en
Feedback
Оhangaron shahar hokimligi

Оhangaron shahar hokimligi

Open in Telegram
6 181
Subscribers
+224 hours
+157 days
-17030 days
Posts Archive
OHANGARON SHAHAR HOKIMLIGI MUROJAATLARNI QABUL QILADI! Sizning muammo va takliflaringizni tinglash hamda ularga tezkor yechim
OHANGARON SHAHAR HOKIMLIGI MUROJAATLARNI QABUL QILADI! Sizning muammo va takliflaringizni tinglash hamda ularga tezkor yechim topish — bizning ustuvor vazifamizdir. Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ohangaron shahar hokimligining murojaatlar guruhi rasman ishga tushirildi! Endi siz o‘z muammolaringizni masofadan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llashingiz mumkin. ✅ Murojaat yuborish uchun: 👇 https://t.me/ohangaronshaharmurojaat Yuborilgan murojaatlar tegishli mutasaddi tashkilot va mas’ul xodimlarga yo‘naltirilib, tezkorlik bilan ko‘rib chiqiladi hamda ijrosi ta’minlanadi. Sizning murojaatingiz — shahar rivoji va farovonligi yo‘lidagi muhim qadamdir! 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

#Mustaqillik_35 #mustaqillik_toʻyi #yangi_ruhiyat #birdamlik Aql va tafakkur bellashuvi! Xonobod mahallasida Yoshlar ishlari
+6
#Mustaqillik_35 #mustaqillik_toʻyi #yangi_ruhiyat #birdamlik Aql va tafakkur bellashuvi! Xonobod mahallasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Mustaqillik toʻyi" festivali doirasida shaxmat va shashka musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada yoshlar faol ishtirok etib, oʻzlarining bilim va mantiqiy fikrlash salohiyatini namoyon etdilar. Bellashuvlar qizgʻin va murosasiz bahslarga boy oʻtib, yakunda ishtirokchilar oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhiti yanada mustahkamlandi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

#kiberogohlik #xavfsiz_va_soglom_yurt Telegramda "Road24" nomli xavfli virusli fayl tarqalmoqda! Soxta xabarlarda goʻyoki "jarimalar uchun 100% chegirma beriladi" degan va'dalar bilan .apk formatidagi zararli fayllar yuborilmoqda. ❌ Faylni yuklab olmang va oʻrnatmang! Telegram | Instagram | Youtube

#kiberogohlik #xavfsiz_va_soglom_yurt Telegramda "Road24" nomli xavfli virusli fayl tarqalmoqda! Soxta xabarlarda goʻyoki "jarimalar uchun 100% chegirma beriladi" degan va'dalar bilan .apk formatidagi zararli fayllar yuborilmoqda. ❌ Faylni yuklab olmang va oʻrnatmang! Telegram | Instagram | Youtube

#maxsus_intervyu Kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilig‘i-energetika tarmog‘idagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur yig‘ilishda ko‘tarilgan muhim masalalar yuzasidan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev "O‘zbekiston 24" telekanali uchun maxsus intervyu berdi. Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram

Prezident Shavkat Mirziyoyevning energetika bo‘yicha videoselektordagi asosiy fikrlari: 📌 O‘n yillik islohotlar natijasida i
Prezident Shavkat Mirziyoyevning energetika bo‘yicha videoselektordagi asosiy fikrlari: 📌 O‘n yillik islohotlar natijasida ichki ehtiyojni to‘liq qoplaydigan generatsiya quvvatlari yaratildi; 📌 Energetikadagi asosiy muammo mablag‘da emas, tizim boshqaruvida; 📌Bir xil tarmoqlarda natija turlicha. Bunga talab, nazorat va intizomning har xilligi sabab; 📌 Aholi va tadbirkorlar energetika tizimiga mas’ul rahbarlar ishidan mutlaqo norozi; 📌 Podstansiya va transformatorlardagi avariyalar aholi, tadbirkorlar va iqtisodiyotga katta zarar keltirmoqda; 📌 Energiya iste’moli balansi aniq hisoblanmagani uchun milliardlab mablag‘ samarasiz sarflanmoqda; 📌 Energiya samaradorligi faqat quyosh paneli emas. Avvalo uylarning samaradorligini oshirish zarur; 📌 Xodimlar ishini boshqarish raqamlashtirilmagani sababli tizimda kundalik nazorat sust; 📌 3,7 million xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi, ammo uni o‘z vaqtida yetkazish muammosi saqlanib qolmoqda; 📌 Xususiy tadbirkorlar suyultirilgan gaz yetkazib beradi, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga subsidiya ajratiladi; 📌 Suyultirilgan gazni tashish, saqlash va tarqatish tizimi xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi; 📌 Yangi energetika loyihalari minglab zamonaviy mutaxassislarga ehtiyojni oshiradi; 📌 Ta’lim amaliyot bilan bog‘lanmagani uchun bitiruvchining ishga moslashishiga 2–3 yil ketmoqda. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida belgilangan asosiy vazifalar. Batafsil — yuqoridagi #infografikada Facebook|Instagram|X

