IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI ANGOR TUMAN IXTISOSLASHGAN MAKTABI
Open in Telegram
801
Subscribers
+124 hours
-107 days
-96830 days
Posts Archive
+8
#Jarayon
#Angor tuman
🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 7-sentabr kuni barcha sinflarda an’anaviy “Kelajak soati” darslari yuqori saviyada tashkil etildi.
🇺🇿 Mazkur darslar “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusiga bag‘ishlanib, o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, birlik va hamjihatlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
✅ Darslar davomida o‘quvchilar yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kelajak oldidagi mas’uliyatlari haqida fikr almashdilar.
✍🏻✍🏻Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling 👇
https://t.me/ITMA_AngorIM
https://www.facebook.com/share/17Z2VYxJ52/
+7
#Jarayon
#Angor tuman
🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilar uchun "Ertalabki saflanish" tadbiri o'tkazildi.
✅ Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi maktab pedagogik jamoasi hamda oʻquvchilar jo'rligida kuylandi va Davlat bayrog'i ko'tarildi.
✅O'quvchilarga "Maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati, yo'l harakat qoidalariga so'zsiz amal qilish inson salomatligi uchun muhim ahamiyatga egaligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Mamlakatimiz va dunyo yangiliklari” mavzusida dunyoda va yurtimiz hayotida ro‘y berayotgan eng soʻnggi yangiliklar to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.
✍🏻✍🏻Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling 👇
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
https://t.me/ITMA_AngorIM
https://www.facebook.com/share/17Z2VYxJ52/
Repost from Kelajak soati
“Kelajak soati” darsining 1-mavzusi taqdimoti
Hurmatli professor-ustozlar! Sizlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida endilikda darslarimiz uchun taqdimot ham tayyorlanib, kanalimizga joylab boriladi. Bu qulaylik sizlarga yoqadi degan umiddamiz!
Mavzu: “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
Dars ssenariysi
1-kontent: Biz bugun kechagidan kuchlimiz, ertaga bundan ham kuchli boʻlamiz!
2-kontent: Mustaqillik va biz!
3-kontent: Talabalik maktublari
4-kontent: Yangi Toshkent shahridamiz
Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Repost from Kelajak soati
“Kelajak soati” darsining oliy taʼlim muassasalari hamda professional ta’lim muassasalari uchun mashg‘ulot ssenariysi
1-mavzu: “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
Mustaqillikning eng katta natijasi faqat mustaqil davlatning mavjudligi emas. Uning eng katta natijasi yagona, jips, birlashgan xalqdir. Yagona Vatanimiz bor. Bizni birlashtiradigan umumiy kelajak bor. Bu kelajakning muallifi esa – bizning oʻzimiz.
Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Repost from Kelajak soati
Yangi Toshkent shahridamiz
2023-yilda tamal toshi qoʻyilgan Yangi Toshkent shahri hududida bunyodkorlik ishlari jadal olib borilmoqda. E’tiborli tarafi, eng birinchi foydalanishga topshirilayotgan binolar – aynan ilm maskanlari. Yangi shahar boʻylab birgalikda sayr qilishga nima deysiz?
Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.
Eslatma: Video professional ta‘lim muassasalari oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.
Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Repost from Kelajak soati
Talabalik maktublari
Ajdodlarimiz qanday davrda va qanday sharoitda yashamasin, ilm izlashdan va yangilikka intilishdan to‘xtamagan. Biz turli davrda yashagan talabalarning maktublarini bir videoga jamladik. Maktublarga real yozishmalar asos qilib olingan.
Endi esa siz o‘zingizni 35 yildan keyin yashayotgan tengdoshingizga maktub yozayotgan inson sifatida tasavvur qiling. Unga bugungi hayotingizni qanday tasvirlagan bo‘lardingiz? Bugungi dunyo, orzu va intilishlaringiz, sizni o‘ylantirayotgan masalalar, kelajakdan kutayotgan umidlaringiz haqida nimalarni aytmoqchisiz? Eng muhimi, undan qanday javob eshitishni istaysiz?
Maktubingizni 20-sentyabrga qadar ushbu bot orqali yuboring. Maktub hajmi 250 so‘zdan oshmasligi kerak.
Eng yaxshi deb topilgan 35 nafar ishtirokchi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan tashakkurnoma hamda maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.
Eslatma: Video professional ta‘lim muassasalari oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.
Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Repost from Kelajak soati
Mustaqillik va biz!
Uch avlod vakillari: taniqli shoir Eshqobil Shukur, professor Saida Beknazarova hamda umidli talaba Pahlavon Gʻulomov mustaqillikka oid mulohazalari bilan boʻlishdi.
Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.
Eslatma: Video professional ta‘lim muassasalari oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.
Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Repost from Kelajak soati
Biz bugun kechagidan kuchlimiz, ertaga bundan ham kuchli boʻlamiz!
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida oʻtkazilgan mustaqilligimizning 35 yillik tantanasida ishtirok etgan talaba qiz oʻz taassurotlari bilan boʻlishdi va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ayrim fikrlarini eslatib oʻtdi.
Eslatma: Video professional ta‘lim muassasalari oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.
Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
+5
#Jarayon
#Angor tuman
“Orastalik, odob va hayo — qiz bola ziynati”
🏢Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida qizlar tarbiyasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
✅ Yig‘ilishda qiz bolalarning orastalik, odob-axloq, hayo va o‘zini tutish madaniyati, shuningdek, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash va yoʻl harakati qoidalari masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga qiz bolaning jamiyat va oiladagi o‘rni, muomala madaniyati, tashqi ko‘rinish va ichki go‘zallik uyg‘unligi haqida atroflicha tushunchalar berildi.
✅ Mazkur yig‘ilish qizlarda yuksak ma’naviyat, o‘ziga ishonch va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirish, ularni barkamol shaxs etib tarbiyalashga xizmat qildi. Orastalik, odob va hayo — har bir qiz bola uchun bebaho ziynat ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.
✍🏻✍🏻Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling 👇
https://t.me/ITMA_AngorIM
https://www.facebook.com/share/17Z2VYxJ52/
+4
#Jarayon
#Angor tuman
🏃♂️ SOG‘LOM TANDA — SOG‘LOM AQL!
🏢 Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarziga rioya qilishini targ‘ib etish, jismoniy faolligini oshirish hamda kunni ko‘tarinki kayfiyatda boshlash maqsadida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari joriy etildi.
✅ Ertalabki jismoniy mashqlar o‘quvchilarning tetikligi, salomatligi va ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.
✅ Sog‘lom avlod — yurt kelajagi!
✍🏻✍🏻Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling 👇
https://t.me/ITMA_AngorIM
https://www.facebook.com/share/17Z2VYxJ52/
+6
#Jarayon
#Angor_tuman_IM
#Psixologik_trening
🏢 Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlash maqsadida o‘quvchilar bilan maktab psixologi tomonidan psixologik trening mashg'uloti tashkil etildi.
✅Maktab psixologi Y .Xo'shmurodov tomonidan tashkil etilgan ushbu jarayonning asosiy maqsadi — yangi o‘quv yilining ilk kunidan boshlab o‘quvchilarga a’lo kayfiyat ulashish, maktabga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish, yangi muhitga moslashishiga ko‘maklashishdir.
⚜️Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
https://t.me/ITMA_AngorIM
https://www.facebook.com/nodir.avazov.16
Birinchi Prezidentimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi.
+8
#Jarayon
#Angor tuman
🇺🇿 “KELAJAK SOATI” — “MUSTAQILLIK DARSI”
“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!”
🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barcha sinflarda “Kelajak soati” — “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
✅ Mazkur darslarda o‘quvchilarga 35 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz, Vatanimizning bugungi yutuqlari, tinchlik va osoyishtalikning qadri, shuningdek, yosh avlodning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni haqida muhim tushunchalar berildi.
✅ O‘quvchilar Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ ne’mati ekanini anglagan holda, Vatanga sadoqatli, bilimli va fidoyi avlod bo‘lib voyaga yetish, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shish borasidagi fikrlarini bildirdilar.
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
✍🏻Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling 👇
https://t.me/ITMA_AngorIM
https://www.facebook.com/share/17Z2VYxJ52/
+7
#Jarayon
#Angor tuman
🇺🇿 “Ajdodlar jasorati — abadiy ibrat!”
🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 2-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.
✅ Tadbir “Ajdodlar jasorati — abadiy ibrat!” shiori ostida o‘tkazilib, unda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasi yod etildi.
✅ Davra suhbati davomida Islom Abdugʻaniyevich Karimovning mamlakatimiz ravnaqi yo‘lidagi beqiyos xizmatlari, mustaqillikni mustahkamlash borasidagi tarixiy sa’y-harakatlari alohida e’tirof etildi.
✅ Mazkur davra suhbatida ajdodlarimizning jasorati, Vatanga sadoqat va fidoyilik kabi fazilatlar yosh avlod uchun muhim hayotiy saboq ekani ta’kidlandi.
✍🏻Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling 👇
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
https://t.me/ITMA_AngorIM
https://www.facebook.com/share/17Z2VYxJ52/
+9
#Jarayon
#Angor tuman
🇺🇿 “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!”
