cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry 📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy ☎️ Ishonch telefoni: 1243

Show more
Uzbekistan6 478The language is not specifiedNature & Animals933
Advertising posts
11 678Subscribers
+1924 hours
+1587 days
+56930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Taxiatosh tumanida "Bir mahalla – bir mahsulot" tamoyili asosida amaliy seminar o‘tkaziladi 🇺🇿 Joriy yilning 22-fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligi ostida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish masalalari ko‘tarilgan edi. 📎Mutasaddi shaxslarga har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda mahallalarni "bir mahalla — bir mahsulot" tamoyili bo‘yicha meva-sabzavotchilik, issiqxona xo‘jaligi, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik, kurkachilik va boshqa yo‘nalishlarga ixtisoslashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 🪧 Seminarda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish tashkil etish, Taxiatosh tumani tajribalarini ommalashtirish hamda aholi tomorqalarida tuproq agrokimyoviy tahlillarini o‘tkazish orqali eksportbop mahsulotlarni yetishtirish bo‘yicha tushuntirichlar berildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Show all...
👍 2❤‍🔥 1🔥 1🕊 1🤗 1
Qora nuqta kasalligi. Uni qanday bartaraf etish mumkin? ℹ️Qora nuqta kasalligi asosan olcha, yong‘oq, uzum, malina, qora smorodina, qulupnay yoki qizil smorodina kabi mevali daraxtlarda, shuningdek, bodring, loviya, no‘xat yoki pomidor kabi sabzavotlarda ko‘rinish berishi mumkin. Odatda jiddiy xavf tug‘dirmaydi. ❗️Biroq, u bog‘lar va sabzavot maydonlaridagi hosilni yomonlashtirishi ehtimoli yuqori. 💦Qora nuqta kasalligini davolashda “bodro” aralashmasi yaxshi natija beradi. Dastavval, nuqtalar paydo bo‘lgan kasal barglar olib tashlanib, yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun ularni yoqib yuborish kerak. Daraxtlar kuzda butkul barglarini yo‘qotgandan so‘ng, uni “bordo” aralashmasidan tayyorlangan eritma yordamida davolash kerak. Uning qo‘llanishi purkash orqali amalga oshiriladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Show all...
1
Edo.ijro.uz”: muammo, kamchilik va yechim 💻 Ma’lumki, bugungi kunda barcha davlat organlari va tashkilotlarida prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirish Edo.ijro.uz” tizimida amalga oshirilmoqda. 🇺🇿 Jumladan, bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ham Edo.ijro.uz tizimida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar ijro holati muhokama etildi. 👥 Unda vazirlik markaziy apparat xodimlari, departament boshliqlari hamda vazirlik huzuridagi tizim tashkilotlari rahbarlari video-konferens-aloqa shaklida ishtirok etdi. 🗣Yig‘ilishda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalari tayyorlanishi ustidan shaxsiy nazoratni tashkil etish, ushbu hujjatlarni ijrochilarga tezkor yetkazilishi, mazkur hujjatlar ijrosi amalda nazorat qilinishini shaxsan tashkil etish hamda o‘z vaqtida, to‘liq va natijali ijro etilishini ta’minlash ijro intizomini mustahkamlashdagi asosiy vazifalardan biri ekani ta’kidlandi. 🌱 Shuningdek, yig‘ilishda xorijdan olib kelingan urug‘lik chigitni ekish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Muhimi navlarni ekishda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik, uni unib, o‘sguniga qadar nazorat qilish muhimligi, eng asosiysi, ishda unum bo‘lishi uchun qog‘ozbozlikni yig‘ishtirib, amaliy ishlarga o‘tish zarurligi aytib o‘tildi.
O‘z o‘rnida, mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning natijadorligi bevosita ularni amalga oshirishga qaratilgan hujjat va qarorlar, topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida, sifatli hamda to‘laqonli bajarishga bog‘liq ekani alohida ta’kidlandi. Bunda har bir rahbar va xodim zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his qilishi, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga jiddiy yondashishi, shaxsiy javobgarlikni unutmasligi shartligi qayd etib o‘tildi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Show all...
