IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI ANGOR TUMAN IXTISOSLASHGAN MAKTABI
رفتن به کانال در Telegram
833
مشترکین
+224 ساعت
-27 روز
+2730 روز
آرشیو پست ها
+6
#Jarayon
#Angor tuman
#Chellenj
"USTOZIM — SIZGA TA’ZIM!”
🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozim — sizga ta’zim!” shiori ostida ijodiy chellenj tashkil etildi.
✅ Ushbu chellenj orqali o‘quvchilar o‘z ustozlariga bo‘lgan samimiy hurmat va ehtiromlarini, minnatdorlik tuyg‘ularini namoyon etdilar.
✅ Ustoz — qalblarga ilm va ma’rifat nurini sochuvchi, kelajak avlodni kamolga yetaklovchi buyuk siymo. Ularning mashaqqatli va sharafli mehnatini qadrlash, ularga hurmat ko‘rsatish har birimiz uchun yuksak burchdir.
✍🏻✍🏻Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling 👇
https://t.me/ITMA_AngorIM
https://www.facebook.com/share/17Z2VYxJ52/
+9
#Jarayon
#Angor tuman
🎨 “USTOZIM — SIZGA TA’ZIM!”
🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozim — sizga ta’zim!” shiori ostida o‘quvchilar o‘rtasida rasmlar tanlovi tashkil etildi.
✅ Tanlov davomida o‘quvchilar o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyon etib, ustozlarga bo‘lgan hurmat, ehtirom va samimiy minnatdorlik tuyg‘ularini ranglar orqali ifoda etdilar.
✅ Mazkur tanlov o‘quvchilarning ijodkorligini qo‘llab-quvvatlash, estetik didini rivojlantirish hamda ustozlarning mashaqqatli va sharafli mehnatini qadrlashga xizmat qildi.
✍🏻✍🏻Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling 👇
https://t.me/ITMA_AngorIM
https://www.facebook.com/share/17Z2VYxJ52/
+7
#Jarayon
#Angor tuman
🏃♂️ SOG‘ TANDA — SOG‘LOM AQL!
🏢 Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarziga rioya qilishini targ‘ib etish, jismoniy faolligini oshirish hamda kunni ko‘tarinki kayfiyatda boshlash maqsadida joriy yilning 2-oktabr sanasida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari oʻtkazildi.
✅ Ertalabki jismoniy mashqlar o‘quvchilarning tetikligi, salomatligi va ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.
✅ Sog‘lom avlod — yurt kelajagi!
✍🏻✍🏻Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling 👇
https://t.me/ITMA_AngorIM
https://www.facebook.com/share/17Z2VYxJ52/
Repost from Segment.uz
❗️Қонунчиликда ўқитувчиларга берилган айрим имтиёзлар:
🔹Болаларга таълим-тарбия берадиган барча педагог ходимлар доимий равишда бепул тиббий кўрикдан ўтказилади.
🔹Педагоглар учун 56 кунлик йиллик ҳақ тўланадиган узайтирилган таътиллар берилади.
🔹Педагоглар ходимлар учун иш вақтининг давомийлиги ҳафтасига кўпи билан 36 соат қилиб белгиланади.
🔹Мактабда ўрнак кўрсатган педагог ходимлар рағбатлантирилади.
🔹“Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб” танлови ғолиби бўлган мактабга ярим миллиард сўм берилади.
🔹Ўқитувчилар касал бўлиб қолганида моддий ёрдам берилади.
🔹Инклюзив синф ўқитувчиларига 40 фоизгача устама берилади.
🔹Олис ҳудудларда дарс бераётган ўқитувчиларга 50 фоизгача устама берилади.
🔹Республика фан олимпиадаси ғолибларини тайёрлаган ўқитувчилар малака тоифаси бир поғона оширилади.
🔹Тиббиёт соҳаси профессор-ўқитувчиларига даволаш-ташхис ишларини бажарганликлари учун қўшимча ҳақ тўланади.
🔹Педагогларнинг фарзандлари учун контракт тўловига 30 фоиз чегирма берилади.
🔹Педагогларга айрим давлат хизматларини кўрсатишда 50 фоиз чегирма берилади.
🔹Ўқитувчиларнинг фаолиятига аралашганлик учун жавобгарлик бор.
Telegram | Instagram | Facebook
Repost from Segment.uz
Юрт қудрати, аввало, таълимдан бошланади. У — фикрлай оладиган, саволларга жавоб излайдиган, катта мақсадлар сари дадил қадам ташлайдиган авлоддан бошланади.
Ана шундай авлодни тарбиялашдек шарафли ва масъулиятли вазифани зиммангизга олган азиз устоз ва мураббийлар!
