TATI-SOIL 🌎🌍🌏
Open in Telegram
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining rasmiy kanali ✍️Veb sayt: Soil.uz 🖥Youtube: Soil tuproqshunoslik 📱Telegram: TATI Soil
Show more350
Subscribers
No data24 hours
+17 days
+230 days
Posts Archive
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#diqqat_tanlov
❗️❗️❗️❗️❗️
Ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan ishlanmalar asosida yangi texnologiyalar tanlovida ishtirok eting!
Tanlovga fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalariga asoslangan loyiha talabnomalari qabul qilinadi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi “Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini joriy qilish hamda ilm-fanni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-54-son Farmoniga asosan eʼlon qilinmoqda.✅ Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar Ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash va tijoratlashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish axborot tizimi (tijorat.ilmiy.uz) orqali 2026-yilning 21-sentabr kuni soat 23:55 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Repost from UZ24 uz
+3
🔊8-sentyabrgacha 114 ta muzeyni bepul tomosha qilish mumkin
O‘zbekistonda 2–8-sentyabr kunlari “Muzeylar haftaligi” o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Madaniy meros agentligi tizimidagi 114 ta davlat muzeyi, muzey-qo‘riqxona va uy-muzeylariga bepul kirish mumkin.
🔴Haftalik davomida tarix, san’at va milliy merosimiz bilan yaqindan tanishish, noyob eksponatlar hamda qadimiy yodgorliklarni ko‘rish imkoniyati yaratilgan. “Muzeylar haftaligi” 8-sentyabrgacha davom etadi. Shu vaqt ichida o‘zbekistonliklar muzeylarga bepul tashrif buyurishlari mumkin.
Telegram | Facebook | X | Instagram
+9
#Ma’rifatSoati #MillatShavkati #KasabaUyushmalari
🇺🇿«MILLAT ShAVKATI» — MA’RIFAT VA TAFAKKUR SARI
⚡️Bugungi ma’rifat soati O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Ishtirokchilar Vatanimiz ramziga yuksak hurmat bajo keltirdilar.
📚Shundan so‘ng O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, jamoat arbobi, senator va siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning «Millat shavkati» kitobi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir boshlandi.
🔵Tadbirda O‘zbekiston agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Husan Begmatov tomonidan kitobning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oya va qarashlar haqida taqdimot o‘tkazildi. Taqdimotda asarda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy o‘zlik, tarixiy xotira, ma’naviy uyg‘onish, jamiyat tafakkuridagi yangilanishlar hamda Vatan taraqqiyoti bilan bog‘liq muhim masalalar yoritilgani ta’kidlandi.🔵Taqdimot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Berilgan savollar yuzasidan institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, professor Nodirjon Abduraxmonov ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kitobda ilgari surilgan g‘oyalarning bugungi kun uchun ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. 🔵Ma’rifat soati qizg‘in muloqot va fikr almashinuvi ruhida o‘tib, ishtirokchilarda kitobxonlik, milliy tafakkur va yurt taraqqiyotiga daxldorlik hissini yanada kuchaytirishga xizmat qildi. 📚Kitob — tafakkurni uyg‘otadi, tafakkur esa taraqqiyotga yo‘l ochadi! Bizni kuzatib boring!⬇️ ✍️Veb sayt: Soil.uz 📱Facebook: TATI.uz ✅Telegram: TATI Soil 🎞Youtube: Soil
Repost from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Tuproq turi, iqlim va havo harorati, quyosh nuri nihollarga qanday ta’sir qiladi?
🌱Ko‘chatlarni ko‘karishi, o‘sib rivojlanishi va mo‘l hosil berishi tuproq tarkibiga va sho‘rlanish darajasiga bog‘liqdir. Unumdor tuproqlarda o‘simliklar yaxshi o‘sib yuqori hosil bersa unumdorligi pas qumloq, toshloq yerlarda o‘simliklar yaxshi o‘sib rivojlanmasdan qurib qolish oqibatlari kuzatiladi.
