ar
Feedback
“Adolat” SDP | Toshkent shahri

“Adolat” SDP | Toshkent shahri

الذهاب إلى القناة على Telegram

O'zbekiston "Adolat" SDP Toshkent shahar Kengashining rasmiy telegram sahifasi • Manzil: Yunusobod tumani, Elnur 4-tor koʻchasi • Murojaat uchun: +998977774957 • Partiyaga onlayn a'zo bo'lish: https://adolat.uz/online-azo-bolish

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام “Adolat” SDP | Toshkent shahri

تُعد قناة “Adolat” SDP | Toshkent shahri (@adolat_sdpt) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 11 735 مشتركاً، محتلاً المرتبة 4 441 في فئة السياسة والمرتبة 6 858 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 11 735 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 26 يونيو, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -2 500، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -14، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 0.69‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 1.70‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 81 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 200 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 2.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
O'zbekiston "Adolat" SDP Toshkent shahar Kengashining rasmiy telegram sahifasi • Manzil: Yunusobod tumani, Elnur 4-tor koʻchasi • Murojaat uchun: +998977774957 • Partiyaga onlayn a'zo bo'lish: https://adolat.uz/online-azo-bolish

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 27 يونيو, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة السياسة.

11 735
المشتركون
-1424 ساعات
-2477 أيام
-2 50030 أيام
أرشيف المشاركات
#tabrik 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak! 🎉📰 Hurmatli jurnalistlar, muharrirlar, matb
#tabrik 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak! 🎉📰
Hurmatli jurnalistlar, muharrirlar, matbuot kotiblari, operatorlar, fotomuxbirlar, boshlovchilar va ommaviy axborot vositalari tizimida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan barcha soha vakillarini 27-iyun - Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
Mamlakatimizda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlash, jamiyatni xolis, tezkor va ishonchli axborot bilan ta’minlash yo’lidagi mashaqqatli mehnatingiz yuksak e’tirofga loyiq. Sizlar har kuni o’z kasbingizga sadoqat bilan xizmat qilib, haqiqatni xalqimizga yetkazish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, ezgu qadriyatlar va bunyodkorlik g’oyalarini targ’ib etishda beqiyos hissa qo’shib kelmoqdasiz. So’z mas’uliyatini chuqur his etgan holda olib borayotgan fidokorona faoliyatingiz, yurt ravnaqi va jamiyat taraqqiyotiga qo’shayotgan munosib hissangiz uchun sizlarga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Kasb bayramingiz munosabati bilan barchangizga mustahkam sog’liq, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik, qalbingizga ilhom, ijodingizga baraka hamda mas’uliyatli faoliyatingizda yangi yutuq va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Qalamingiz doimo o’tkir, so’zingiz xolis va ta’sirchan, ijodingiz esa xalq ishonchi va e’tirofiga sazovor bo’lib qolsin! 🌹 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak bo’lsin! 📸🎥🖋️

O‘zbekiston Respublikasida saylov huquqiga ega bo‘lish uchun fuqaro necha yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak?
Anonymous voting