#Besh_tashabbus_olimpiadasi #Voleybol Toshkent viloyati Nurafshon shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning v
+2
#Besh_tashabbus_olimpiadasi #Voleybol Toshkent viloyati Nurafshon shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha o‘tkazilgan viloyat bosqichi musobaqalarida Ohangaron shahar sharafini munosib himoya qilgan "Xonobod" mahallasi yoshlari yana bir yuksak natijaga erishdilar. 🏆22-30 yosh toifasida qizlar jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Yoshlarimizni ushbu yorqin g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz! Ularning respublika bosqichida ham yuksak natijalarni qo‘lga kiritishiga ishonamiz. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

🇺🇿 Bugun shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan PQ-48 qarori ijrosi doirasida "Adolat" mahallasidagi 22-, 24-, 27- va
+8
🇺🇿 Bugun shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan PQ-48 qarori ijrosi doirasida "Adolat" mahallasidagi 22-, 24-, 27- va 28-sonli, shuningdek "Baxt" mahallasidagi 1-, 2-, 4-, 5/5A- va 6-sonli ko‘p qavatli uylar hududida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida hududlarda barpo etilayotgan irrigatsiya tarmoqlari, piyodalar yo‘laklarini betonlash hamda zamonaviy bolalar maydonchalarini qurish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi. Shahar hokimi tomonidan qurilish-montaj ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, hududlarni kompleks obodonlashtirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

"Mahallada obodlik va mehr-saxovat" oyligi hamda "Dolzarb 40 kunlik" dasturi doirasida Ohangaron shahrining "Xonobod" mahallasi hududida joylashgan Tibbiyot birlashmasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida shifoxona hududi tozalanib, sanitariya holati yaxshilanmoqda, gul va manzarali ko‘chatlar ekilib, yashil hududlar tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, davolash muassasasi hududini yanada obod, ozoda va shinam maskanga aylantirish, bemorlar hamda tashrif buyuruvchilar uchun qulay muhit yaratish maqsadida obodonlashtirish ishlari izchil olib borilmoqda. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Ohangaron shahar sport maktabi ishchi va xodimlari tomonidan Umid MFY 2/2 daha hududid
+2
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Ohangaron shahar sport maktabi ishchi va xodimlari tomonidan Umid MFY 2/2 daha hududida joylashgan sport majmuasida obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbir davomida sport majmuasi hududi chiqindilardan tozalanib, yashil maydonlar tartibga keltirilmoqda, sport inshootlari atrofi obodonlashtirilmoqda. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Ohangaron shahar sport maktabi ishchi va xodimlari tomonidan Umid MFY 2/2 daha hududid
+2
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Ohangaron shahar sport maktabi ishchi va xodimlari tomonidan Umid MFY 2/2 daha hududida joylashgan sport majmuasida obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbir davomida sport majmuasi hududi chiqindilardan tozalanib, yashil maydonlar tartibga keltirilmoqda, sport inshootlari atrofi obodonlashtirilmoqda. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi 🇺🇿 Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi deputati N.Xolto'rayeva o‘z s
+5
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi 🇺🇿 Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi deputati N.Xolto'rayeva o‘z saylov okrugiga kiruvchi "Umid" MFYda fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida bildirilgan murojaatlar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganish jarayonida mahalladagi elektr tarmog‘idagi simyog‘ochlarda mavjud kabellarni zamonaviy SIP kabellarga almashtirish hamda hududda o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarining elektr va aloqa simlarini tartibga keltirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur masalalar Ichki ishlar bo‘limining mas'ul xodimi hamda Ohangaron shahar Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari ishtirokida joyida ko‘rib chiqildi. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan murojaatlar yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilishi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ma'lum qilindi. Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish va ularning yechimini ta'minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