Сизларни Ўқитувчи ва мураббийлар куни билан самимий муборакбод этамиз!
Бераётган билимингиз, беқиёс сабр-тоқатингиз ва ҳар куни барпо этаётган ёруғ келажагимиз учун сизларга чексиз миннатдорчилик билдираман. Меҳнатингиз ҳамиша қадр топсин, шогирдларингиз ютуқлари сизга фахр ва қувонч олиб келсин!
Telegram | Instagram | Facebook
Repost from Segment.uz
❗️Корхоналар учун зарур кадрларни тайёрлашнинг янги тизими йўлга қўйилади
Келгуси йилдан корхоналар ўз талабига мос номзодни танлаб, уни ўқитиш учун олийгоҳга буюртма беради. Номзод тестсиз, суҳбат асосида ўқишга қабул қилинади ва таълим билан бир вақтда корхонада ишлайди.
Бунда давлат ҳам талабани, ҳам иш берувчини қўллаб-қувватлайди:
🔵корхона талабага қанча ойлик тўласа, унинг ярмини давлат қоплаб беради;
🔵талабага корхонадан бириктирилган устозга олийгоҳ томонидан педагог ойлигига тенг миқдорда қўшимча ҳақ тўланади;
🔵корхона олийгоҳ ёки яшаш жойидан узоқ бўлса, талабанинг ижара харажати 100 фоиз компенсация қилинади;
🔵ҳам ўқишда, ҳам ишда яхши натижа кўрсатган талабалар иккинчи курсдан давлат гранти асосида ўқишни давом эттиради.
“Агар бундай қилмасак, замонга муносиб кадр тайёрлай олмаймиз. Олийгоҳни тугатган одам албатта ишли бўлиши керак”, — деди Президент.Telegram | Instagram | Facebook
Repost from Sevara Shakirova
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni
💐 HAR BIR YUTUQ ORTIDA USTOZ BOR
Aziz ustozlar, qadrli murabbiylar!
Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Faoliyatim davomida bir haqiqatga ko‘p bor amin bo‘ldim: o‘quvchining katta yutug‘i hech qachon o‘z-o‘zidan kelmaydi. Uning ortida albatta ustozning mehnati, sabri, ishonchi va tinimsiz izlanishi turadi.
O‘quvchimiz xalqaro olimpiadada medal olganida, nufuzli universitet talabasi bo‘lganida, yangi g‘oya yoki kashfiyoti bilan e’tirof etilganida biz uning muvaffaqiyatidan quvonamiz. Ammo ana shu natijagacha bo‘lgan uzoq yo‘lda unga bilim bergan, xatosini to‘g‘rilagan, ba’zan ruhlantirgan, ba’zan esa shunchaki “Sen buni uddalaysan!” deb ishongan ustoz bor.
Shuning uchun men uchun ta’limdagi eng katta kuch — bu o‘z kasbini sevadigan, shogirdining kelajagiga befarq bo‘lmagan ustozdir.
Bugun Agentlik tizimida ana shunday fidoyi pedagoglar bilan bir safda mehnat qilayotganimdan faxrlanaman. O‘quvchilarimiz erishayotgan har bir natijada sizlarning munosib hissangiz bor.
Qadrli ustozlar!
Sizlarga shogirdlaringizning yutuqlaridan quvonib, mehnatingiz samarasini ko‘rib yashash baxti nasib etsin. Oilangizga xotirjamlik, o‘zingizga mustahkam sog‘lik, faoliyatingizga esa yangi kuch va muvaffaqiyatlar tilayman.
Siz bergan bilim bir kun kelib natijaga, siz bildirgan ishonch esa katta orzularga aylanadi.
✅Rasmiy sahifalar
+9
#Jarayon
#Angor tuman
USTOZIM — SIZGA TA’ZIM!
🏢 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ustoz va murabbiylarga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromni ifoda etuvchi “Ustozim — sizga ta’zim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✅ Tadbir davomida ustozlarning mashaqqatli va sharafli mehnati, yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi beqiyos o‘rni hamda jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi.
✅ Tadbirda o‘quvchilar tomonidan ustozlarga bag‘ishlangan samimiy tilaklar, she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar namoyish etilib, bayramona kayfiyat ulashildi.
✅ Aziz ustoz va murabbiylar! Sizning bergan bilimingiz, ko‘rsatgan yo‘lingiz va mehringiz har bir shogird qalbida abadiy yashaydi.
✍🏻✍🏻Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling 👇
https://t.me/ITMA_AngorIM
https://www.facebook.com/share/17Z2VYxJ52/
+7
#Jarayon
#Angor tuman
🏃♂️ SOG‘ TANDA — SOG‘LOM AQL!
