“Adolat” SDP | Toshkent shahri
O'zbekiston "Adolat" SDP Toshkent shahar Kengashining rasmiy telegram sahifasi • Manzil: Yunusobod tumani, Elnur 4-tor koʻchasi • Murojaat uchun: +998977774957 • Partiyaga onlayn a'zo bo'lish: https://adolat.uz/online-azo-bolish
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel “Adolat” SDP | Toshkent shahri
Channel “Adolat” SDP | Toshkent shahri (@adolat_sdpt) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 11 195 subscribers, ranking 4 600 in the Politics category and 7 180 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 11 195 subscribers.
According to the latest data from 30 July, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -430 over the last 30 days and by -3 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 0.56%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 0.40% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 63 views. Within the first day, a publication typically gains 45 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 1.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“O'zbekiston "Adolat" SDP Toshkent shahar Kengashining rasmiy telegram sahifasi
• Manzil: Yunusobod tumani, Elnur 4-tor koʻchasi
• Murojaat uchun:
+998977774957
• Partiyaga onlayn a'zo bo'lish:
https://adolat.uz/online-azo-bolish”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 31 July, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Politics category.
☄️O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash doirasida Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Ayol qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida amaliy konferensiya tashkil etildi.📌Tadbir O‘zbekiston “Adolat” SDP Sergeli tuman Kengashi raisi S.T. Tursunov tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yuksaltirish, gender tengligini ta’minlash hamda ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi. ⚡️ Konferensiya yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, yurtimiz taraqqiyotida ayollarning beqiyos o‘rni alohida e’tirof etildi. ✍️ Bizni kuzatishda davom eting
Jamiyatda adolat qaror topishi har bir insonning ezgu orzusidir. Adolatli jamiyatni barpo etish, fuqarolarning bir-biriga xolis va hurmat bilan munosabatda bo‘lishini shakllantirish uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy ishlarni talab etadi. Shu bois, aholining, ayniqsa, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirishda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan kitobxonlikni keng targ‘ib etish, kitob mutolaasi madaniyatini yuksaltirish hamda kitobxonlar safini kengaytirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur ezgu tashabbuslar Chilonzor tumanida ham izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston “Adolat” SDP Chilonzor tuman Kengashi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari qoshida faoliyat yuritayotgan kutubxonalar turli mavzulardagi qimmatli va qiziqarli adabiyotlar bilan boyitib borilmoqda. “Ziyo karvoni” loyihasining navbatdagi manzili “Katta Navbahor” mahallasi bo‘ldi. Tadbir davomida mahalla kutubxonasiga badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi kitoblar taqdim etildi. Mazkur xayrli tashabbus aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Tuman hokimligi nomidan mazkur ezgu ishlarni amalga oshirishda tashabbus ko‘rsatib kelayotgan O‘zbekiston “Adolat” SDP Chilonzor tuman Kengashi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi mas’ullariga samimiy minnatdorlik bildiramiz.
🖇 Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati B.N. Boborajabov Toshkent shahar Kengashi deputati M.Taxirovga rasmiy murojaat yo'lladi. 🌐Saylov okrugi aholisi bilan o'tkazilgan uchrashuvlar davomida "Jangoh" MFY, 2AB va 2VG uy-joy majmualari fuqarolaridan yo'l harakati xavfsizligiga oid jiddiy muammo yuzasidan murojaat tushgan edi.🔗Muammoning mohiyati: Aholisi 400-500 xonadondan iborat 20 ta ko'p qavatli turar joy majmuasiga kirish-chiqish transporti Abdulla Qodiriy va Sebzor ko'chalari kesishmasidagi yo'l o'tkazgichdan tushgach, hovli ichidagi yo'lakdan transit tarzda foydalanmoqda. Bu holat hovlida harakatlanuvchi bolalar, keksalar va boshqa fuqarolar xavfsizligiga tahdid solmoqda. 💠Ilgari surilgan takliflar: Yo'l o'tkazgichdan tushishda Abdulla Qodiriy ko'chasiga bevosita qayrilish uchun yo'lak tashkil etish; Ganga tomonidagi mavjud qayrilish yo'lagidan foydalanish imkoniyatini ko'rib chiqish; Sebzor ko'chasi bo'ylab aholi uchun bepul avtoturargoh tashkil etish masalasini o'rganish. Deputat Toshkent shahar Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etishga ko'maklashishni so'ragan.