Oliy Majlisning yuqori palatasi qaysi?
Anonymous voting

Saylov komissiyalarining asosiy vazifasi nima?
Anonymous voting

Giyohvandlikka qarshi kurashish - sog‘lom jamiyat garovi Giyohvandlik inson hayotini izdan chiqaradigan, sog‘lig‘ini yemiradigan va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan eng xavfli illatlardan biridir. U nafaqat giyohvand moddalarni iste'mol qilayotgan shaxsning, balki uning oilasi, yaqinlari va butun jamiyatning tinch hamda farovon hayotiga tahdid soladi. Shu bois giyohvandlikka qarshi kurashish har bir davlatning muhim vazifalaridan biri sanaladi. Bugungi kunda giyohvand moddalar yoshlar orasida turli yo‘llar bilan tarqatilmoqda. Ayrimlar qiziqish, tengdoshlariga taqlid qilish yoki vaqtinchalik muammolardan qochish maqsadida bu baloga qo‘l uradi. Biroq bunday tanlov ko‘pincha og‘ir kasalliklar, ruhiy tushkunlik, jinoyatchilik va hatto o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Giyohvandlikning oldini olishda oilaning o‘rni beqiyosdir. Ota-onalar farzandlari bilan doimiy muloqotda bo‘lishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi va zararli odatlardan ogohlantirib borishi zarur. Shuningdek, ta'lim muassasalarida profilaktik tadbirlar, davra suhbatlari, sport musobaqalari va ma'naviy-ma'rifiy loyihalarni muntazam tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan giyohvand moddalar savdosi va noqonuniy aylanishiga qarshi qat'iy choralar ko‘rilmoqda. Biroq faqat qonun bilan emas, balki har bir fuqaroning hushyorligi, mas'uliyati va sog‘lom turmush tarziga intilishi orqali ham ushbu illatning oldini olish mumkin. Yoshlar o‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘yib, ilm olish, kasb egallash, sport bilan shug‘ullanish va jamiyat hayotida faol ishtirok etish orqali giyohvandlikdan yiroq bo‘lishlari kerak. Chunki sog‘lom avlodgina yurt ravnaqi va kelajak taraqqiyotining mustahkam poydevorini yaratadi. Xulosa qilib aytganda, giyohvandlikka qarshi kurashish faqat davlat idoralari emas, balki har bir oila, ta'lim muassasasi va fuqaroning umumiy vazifasidir. Giyohvandlikka "yo‘q" degan jamiyatgina sog‘lom, xavfsiz va farovon kelajakni barpo eta oladi.

#Toshkent_shahar_Kengashi Ishchi guruh hududlarda o‘rganish ishlarini boshladi “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi Markaziy apparat
+5
#Toshkent_shahar_Kengashi Ishchi guruh hududlarda o‘rganish ishlarini boshladi
“Adolat” SDP Siyosiy Kengashi Markaziy apparati ishchi guruhi tomonidan Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tuman kengashlari faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida hududiy kengashlarning tashkiliy faoliyati, moddiy-texnik bazasi, ish yuritish holati hamda partiya tashkilotlari faoliyati tahlil qilindi.
Shuningdek, boshlang‘ich partiya tashkilotlarining ish jarayonlari, partiya a’zolari bilan ishlash tizimi, partiya dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Aholi bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, jamoatchilik bilan hamkorlikni mustahkamlash, siyosiy-huquqiy targ‘ibot ishlarining samaradorligini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganishlar yakunida hududiy kengashlar va boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni keng joriy etish, partiyaning dasturiy g‘oya va maqsadlarini aholi o‘rtasida samarali targ‘ib qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, partiya xodimlari va faollari zimmasidagi vazifalarni yuksak mas’uliyat bilan bajarishi, joylardagi muammolarni o‘z vaqtida o‘rganib, ularning yechimiga ko‘maklashishi muhim ekani ta’kidlandi. Insoniyat yana hisobotlar, tahlillar va o‘rganishlar orqali tizimni yaxshilashga urinmoqda. Bu safar ham natija amaliy ishlarda ko‘rinsa, maqsadga erishilgan bo‘ladi.

#Toshkent_shahar_Kengashi Partiya tashkilotlari faoliyati o‘rganildi Har qanday siyosiy partiyaning jamiyatdagi nufuzi va ta’
+8
#Toshkent_shahar_Kengashi Partiya tashkilotlari faoliyati o‘rganildi
Har qanday siyosiy partiyaning jamiyatdagi nufuzi va ta’sir kuchi, avvalo, uning quyi bo‘g‘inlari hamda hududiy kengashlarining samarali faoliyati bilan belgilanadi.
Partiya tashkilotlari aholi bilan partiya o‘rtasidagi mustahkam muloqot ko‘prigi bo‘lib, fuqarolarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni tegishli tartibda partiya darajasiga olib chiqishda muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston “Adolat” SDPning 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, quyi bo‘g‘inlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda partiyaviy ishlarning hududlardagi holatini tahlil qilish maqsadida ishchi guruh tomonidan Toshkent shahridagi Chilonzor va Uchtepa tuman Kengashlari hamda boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida partiyaviy ishlarning tashkil etilishi, hujjatlar yuritilishi, partiya a’zolari bilan ishlash tizimi, deputatlik faoliyati, targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilinib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, partiyaviy faoliyat natijadorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring.⬇️⬇️ 📱 Telegram |📱Instagram | 📱 Facebook | 📱 X | 📱You Tube

