’lumotlar ularning qog‘oz shakliga tenglashtiriladi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) jismoniy shaxslarning belgilangan shaxsga doir ma’lumotlari ularning shaxsiy kabineti orqali real vaqt rejimida taqdim etiladi. Bunda: 💚jismoniy shaxsning Yagona portaldagi shaxsga doir ma’lumotlari ularning qog‘oz shakliga tenglashtiriladi; 💚ushbu ma’lumotlar Yagona portalning mobil ilovasidan foydalangan holda ko‘rsatilganda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur ma’lumotlarning qog‘oz shaklini talab qilish taqiqlanadi. 5️⃣ Ayrim fuqarolarga qo‘shimcha ta’lim olish uchun “kasb vaucheri” beriladi Malakasini oshirish va kasbga qayta tayyorlanish istagidagi shaxslarga qo‘shimcha ta’lim olish uchun “kasb vaucheri” berish tartibi joriy etiladi. “Kasb vaucheri” ssuda sifatida beriladi. Shaxs o‘qishni tugatib sertifikat olgach, ishga joylashganidan so‘ng ssudani 2 yil davomida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga qaytaradi. Quyidagi shaxslarga kasb-hunar kurslarida ta’lim olish davrida jamg‘arma hisobidan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi: 💚nogironligi bo‘lgan shaxslarga; 3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda ta’lim olayotgan Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalar a’zolariga; 💚doimiy yashash joyidan boshqa hududga qatnab ta’lim olayotgan shaxslarga. 6️⃣ Ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to‘lanadi Ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to‘lanadi. Uni takroran belgilashda dastlabki tayinlangan nafaqani olish muddati tugagandan so‘ng qo‘shimcha ravishda kamida 12 oylik ish staji talab etiladi. 7️⃣Talabalar ijara to‘lovining bir qismini qaytarish bo‘yicha my.gov.uz orqali murojaat qilishi mumkin bo‘ladi Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini qaytarish bo‘yicha Yagona portal orqali murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. 2021-yil may oyidan boshlab talabalarga ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilmoqda. Toshkent shahrida kompensatsiya miqdori oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari — 412 ming so‘mgacha, viloyatlarda esa BHMning yarmigacha yetishi mumkin. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 895
Soliqsiz davlat — bo‘lishi mumkinmi? | Pulli Gap AI Hech o'ylab ko'rganmisiz, insonlar soliq to‘lamay qo'ysa, davlat qanday yashaydi? Ko‘pchilik "Soliq — bu hukumat oladigan pul" - deb o'ylaydi. Aslida-chi? 🎯 Navbatdagi sonimizda ushbi mavzularni yoritamiz: 🔹 Soliqsiz davlat qurish mumkinmi? 🔹 Nega ayrim mamlakatlarda soliq yo‘q bo'lsa ham, ular baribir boy mamlakatlar qatoriga kiradi? 🔹 Agar soliq to‘xtasa, birinchi bo‘lib nima to‘xtaydi? 🔹 Soliq — majburiyatmi yoki kelajakka investitsiyami? Biz oddiy misollar orqali tushuntiramiz: nima uchun Qatar soliqsiz yashay oladi-yu, ammo O‘zbekiston yoki Germaniya — yo‘q. 💭 Sizningcha-chi, davlat soliqlarsiz yashay olarmidi? 🎥 Batafsil: https://youtu.be/vPpXTfuVltM?si=DeVIiK0gNXc3ocmC

Pulli Gap
33 895
💳 Bolalar uchun plastik kartalar 😊 O'zbekistonda bolalar uchun qaysi banklardan karta ochish mumkin? Biz hozirgi kunda ushb
💳 Bolalar uchun plastik kartalar 😊 O'zbekistonda bolalar uchun qaysi banklardan karta ochish mumkin? Biz hozirgi kunda ushbu imkoniyatni taqdim etayotgan banklar, karta ochish narxlari haqida ma'lumot to'pladik. 1️⃣ Agrobank — UZCARD Kids Karta ochish narxi — 35 ming so‘m Yosh chegarasi — 7 yoshdan 16 yoshgacha Kartaning amal qilish muddati: 5 yil 2️⃣ MKBANK — UZCARD Kids Karta ochish narxi — 20 ming so‘m Yosh chegarasi — 7 yoshdan 16 yoshgacha Kartaning amal qilish muddati: 5 yil 3️⃣ Garant Bank — UZCARD/HUMO Kids Karta ochish narxi — 45 ming so‘m Yosh chegarasi — 16 yoshgacha Kartaning amal qilish muddati: 5 yil 4️⃣ Kapitalbank — UZCARD/HUMO Kids Karta ochish narxi — 50 ming so'm Yosh chegarasi — 14 yoshdan 16 yoshgacha Kartaning amal qilish muddati: 5 yil 5️⃣Poytaxt Bank — Bolalar kartasi Karta ochish narxi — 35 ming so‘m Yosh chegarasi — 7 yoshdan 16 yoshgacha Kartaning amal qilish muddati: 5 yil 6️⃣Tenge Bank — HUMO Karta ochish narxi — bepul Yosh chegarasi — 7 yoshdan 16 yoshgacha Kartaning amal qilish muddati: 5 yil 7️⃣Anorbank — UZCARD Kids Karta ochish narxi — bepul Yosh chegarasi — 7 yoshdan 16 yoshgacha Kartaning amal qilish muddati: 5 yil 8️⃣Ipotekabank — Junior UZCARD/HUMO Karta ochish narxi — bepul Yosh chegarasi — 7 yoshdan 16 yoshgacha Kartaning amal qilish muddati: 5 yil 9️⃣Asia Alliance Bank — UZCARD Junior Karta ochish narxi — bepul Yosh chegarasi — 14 yoshdan 16 yoshgacha Kartaning amal qilish muddati: 5 yil ❗️Eslatma: Ma'lumotlar o'zgarishi mumkin. Karta ochishdan oldin har doim ma'lumotni bevosita bankdan aniqlashtirish tavsiya etiladi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 895
