IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI ANGOR TUMAN IXTISOSLASHGAN MAKTABI
Ir al canal en Telegram
1 787
Suscriptores
+124 horas
+337 días
+630 días
Archivo de publicaciones
#imtihon_natijalari_2026
📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda!
Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin:
🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095
🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
📢DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR!
Rahbar xodimlar tanlovi davom etmoqda
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, yangidan tashkil etilayotgan muhandislik hamda hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari lavozimiga tanlov davom etmoqda.
🟢 Hududiy (saralash) bosqichi:
🟢 2026-yil 3–4-avgust
🟢 2-bosqich (asosiy suhbat):
🟢 2026-yil 6–7-avgust
Tanlovlar Agentligi tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tashkil etiladi.Tanlov bosqichlari: ✅ 1-bosqich – Hududiy saralash Nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ishchi guruh tomonidan o‘rganiladi. Malaka talablariga javob bergan hamda suhbat natijasiga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan 3 nafar nomzod keyingi bosqichga tavsiya etiladi. ✅ 2-bosqich – Asosiy suhbat Hududiy saralashdan o‘tgan 3 nafar nomzod bilan tanlov komissiyasi tomonidan savol-javob shaklida suhbat o‘tkaziladi. 💻 Suhbat videokonferensaloqa (onlayn) yoki an’anaviy (oflayn) shaklda tashkil etilishi mumkin. ⚠️ Eslatma! Suhbat bosqichida ishtirok etmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha suhbat o‘tkazilmaydi.
Hududlar kesimidagi suhbat sanalari va ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlangan reja-grafik asosida belgilanadi.✅ Barcha nomzodlarga tanlov jarayonida muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from Sevara Shakirova
#BizningPrezident
🇺🇿Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident!
➡️ Rasmiy sahifalar
Repost from N/a
📢 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR!
2026-yil 21-iyul kuni o‘tkazilgan pedagoglar test sinovlarida turli sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmagan nomzodlar uchun quyidagilarni ma’lum qilamiz.
📅 2026-yil 22-iyul 🕛 Soat 12:00 dan keyin
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (ID karta yoki pasport) bilan kelishingiz mumkin.
⚠️ O‘zingiz bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatni olib kelishingiz majburiy.
📌 Belgilangan vaqtda test o‘tkaziladigan binoga o‘z vaqtida yetib kelishingizni so‘raymiz.
Omad tilaymiz! 🍀
Repost from N/a
📌 Pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi (test) bosqichi: test savollari tuzilishi va baholash mezonlari
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining ikkinchi bosqichi test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
📝 Test savollarining tuzilishi
✅ Test savollari ko‘p variantli (multiple choice) shaklda tuziladi.
✅ Test jami 40 ta savoldan iborat bo‘ladi.
✅ Savollar nomzodning:
o‘quv fani bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari;
mantiqiy fikrlash darajasini aniqlashga qaratiladi.
⏱ Test uchun ajratilgan vaqt
🔹 Aniq va tabiiy fanlar (matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya) uchun — 90 daqiqa.
🔹 Ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun — 60 daqiqa.
📊 Baholash mezonlari
✔ Har bir to‘g‘ri javob 2,5 ball bilan baholanadi.
✔ 40 ta savol × 2,5 ball = 100 ball.
✔ Demak, ikkinchi (test) bosqichida olinishi mumkin bo‘lgan maksimal ball — 100 ball.
🏆 Suhbat bosqichiga kimlar o‘tadi?
Test natijalariga ko‘ra, har bir bo‘sh ish o‘rni uchun eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod (ballar ketma-ketligida) suhbat bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
❌ Testdan chetlashtirishga asos bo‘ladigan holatlar
Quyidagi holatlarda nomzod test jarayonidan chetlashtiriladi:
qonunchilik hujjatlarida, ma’lumot beruvchi adabiyotlarda yoki boshqa materiallardan foydalanish;
texnik vositalardan foydalanish;
boshqa shaxslar bilan suhbatlashish;
test yakunlanmasdan auditoriyani ruxsatsiz tark etish.
Bunday holatlar bo‘yicha belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
📚 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17–24-bandlari.
🔴 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR!
🎓 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida hududlar kesimida pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi bosqichi – test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🖱️ Test sinovlari:
🖱️ 21–22-iyul, 2026-yil
🖱️ Reja-grafikda belgilangan sana va soatlarda
🖱️ Test sinovlari quyida ilova qilingan reja-grafikda ko‘rsatilgan manzillarda tashkil etiladi.
Hurmatli nomzodlar!
Test sinoviga kelishda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni o‘zingiz bilan olib kelishingiz so‘raladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from Fan olimpiadalari markazi (FOM)
#IMO_2026
IMO 2026: Xalqaro maydonda navbatdagi katta muvaffaqiyat!