🏢 Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarziga rioya qilishini targ‘ib etish, jismoniy faolligini oshirish hamda kunni ko‘tarinki kayfiyatda boshlash maqsadida joriy yilning 30-sentabr sanasida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari oʻtkazildi.
✅ Ertalabki jismoniy mashqlar o‘quvchilarning tetikligi, salomatligi va ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.
✅ Sog‘lom avlod — yurt kelajagi!
✍🏻✍🏻Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling 👇
https://t.me/ITMA_AngorIM
https://www.facebook.com/share/17Z2VYxJ52/
+3
#Jarayon
#Angor tuman
USTOZ MEHNATI — E’ZOZDA!
🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matematika fani o‘qituvchisi Qulmirzayev Abdumalik Baxriddinovichga ta’lim-tarbiya jarayonidagi samarali mehnati, o‘quvchilarga sifatli bilim berishdagi fidoyiligi shuningdek yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun hamda 1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Shakirova Sevara Baxodirovnaning TASHAKKURNOMASI tantanali ravishda topshirildi.
✅ Ustozimizni ushbu e’tirof bilan muborakbod etamiz!
✅ Kelgusidagi pedagogik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va yangi-yangi yutuqlar tilaymiz!
✍🏻✍🏻Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling 👇
https://t.me/ITMA_AngorIM
https://www.facebook.com/share/17Z2VYxJ52/
BAYRAM TABRIGI
🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilarining 1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarga yoʻllagan tabrigi.
✅ Bayramingiz muborak boʻlsin aziz ustozlar!
✍🏻✍🏻Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling 👇
https://t.me/ITMA_AngorIM
https://www.facebook.com/share/17Z2VYxJ52/
BAYRAM TABRIGI
🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilarining 1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarga yoʻllagan tabrigi.
✅ Bayramingiz muborak boʻlsin aziz ustozlar!
✍🏻✍🏻Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling 👇
https://t.me/ITMA_AngorIM
https://www.facebook.com/share/17Z2VYxJ52/
Repost from Pressuzb
“Энг катта орзуим ушалди” — қорақалпоғистонлик парашахматчи Президент билан учрашди
Парашахмат олимпиадаси бронза медали совриндори Селби Какишова Президент Шавкат Мирзиёев билан учрашувда ҳаяжонини яшира олмади.
“Бугун энг катта орзуим — Сизни кўриш насиб этди. Мен Сизнинг қорақалпоғистонлик қизингиз, фарзандингизман”, — деди у.Селби Какишова Президентнинг яқинда Қорақалпоғистонга ташрифига ҳам тўхталиб, “Бу Қорақалпоғистон Республикаси ёшлари учун жудаям катта эътибор бўлди. Қорақалпоғистон ёшлари номидан Сизга катта миннатдорлик билдираман”, дея таъкидлади. Унга Президент совғаси сифатида Volkswagen автомобили, икки хонали хонадон ва 50 минг АҚШ доллари топширилди. @pressuzb
Repost from Pressuzb
“Шахмат Ўзбекистонга қайтиб келди” — Рустам Қосимжонов
Президент Шавкат Мирзиёевнинг шахматчилар билан учрашувида жаҳон чемпиони Рустам Қосимжонов Самарқандда ўтган Олимпиадани тарихий воқеа деб атади.
Унинг таъкидлашича, мусобақа илк бор Ўзбекистон ва Марказий Осиёда ўтказилди, унда 200 та давлатдан шахматчилар иштирок этди.
“Биз Олимпиадада ўйнаётганимизда ҳар бир дақиқа, ҳар куни эътиборингизни сезиб турдик. Менимча, қийин дақиқаларда мана шу эътиборингиз, ниятларингиз йигитларимизга куч-қувват берди”, — деди Қосимжонов.Гроссмейстер сўнгги йилларда ёш шахматчилар учун яратилган имкониятлар натижасида Ўзбекистон жаҳон шахматининг муҳим марказларидан бирига айланганини алоҳида таъкидлади.