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi. — Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Наманганскую область. #Mir
+2
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi. — Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Наманганскую область. #Mirziyoyev #safar #Namangan Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🟦🟦🟦🟦 Жаҳон иқтисодиётида рақобат тобора кучайиб бораётган бугунги шароитда ҳар бир давлат ўз иқтисодий барқарорлиги ва та
🟦🟦🟦🟦  
Жаҳон иқтисодиётида рақобат тобора кучайиб бораётган бугунги шароитда ҳар бир давлат ўз иқтисодий барқарорлиги ва тараққиётини таъминлаш учун инвестицияларни жалб этишга алоҳида эътибор қаратмоқда. Инвестиция нафақат янги корхоналар, иш ўринлари ва технологиялар демакдир, балки мамлакатнинг халқаро майдондаги нуфузи, иқтисодий салоҳияти ва келажак тараққиётининг муҳим мезони ҳам ҳисобланади. Шу нуқтаи назардан қараганда, Ўзбекистонда хорижий инвесторлар билан очиқ ва самарали мулоқотни йўлга қўйиш давлат сиёсатининг устувор йўналишларидан бирига айланди.
➡️ Батафсил ⚖️ Расмий саҳифаларимиз

Хорижий инвесторлар кенгаши: глобал ҳамкорлик ва иқтисодий тараққиёт платформаси Жаҳон иқтисодиётида рақобат тобора кучайиб б
Хорижий инвесторлар кенгаши: глобал ҳамкорлик ва иқтисодий тараққиёт платформаси   Жаҳон иқтисодиётида рақобат тобора кучайиб бораётган бугунги шароитда ҳар бир давлат ўз иқтисодий барқарорлиги ва тараққиётини таъминлаш учун инвестицияларни жалб этишга алоҳида эътибор қаратмоқда. Инвестиция нафақат янги корхоналар, иш ўринлари ва технологиялар демакдир, балки мамлакатнинг халқаро майдондаги нуфузи, иқтисодий салоҳияти ва келажак тараққиётининг муҳим мезони ҳам ҳисобланади. Шу нуқтаи назардан қараганда, Ўзбекистонда хорижий инвесторлар билан очиқ ва самарали мулоқотни йўлга қўйиш давлат сиёсатининг устувор йўналишларидан бирига айланди. ➡️ Батафсил ⚖️

#Toshkent_shahar_Kengashi Aholi murojaatlari e’tiborda «Adolat» SDP Yashnobod tumani Kengashi deputati, Kengash raisi Z.I. Ub
+2
#Toshkent_shahar_Kengashi Aholi murojaatlari e’tiborda «Adolat» SDP Yashnobod tumani Kengashi deputati, Kengash raisi Z.I. Ubaydullayeva tashabbusi bilan 166-maktab binosida Yashnobod MFY aholisi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mahallada istiqomat qilayotgan fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, ijtimoiy masalalar, hudud obodonchiligi, kommunal xizmatlar, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, shuningdek, aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan taklif va murojaatlar atroflicha muhokama qilindi.
Muloqotda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Har bir murojaat alohida tinglanib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish belgilandi.
Ta’kidlanganidek, «Adolat» SDP uchun aholi bilan bevosita muloqot qilish, mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning yechimiga amaliy ko‘maklashish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Uchrashuv yakunida bildirilgan murojaat va takliflar bo‘yicha batafsil ma’lumot tayyorlash, mavjud masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlarga yetkazish hamda ularning ijrosi yuzasidan nazorat olib borish belgilandi.