🇺🇿Oʻzbekiston terma jamoasi hozirda Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan 67-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO 2026)da munosib ishtirok etib, xalqaro maydonda yana bir bor yuksak natijalarni qayd etdi.➡️Olimpiadada 119 ta davlatdan 685 nafar o‘quvchilar ishtirok etib, 2 ta kumush 3 ta bronza bronza medalini qo‘lga kiritdi! 🥈 Kumush medal sohiblari: 🥈Elshod Oʻralov — Termiz shahar 14-sonli maktab o‘quvchisi — KUMUSH MEDAL, 🥈Dostonbek Rahmonqulov — Yangiyer shahar IM o‘quvchisi — KUMUSH MEDAL, 🥉 Bronza medal sohiblari: 🥉Azizbek Mamajonov — Al-Xorazmiy nomidagi IM Guliston filiali — BRONZA MEDAL, 🥉Elbek Zohidjonov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — BRONZA MEDAL, 🥉 Rasulbek G‘afforov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — BRONZA MEDAL. 📊 Ma’lumot o‘rnida: Davlatimiz rahbarining 2024-yil 30-sentabrdagi tegishli qaroriga muvofiq: nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishgan medallar uchun oʻzbekistonlik ishtirokchilar uchun quyidagi pul mukofotlari berilishi koʻzda tutilgan: ➖ kumush medal uchun — 618 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 103 mln. soʻm; ➖ bronza medal uchun — 412 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 61,8 mln. soʻm. ⏰ Shuningdek, mazkur olimpiada gʻoliblarini sinovlarga tayyorlagan oʻqituvchilarning malaka toifasi bir pogʻona koʻtarilishi belgilangan. 👏Yoshlarimizni ushbu yuksak yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! 🇺🇿 Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilgan barcha oʻquvchilarimiz, ularning ustozlari va ota-onalariga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Bizni kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube 🌐Linkedin
Repost from Sevara Shakirova
#IChO2026
🇺🇿 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Yangi O‘zbekiston yana bir tarixiy sahifani ochdi.
📍 Toshkent shahrida Markaziy Osiyo tarixida ilk bor O‘zbekiston mezbonlik qilgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bir hafta davomida dunyoning 94 ta davlatidan tashrif buyurgan mingga yaqin iqtidorli o‘quvchilar, jamoa rahbarlari va xalqaro ekspertlar nafaqat nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi, mamlakatimizning boy tarixi, madaniyati va mehmondo‘stligi bilan yaqindan tanishdi.
💐 Bugungi natijalar bizga alohida faxr bag‘ishlaydi. O‘zbekiston terma jamoasining barcha a’zolari medal bilan taqdirlandi: Rayhona Tuymurodova oltin medal, Jasur Mustafoyev, Azizmuhammad Hafizov va Mirjalol Homidjonov kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Bu yutuqlar yurtimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro olimpiadalarga tizimli tayyorlash va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish borasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy samarasidir.🧪IChO 2026 O‘zbekistonning xalqaro ilmiy-ta’lim hamjamiyatidagi nufuzini yanada mustahkamladi. Ushbu tarixiy olimpiadani yuqori saviyada tashkil etishga hissa qo‘shgan barcha hamkorlarimiz, ustozlarimiz, mutaxassislarimiz, volontyorlarimiz va fidoyi jamoamizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Eng muhimi, bugun yoshlarimiz butun dunyoga O‘zbekiston ilm-fani va ta’limining yangi salohiyatini namoyon etdi. ✅ Rasmiy sahifalar
Repost from Sevara Shakirova
+6
Aziz ustozlar, hamkasblar va volontyorlar!
🖌 2026–2027-oʻquv yili uchun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Minglab yoshlarning orzu va intilishlari sinovdan oʻtgan ushbu masʼuliyatli jarayonni yuksak saviyada tashkil etishda oʻz hissasini qoʻshgan har bir insonga samimiy minnatdorligimni bildiraman.
Avvalo, imtihonlarning adolatli, shaffof va tartibli oʻtishini taʼminlash yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilgan ustozlarimiz, pedagoglar, nazoratchilar, volontyor yoshlarimiz, Milliy gvardiya xodimlari, tez tibbiy yordam brigadalari, ichki ishlar organlari vakillari, shuningdek, ushbu jarayonda yaqindan hamkorlik qilgan barcha vazirlik, idora va tashkilotlar jamoalariga chin dildan tashakkur aytaman. Sizlarning masʼuliyatli mehnatingiz, fidoyiligingiz va hamjihatligingiz tufayli imtihonlar yurtimizning barcha hududlarida yuqori tashkiliy darajada oʻtkazildi.🤝 Alohida minnatdorlik soʻzlarimni farzandlarini qoʻllab-quvvatlagan ota-onalarga hamda bilim va salohiyatiga ishonib, katta orzular bilan imtihonlarda qatnashgan barcha oʻquvchilarga ham yoʻllayman. Natija qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, sizning bugungi mehnatingiz va intilishingiz ertangi muvaffaqiyatlaringiz uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi. ✅ Ishonchim komilki, bugungi hamjihatligimiz va birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz yurtimiz taʼlim tizimini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga munosib sharoit yaratish yoʻlidagi ezgu maqsadlarimizga xizmat qiladi. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik, kuch-gʻayrat va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. ✅ Rasmiy sahifalar
Repost from Sevara Shakirova
#30_iyun_Yoshlar_kuni
✨ 30-iyun – Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
✅ Har gal sizlarning yutuqlaringiz haqida eshitsam, Yangi O‘zbekistonning ertangi kuni ishonchli qo‘llarda ekaniga yana bir bor amin bo‘laman. Bugun Prezidentimiz yaratib berayotgan imkoniyatlar tufayli yoshlarimiz dunyoning eng nufuzli universitetlariga grant asosida o‘qishga kirayotgani, xalqaro fan olimpiadalari, sport va ijodiy tanlovlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgani barchamiz uchun cheksiz faxrdir.