Kredit karta kishan emas! 📗 Aksincha, zarurat tug‘ilganda moliyaviy yechim bo‘la oladigan vosita. Foydali bo‘lishi esa uni to‘g‘ri ishlata olishga bog‘liq. ⁉️ Videoda kredit kartadan nimaga qo‘rqish kerak emasligi va undan qanday oqilona foydalanish mumkinligi haqida batafsil gaplashdik. Videoni ko‘ring va o‘zingiz uchun bilib oling. 🔗 Batafsil agrobank.uz saytida TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 895
💫 Haj safariga onlayn yozilish imkoni yaratildi! Endilikda Haj safari uchun uydan chiqmasdan turib, barcha jarayonni onlayn
💫 Haj safariga onlayn yozilish imkoni yaratildi! Endilikda Haj safari uchun uydan chiqmasdan turib, barcha jarayonni onlayn amalga oshirish mumkin. Buning uchun “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi. 🕋 Ariza berish tartibi shunday: 1️⃣ Foydalanuvchi “OneID”, “Mobile ID” tizimlari yoki “ERI” (elektron raqamli imzo) orqali autentifikatsiyadan o‘tadi. 2️⃣ Ariza berish bo‘limiga o‘tib, ariza turini tanlaydi. 3️⃣ Tizim avtomatik to‘ldirilgan shaxsiy ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi. Foydalanuvchi telefon raqamini kiritadi. 4️⃣ Agar fuqaro mahram yoki hamroh bilan borishni istasa, u holda “Mahram/hamroh qo‘shish” bo‘limidan JSHSHIR raqamini kiritib, qarindoshini tanlaydi. 5️⃣ Mahram/hamroh haqidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va unga tegishli telefon raqamini kiritadi. 6️⃣ Foydalanuvchi telefon raqamiga SMS orqali kelgan tasdiqlash kodini kiritadi. 7️⃣ Shakllangan to‘lov cheki orqali to‘lovni amalga oshiradi. 8️⃣ Foydalanuvchi doimiy yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatga (navbatga) qo‘yiladi va bu haqda unga SMS xabarnoma yuboriladi. 9️⃣ Jarayon yakunlanadi. Ushbu tizim inson omilini kamaytiradi, qog‘ozbozlikni bartaraf etadi va jarayonni shaffof qiladi. 📲 Navbatga yozilish uchun: www.my.gov.uz va www.haj-umra.gov.uz saytlari orqali murojaat qilishingiz mumkin. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 895
Banklar odatda kredit berishdan oldin garov ta’minotini ham talab qiladi. Bu garov sifatida ko‘pincha mol-mulklar — masalan,
Banklar odatda kredit berishdan oldin garov ta’minotini ham talab qiladi. Bu garov sifatida ko‘pincha mol-mulklar — masalan, uy, noturar joy binosi, qimmatbaho taqinchoqlar yoki avtomobil qo‘yiladi ✅ ❓Ammo savol tug‘iladi: Garovga qo‘yilgan mulkni keyinchalik o‘zgartirish mumkinmi? 🤝Ha, mumkin. Agar qarz oluvchi kreditning bir qismini to‘lab bo‘lgan bo‘lsa, garovdagi mulkni kreditning qolgan summasini qoplay oladigan boshqa mulkka almashtirishga ruxsat beriladi. ☝️Bunda bank yangi garov turi holatini o‘rganib chiqadi va uni garov sifatida qabul qilishga rozilik bildirishi kerak bo‘ladi. Masalan: 💰 Siz 150 million so‘m kredit olgansiz va garovga 187,5 million so‘mlik do‘kon binosi qo‘yilgandi. Agar siz kreditning 70 million so‘mini to‘lab bo‘lsangiz, qolgan 80 million so‘mlik qarz uchun garov sifatida 107,5 million so‘mlik avtomobilni qo‘yishingiz mumkin. 💼 Ya’ni, garov mulkini bank roziligi bilan boshqa mos qiymatdagi mulkka almashtirish mumkin. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
33 895
🦷 Stomatologiya — tibbiyotmi yoki biznes? Bu savolni har bir shifokor ham, har bir tadbirkor ham bir marta bo‘lsa-da o‘ziga bergan. Biz esa bu mavzuda — Pulli Gap Talk'da ochiqchasiga gaplashamiz! 🎙 Mehmonimiz — Shaxbozbek Hamid, “Shokh Dentist” klinikasi asoschisi va stomatolog. U bilan suhbatda: 💰 Klinikani ochish uchun haqiqiy sarmoya va dastlabki qadamlar ⚖️ Tibbiyot va biznes o‘rtasidagi nozik muvozanat 🧠 Mijoz ishonchini qozonish va marketingning yashirin mexanizmlari 👨‍🏫 Ustoz-shogird tizimi va yosh shifokorlarga foydali maslahatlar 💡 Bu suhbat faqat stomatologlar uchun emas — har qanday kasb egasi uchun o‘z ishini san’at darajasida biznesga aylantirish saboqlaridir. To'liq suhbat: https://youtu.be/ja-1084tI70?si=nkjiM4KhtgDyA98T