cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Оhangaron shahar hokimligi

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati Мurojaat va takliflar uchun: https://t.me/hokimlikbot

Show more
Advertising posts
3 345
Subscribers
-324 hours
No data7 days
+4030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

✅ Saida Mirziyoyeva boshchiligida Kembrij universiteti kutubxonasi, Luvr muzeyi restavratorlaridan iborat jamoa noyob Qurʼon qoʻlyozmasi – “Usmon Musʼhafi”ni qayta tiklashni boshladi “Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Musulmonlar idorasi tomonidan bir qator xalqaro ekspertlar, jumladan, Kembrijdan Kristi Roz, fransuz restavratorlari Aksel Dele va Korali Barb, istanbullik Nill Baydar jalb etildi. Mutaxassislar «Usmon Musʼhafi” qoʻlyozmasining har bir sahifasini sinchkovlik bilan oʻrganib, restavratsiya rejasini ishlab chiqadilar. Ushbu muqaddas qoʻlyozmani kelajak avlod uchun saqlab qolish yoʻlidagi ezgu ishning barcha bosqichlarida omad yor boʻlishini tilayman», – deb yozadi Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva. 🌐 @ohangaronshahar
Show all...
👍 1
⚡️ Bugun Ohangaron shahar prokurori katta yordamchisi B.A.Buxarov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi VMning 16.04.2024-yildagi 204-sonli qarori boʻyicha "Sahavot" uyi va 1,2,3-sonli umumta'lim maktablaridagi xodimlarga 2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meyorlari  boʻyicha tushuntirishlar berilib, tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun kompensatsiya ajratish tartibi haqida maʼlumot berildi. 🌐 @ohangaronshahar
Show all...
👍 1
⚡️ Bugun Ohangaron shaharlararo Qoʻriqlash boʻlimi hamda Ohangaron shahar Adliya boʻlimi bilan hamkorlikda Ohangaron shahar Ipoteka banki xodimlariga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'moli uchun yangi tarif belgilanganligi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi. 🌐 @ohangaronshahar
Show all...
👍 2🏆 1
#Aksiya Toshkent viloyati hokimligi, viloyat Deputatlar kengashi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi, Prokuratura, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda “Farzandim uchun bitta kitob” aksiyasini eʼlon qiladi. Aksiyaga joriy yilning 1-may sanasidan start berildi va 25-mayga qadar davom etadi. Bundan koʻzlangan maqsad – oʻquvchilarning kitobga boʻlgan mehrini shakllantirish, maktab kitob fondini boyitishdan iborat. ⏺ Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi har bir muassasa kesimida talab yuqori boʻlgan kitoblar roʻyxatini tuzadi. Roʻyxat shahar va tuman gazetalarida chop etiladi. Ota-onalar kitob muqovasiga “Farzandimning nomidan maktabga sovgʻa” yozuvi bilan kitoblarni maktabga topshiradi. Maktab kutubxonasi har bir sovgʻa qilingan kitoblar boʻyicha roʻyxat shakllantiradi. ⏺ Viloyat boʻyicha oʻquvchilar soniga qarab, yaʼni oʻrtacha bir oʻquvchiga toʻgʻri keladigan kitoblarga koʻra, gʻolib maktablar aniqlanadi. Gʻolib maktablarning dastlabki 5 tasidan har biriga 200 million soʻmdan mukofot beriladi. ⏺ Yozgi taʼtil paytida yigʻilgan kitoblardan foydalanib, “Maktab kutubxonasi hamma uchun” aksiyasi oʻtkaziladi. Maktab kutubxona maʼmurlariga esa 3 million soʻmdan qoʻshimcha ish haqi toʻlanadi. Shu oʻrinda muhim eslatma! Aksiya doirasida ota-onalarni majburlash, oʻquvchilarga nisbatan bosimlar boʻlgan taqdirda maktab direktori va oʻqituvchilarga nisbatan qatʼiy chora koʻriladi. 🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