🌳Bog‘ barpo etilayotgan hududlarni iqlim sharoiti inobatga olgan xolda meva turlarini joylashtirish yaxshi natija beradi.
👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/37399
👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/37399
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
☄️Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti jurnal tahririyati jamoasi tomonidan jurnalning 2026 yilning 3 --soni uchun eng sara maqolalar jamlanmoqda.
TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYO Ilmiy jurnali👉Jurnal OAK Rayosatining 29.12.2022yil №330/5-sonli hamda 31.01.2023yil №332/5-sonli qaroriga asosan dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro'yxatiga kiritilgan. 📤ISSN: 2181-0826 🟣03.00.00-Biologiya fanlari 🔴(03.00.13 – “Tuproqshunoslik”) 🟡06.00.00-Qishloq xo’jaligi fanlari 🔘06.01.04-«Agrokimyo» 🔘06.01.03-“Agrotuproqshunoslik va agrofizika” 🔊Maqolalar 🇺🇿o‘zbek,🇷🇺rus, 🇺🇸ingliz tillarida taqdim etiladi ⚠️Maqolaga qo'yilgan talablar -UDK raqam - Maqola mavzusi (Title) - Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (Author information, e-mail, orcid) - Maqola annotatsiyasi (Abstract) - Kalit so‘zlar (Key words) - Kirish (Introduction) - Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature reviyew) - Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology - Tahlil va natijalar (Analysis and results) - Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations) - Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References) 👉Maqolalar tahrir hay'ati tavsiyasiga ko'ra nasr etiladi. ⚡️Ilmiy jurnal bir yilda 4 marta chop etiladi. Maqola yuborish uchun: 📞+998938788407 🌐 @akbar_8407 ✅Ps: Ushbu ma'lumotni hamkasblar va boshqa ilmiy doiradagi insonlarga ham yuborib qo'ying. Bizni kuzatib boring!⬇️ ✍️Veb sayt: Soil.uz 📱Facebook: TATI.uz ✅Telegram: TATI Soil 🎞Youtube: Soil
Repost from Tezkor Yangiliklar ⚡
🇺🇿 Бундан 35 йил аввал, 1 сентябрь тонгида ўзбекистонликлар илк бор ўз тақдирини ўзи белгилайдиган мустақил юртда уйғонган.
35 ёшинг муборак, жонажон Ўзбекистон!
👉 @tyxuzbek - энг тезкор ва махфий хабарлар каналига аъзо бўлинг!
#Tabrik
#Mustaqillik35
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Hurmatli tuproqshunos olimlar, aziz agrar soha xodimlari, qadrli hamkasblar!
🇺🇿Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
🇺🇿Mustaqillik — bu, avvalo, o‘z taqdirimiz va kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan belgilash huquqi. Shu bilan birga, Vatanimizning eng bebaho boyligi — ona zaminimizga egalik qilish, uni asrash va kelajak avlodlarga munosib holda yetkazish mas’uliyati hamdir.
🔵Tuproq — milliy boyligimiz, rizq-ro‘zimiz va kelajagimiz tayanchidir. Uning unumdorligi xalqimiz dasturxoni to‘kinligi, dehqon va fermerlarimiz farovonligi hamda mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligining muhim kafolatidir. Shu bois tuproqni asrash va uning unumdorligini oshirish bugun oddiy agrar vazifa emas, balki milliy taraqqiyotimiz uchun strategik ahamiyatga ega masaladir.
🔵Bu sharafli vazifani amalga oshirishda Sizning — tuproqshunos olimlar, tadqiqotchilar va agrar soha mutaxassislarining mehnatingiz beqiyos. Sizning ilmiy izlanishlaringiz, dala tadqiqotlaringiz, tahlil va xulosalaringiz orqali yerning haqiqiy holati aniqlanmoqda, uning unumdorligini saqlash va oshirish, degradatsiya jarayonlarining oldini olish bo‘yicha ilmiy yechimlar yaratilmoqda.
