ar
Feedback
Оhangaron shahar hokimligi

Оhangaron shahar hokimligi

الذهاب إلى القناة على Telegram
6 174
المشتركون
+224 ساعات
+157 أيام
-17030 أيام
أرشيف المشاركات
Оҳангарон шаҳар Намуна маҳалла 46 дахада "Маҳаллада ободлик ва меҳр-саҳоват" ойлиги доирасида ободонлаштириш ишлари изчил дав
+3
Оҳангарон шаҳар Намуна маҳалла 46 дахада "Маҳаллада ободлик ва меҳр-саҳоват" ойлиги доирасида ободонлаштириш ишлари изчил давом этмоқда. Ҳудудлар тозаланиб, кўчалар тартибга келтирилмоқда ҳамда аҳоли учун янада обод ва шинам муҳит яратиш чоралари кўрилмоқда.

+5
🔴 LIVE  🟢 JARAYON #Namuna_MFY #tayanch_mahalla "Namuna" mahallasida keng ko‘lamli hashar va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Ohangaron shahrida tayanch mahalla sifatida belgilangan "Namuna" mahallasida keng ko‘lamli hashar tashkil etildi. Hashar doirasida Ohangaron shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan mahalla hududidagi kanal bo‘yi maydonlarida obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda. "Dolzarb 40 kunlik" hamda "Obod mahalla – mehr va saxovat" oyligi doirasida hududlarni yanada obod, ozoda va fayzli maskanga aylantirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish uchun keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

"Dolzarb 40 kunlik" dasturi ijrosi yuzasidan ustuvor vazifalar belgilandi 🇺🇿 Bugun shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov hamda
+2
"Dolzarb 40 kunlik" dasturi ijrosi yuzasidan ustuvor vazifalar belgilandi 🇺🇿 Bugun shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov hamda shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Saidxon Kamilxanov tomonidan mahallalardagi profilaktika inspektorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda "Dolzarb 40 kunlik" dasturi hamda "Obod mahalla – mehr va sahovat" oyligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab berildi. Xususan, mahallalar, aholi xonadonlari hamda temir yo‘l bo‘yida joylashgan Yoshlik, Namuna, Yangilik, Do'stlik va Birlik mahalla hududlarni muntazam o‘rganish, fuqarolar bilan manzilli ishlash, obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli tushuntirish-targ‘ibot ishlarini tashkil etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, berilgan topshiriqlar ijrosini qat'iy nazoratga olish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda belgilangan talablar bajarilmagan holatlarda amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan profilaktika inspektorlari va mas'ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Yig‘ilish yakunida mahallalarda obodlik, ozodalik va jamoat tartibini ta'minlash, fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini so‘zsiz ta'minlash bo‘yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

Namuna" mahallasida berilgan topshiriqlar ijrosi amalda 🇺🇿 Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan "Namuna" mahallasid
+3
Namuna" mahallasida berilgan topshiriqlar ijrosi amalda 🇺🇿 Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan "Namuna" mahallasida o‘tkazilgan o‘rganish davomida berilgan topshiriqlar ijrosi bosqichma-bosqich ta'minlanmoqda. Xususan, Ohangaron shahar gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan mahalla hududida belgilangan vazifalar asosida amaliy ishlar olib borilib, hududni tartibga keltirish, gaz tarmoqlari atrofini obodonlashtirish hamda sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

#fayzli_mahalla Ketmoni zanglagan xonadonda baraka bo‘lmaydi Bugun mamlakatimizda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" o‘tkazilayotgani bejiz emas. Bu tashabbus har birimizga bir haqiqatni eslatadi: mahalla — umumiy uyimiz. Har bir oqlangan devor, har bir supurilgan ko‘cha, har bir parvarishlangan daraxt — mahallamizga, yurtimizga bo‘lgan hurmatning amaliy ifodasidir. Shunday ekan, "kimdir kelib qilib berarkan", deb kutish o‘rniga, avvalo obodlikni o‘z ostonamizdan boshlaylik... Bir xonadon obod bo‘lsa — ko‘cha chiroy ochadi. Ko‘cha obod bo‘lsa — mahalla go‘zallashadi. Mahalla go‘zal bo‘lsa, yurtimizning ham fayzi, ham tarovati bo‘ladi. Axir xalqimiz orasida “Sarishtali uy, farishtali uy”, “Xonadoni tozaga gard yuqmas, gard yuqsa ham, dard yuqmas”, “Ketmoni zanglagan xonadonda baraka bo‘lmaydi” kabi ibratomuz naqllar bejiz paydo bo‘lmagan-ku! Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram

#fayzli_mahalla Ketmoni zanglagan xonadonda baraka bo‘lmaydi Bugun mamlakatimizda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" o‘tkazilayotgani bejiz emas. Bu tashabbus har birimizga bir haqiqatni eslatadi: mahalla — umumiy uyimiz. Har bir oqlangan devor, har bir supurilgan ko‘cha, har bir parvarishlangan daraxt — mahallamizga, yurtimizga bo‘lgan hurmatning amaliy ifodasidir. Shunday ekan, "kimdir kelib qilib berarkan", deb kutish o‘rniga, avvalo obodlikni o‘z ostonamizdan boshlaylik... Bir xonadon obod bo‘lsa — ko‘cha chiroy ochadi. Ko‘cha obod bo‘lsa — mahalla go‘zallashadi. Mahalla go‘zal bo‘lsa, yurtimizning ham fayzi, ham tarovati bo‘ladi. Axir xalqimiz orasida “Sarishtali uy, farishtali uy”, “Xonadoni tozaga gard yuqmas, gard yuqsa ham, dard yuqmas”, “Ketmoni zanglagan xonadonda baraka bo‘lmaydi” kabi ibratomuz naqllar bejiz paydo bo‘lmagan-ku! Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram

#Namuna_mahalla #Tanlab_olingan_tayanch__mahalladagi_ishlar Ohangaron shahrida "Dolzarb 40 kunlik" obodonlashtirish va saxova
+9
#Namuna_mahalla #Tanlab_olingan_tayanch__mahalladagi_ishlar Ohangaron shahrida "Dolzarb 40 kunlik" obodonlashtirish va saxovat oyligi doirasidagi ishlar jadallashmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlari hamda yil oxirigacha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Ohangaron shahrida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bugun (28-iyul) "Dolzarb 40 kunlik" obodonlashtirish va saxovat oyligi doirasida shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov boshchiligida shtab a’zolari, tashkilot rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari shahrimizning tanlab olinggan tayanch Namuna mahallasida bo'lib, mahalla xodimlari va mas'ul tashkilot rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi. Yig'ilishdan so'ng shahar hokimi va mas'ullar ishtirokida Namuna mahallasini ko'zdan kechirdi. Shahar hokimi tomonidan "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" tamoyili asosida umumxalq hasharini tashkil topshirig'i berildi. Hashar davomida ko‘chalar va yo‘l yoqalari tartibga keltirish, daraxtlarga agrotexnik ishlov berish, hududlar obodonlashtirish, aholi yashash maskanlarining yanada fayzli va ozoda bo‘lishini ta’minlash masalalari alohida alohida e'tibor qaratildi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