Бугун "Адолат" СДП Сиёсий Кенгаши раиси, партиямизнинг Олий Мажлис Қонунчилик палатасидаги фракцияси раҳбари Махмудова Робахо
Бугун "Адолат" СДП Сиёсий Кенгаши раиси, партиямизнинг Олий Мажлис Қонунчилик палатасидаги фракцияси раҳбари Махмудова Робахон Анваровнани Ўзбекистон Республикаси Олий суди раиси лавозимига сайлангани билан табриклаб, у кишини кузатиб қўйдик. Масъулиятли ва шарафли фаолиятингизда ҳамиша омад ёр бўлсин, Робахон Анваровна!

Бугун “Адолат” социал-демократик партияси ҳаётида ўзига хос тарихий ва ҳаяжонли кунлардан бири бўлди. Ўзбекистон “Адолат” СДП
Бугун “Адолат” социал-демократик партияси ҳаётида ўзига хос тарихий ва ҳаяжонли кунлардан бири бўлди. Ўзбекистон “Адолат” СДП Сиёсий Кенгаши раиси, партиямизнинг Олий Мажлис Қонунчилик палатасидаги фракцияси раҳбари Робахон Анваровна Маҳмудовани Ўзбекистон Республикаси Олий суди раиси лавозимига сайлангани муносабати билан самимий муборакбод этиб, у кишини янги масъулиятли фаолият сари кузатиб қўйдик. Робахон Анваровна Маҳмудова партиямиз сафидаги фаолияти давомида адолат, қонунийлик, инсон қадри ва жамият манфаатларини ҳимоя қилиш йўлида фидокорона меҳнат қилиб келган тажрибали раҳбар, принципиал сиёсатчи ва халқ дардига бефарқ бўлмаган жамоат арбоби сифатида барчамизга ибрат бўлдилар. У кишининг партиямиз ривожи, парламентдаги фракция фаолиятини кучайтириш, қонун ижодкорлиги жараёнларида фаол иштирок этиш, жойларда аҳоли мурожаатларини ўрганиш ва жамиятда адолат тамойилларини мустаҳкамлаш борасидаги хизматлари алоҳида эътирофга лойиқ. Айниқса, “Адолат” СДПнинг асосий ғояси бўлган қонун устуворлиги, ижтимоий адолат ва инсон манфаатларини таъминлаш йўлида Робахон Анваровнанинг тутган позицияси, қатъияти ва масъулият билан ёндашуви партиядошлар учун ҳамиша намуна бўлиб қолади. Бугун у кишининг Ўзбекистон Республикаси Олий суди раиси лавозимига сайланиши нафақат катта ишонч, балки юртимизда суд-ҳуқуқ соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар, адолатли жамият барпо этиш йўлидаги муҳим масъулият ҳамдир. Ишонамизки, Робахон Анваровна ўзларининг бой ҳаётий тажрибаси, билими, раҳбарлик салоҳияти ва адолатга садоқати билан ушбу шарафли лавозимда ҳам юртимиз тараққиёти, қонун устуворлиги, инсон ҳуқуқ ва эркинликларини ҳимоя қилиш йўлида муносиб хизмат қиладилар. Ҳурматли Робахон Анваровна! Сизга янги ва масъулиятли фаолиятингизда мустаҳкам соғлик, куч-ғайрат, юксак ирода ва улкан муваффақиятлар тилаймиз. Сиз бошлаётган ушбу шарафли йўлда ҳамиша омад, эзгулик ва халқ ишончи ҳамроҳ бўлсин. Партиямиздаги фидокорона хизматларингиз, раҳбарлик мактабингиз ва инсоний фазилатларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз. Масъулиятли ва шарафли фаолиятингизда доимо зафарлар ёр бўлсин, Робахон Анваровна! Ўзбекистон “Адолат” социал-демократик партияси Тошкент шаҳар Кенгаши