#Namuna_mahalla #Tanlab_olingan_tayanch__mahalladagi_ishlar Bugun, 28-iyul kuni shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov boshchilig
+5
#Namuna_mahalla #Tanlab_olingan_tayanch__mahalladagi_ishlar Bugun, 28-iyul kuni shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov boshchiligida tayanch "Namuna" mahallasida "Mahallada obodlik va mehr-saxovat" oyligi hamda "Dolzarb 40 kunlik" dasturi doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hashar davomida mahalla hududlari tartibga keltirilib, ko‘chalar va jamoat joylari tozalanmoqda, aholi o‘rtasida obodlik, ozodalik va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Ohangaron shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan mahalla hududidagi qurilish hamda maishiy chiqindilar maxsus texnikalar yordamida olib chiqilib, sanitariya holatini yaxshilash va hududni yanada obod ko‘rinishga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

🔴 LIVE 🟢 JARAYON #No'g'oyqo'rg'on_MFY #Dolzarb_40kun "Dolzarb 40 kunlik" dasturi doirasida "Obod mahalla – Obod xonadon" sh
+9
🔴 LIVE 🟢 JARAYON #No'g'oyqo'rg'on_MFY #Dolzarb_40kun "Dolzarb 40 kunlik" dasturi doirasida "Obod mahalla – Obod xonadon" shiori ostida Noʻgʻoyqoʻrgʻon MFYda navbatdagi obodonlashtirish ishlari tashkil etildi. Hashar davomida mahalla hududlari obodonlashtirilib, ko‘chalar va jamoat joylari tozalanib, atrof-muhitni yanada ozoda va fayzli qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Tadbirda mahalla fuqarolari bilan bir qatorda faol yoshlar ham katta tashabbus va birdamlik bilan ishtirok etib, mahalla ravnaqiga munosib hissa qo‘shdilar. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

#Besh_tashabbus_olimpiadasi #Ichki_ishlar_kubogi Toshkent viloyati Nurafshon shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida
+5
#Besh_tashabbus_olimpiadasi #Ichki_ishlar_kubogi Toshkent viloyati Nurafshon shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o'tkazilayotgan "Ichki ishlar kubogi" musobaqasining viloyat bosqichi qizg'in va murosasiz bahslar ostida davom etmoqda. Musobaqa oldidan Ohangaron shahar Ichki ishlar bo'limi boshlig'i S.Kamilxanov hamda Ohangaron shahar Sport maktabi rahbari Sh.Xaydarova musobaqada ishtirok etayotgan Ohangaron shahar jamoasi bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida sportchilarga intizom, jamoaviy hamjihatlik, matonat va g'alabaga bo'lgan ishonch har qanday musobaqada muhim omil ekani alohida ta'kidlandi. Mas'ullar sportchilarga musobaqada munosib ishtirok etish, Ohangaron shahri sharafini munosib himoya qilish hamda yuqori natijalarni qo'lga kiritish yo'lida omad tiladilar. Ohangaron shahar jamoasiga musobaqalarda kuch-g'ayrat, ulkan zafarlar va yorqin g'alabalar tilaymiz! 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