+2
#Besh_tashabbus_olimpiadasi #Voleybol Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha o‘tkazilgan viloyat bosqichi musobaqalarida Ohangaron shahar sharafini munosib himoya qilgan "Namuna" mahallasi yoshlari yana bir yuksak natijaga erishdilar. 🏆 16–21 yosh toifasida qizlar jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Yoshlarimizni ushbu yorqin g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz! Ularning respublika bosqichida ham yuksak natijalarni qo‘lga kiritishiga ishonamiz. 🇺🇿 Olg‘a, Ohangaron yoshlari! G‘alabalar bardavom bo‘lsin! 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat mulkini ijaraga oling! 🔹Angren shaharida 14 ta (Ko'rish) 🔹Bekob
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat mulkini ijaraga oling! 🔹Angren shaharida 14 ta (Ko'rish) 🔹Bekobod shaharida 11 ta (Ko'rish) 🔹Nurafshon shahrida 9 ta (Ko'rish) 🔹Olmaliq shahrida 22 ta (Ko'rish) 🔹Chirchiq shahrida 8 ta (Ko'rish) 🔹 Yangiyo'l shahrida 4 ta (Ko'rish) 🔹Bekobod tumanida 12 ta (Ko'rish) 🔹Bo'stonliq tumanida 2 ta (Ko'rish) 🔹Zangiota tumanida 5 ta (Ko'rish) 🔹Ohangaron tumanida 7 ta (Ko'rish) 🔹Parkent tumanida 15 ta (Ko'rish) 🔹Chinoz tumanida 1 ta (Ko'rish) 🔹Yuqorichirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish) 🔹Quyichirchiq tumani 5 ta (Ko'rish) 🔹Qibray tumani 5 ta (Ko'rish) 🔹Piskent tumani 10 ta (Ko'rish) 🔹Ohangaron shahri 5 ta (Ko'rish) 🔹O'rtachirchiq tumani 1 ta (Ko'rish) 🔹 Oqqo’rg’on tumani 4 ta (Ko'rish) 🔹 Yangiyo'l tumani 1 ta (Ko'rish) Barchasini ko'rish 👇Xabardor bo'lish uchun👇 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube

🔴 LIVE 🟢 JARAYON "Mahalla obodligi va mehr-saxovat oyligi" hamda "Dolzarb 40 kunlik" doirasida Ohangaron shahar "Yoshlik" M
+8
🔴 LIVE 🟢 JARAYON "Mahalla obodligi va mehr-saxovat oyligi" hamda "Dolzarb 40 kunlik" doirasida Ohangaron shahar "Yoshlik" MFYda obodonlashtirish hamda hashar ishlari tashkillashtirildi. Ko'p qavatli uylar atrofi va hovli ko'chalarni supurish hamda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Obod mahalla — taraqqiyot, birdamlik va ezgulik manzili! 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

#fayzli_mahalla Ketmoni zanglagan xonadonda baraka bo‘lmaydi Bugun mamlakatimizda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" o‘tkazilayotgani bejiz emas. Bu tashabbus har birimizga bir haqiqatni eslatadi: mahalla — umumiy uyimiz. Har bir oqlangan devor, har bir supurilgan ko‘cha, har bir parvarishlangan daraxt — mahallamizga, yurtimizga bo‘lgan hurmatning amaliy ifodasidir. Shunday ekan, "kimdir kelib qilib berarkan", deb kutish o‘rniga, avvalo obodlikni o‘z ostonamizdan boshlaylik... Bir xonadon obod bo‘lsa — ko‘cha chiroy ochadi. Ko‘cha obod bo‘lsa — mahalla go‘zallashadi. Mahalla go‘zal bo‘lsa, yurtimizning ham fayzi, ham tarovati bo‘ladi. Axir xalqimiz orasida “Sarishtali uy, farishtali uy”, “Xonadoni tozaga gard yuqmas, gard yuqsa ham, dard yuqmas”, “Ketmoni zanglagan xonadonda baraka bo‘lmaydi” kabi ibratomuz naqllar bejiz paydo bo‘lmagan-ku! Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Ohangaron_shahar #Yoshlar_ishlari_agentligi Ohangaron yoshlaridan ezgu tashabbus 🇺🇿 Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida e’lon qilingan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida yoshlarimiz faol amaliy ishlarga kirishdi. 🇺🇿 Xususan, Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan Ohangaron shahar “Yangilik” mahallasida yashovchi yolg‘iz onaxon xonadonida hashar tashkil etildi. Yoshlarimizning mehr-oqibat va birdamlikka yo‘g‘rilgan bunday ezgu ishlari ularning jamiyatdagi faol o‘rni hamda yuksak fuqarolik mas’uliyatini yana bir bor yorqin namoyon etmoqda. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

