“Adolat” SDP | Toshkent shahri
O'zbekiston "Adolat" SDP Toshkent shahar Kengashining rasmiy telegram sahifasi • Manzil: Yunusobod tumani, Elnur 4-tor koʻchasi • Murojaat uchun: +998977774957 • Partiyaga onlayn a'zo bo'lish: https://adolat.uz/online-azo-bolish
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام “Adolat” SDP | Toshkent shahri
کانال “Adolat” SDP | Toshkent shahri (@adolat_sdpt) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 11 735 مشترک است و جایگاه 4 441 را در دسته سیاست و رتبه 6 858 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 11 735 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 26 ژوئن, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -2 500 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -14 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 0.69% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 1.70% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 81 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 200 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 2 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“O'zbekiston "Adolat" SDP Toshkent shahar Kengashining rasmiy telegram sahifasi
• Manzil: Yunusobod tumani, Elnur 4-tor koʻchasi
• Murojaat uchun:
+998977774957
• Partiyaga onlayn a'zo bo'lish:
https://adolat.uz/online-azo-bolish”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 27 ژوئن, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته سیاست تبدیل کردهاند.
Hurmatli jurnalistlar, muharrirlar, matbuot kotiblari, operatorlar, fotomuxbirlar, boshlovchilar va ommaviy axborot vositalari tizimida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan barcha soha vakillarini 27-iyun - Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!Mamlakatimizda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlash, jamiyatni xolis, tezkor va ishonchli axborot bilan ta’minlash yo’lidagi mashaqqatli mehnatingiz yuksak e’tirofga loyiq. Sizlar har kuni o’z kasbingizga sadoqat bilan xizmat qilib, haqiqatni xalqimizga yetkazish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, ezgu qadriyatlar va bunyodkorlik g’oyalarini targ’ib etishda beqiyos hissa qo’shib kelmoqdasiz. So’z mas’uliyatini chuqur his etgan holda olib borayotgan fidokorona faoliyatingiz, yurt ravnaqi va jamiyat taraqqiyotiga qo’shayotgan munosib hissangiz uchun sizlarga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Kasb bayramingiz munosabati bilan barchangizga mustahkam sog’liq, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik, qalbingizga ilhom, ijodingizga baraka hamda mas’uliyatli faoliyatingizda yangi yutuq va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Qalamingiz doimo o’tkir, so’zingiz xolis va ta’sirchan, ijodingiz esa xalq ishonchi va e’tirofiga sazovor bo’lib qolsin! 🌹 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak bo’lsin! 📸🎥🖋️
“Adolat” SDP Siyosiy Kengashi Markaziy apparati ishchi guruhi tomonidan Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tuman kengashlari faoliyati o‘rganildi.O‘rganishlar davomida hududiy kengashlarning tashkiliy faoliyati, moddiy-texnik bazasi, ish yuritish holati hamda partiya tashkilotlari faoliyati tahlil qilindi.
Shuningdek, boshlang‘ich partiya tashkilotlarining ish jarayonlari, partiya a’zolari bilan ishlash tizimi, partiya dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Aholi bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, jamoatchilik bilan hamkorlikni mustahkamlash, siyosiy-huquqiy targ‘ibot ishlarining samaradorligini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganishlar yakunida hududiy kengashlar va boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni keng joriy etish, partiyaning dasturiy g‘oya va maqsadlarini aholi o‘rtasida samarali targ‘ib qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, partiya xodimlari va faollari zimmasidagi vazifalarni yuksak mas’uliyat bilan bajarishi, joylardagi muammolarni o‘z vaqtida o‘rganib, ularning yechimiga ko‘maklashishi muhim ekani ta’kidlandi. Insoniyat yana hisobotlar, tahlillar va o‘rganishlar orqali tizimni yaxshilashga urinmoqda. Bu safar ham natija amaliy ishlarda ko‘rinsa, maqsadga erishilgan bo‘ladi.