🏢 Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” — Bilimlar kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
✅ Tadbirda maktab direktori Avazov Nodir Qoʻshaqovich ustozlar, o‘quvchilar va ota-onalarni Mustaqillik bayrami hamda yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi va Prezidentimizning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
✅ Tadbirda mahalla faollari, ota-onalar, faxriy o‘qituvchilar hamda ichki ishlar xodimlari ishtirok etdi.
✅ “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida yangi o‘quv yiliga ilk qadam qo‘ygan o‘quvchilarimizga ulkan zafarlar, mustahkam bilim va yorqin kelajak tilaymiz!
✍🏻Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling 👇
https://t.me/ITMA_AngorIM
https://www.facebook.com/share/17Z2VYxJ52/
+6
#Jarayon
#Angor tuman
🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 29-avgust sanasida pedogogik kengashi bo'lib o'tdi.
✅Pedagogik kengashda yangi o‘quv yilida maktab oldida turgan ustuvor vazifalar, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning fanlarni chuqur o‘zlashtirishini ta’minlash, ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha natijadorlikni yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Kasbiy mahoratini muntazam oshirib borish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan samarali foydalanish, raqamli ta’lim imkoniyatlarini keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.
O‘quvchilarda vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, odob-axloq, mas’uliyat, kitobxonlik fazilatlarni shakllantirish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish vazifalari belgilandi.
✍🏻✍🏻Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling 👇
https://t.me/ITMA_AngorIM
https://www.facebook.com/share/17Z2VYxJ52/
#avgust_kengashi
#OAV_biz_haqimizda
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan Avgust kengashi – o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
✅ Avgust kengashi doirasida 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, zamonaviy ta’lim boshqaruvi, liderlik, innovatsion yondashuvlar hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from Sevara Shakirova
+9
#avgust_kengashi
🌿 Kelajakni yaratayotgan maktablar kuchli liderlardan boshlanadi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan ikki kunlik Avgust kengashi — o‘quv-seminarini yakunladik.
Unda Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar hamda yangi tashkil etilgan muhandislik maktablari direktorlari bilan 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, ta’lim sifatini oshirish va maktab boshqaruvini yanada takomillashtirish bo‘yicha oldimizda turgan muhim masalalarni atroflicha muhokama qildik.
Bu yilgi kengashning asosiy g‘oyasi — kuchli maktab kuchli liderlikdan boshlanadi.
❗ Seminar davomida Prezident maktablarining ilg‘or tajribalarini ixtisoslashtirilgan maktablarga integratsiya qilish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va inventarizatsiya jarayonlarini raqamlashtirish, ta’lim sifatini monitoring qilish va tahlil etish, ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirish, xolis reyting va natijadorlikni oshirish mexanizmlari bo‘yicha fikr va tajriba almashdik. ❗ Shuningdek, HR siyosati va pedagoglarni boshqarishda ijtimoiy muloqot instrumentlaridan samarali foydalanish, ta’lim va sport integratsiyasi, zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar, ta’lim muassasalarida sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik. ❗ Maktab rahbarlari bilan huquqni qo‘llash va shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda uchraydigan muammolar hamda ularning yechimlari, korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha ham muhim masalalarni ko‘rib chiqdik. ❗ Shu bilan birga, ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, o‘quv reja va tarifikatsiyani shakllantirish, kelajak maktablari uchun rahbar va pedagog kadrlarni saralashning zamonaviy mexanizmlari hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab oldik.Mazkur yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha Agentligimizning tegishli boshqarma va bo‘limlari mas’ullari tomonidan seminar mashg‘ulotlari tashkil etilib, maktab direktorlari bilan mavjud muammolar, amaliy tajribalar va ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Eng muhimi, bu uchrashuvlar faqat ma’lumot berish bilan cheklanmay, joylardagi muammolarni bevosita rahbarlarning o‘zidan eshitish, fikr va takliflarni muhokama qilish hamda kelgusidagi vazifalarni birgalikda belgilab olish uchun amaliy maydon bo‘ldi. Men uchun maktab direktori — faqat ta’lim jarayonini boshqaruvchi rahbar emas. U jamoani bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, yangilikka ochiq, tashabbus ko‘rsatadigan va eng muhimi, natija uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan liderdir.
Ikki kun davomida ushbu kengashni mazmunli tashkil etish, har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tayyorlash va o‘tkazishga hissa qo‘shgan Agentligimiz jamoasi, boshqarma va bo‘limlarimiz mas’ullariga, shuningdek, o‘z tajribasi, fikr va takliflari bilan faol ishtirok etgan barcha maktab direktorlariga minnatdorlik bildiraman.🖌 Oldimizda yangi o‘quv yili va katta vazifalar turibdi. Ishonamanki, bir jamoa bo‘lib, aniq maqsad va mas’uliyat bilan harakat qilsak, ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqamiz. ✅ Rasmiy sahifalar