🔵Ilmning haqiqiy qiymati esa uning amaliyotdagi natijasi bilan o‘lchanadi. Bugun Sizning mehnatingiz tufayli dehqon va fermer o‘z yeri haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lib, mustaqil va asoslangan qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Tuproqning tarkibi, unumdorligi, ozuqa moddalari va sho‘rlanish holati haqidagi ma’lumotlar ekin tanlash, o‘g‘itlash, sug‘orish va agrotexnologiyani to‘g‘ri belgilash uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
🔵Bugun raqamli tuproq xaritalari, geoaxborot tizimlari va zamonaviy texnologiyalar ilmning imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. Eng muhimi, ilmiy bilim asta-sekin aniq qarorga, qaror esa amaliy natijaga aylanmoqda.
🔵Bu jarayonning eng muhim ishtirokchilari — yerni mehr bilan parvarish qilayotgan dehqon va fermerlarimiz, tomorqasidan unumli foydalanayotgan yurtdoshlarimizdir. Sizning ilmiy mehnatingiz ularning amaliy mehnati bilan uyg‘unlashgan sari yer unumdorligi, hosildorlik va xalq farovonligi yuksalaveradi.
Aziz hamkasblar!
🔵Shu ulug‘ bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ilmiy izlanishlaringizda yuksak natijalar va mehnatingizga baraka tilayman.
🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch, tuprog‘imiz unumdor, mehnatimiz samarali va xalqimiz farovon bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Shuhrat BOBOMORODOV, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, biologiya fanlari doktori, professorBizni kuzatib boring!⬇️ ✍️Veb sayt: Soil.uz 📱Facebook: TATI.uz ✅Telegram: TATI Soil 🎞Youtube: Soil
Repost from Ibrohim Abdurahmonov
✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨
✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨
MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘ QADRIYAT, MEHNAT — ENG YUKSAK SHARAF!
Aziz yurtdoshlar, qadrli dehqon va fermerlar, agrar sohaning fidoyi vakillari!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik — bu milliy g‘ururimiz, erkin va ozod hayotimiz, bunyodkorlik va taraqqiyot yo‘limizning buyuk timsolidir. O‘tgan 35 yil davomida xalqimiz o‘zining mustahkam irodasi, bunyodkorlik salohiyati va fidokorona mehnati bilan ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.
Bugun Yangi O‘zbekiston o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘yib, yangi marralar sari dadil odimlamoqda. Bu jarayonda qishloq xo‘jaligi sohasi ham chuqur islohotlar, zamonaviy yondashuvlar va ilg‘or texnologiyalar asosida yangilanib, mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda tobora muhim o‘rin egallamoqda.
Davlatimiz rahbari rahnamoligida agrar sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, raqamlashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, fermer va dehqonlar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash borasida muhim qadamlar tashlanmoqda.
Bu yil dalalarimizdagi zahmatli mehnat yana bir bor o‘z samarasini ko‘rsatdi. G‘alladan 10 million tonnalik hosil yetishtirishga erishildi. Ayni paytda dehqon va fermerlarimiz dalalarida yangi hosil — paxta uchun mas’uliyatli yig‘im-terim mavsumi arafasidamiz. Paxtachilik sohasida ham ko‘zlagan marralarimiz ulkan. Mavsum yakunida 4,5 million tonna paxta yetishtirish ko‘zda tutilmoqda.
Kartoshkachilikda ham mo‘l hosil sari dadil qadamlar tashlanmoqda. Hozirga qadar 3,2 million tonna kartoshka yetishtirildi. Yil yakuniga qadar esa bu ko‘rsatkichni 4,5 million tonnaga yetkazish prognoz qilinmoqda.
Bu raqamlar ortida millionlab insonlarning halol mehnati, tun-u kun qilgan zahmati, ona zaminga bo‘lgan mehr-muhabbati va Vatanga sadoqati mujassam.