Har qanday siyosiy partiyaning jamiyatdagi nufuzi va ta’sir kuchi, avvalo, uning quyi bo‘g‘inlari hamda hududiy kengashlarining samarali faoliyati bilan belgilanadi.Partiya tashkilotlari aholi bilan partiya o‘rtasidagi mustahkam muloqot ko‘prigi bo‘lib, fuqarolarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni tegishli tartibda partiya darajasiga olib chiqishda muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston “Adolat” SDPning 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, quyi bo‘g‘inlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda partiyaviy ishlarning hududlardagi holatini tahlil qilish maqsadida ishchi guruh tomonidan Toshkent shahridagi Chilonzor va Uchtepa tuman Kengashlari hamda boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyati o‘rganildi.O‘rganishlar davomida partiyaviy ishlarning tashkil etilishi, hujjatlar yuritilishi, partiya a’zolari bilan ishlash tizimi, deputatlik faoliyati, targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilinib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, partiyaviy faoliyat natijadorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring.⬇️⬇️ 📱 Telegram |📱Instagram | 📱 Facebook | 📱 X | 📱You Tube
Жаҳон иқтисодиётида рақобат тобора кучайиб бораётган бугунги шароитда ҳар бир давлат ўз иқтисодий барқарорлиги ва тараққиётини таъминлаш учун инвестицияларни жалб этишга алоҳида эътибор қаратмоқда. Инвестиция нафақат янги корхоналар, иш ўринлари ва технологиялар демакдир, балки мамлакатнинг халқаро майдондаги нуфузи, иқтисодий салоҳияти ва келажак тараққиётининг муҳим мезони ҳам ҳисобланади. Шу нуқтаи назардан қараганда, Ўзбекистонда хорижий инвесторлар билан очиқ ва самарали мулоқотни йўлга қўйиш давлат сиёсатининг устувор йўналишларидан бирига айланди.➡️ Батафсил ⚖️ Расмий саҳифаларимиз
Uchrashuv davomida mahallada istiqomat qilayotgan fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, ijtimoiy masalalar, hudud obodonchiligi, kommunal xizmatlar, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, shuningdek, aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan taklif va murojaatlar atroflicha muhokama qilindi.Muloqotda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Har bir murojaat alohida tinglanib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish belgilandi.
Ta’kidlanganidek, «Adolat» SDP uchun aholi bilan bevosita muloqot qilish, mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning yechimiga amaliy ko‘maklashish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.Uchrashuv yakunida bildirilgan murojaat va takliflar bo‘yicha batafsil ma’lumot tayyorlash, mavjud masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlarga yetkazish hamda ularning ijrosi yuzasidan nazorat olib borish belgilandi.
Президент Олий Мажлис Сенатига Махмудова Робахон Анваровнани Ўзбекистон Олий суди раиси лавозимига сайлаш тўғрисида тақдимнома киритган эди.Олий Мажлис Сенати Робахон Махмудовани беш йил муддатга Олий суд раиси лавозимига сайлаш тўғрисида қарор қабул қилди.
Олий Мажлис Сенати Кенгашининг мажлисида мазкур масала кўриб чиқилиб, Робахон Махмудовани муддатсиз муддатга судьялик лавозимига, беш йил муддатга эса Ўзбекистон Олий суди раиси лавозимига сайлаш тўғрисида қарор қабул қилинди.Ўзбекистон “Адолат” СДП Робахон Махмудовани юксак масъулиятли лавозимга сайлангани билан табриклайди ҳамда келгуси фаолиятида муваффақиятлар тилайди. ⚖️ Расмий саҳифаларимиз
Адолат худди тоза ҳаводек гап, у бор жойда бемалол нафас оласан, аммо озгина заҳарланса, бутун жамият бўғила бошлайди. Инсон ҳуқуқи, қадр-қиммат ва қонун устуворлиги ҳақида гапирганда, кўз олдимизга биринчи бўлиб суд идоралари келиши бежиз эмас. Зеро, фуқаронинг давлатга, адолатга ва келажакка бўлган ишончи айнан суд остонасида шаклланади ёки шу ерда синади.Президентимиз томонидан имзоланган судларда комплаенс назорат тизимини кучайтиришга оид янги Фармон, ҳеч муболағасиз, соҳада узоқ кутилган қадам бўлди. Мазкур ҳужжат суд тизимида 2026 йилда коррупцияга қарши курашиш бўйича эълон қилинган “фавқулодда ҳолат”дан келиб чиқадиган вазифаларни самарали ижро этиш, тизимда коррупциявий хавф-хатарларни барвақт бартараф этиш ва аҳолининг судларга бўлган ишончини мустаҳкамлаш мақсадини кўзлайди. ➡️ Батафсил ⚖️ Расмий саҳифаларимиз
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