“Биз шахматнинг маркази Ўзбекистон бўлганини кўряпмиз. Шахмат Ўзбекистонга қайтиб келди. Шахмат Ўзбекистонда пайдо бўлган, шахмат Ўзбекистонга қайтиб келди. Энг кучли шахматчилар бизда, энг яхши федерация бизда. Шахмат маркази бугун Тошкент, Самарқанд. Буни хориждаги ҳамкасбларимиз ҳам тан оляпти”, — деди у.Қосимжонов учрашув якунида яна бир рамзий воқеага эътибор қаратди. Олимпиада ғолибига топшириладиган 100 йиллик тарихга эга Гамильтон–Рассел кубогида энди “Ўзбекистон” номи икки марта ёзилган. Рустам Қосимжонов ушбу тарихий кубокни Президент Шавкат Мирзиёевга топширди. @pressuzb
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan Vatanimiz shuhratini yuksaltirishga qo‘shgan hissasi, mahorati va jasorati uchun bir guruh shaxmatchilar, ularning ustozlari va soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida farmon imzolangan edi. Uchrashuvda ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
– Bu mukofotlar faqat bugungi g‘alabangizning e’tirofi emas, balki oldingizda turgan yanada baland marralarga bildirilgan katta ishonch ramzi bo‘lsin,– dedi davlatimiz rahbari. Mamlakatimiz yetakchisi sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylari hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi jamoasiga minnatdorlik bildirdi.
– Ilohim, g‘alabalarimiz bardavom bo‘lsin! Doimo sog‘-omon bo‘linglar, aziz farzandlarim!– dedi Prezidentimiz uchrashuv yakunida. Facebook|Instagram|X
Repost from Rasmiy axborot
💝 "Biznikidek shaxmatni sevadigan Prezident dunyoda hech qayerda yo‘q"
Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Nodirbek Abdusattorov Olimpiadadagi tarixiy g‘alaba butun xalqimizning yutug‘i ekanini ta’kidladi.
U O‘zbekiston Hindiston, Xitoy va AQSh kabi kuchli terma jamoalarni mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritganini qayd etdi.
"Bizda javob har doim bitta: biznikidek shaxmatni sevadigan Prezident dunyoda hech qayerda yo‘q!"Abdusattorov, shuningdek, jahonning eng katta sahnalarida O‘zbekiston sharafi va bayrog‘ini munosib himoya qilishga va’da berdi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from Rasmiy axborot
💝 "Prezidentimizning yonida mening ham bolam turarmikan, deb havas qilardim"
🔷Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxmatchilar bilan uchrashuvida Muhiddin Madaminovning onasi Iroda Isroilova so‘zga chiqib, farzandi va yosh shaxmatchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.
"Prezidentimiz bolalar bilan suhbat qurganlarini televizorda ko‘rib, “Mening bolamning orqasida ham Prezidentimiz turarmikan, yonida bolam turarmikan”, deb juda havas qilardim. Allohga behisob shukr, shu kunlarga yetkazganiga. Men baxtli onaman", — dedi Iroda Isroilova.🔷U farzandi shaxmatdagi ilk qadamlarini qo‘yayotgan paytlarda xorijga chiqish vizasi va aviachiptalar xarajatlarini qoplash, chet ellik murabbiylarni jalb qilish kabi masalalar ota-onalar uchun katta muammo bo‘lganini esladi.
"Bularning hammasini qilib berganingiz uchun, bolalarimiz shu darajaga tezlikda yetib chiqqanlari uchun sizga alohida minnatdorlik bildiraman. Hozirgi kunda bir ona uchun bizga boshqa nima kerak? Faqat Sizni, bolalarimizni duo qilamiz", — dedi shaxmatchining onasi.🔷Yillar avval televizor qarshisida turib, farzandini ham Prezident yonida ko‘rishni orzu qilgan ona bugun o‘sha orzusi ro‘yobga chiqqanini ta’kidladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz shaxmat va parashaxmat olimpiadalarining g‘olib va sovrindorlari hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish bo‘yicha qaror qabul qilganini ma’lum qildi. Unga muvofiq, chempionlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidov uy-joy va avtomobil bilan taqdirlanadi.
Parashaxmatchilar Ahadxon Kimsanboyev, Marsel Shoyusupov, Sardorbek Mamarajabov, Selbi Kakishova va Sirojiddin Zayniddinovga ham uy-joy va avtomobil beriladi. Terma jamoalar bosh murabbiylari Rustam Qosimjonov va Samandar Shermuxammadov avtomobil bilan mukofotlanadi.
Olimpiada chempioni bo‘lgan har bir shaxmatchi 200 ming dollar, ularning murabbiylari 50 ming dollar miqdorida pul mukofoti oladi. Bronza medalini qo‘lga kiritgan har bir parashaxmatchiga 50 ming dollar, ularning murabbiylariga 12 ming 500 dollardan beriladi.
– Shaxmatchi va parashaxmatchilarimiz bugunning o‘zida yangi mashinalarini haydab, yangi uylariga kirib borishadi,– dedi davlatimiz rahbari. Shu tariqa g‘olib va sovrindorlarning mehnati munosib rag‘batlantirilmoqda. Facebook|Instagram|X