👍 5🔥 2❤‍🔥 1🕊 1🤗 1
Rasmiy munosabat! ❕ Qishloq xo‘jaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda “Kitob tumanidagi chigirtka muammosi nega mas’ullar e’tiborini tortmayapti?“ sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi: 🦗Bugungi kunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Chigirtka va tut parvonasiga qarshi xizmati tomonidan chigirtkaga qarshi kurashish ishlari olib borilmoqda. ℹ️Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tarqalgan chigirtka marokash chigirtkasi boʻlib, havo harorati 10 darajadan yuqori boʻlganda tuxumidan yorib chiqadi. ❗️“Marokash” chigirtkalarining mahalliy chigirtkalardan farqi shundaki, ular yoʻlida uchragan, koʻkarib chiqqan har qanday oʻsimlikni nobud qiladi. Shu bois qishloq xoʻjaligining barcha ekinlariga jiddiy zarar yetkazadi. 🔴 Xususan, joriy yil respublikada zararli chigirtkalarning 574,8 gektar maydonda kimyoviy ishlov oʻtkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Qashqadaryo viloyatidagi ushbu maydon hajmi 115 ming gektarni tashkil etadi. Bugungi kunda 31,9 ming gektar (Kitob tumanining oʻzida 340 gektar) yerda zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlovlar oʻtkazildi. ℹ️ Taʼkidlanishicha, ushbu holat boʻyicha viloyatda birorta joy qizil hududga oʻtmagan. Chigirtkalar aniqlangan joylar qishloq xoʻjalik ekinlari ekilgan hududdan ancha olisda ekanligi va xavotirlanishga hojat yoʻqligini maʼlum qilamiz. Ammo hozirdan bartaraf etish choralari koʻrilmasa, ertaga katta talafot olib kelishi mumkin. Boisi bitta “Marokash” chigirtkasi oʻzidan 150-160 tagacha nasl qoldirish qobiliyatiga ega. Bu esa kelasi yil uchun katta xavf boʻlishi tayin. Chigirtkaning yana bir xavfli jihati u shamolga qarshi harakatlanib, 300 kilometrgacha boʻlgan masofani bosib oʻtish imkoniga ega. ✅ Shu o‘rinda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi OAV vakillari va ijtimoiy tarmoq faollaridan mazkur holatga befarq bo‘lmaganliklari uchun o‘z minnatdorligini bildiradi hamda muloqot uchun doim ochiqligini maʼlum qiladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Show all...
👍 6 1🔥 1👏 1🙏 1
🅰️👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍 G‘allani zang kasalligidan asrash uchun qanday agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish zarur? ❗️Bu yilgi bahorda namgarchilikning me’yordan oshiq bo‘lgani g‘allani zang kasalligiga chalinishini ko‘paytirdi. Bu albatta hosildorlikni pasaytiradi. 📄Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Axborot xizmati Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Oybek Omonovdan ushbu savolga video formatda javob oldi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Show all...
👍 4👏 3 1❤‍🔥 1🔥 1🤗 1
Vazir va yoshlar uchrashuvi 🎓 Jamiyatning eng katta taʼsirchan kuchi sifatida bugun yurtimiz yoshlari davlatimizda olib borilayotgan keng islohotlar jarayonida faol ishtirok eshitmoqda, vatanimiz taraqqiyotini taʼminlash yoʻlida oʻz gʻoya va takliflari bilan maydonga chiqmoqda. 🤝 Jumladan, “Mahalladan vazirlikkacha” tizimida vazirliklar va ularning hududiy boʻlinmalariga 5 toifadagi tarbiyasi ogʻir boʻlgan jami 18 908 nafar yoshlar biriktirilgan boʻlib, Qishloq xoʻjaligi vazirligi yordami bilan ularning 40 nafari hayotda oʻz yoʻllarini topishga harakat qilmoqda. 🟢Xususan, bugun Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent Xalqaro Qishloq xo‘jaligi universiteti faollar zalida vazirlikka biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi. ✍️ Yosh avlodning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish va bandligini taʼminlash, kasb-hunarga oʻrgatish va ish bilan taʼminlash, ularga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, qoʻllab-quvvatlash, borasidagi amaliy ishlarning navbatdagisi samimiy muloqot tarzida kechdi. 🎁 Amaliy muloqotlarning yakunida yoshlarga esdalik sovgʻalari taqdim etildi. Yoshlar ularga berilayotgan eʼtibordan mamnun ekanligi, oʻz hayot yoʻlini topishi, biznes-rejalarini amalga oshirishdagi koʻmakdan xursand ekanliklarini eʼtirof etishdi.
Albatta, yoshlar vatanimizning ertangi umidlari, kelajagimiz davomchilaridir. Shu maʼnoda ularning orzu-intilishlari va hayotiy maqsadlarini amalga oshirish, mustahkam qanot boʻlish bugungi kundagi katta va hayotiy maqsadga aylanmogʻi lozim. Mazkur tashrif bu borada muhim amaliy qadam boʻlib xizmat qilishi, shubhasiz.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Show all...
👍 3 2🔥 1👏 1🎉 1🤩 1👌 1
Barcha soha fidoyilarini "Xalqaro Veterinariya kuni" bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz! 📆 2000-yildan buyon Xalqaro veterinariya assotsiatsiyasi va Xalqaro hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkilotining tashabbusi bilan har yili aprel oyining oxirgi shanbasi “Xalqaro veterinariya kuni” bayrami nishonlanib kelinadi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Show all...