🔴 LIVE 🟢 JARAYON #Navbahor_MFY #Dolzarb_40kun Hashar — birdamlikning eng go‘zal ifodasi! Mustaqilligimizning 35 yilligi mun
+6
🔴 LIVE 🟢 JARAYON #Navbahor_MFY #Dolzarb_40kun Hashar — birdamlikning eng go‘zal ifodasi! Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" hamda "Dolzarb 40 kunlik" doirasida "Navbahor" MFYda obodonlashtirish va hashar ishlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Mahalla ahli, yoshlar va faollar bir yoqadan bosh chiqarib hududlarni ozoda saqlash, ko‘cha va yo‘laklarni tartibga keltirish, ariq-zovurlarni tozalash hamda yashil maydonlarni parvarishlash ishlarida faol ishtirok etmoqda. Har bir ko‘chat, har bir supurilgan ko‘cha va har bir ezgu mehnat — mahallaga bo‘lgan mehr, Vatanga bo‘lgan sadoqatning yorqin ifodasidir. Navbahor MFY — bugungi bunyodkorligi bilan ertangi farovon hayot sari dadil odimlamoqda! 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

🔴 LIVE 🟢 JARAYON #Namuna_MFY #tayanch_mahalla "Namuna" mahallasida "Mahallada obodlik va mehr-saxovat" oyligi doirasida ken
+4
🔴 LIVE  🟢 JARAYON #Namuna_MFY #tayanch_mahalla "Namuna" mahallasida "Mahallada obodlik va mehr-saxovat" oyligi doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va hashar ishlari izchil davom ettirilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida "Namuna" mahallasi Ezgulik ko'chasi yoshlari tomonidan hashar tashkil qilinib, hududda obodonlashtirish ishlari olib borildi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi 30-sessiyasi Kun tartibiga kiritilgan masalalar: 1️⃣. Ohangaron sha
Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi 30-sessiyasi Kun tartibiga kiritilgan masalalar:
1️⃣. Ohangaron shahar prokuraturasi tomonidan 2026-yil 6 oyda shaharda kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida; 2️⃣.  Ohangaron shahar Ichki ishlar bo'limi boshlig‘ining 2026-yil 6 oyda shaharda "Huqubuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar" yuzasidan hisoboti to‘g‘risida; 3️⃣.  Ohangaron shahar Soliq inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i B.Axmedovning Ohangaron shahar mahalliy budjet daromadlari 2026- yil 2-chorakda bajarilishi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida; 4️⃣.  Ohangaron shahar ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan 2026-yilning 6 oyi davomida shaharda atrof-muhitni muhofaza qilish, havo ifloslanishini oldini olish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida; 5️⃣. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ohangaron shahridagi Xalq qabulxonasining 2026-yil 6 oyi davomida “Shaharda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda aholi muammolari bilan ishlash ahvoli yuzasidan” Axboroti to‘g‘risida; 6️⃣. Ohangaron shahar Adliya bo‘limining shahar darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2026-yilning o‘tgan birinchi yarim yilligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti to‘g‘risida; 7️⃣.  Ohangaron shahrida 2026-yil mavsumi uchun ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalaridan “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida eng koʻp ovoz toʻplab gʻolib boʻlgan taklifni tasdiqlash toʻgʻrisida; 8️⃣.  Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining 2025-yil 11-martdagi VII-10-30-10-214-K/25-sonli qarori bilan tasdiqlangan jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni baholash, tanlab olish va ularning ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;  9️⃣.  Ohangaron shahrida 2026-yilning 2-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risida; 🔟.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi 78-sonli qarori ijrosi yuzasidan Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish to‘g‘risida; 1️⃣1️⃣.  O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 15-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1153-sonli Qonunining ijrosi to‘g‘risida; 1️⃣2️⃣.  Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining 2026-yil 24-iyundagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VII-29-39-10-214-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida; 1️⃣3️⃣. Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining 2026-yil 26-iyundagi “Ohangaron shahar mahalliy byudjetining 2026-yil 1-chorak ijrosi to‘g‘risida”gi VII-29-43-10-214-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida; 1️⃣4️⃣.  “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
#SESSIYA #KUN_TARTIBI YouTube 🟥Instagram 🌐Facebook

📢📢📢📢📢 #SESSIYA ❕Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi 30-sessiyasi 30-iyul, soat 14:00 da bo'lib o't
📢📢📢📢📢 #SESSIYA Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi 30-sessiyasi 30-iyul, soat 14:00 da bo'lib o'tadi. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 YouTube 🟥Instagram 🌐Facebook