Ўзбекистон “Адолат” СДП Сиёсий Кенгаши раиси, Олий Мажлис Қонунчилик палатасидаги партия фракцияси раҳбари лавозимида фаолият
Ўзбекистон “Адолат” СДП Сиёсий Кенгаши раиси, Олий Мажлис Қонунчилик палатасидаги партия фракцияси раҳбари лавозимида фаолият юритган Робахон Махмудова Олий суднинг янги раиси бўлди
Президент Олий Мажлис Сенатига Махмудова Робахон Анваровнани Ўзбекистон Олий суди раиси лавозимига сайлаш тўғрисида тақдимнома киритган эди.
Олий Мажлис Сенати Робахон Махмудовани беш йил муддатга Олий суд раиси лавозимига сайлаш тўғрисида қарор қабул қилди.
Олий Мажлис Сенати Кенгашининг мажлисида мазкур масала кўриб чиқилиб, Робахон Махмудовани муддатсиз муддатга судьялик лавозимига, беш йил муддатга эса Ўзбекистон Олий суди раиси лавозимига сайлаш тўғрисида қарор қабул қилинди.
Ўзбекистон “Адолат” СДП Робахон Махмудовани юксак масъулиятли лавозимга сайлангани билан табриклайди ҳамда келгуси фаолиятида муваффақиятлар тилайди. ⚖️ Расмий саҳифаларимиз

💙💙💙 ⚽️ MILLIY JAMOAMIZNI BIRGALIKDA QO‘LLAB-QUVVATLAYMIZ! 📢 Aziz futbol ishqibozlari! 💚 O‘zbekiston milliy terma jamoasi
💙💙💙 ⚽️ MILLIY JAMOAMIZNI BIRGALIKDA QO‘LLAB-QUVVATLAYMIZ! 📢 Aziz futbol ishqibozlari! 💚 O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi uchrashuvlari katta ekranlarda, chinakam futbol muhitida birgalikda tomosha qilishga taklif etamiz! 🇺🇿 O‘zbekiston — Kolumbiya 🇨🇴 ⚽️ Sana: 18-iyun ⚽️ Vaqt: 06:30 👇 Manzil: Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi stadioni(Chilonzor tumani, Bunyodkor stadioni) 🇺🇿 Biz bir jamoamiz, bir maqsadmiz, bir yurakmiz! Futbol bayramida barchangizni kutib qolamiz! Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring.⬇️⬇️ 📱 Telegram | 📱 | Instagram 📱 Facebook | 📱| X 📱| You Tube

🟦🟦🟦🟦 Адолат худди тоза ҳаводек гап, у бор жойда бемалол нафас оласан, аммо озгина заҳарланса, бутун жамият бўғила бошлайд
🟦🟦🟦🟦
Адолат худди тоза ҳаводек гап, у бор жойда бемалол нафас оласан, аммо озгина заҳарланса, бутун жамият бўғила бошлайди. Инсон ҳуқуқи, қадр-қиммат ва қонун устуворлиги ҳақида гапирганда, кўз олдимизга биринчи бўлиб суд идоралари келиши бежиз эмас. Зеро, фуқаронинг давлатга, адолатга ва келажакка бўлган ишончи айнан суд остонасида шаклланади ёки шу ерда синади.
Президентимиз томонидан имзоланган судларда комплаенс назорат тизимини кучайтиришга оид янги Фармон, ҳеч муболағасиз, соҳада узоқ кутилган қадам бўлди. Мазкур ҳужжат суд тизимида 2026 йилда коррупцияга қарши курашиш бўйича эълон қилинган “фавқулодда ҳолат”дан келиб чиқадиган вазифаларни самарали ижро этиш, тизимда коррупциявий хавф-хатарларни барвақт бартараф этиш ва аҳолининг судларга бўлган ишончини мустаҳкамлаш мақсадини кўзлайди. ➡️ Батафсил ⚖️ Расмий саҳифаларимиз