👍 3🎉 2 1👏 1🤩 1
👍👍👍👍👍👍👍👍 O‘rik mevasi fitosanitar ruxsatnoma asosida qaysi davlatlarga eksport qilinmoqda? 🍑Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda o‘rik mevasini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin. 📈 Bunda yetilib pishgan, sara va qadoqlangan o‘rik dunyo bozorlarida yuqori narxlarda eksport qilinadi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Show all...
👏 4👍 1 1🔥 1🎉 1🕊 1🤗 1
Xushxabar: Surxondaryoda o‘rik pishdi 🇺🇿 Surxondaryo viloyati Termiz tumanida mevali bogʻlar, ayniqsa, oʻrikzorlarni kengaytirishga alohida ahamiyat qaratilayotganligi ushbu tarmoqni agrosanoatning daromadli yoʻnalishiga aylantirmoqda. 🌳 Bunda hududdagi yillar mobaynida boʻsh turgan adir yerlarda intensiv bogʻlar yaratish boʻyicha “SPN HUMAGRO” MCHJ tomonidan boshlangan tashabbus alohida ahamiyatga ega. 🍑 Tadbirkorlik subyekti tomonidan barpo etilgan oʻrikzorlarda innovatsion texnologiyani muvaffaqiyatli qoʻllanishi hisobiga ekinlar barvaqt hosilga kirdi. 🌳 2020-yilda tashkil etilgan mazkur korxonada oʻtgan qisqa vaqt ichida qariyb 102 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish orqali oʻrik (mikado, magadant, kaloroda,maykod, lidegod, sinishkod, rubitsa, tiritsa, kasinko, radova) va shaftoli (nektar) parvarishlash yoʻlga qoʻyildi. 💫 Ertapishar va hosildor bu mevalarning koʻchati xorijdan keltirilgan boʻlib, bizning yerimiz va iqlimimizga tezda moslashdi. 🛫 Bugun “SPN HUMAGRO” MCHJ bogʻlarida oʻrik gʻarq pishgan. Hosilni yigʻib olishga jadal kirishgan bogʻbonlar xalqaro standartlarga toʻla javob beradigan darmondoriga boy neʼmatni Rossiyaga eksport qilishga ham kirishdilar. 📦 Hozirda 600 nafar mavsumiy va 16 nafar doimiy ishchi oʻrni yaratilgan korxonada hosilni yigʻishtirish, saralash va qadoqlash ishlari jadal olib borilmoqda. Koʻchatlar 3-4 yillik boʻlgani sabab, gektaridan qariyb 25 tonnadan hosil olinmoqda. 🌎 Tadbirkorning soʻzlariga koʻra, kelgusida 80-100 tonnagacha hosil olish rejalashtirilgan boʻlib, birgina joriy yil mavsum davomida oʻrikning oʻzidan qariyb 1500 tonna atrofida hosil olish va chet davlatlarga eksport qilish koʻzda tutilgan. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Show all...
👍 3❤‍🔥 2👏 1🤩 1
O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni: o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lida yana bir qadam 🇺🇿🇸🇦Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Saudiya Arabistonining “Al Muhaydib Group” (oziq-ovqat) kompaniyasining kengash raisi Sulayman Al-Muhaydib bilan uchrashdi. ❗️Unda yurtimizda agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, bugungi murakkab geosiyosiy vaziyat hamda dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi masalalari jiddiy tus olayotgan bir paytda nafaqat aholi, balki chorva mollarini ham oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda agrar sohaning o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritildi. 🛡Mamlakatlarimiz o‘rtasida nafaqat qishloq xo‘jaligi sohasida, balki boshqa yo‘nalishlarda ham o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda yetarlicha imkoniyatlar borligini e’tirof etilar, yurtimizda olib borilayotgan siyosat birinchi navbatda aholini oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. ✅Vazir o‘z navbatida, ikki davlatning hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borayotganini e’tirof etar ekan, butun dunyoda global muammoga aylanib ulgurgan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida kelgusidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. 🐄 Shuningdek, chorva mollari va parranda ozuqasini yetishtirish bo‘yicha “Buxoro Agroklaster” MChJ korxonasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va bu orqali chorva mollari uchun xavfsiz va sifatli ozuqa mahsulotlarini ishlab chiqarish ikki mamlakat uchun manfaatli ekani qayd etildi. Uchrashuv asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. 🤝 Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda investitsion loyihalarni jalb qilish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan qilinadigan ishlarning ko‘lami belgilab olindi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Show all...
❤‍🔥 1👍 1🕊 1🤗 1
Go to the archive of posts