📌 "Dolzarb — 90 kun" dasturi ijroda🏛 Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashining 25-Beltepa saylov okrugi deputati K.Karimov "Dolzarb — 90 kun" dasturi doirasida 314-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 📝 Oʻrganish jarayonida maktabda faoliyat yuritayotgan toʻgaraklar bilan yaqindan tanishildi, ularga biriktirilgan oʻqituvchilar bilan suhbat oʻtkazilib, yoshlarning qiziqishlari va ehtiyojlari oʻrganildi. 📋 "Dolzarb — 90 kun" dasturi yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishga, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ham munosib hissa qoʻshayotgani ta'kidlab o'tildi. ✍️ Ushbu tashkil etilgan o'rganish yoshlarimizning barkamol avlod boʻlib voyaga yetishida muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
O‘rganish jarayonida aholi bilan bevosita muloqot qilinib, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar, ijtimoiy infratuzilma holati, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifati hamda boshqa yo‘nalishlardagi muammolar o‘rganildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.Bunday ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda mahallalarda mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etishga xizmat qilmoqda.
❗️ Maktabgacha ta’lim sifati va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar deputat e’tiborida🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova, Olmazor tumani "Adolat" SDP raisi va tuman Kengashi deputati Umida Fayziyeva, shuningdek, 22-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Nargiza Mirahmedova ishtirokida Olmazor tumanining 11-Moyqo‘rg‘on saylov okrugi hududida joylashgan 22-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. 🔍 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, sog‘lom ulg‘ayishi hamda xavfsiz va zamonaviy muhitda tarbiyalanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. 📁 Muassasa 2019-yilda qayta tashkil etilgan bo‘lib, 7 ta guruhda 210 nafar bola sig‘imiga ega. Hozirda 161 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Tashkilot hududida bolalarning yozgi dam olishi va sog‘lomlashtirilishi uchun basseyn hamda yozgi ayvonchalar tashkil etilgan, hovli to‘liq obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirilgan. 📝 Shuningdek, logoped, psixolog va tibbiyot xonalari, zamonaviy oshxona hamda omborxonalar faoliyati, rus tili guruhlari va qo‘shimcha to‘garaklarning tashkil etilishi, pedagoglar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari ham batafsil o‘rganildi. Muassasada 29 nafar xodim faoliyat yuritayotgani qayd etildi. 📉 O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tizimining samaradorligi, bolalar xavfsizligi, sog‘lom ovqatlanish, sport va sog‘lomlashtirish infratuzilmasi, mutaxassislar faoliyati hamda ta’lim sifati Mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun tavsiya etilgan 24 ta ustuvor yo‘nalish va 162 ta muhim qonun talablari asosida tahlil qilindi. 🤝 Muassasa rahbariyati, pedagoglar hamda mas’ullar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud infratuzilmani takomillashtirish, bolalar uchun qulay va xavfsiz muhitni mustahkamlash yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. 💡 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz sharoitlarni kengaytirish, ta’lim sifati hamda tarbiyaviy jarayon samaradorligini oshirish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Mazkur yo‘nalishda aniqlangan taklif va ehtiyojlar tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich ko‘rib chiqilishi hamda deputatlik nazoratida olib borilishi qayd etildi.
Deputatlar mahalladagi hokim yordamchisining ish faoliyati bilan tanishdiXalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputatlari Nodira Tuykulova va Dildora Islomovalar “Mannon Uygʻur” mahallasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi muammolarini oʻrganish va ularga yechim topish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida hokim yordamchisi faoliyatini oʻrgandi.
Uchrashuv davomida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini taʼminlash, kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy muammolarni hal etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.Shuningdek, deputatlar tomonidan mahalladagi mavjud muammolar, jumladan, ishsizlik, infratuzilmani yaxshilash va aholi murojaatlarini tezkor koʻrib chiqish masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Tashrif yakunida aholi farovonligini oshirish, mahalla tizimidagi ishlar samaradorligini yanada kuchaytirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.