🇺🇿 Joriy yilda ham bu yutuqlar yuksak e’tirof etildi. Prezidentimizning qarorlari bilan agentligimiz tizimidagi ta’lim muassasalari vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.Jumladan, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi, 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi ilmiy qo‘mitasi a’zosi Daler Rahimov va Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Paxlavon G‘ulomov «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga sazovor bo‘lishdi. Bu — bilim, mehnat va fidoyilik munosib qadrlanayotganining yana bir yorqin ifodasidir.
🌿 Aziz yoshlar, hech qachon orzu qilishdan va o‘rganishdan to‘xtamang. O‘z kuchingizga ishoning, katta maqsadlar sari dadil intiling. Sizning har bir muvaffaqiyatingiz nafaqat shaxsiy yutug‘ingiz, balki Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissadir.✅ Rasmiy sahifalar
+9
📖Surxondaryoda Prezident maktabiga kirish imtihonlarining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi
⭐️Surxondaryo viloyatida Prezident maktabiga kirish imtihonlarining saralash bosqichi adolat va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi.💻Unda 4 mingdan ortiq 4-sinf bitiruvchilari matematika fanidan xalqaro standartlar asosida tayyorlangan test topshiriqlarini bajarib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. 🏠Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar qabulning ikkinchi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar. 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram ▶You tube 🌐Twitter 🌐Veb-sayt
#qabul_2026
#infografika
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga tegishli bo‘lgan muhim ma’lumotlar mazkur infografika ko‘rinishida taqdim etilmoqda.
☎️ Call-markaz: 1206
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
+4
#qabul_2026
#matbuot_anjumani
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida quyidagi ma'lumotlar berildi:
📢 Matbuot anjumanida kirish imtihonlari sanalari ham e’lon qilindi.
Jumladan:
🇺🇿 Prezident maktablariga saralash bosqichi 25-iyun, ikkinchi bosqich esa 17-iyul, 🖌 Ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonlar 27–30-iyun, 🖌 "Yangi O‘zbekiston" universitetiga 27-iyun, 🖌 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati hamda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga 1-iyul va 23-iyul kunlari, 🖌 Ijod maktablariga 2-iyul kuni, Muhammad al-Xorazmiy hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ularning hududlardagi filiallariga 3-iyul kuni, 🖌 Sport maktablariga amaliy va nazariy imtihonlar 1-10-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.✅ Qayd etilishicha, Prezident maktablari imtihonlari Cambridge, ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari esa Marshall Cavendish xalqaro ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Barcha imtihonlar ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilib, jarayonlarni test2026.uz platformasi orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+7
#Angor_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi_
#milliy_sertifikat_
⚡️⚡️⚡️BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR!!!
🏢🏢🏢 Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-10-11- sinf o'quvchilarining 47 nafari ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatni qoʻlga kiritishdi!!!
Ona tili va adabiyoti fanidan ✔️9-sinf 20 nafar ✔️10-sinf 18 nafar ✔️11-sinf 9 nafar✅✅✅O'quvchilarimizga ta'lim bergan maktabimizning ona tili va adabiyoti fani ustozlariga hamda o'quvchilarimizning ota-onalariga maktab maʼmuriyati o'z minnatdorchiligini bildiradi!!! 🌐🌐🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: https://t.me/ITMA_AngorIM https://www.facebook.com/nodir.avazov.16
⚽️ ГООООЛ!
Аббос! 🔥
🇺🇿 Ўзбекистон 1 : 1 Колумбия 🇨🇴
⏳Hujjat topshirish yakunlanishiga atigi 5 kun qoldi!
Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro davlat universiteti talabasi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
⚫️ Sun’iy intellekt
⚫️ Dron texnologiyalari muhandisligi
⚫️ Dasturiy ta’minot muhandisligi
⚫️ Amaliy matematika
⚫️ Kiberxavfsizlik
Hujjat topshirish:
https://admission.akhu.uz/
Al-Xorazmiy universiteti talabasi bo‘ling!
📞 Murojaat uchun: +998 (62) 227-71-71
@alxorazmiyunibot
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