Dala mehnati — sharafli mehnat. Har bir ekilgan urug‘, parvarishlangan nihol, yetishtirilgan hosil ortida xalqimiz dasturxoni, oilalarimiz farovonligi va yurtimiz osoyishtaligi namoyon. Shu bois har bir dehqon va fermerning mehnati — Vatan ravnaqiga qo‘shilgan munosib hissadir.
Bu keltirilganlarimiz agrar soha yutuqlarining bir qismi xolos. Bugun agrar soha xodimlari qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlarida ham mana shunday ulkan natijalarga erishgan holda mamlakatimiz istiqlolining 35 yillik to‘yini munosib qarshi olmoqda.
Kelgusidagi rejalar esa yanada ulkan. Suvni tejash, yer unumdorligini oshirish, innovatsiyalarni keng joriy etish, yaylovlar samaradorligini oshirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport salohiyatini yuksaltirish va agrar sohani yanada raqobatbardosh qilish yo‘lida barcha imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
Zero, mustaqil O‘zbekistonning kuchi — uning xalqida, xalqimizning kuchi esa uning birlik va fidokorona mehnatidadir!
Fursatdan foydalanib, Vatanimiz tuprog‘ida halol mehnat qilayotgan aziz dehqon va fermerlarimizga, agrar soha olimlari va mutaxassislariga, barcha mehnatkash yurtdoshlarimizga chuqur minnatdorlik bildiraman.
Shu ulug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, fayzu baraka va farovon hayot tilayman.
Yurtimiz tinch bo‘lsin, xalqimizning dasturxoni to‘kin bo‘lsin, dalalarimiz hosildor, mehnatimiz samarali bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
35 yillik muborak ayyom barchamizga qutlug‘ kelsin!
Yangi O‘zbekistonimizning buyuk kelajagi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!
Ibrohim Abdurahmonov
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
—
Выступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 35-летию государственной независимости Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+3
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Mustaqillik35
🇺🇿MUSTAQILLIK — QALBIMIZDA,
E’TIROF — MEHNATIMIZDA!
🔵Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🟢Quvonarlisi, Institutimizning Qashqadaryo mintaqaviy bo‘linmasi xodimlari ham ana shunday yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldilar.
➡️Jumladan:
🏅 Xazratova Shaxlo Baxtiyorovna 🏅 Jurakulov Mirjalol Dilshod o‘gli🤝Bu e’tirof — nafaqat mehnatga berilgan baho, balki sohamiz rivojiga qo‘shilayotgan munosib hissaning yuksak qadrlanishidir. 👏Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti jamoasi barcha taqdirlanganlarni samimiy muborakbod etadi! 🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Bizni kuzatib boring!⬇️ ✍️Veb sayt: Soil.uz 📱Facebook: TATI.uz ✅Telegram: TATI Soil 🎞Youtube: Soil
+9
#Mustaqillik35🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿MUSTAQILLIK — QALBIMIZDA,
E’TIROF — MEHNATIMIZDA!
🔵Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🔵Tadbirda mamlakatimiz taraqqiyoti, jumladan, ta’lim, ilm-fan va qishloq xo‘jaligi sohalarining rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi yurtdoshlarimizning samarali mehnati yuksak e’tirof etildi.
🟢Quvonarlisi, institutimizning bir guruh rahbar va xodimlari ham ana shunday yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldilar.
➡️Jumladan:
🏅 Shuhrat Bobomurodov — institut direktori; 🏅 Nodirjon Abdurahmonov — direktor o‘rinbosari; 🏅 Xurshida Nuriddinova — Tuproq informatikasi bo‘limi va tahlil qilish markazi bo‘lim mudiri; 🏅 Yashin Suyurov — “Tuproq tahlil markazi” davlat muassasasi bosh muhandisi.🤝Bu e’tirof — nafaqat mehnatga berilgan baho, balki sohamiz rivojiga qo‘shilayotgan munosib hissaning yuksak qadrlanishidir. ➡️Bunday yuksak rag‘bat jamoamizni yanada faol ishlashga, yangi tashabbuslarni ilgari surishga va yurtimiz qishloq xo‘jaligi, ilm-fani hamda yer resurslaridan samarali foydalanish yo‘lida yanada katta natijalarga erishishga undaydi.