OHANGARON SHAHAR HOKIMLIGI MUROJAATLARNI QABUL QILADI! Sizning muammo va takliflaringizni tinglash hamda ularga tezkor yechim
OHANGARON SHAHAR HOKIMLIGI MUROJAATLARNI QABUL QILADI! Sizning muammo va takliflaringizni tinglash hamda ularga tezkor yechim topish — bizning ustuvor vazifamizdir. Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ohangaron shahar hokimligining murojaatlar guruhi rasman ishga tushirildi! Endi siz o‘z muammolaringizni masofadan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llashingiz mumkin. ✅ Murojaat yuborish uchun: 👇 https://t.me/ohangaronshaharmurojaat Yuborilgan murojaatlar tegishli mutasaddi tashkilot va mas’ul xodimlarga yo‘naltirilib, tezkorlik bilan ko‘rib chiqiladi hamda ijrosi ta’minlanadi. Sizning murojaatingiz — shahar rivoji va farovonligi yo‘lidagi muhim qadamdir! 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

🔴 LIVE 🟢 JARAYON Bugun "Dolzarb 40 kunlik" dastur doirasida Ohangaron shahar "Shodlik" MFY xotin-qizlar faoli tomonidan mah
+7
🔴 LIVE  🟢 JARAYON Bugun "Dolzarb 40 kunlik" dastur doirasida Ohangaron shahar "Shodlik" MFY xotin-qizlar faoli tomonidan mahalla hududida "Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon" dasturi doirasida mahalla idorasida hamda koʻp qavatli uylarning atroflari tozalanib obodonlashtirish ishlari tashkil etildi. Hasharda mahalla xodimlari va hududda yashovchi xotin-qizlar faol ishtirok etishdi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

🔴Live 🟢Jarayon #Boʻston_MFY #Ayol_qadri_ulug'langan_yurt 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosaba
+6
🔴Live 🟢Jarayon #Boʻston_MFY #Ayol_qadri_ulug'langan_yurt 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Ohangaron shahar "Boʻston" MFYda “Ayol qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir mahalla xotin-qizlar faoli Z.Abduraxmanova tomonidan o‘tkazilib, unda ayollarning jamiyatdagi o‘rni, oilalar mustahkamligi va yurt ravnaqiga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbir ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, ayollarga bo‘lgan yuksak e’tibor va ehtiromning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

Hashar — hamjihatlik va ezgulik timsoli Ohangaron shahrining "Yangiobod" mahallasi hududida joylashgan "Xonobod" jome masjidi
+9
Hashar — hamjihatlik va ezgulik timsoli Ohangaron shahrining "Yangiobod" mahallasi hududida joylashgan "Xonobod" jome masjidida keng ko‘lamli hashar tadbiri tashkil etildi. Hasharda 60 nafardan ortiq fuqaro faol ishtirok etib, masjid va uning atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, tozalash hamda sanitariya holatini yaxshilash borasida amaliy ishlarni amalga oshirdilar. Hashar yakunida ishtirokchilar uchun homiylar ko‘magida dasturxon yozilib, tushlik tashkil etildi. Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda hamjihatlik, mehr-oqibat va o‘zaro birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

🇺🇿 Mustaqillik shukuhi Ohangaron bo‘ylab yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligin
+7
🇺🇿 Mustaqillik shukuhi Ohangaron bo‘ylab yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" bosh g‘oyasi asosida tayyorlangan targ‘ibot materiallari Ohangaron shahri bo‘ylab keng ko‘lamda joylashtirilmoqda. Xususan, bayramona banner va targ‘ibot vositalari A-373 xalqaro avtomagistrali bo‘ylab, shahar hududidagi tashkilot va korxonalar, mahallalarning kirish qismlari hamda jamoat joylariga o‘rnatilib, shahrimizga o‘zgacha bayramona shukuh bag‘ishlamoqda. Mazkur targ‘ibot ishlari Mustaqillik bayramining mazmun-mohiyati va yuksak g‘oyalarini keng jamoatchilikka yetkazish, fuqarolarda Vatanga sadoqat, milliy birlik, hamjihatlik va daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, bayramona bezaklar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va islohotlar, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti hamda xalqimizning tinch va farovon hayotini o‘zida aks ettirib, Mustaqillikning 35 yilligini munosib kutib olishga xizmat qilmoqda. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