Show all...
👍 2
⚡️ Bugun Bosh prokuror o‘rinbosari S.I.Samadov 2024-yil uchun davlat dasturiga tushgan Ohangaron shahar 5-sonli umumta'lim maktabida bo‘lib, mas'ullar bilan birgalikda maktabning bugungi kundagi ahvoli va loyiha hujjatlarining to‘g‘ri ishlab chiqilganini o‘rgandi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha mas'ullarga aniq topshiriqlar berdi. 🌐 @ohangaronshahar
Show all...
👍 10🏆 2👎 1
📚 Ma'lumki bugungi kun kelajak avlod tarbiyasi va jamiyat taraqqiyoti o'sib kelayotgan yosh avlodning sog'lom bo'lishi bilan chambarchas bog'liq. Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yoʻli esa bitta – kitob oʻqishdir. Bugun Ohangaron shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari navbatdagi "Hayot ilmi" loyihasi doirasida shahrimizdagi 9-sonli DMTM tarbiyalanuvchilariga O‘zbek xalq ertaklaridan "Jonivorlarning sarguzashtlari" ertagi o‘qib berildi va maʼlumotlar ulashildi. 🌐 @ohangaronshahar
Show all...
👍 4
⚜️Ohangaron shahar Ixtisoslashtirilgan maktabi internatining oʻquvchilari uchun Yoshlar Texnoparki tomonidan ishlab chiqilgan “Kimyo fani labaratoriyasini virtual reallik asosida oʻrgatuvchi dastur” loyihasi taqdimot qilindi. 🌐 @ohangaronshahar
Show all...
👍 6👏 1🏆 1
Pensiyaning eng kam miqdorlari minimal isteʼmol xarajatlari miqdoriga yetkazildi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”  2024-yil 30-aprel kuni PF–69-son Farmoni  qabul qilindi.  Farmonga koʻra, 2024-yilning 1-mayidan boshlab minimal isteʼmol xarajatlari  648 ming soʻm miqdorda belgilanganligi sababli quyidagi pensiyalarning miqdori oshirildi: ish staji toʻliqsiz chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming soʻm; boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming soʻm etib belgilandi. Buning natijasida  751 ming nafar  yoshga doir  va 110 ming nafar boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini oluvchi fuqarolarning pensiyalari minimal isteʼmol xarajatlari miqdoriga yetkaziladi.  Pensiyalarni oshirish uchun Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 180 mlrd.soʻm qoʻshimcha mablagʻlar ajratiladi. Maʼlumot uchun: yuqoridagi miqdorda pensiya oluvchilarga pensiyalar joriy yilning may oyidan yangi miqdorda toʻlanadi. 🌐 @ohangaronshahar
Show all...
👍 11👎 2 2
⚡️ Ohangaron shahar 3-sektor Yoshlar yetakchilari tomonidan tayyorlangan Xatlov jarayoni aks etgan videorolik. ▫️Xatlov jarayonida migratsiyadagi yoshning oilasi bilan suhbat qilindi. Yoshning o'zi bilan onlayn muloqot o'rnatilib, muammolari va qiziqishlari oʻrganildi. 🌐 @ohangaronshahar
Show all...
👍 11🔥 4 1🏆 1
⚡️ Ma'lumki bugungi kun kelajak avlod tarbiyasi va jamiyat taraqqiyoti o'sib kelayotgan yosh avlodning sog'lom bo'lishi bilan chambarchas bog'liq. Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yoʻli esa bitta – kitob oʻqishdir. Bugun Ohangaron shahar axborot-kutubxona markazi va Respublika Ma’naviyat va marifat bo‘limi xodimlari navbatdagi "Hayot ilmi" loyihasi doirasida shahrimizdagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchilari bilan  Yosh bilimdon ensiklopediyasidan ’"Koinot" kitobi o‘qib berildi va maʼlumotlar ulashildi. 🌐 @ohangaronshahar
Show all...
👍 5