👏Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti jamoasi barcha taqdirlanganlarni samimiy muborakbod etadi!🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Bizni kuzatib boring!⬇️ ✍️Veb sayt: Soil.uz 📱Facebook: TATI.uz ✅Telegram: TATI Soil 🎞Youtube: Soil
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
Ustuvor ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha yangi namunaviy hujjatlar tayyorlandi.
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul jarayoni uchun:
— namunaviy taqdimot loyihasi;
— taqdimotni baholash mezonlari ishlab chiqildi.
Mazkur hujjatlar talabgorlarning ilmiy g‘oyasi, tadqiqot maqsadi, yangiligi va kutilayotgan natijalarini tizimli taqdim etishga xizmat qiladi.
Namunaviy taqdimot va baholash mezonlari ilova qilingan fayllarda keltirilgan.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
💙💙💙
⚡️TATI xodimlari Mustaqillik bayrami munosabati bilan quyidagi kunlarda dam olishadi:
⚡️5 ish kunida ishlovchilar ya'ni Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti xodimlari 4 kun dam oladi:
✔️29-avgust – (shanba) dam olish kuni; ✔️30-avgust – (yakshanba) dam olish kuni; ✔️31-avgust – (dushanba) qo'shimcha dam olish kuni; ✔️1-sentabr – (seshanba) bayram;Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2025-yildagi PF-257-son Farmoni ⚡️TATI Axborot xizmati Bizni kuzatib boring!⬇️ ✍️Veb sayt: Soil.uz 📱Facebook: TATI.uz ✅Telegram: TATI Soil 🎞Youtube: Soil
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
+3
Ilmiy loyihalar ekspertizasi: shaffoflik va sifatning yangi bosqichi
Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar (ITK) a’zolari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Agentlik direktori v.v.b. A.Norov yangi tarkibda ish boshlayotgan olimlarni qutladi.
Prezidentning PQ-200-son qaroriga muvofiq, xolislikni ta’minlash uchun ITK a’zolari har 6 oyda 50% ga, yilda esa to‘liq yangilanadi. Shunga ko‘ra, past ko‘rsatkichli yo‘nalishlar — o‘rmon va qishloq xo‘jaligi (85% va 81%), arxitektura va qurilish (67%) hamda texnika fanlari (61%) kengashlari tarkibi keskin rotatsiya qilindi.🌐 Batafsil
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Repost from GENERALISSIMUS
PhDdan DScgacha — hatto bir yil ham emas.
2017–2026-yillardagi OAK ma’lumotlarini tahlil qilish davomida qiziq holat aniqlandi: kamida 3 nafar izlanuvchining PhD va DSc himoya e’lonlari orasidagi vaqt 12 oydan ham kam.
Aniqlangan oraliqlar:
— 215 kun — qariyb 7 oy;
— 278 kun — qariyb 9 oy;
— 357 kun — bir yilga atigi 8 kun yetmagan.
Eng qiziq holatda esa PhD va DSc ishlari nafaqat boshqa mavzuda, balki boshqa ixtisoslik va boshqa tashkilotda bajarilgan.
Bu yerda muhim farq bor: gap diplom berilgan sanalar haqida emas, OAKda e’lon qilingan PhD va DSc himoyalari orasidagi vaqt haqida ketmoqda.
Odatda PhDdan DScgacha bo‘lgan ilmiy yo‘l yillar talab qiladi. Bazadagi 1 566 ta PhD→DSc holatida bu muddatning medianasi 4,2 yil. Shunday fonda 7–12 oy ichidagi uchta holat statistik jihatdan juda keskin ajralib turadi.
Savol esa ochiq: bunday tez ilmiy o‘sish noyob ilmiy natijami yoki tizimda alohida tushuntirishni talab qiladigan holatmi?
@u_generalissimus