📌 Olmazor tumanidagi 22-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi📍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati F. Akramova hamda Olmazor tumani Kengashi deputati U. Fayziyeva hamkorligida Olmazor tumanidagi 22-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. 💡 O‘rganish davomida ta'lim-tarbiya jarayonining sifati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablari, oziq-ovqat ta'minoti, moddiy-texnik baza hamda pedagog xodimlarning faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
Mazkur o‘rganish ishlari
"Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida"
gi,
"Ta'lim to‘g‘risida"
gi hamda
"Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"
gi Qonunlar ijrosi doirasida amalga oshirilib, ta'lim muassasalarida sifatli ta'lim-tarbiya muhitini ta'minlash, bolalar manfaatlarini himoya qilish hamda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.🧒 Bolalar salomatligi va xavfsizligi — jamiyat kelajagining mustahkam poydevoridir. Har bir maktabgacha ta'lim tashkilotida sog‘lom, xavfsiz va zamonaviy sharoitlarni yaratish, ularning har tomonlama barkamol voyaga yetishini ta'minlash barchamizning ustuvor vazifamiz hisoblanadi.
🔴 «Адолат» СДП ҳамда «Адолат» ижтимоий-сиёсий газетасининг «Воқеа жойидан...» лойиҳасининг навбатдаги сони чўмилиш тақиқланган каналлар ва сув ҳавзаларида содир бўлаётган фожиали ҳолатларга бағишланади.Нега фуқаролар, айниқса, ёшлар ҳаётини хавф остига қўйиб, тақиқланган ҳудудларда чўмилмоқда❓ Ёшлар учун хавфсиз чўмилиш шароитлари етарлими ❓ 💬 Бу борада мутахассислар ва юртдошларимизнинг фикрларини ўргандик. ⚖️ Расмий саҳифаларимиз
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvaxabovich tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida Chilonzor tumani “Al-Xorazmiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 126-sonli umumta’lim maktabi binosining ichki devorlari joriy ta’mirtalab holatda ekani hamda ularni pardozlash va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurligi aniqlandi.O‘rganish natijasida mazkur ta’mirlash ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan bo‘yoq mahsulotlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Masala deputatlik nazoratiga olinib, tegishli chora tadbirlar amalga oshirildi. Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida maktabni ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan bo‘yoq mahsulotlari bilan ta’minlash masalasi belgilangan tartibda ijobiy hal etildi. Ta’lim muassasasidagi aniqlangan muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi. 126-sonli umumta’lim maktabi direktori M.Bahromova mazkur masalaga befarq bo‘lmay, qisqa muddatda amaliy choralar ko‘rilgani hamda muammoning ijobiy hal etilishiga ko‘maklashgani uchun deputat A.A. Xusainovga o‘z minnatdorligini bildirdi.
❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 3-apreldagi VII-24-90-14-0-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova tomonidan Olmazor tumanining "Yuqori Beshqo‘rg‘on" mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi ochiq axborot uchrashuvi o‘tkazildi. 📝 Uchrashuvda Olmazor tumani hokimligi mas’ul xodimlari, Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shahnoza Umrxo‘jayeva, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi Mahmudov Sayfulla Hasanovich, mahalla raislari, "mahalla yettiligi" vakillari, nuroniylar hamda faol fuqarolar ishtirok etdi. Muloqot davomida deputat tomonidan 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot berildi. 🔎 Ta’kidlanganidek, hisobot davrida deputat tomonidan saylovchilar bilan muntazam uchrashuv va fuqarolar qabullari tashkil etilib, kelib tushgan murojaatlar atroflicha o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar yuzasidan tegishli davlat organlari hamda tashkilotlari bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilib, zarur masalalar bo‘yicha deputatlik so‘rovlari va kuzatuv xatlari yuborildi hamda ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi. 🗣 Deputat o‘z axborotida ikkinchi chorak davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalarida faol ishtirok etganini, sessiyalarda hududlarni kompleks rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, kommunal infratuzilmani takomillashtirish, aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash, yoshlar bandligini oshirish, jinoyatchilik profilaktikasi hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobot va axborotlari muhokama qilinib, ular bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirganini qayd etdi. 📁 Shuningdek, deputat Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi doimiy komissiyalari faoliyatida ham faol qatnashib, komissiya yig‘ilishlarida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, aholi murojaatlarini tizimli hal etish hamda mahalliy budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar ilgari surganini alohida ta’kidladi. 🔺 Deputat tomonidan saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar davomida mahallalardagi ichki yo‘llar, ko‘chalarni yoritish, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv tarmoqlari, obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, sport maydonchalari hamda boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlari holati yuzasidan monitoringlar amalga oshirilgani, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilindi. 💬 Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida 201-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti oldida piyodalar o‘tish yo‘lagi (zebra) barpo etish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, sport infratuzilmasini rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash hamda boshqa dolzarb masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokama qilinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. ✅ Yakunda deputat tomonidan taqdim etilgan axborot yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinib, saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqotlarni davom ettirish, ko‘tarilgan masalalarni tegishli idoralar bilan hamkorlikda hal etish hamda ularning ijrosini doimiy deputatlik nazoratida olib borish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Hisobot davomida deputat tomonidan o’tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan ko’rilgan choralar, hududdagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlari hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berildi.Shuningdek, uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan tinglanib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo’yicha zarur choralar ko’rilishi ta’kidlandi. Yig’ilish yakunida deputat aholi bilan muntazam muloqotni davom ettirish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda hududni yanada rivojlantirish yo’lida izchil faoliyat olib borishini qayd etdi.
❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova "Mustaqil yurt" mahallasidagi dolzarb muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi📍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova tomonidan saylov okrugi hududidagi "Mustaqil yurt" mahalla fuqarolar yig‘inida aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, ularning yechimlarini ishlab chiqish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi. 🤝 O‘rganish davomida mahalla raisi, "mahalla yettiligi" vakillari, nuroniylar hamda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, "Mustaqil yurt" mahalla fuqarolar yig‘ini ikki yildan buyon o‘zining ma'muriy binosiga ega emasligi sababli mahalla xodimlari vaqtincha 15-sonli umumta'lim maktabida faoliyat yuritayotgani ma'lum qilindi. 🏢 Mahalla faollari tomonidan taqdim etilgan dalolatnomada qayd etilishicha, xodimlar maktabning o‘qituvchilar xonasida ishlashga majbur bo‘lib, ta'mirlash ishlari olib borilayotgani sababli bino ichidagi bo‘yoq hidi hamda ish sharoitlarining talab darajasida emasligi ularning mehnat faoliyati va salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, mahalla fuqarolar yig‘inining alohida binosi mavjud emasligi sababli fuqarolar qabuli, yig‘ilishlar, profilaktik uchrashuvlar va boshqa jamoatchilik tadbirlarini o‘z vaqtida tashkil etishda qator qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani, bu esa aholi e'tirozlari va noroziliklariga sabab bo‘layotgani ta'kidlandi. Mahalla faollari tomonidan avval foydalanilgan mahalla idorasini tiklash yoki yangi ma'muriy bino bilan ta'minlash masalasi yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish zarurligi bildirildi. 🎥 O‘rganish davomida hududdagi videokuzatuv kameralarining ishlamayotgani ham alohida ko‘rib chiqildi. Mazkur holat jamoat xavfsizligini ta'minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgani qayd etildi. Shuningdek, mahallada sug‘orish tizimi uchun zarur bo‘lgan artezian qudug‘i (skvajina) mavjud emasligi sababli yashil hududlarni parvarishlash va obodonlashtirish ishlarida muammolar yuzaga kelayotgani ham aniqlandi. 📚 Muloqot jarayonida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida mahalladagi mavjud holat kompleks tahlil qilindi. Xususan, aholi bandligi, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy himoya, tibbiy xizmat sifati, ichki yo‘llar, ko‘cha yoritgichlari, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta'minoti, hududni obodonlashtirish, jamoat xavfsizligi hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. 📝 Uchrashuv davomida fuqarolar va mahalla faollari tomonidan bildirilgan barcha murojaat hamda takliflar deputat tomonidan **"Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari"**ga qayd etilib, ularning har biri alohida deputatlik nazoratiga olindi. Mahalla binosi bilan bog‘liq muammo, ishlamayotgan kuzatuv kameralari, sug‘orish tizimini yaxshilash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish va ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. 💡 Shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar sessiyaoldi tartibida joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida aniqlangan muammo va takliflar umumlashtirilib, ularni sessiya muhokamasiga kiritish hamda tegishli amaliy choralar ko‘rish uchun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyatiga taqdim etish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.