🇺🇿 Bugun shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan korxona vatashkilot rahbarlari hamda mahalla "to'rtligi" ishtirokida
+5
🇺🇿 Bugun shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan korxona vatashkilot rahbarlari hamda mahalla "to'rtligi" ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda "Dolzarb 40 kun" dasturi doirasida mahallalardan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shahar hokimi tomonidan mahallalarda holi faolligini yanada oshirish, mahalla faollari bilan hamkorlikda fuqarolarni obodonlashtirish va hashar ishlariga keng jalb qilish, ko'chalar, jamoat joylari hamda xonadonlar atrofida tozalikni ta'minlash bo'yicha targ'ibot ishlarini kuchaytirish zarurligi ta'lkidlandi. Shuningdek, ko'p qavatli uylarda ayrim fuqarolar tomonidan maishiy chiqindilarni belgilangan joylarga olib bormasdan, xonadonlarning deraza va balkonlaridan tashab yuborish holatlari keskin tanqid qilindi. Ushbu holatlarning oldini olish, fuqarolar o'rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda chiqindilarni belgilangan tartibda chiqarish bo'yicha mahalla faollariga keng ko'lamli tushuntirish va targ'ibot ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatildi. Bundan tashqari, hovli xonadonlar uylarning fasad qismlarini tartibga keltirish va bo'yash, hovlilar va ko'cha yoqalarida ozadalikka rioya etish, tomorqa madaniyatini rivojlantirish, ko'chalarni obodonlashtirish, gul va manzaralari daraxtlar ko'chatlarini ekish orqali mahallalarning yanada fayzli qiyofasini yratish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi. Yig‘ilish yakunida "Dolzarb 40 kun" dasturi doirasida belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, mahallalarda obodlik, ozodalik va tartib-intizomni ta'minlash bo‘yicha barcha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

Andijon viloyatida olti oyda rejadagi 48 ming tonna o‘rniga 41 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. 318 ta mahalla
Andijon viloyatida olti oyda rejadagi 48 ming tonna o‘rniga 41 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. 318 ta mahallada ta’minot grafikdan orqada qolmoqda. Endi tadbirkorlar o‘zi import qilgan yoki birjadan xarid qilgan suyultirilgan gazni aholi va biznes subyektlariga yetkazib berishi mumkin bo‘ladi. Yil boshidan xususiy sektor tomonidan 157 ming tonna suyultirilgan gaz import qilingan. Ijtimoiy reyestrga kirgan oilalarga suyultirilgan gaz uchun subsidiya beriladi. Yil yakunigacha bu borada “Andijon tajribasi” yaratiladi. Suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni yil yakunigacha rejadagi 520 ming tonna o‘rniga 606 ming tonnaga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Hozir aholiga gaz standart hajmdagi 20 kilogrammli ballonlarda yetkaziladi. Vaholanki, ayrim xonadonlarga oylik iste’mol uchun 5-6 kilogramm yetarli bo‘lsa, boshqa iste’molchilarga 30-40 kilogrammli ballon zarur. Suyultirilgan gazni tashish, saqlash va tarqatish tizimi bir oyda xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi. Facebook|Instagram|X

Yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. Hozir tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan 1 mi
Yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. Hozir tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan 1 ming 916 ta mahalla mavjud. Mas’ullarga uch oyda ushbu mahallalardagi isitish tizimini elektrga o‘tkazish uchun qancha infratuzilma va qo‘shimcha elektr energiyasi talab etilishini hisob-kitob qilish topshirildi. Birinchi navbatda moliyalashtirish talab etiladigan mahallalar bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqiladi. Bugungi kunda 3 million 700 ming xonadon suyultirilgan gazdan foydalanmoqda. So‘nggi yillarda mazkur tizim raqamlashtirilib, ancha tartibga keltirilgan bo‘lsa-da, gazni o‘z vaqtida yetkazish muammosi to‘liq hal etilmagan. Suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektorni jalb etish va buni Andijon viloyatidan boshlash taklifi ma’qullandi. Facebook|Instagram|X