TATI-SOIL 🌎🌍🌏
رفتن به کانال در Telegram
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining rasmiy kanali ✍️Veb sayt: Soil.uz 🖥Youtube: Soil tuproqshunoslik 📱Telegram: TATI Soil
نمایش بیشتر348
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+17 روز
+630 روز
آرشیو پست ها
+9
❗️Tuproq sog‘lomligi – oziq-ovqat xavfsizligining asosi
🔵Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i T. Atakulov boshchiligidagi ishchi guruh Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida institut direktori Sh. Bobomurodov va institut mas’ullari hamrohligida ilmiy bo‘limlar, laboratoriyalar va yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Bo‘lim rahbarlari va ilmiy xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan tadqiqotlar, erishilgan natijalar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi.
🟢Alohida ta’kidlanganidek, bugun qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirishning o‘zi yetarli emas. Eng muhimi – tuproq sog‘lomligini asrash, uning haqiqiy holatini ilmiy asosda baholash va kelajak avlodlar uchun saqlab qolishdir. Shu nuqtai nazardan, tuproq tarkibidagi sho‘rlanish, pestitsid qoldiqlari, og‘ir metall elementlari hamda o‘simliklar uchun muhim bo‘lgan mikroelementlarni muntazam o‘rganish dolzarb vazifa sifatida qayd etildi.🟢Shuningdek, Tuproq sog‘lomligi xaritasini yaratish, tuproq unumdorligini saqlash, mikroelementlar muvozanatini nazorat qilish va ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirish sohaning bugungi kundagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi. Zero, sog‘lom tuproqsiz sifatli hosil, ekologik toza mahsulot va mustahkam oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mumkin emas.
✅Uchrashuv doirasida “Tuproqlar biogeokimyosi, kimyoviy va fizik-kimyoviy holatini maqbullashtirish”, “Tuproq monitoringi, ekologiyasi, unumdorligini baholash va degradatsiyaga uchragan tuproqlar unumdorligini tiklash”, “Tuproq agrokimyosi va o‘simliklar oziqlanishini maqbullashtirish”, Tuproq geografik axborot tizimlari va pedometrika hamda “Sho‘rlangan tuproqlar genezisi, geografiyasi va melioratsiyasi” bo‘limlari faoliyatlari bilan tanishildi. Ilmiy loyihalar, tuproqlar monitoringini yuritish, smart o‘g‘itlash texnologiyalari, tuproq ma’lumotlarini raqamlashtirish va geoportalga integratsiya qilish ishlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Ishchi guruh institut laboratoriyasidagi zamonaviy tahlil uskunalari bilan yaqindan tanishdi.🕐Laboratoriyada mavjud asbob-uskunalar bilan tuproq namunalari tarkibidagi asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlash bo‘yicha tahlillarni amalga oshirish imkoniyatiga ega ekani qayd etildi. Shu bilan birga, ushbu ilmiy salohiyatdan yanada samarali foydalanish, laboratoriya quvvatini to‘liq ishga solish va tahlillar ko‘lamini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. ➡️Shuningdek, institutda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, tashkil etilayotgan Tuproq muzeyi, zamonaviy kutubxona, xodimlar uchun yaratilayotgan infratuzilma hamda tajriba maydonlari ko‘zdan kechirildi. 🔵Uchrashuv yakunida institut jamoasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda bugungi kunda tuproqshunos olimlar zimmasidagi mas’uliyat har qachongidan ham yuqori ekani ta’kidlandi. Ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish, amaliy yechimlarni keng joriy etish va tuproq resurslarini muhofaza qilish mamlakat qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Bizni kuzatib boring!⬇️ ✍️Veb sayt: Soil.uz 💻Facebook: TATI.uz ✅Telegram: TATI Soil 🖥Youtube: Soil
+4
🟦🟦🟦🟦🟦
🔴O‘zbekiston tuproqshunos olimlari Xitoydagi nufuzli xalqaro ilmiy konferensiyada mamlakatimiz ilmiy salohiyatini namoyon etmoqda
⚡️Joriy yilning 24–28-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Agroekologik atrof-muhitni muhofaza qilish instituti tomonidan tashkil etilgan xalqaro ilmiy konferensiyada Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari faol ishtirok etmoqda.
➡️Nufuzli xalqaro anjumanda institutning “Tuproq geografik axborot tizimlari va pedometrika bo‘limi” boshlig‘i Zafar Baxodirov hamda institutning Xorazm mintaqaviy bo‘linmasi direktori Maqsudbek Kariyev mamlakatimiz nomidan qatnashib, tuproq resurslarini boshqarish, agroekologiya va zamonaviy raqamli texnologiyalarni amaliyotga joriy etish borasidagi ilmiy ishlanmalarni xalqaro hamjamiyat e’tiboriga havola etmoqda.
🔵Konferensiya doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan olimlar va mutaxassislar ishtirokida agroekologik tizimlarni rivojlantirish, tuproq resurslarini muhofaza qilish, raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash hamda barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan ilg‘or ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar muhokama qilinmoqda. Shuningdek, ishtirokchilar ilmiy-amaliy tajribalar almashib, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash yuzasidan muloqotlar olib bormoqda.
🕐Anjuman doirasida Xitoyning Chanji shahrida xizmat safarida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik olim Zafar Baxodirov “O‘zbekistonda tuproq resurslarini barqaror boshqarishda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar” mavzusida ma’ruza qildi. Taqdimotda mamlakatimizda tuproq resurslarini samarali boshqarish, ularning holatini doimiy monitoring qilish, degradatsiya jarayonlarini baholash hamda yer resurslaridan oqilona foydalanishda sun’iy intellekt, geografik axborot tizimlari (GIS), masofadan zondlash va boshqa zamonaviy raqamli yechimlarning imkoniyatlari keng yoritildi. 🕐Ta’kidlanganidek, bugungi kunda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, tuproq unumdorligini saqlash, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda tabiiy resurslardan samarali foydalanishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, ilg‘or ilmiy yutuqlarni amaliyotga keng tatbiq etish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish mamlakatimiz agrar tarmog‘ining raqobatbardoshligini yanada oshirishga xizmat qiladi.🟢Mazkur xalqaro konferensiyada O‘zbekiston olimlarining ishtiroki ilmiy salohiyatimizni xalqaro maydonda keng namoyon etish, xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda tuproq resurslarini barqaror boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni mamlakatimiz amaliyotiga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bizni kuzatib boring!⬇️ ✍️Veb sayt: Soil.uz 💻Facebook: TATI.uz ✅Telegram: TATI Soil 🖥Youtube: Soil
+6
🌍 Ispaniyada Yer degradatsiyasi va tiklash masalalariga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
🔴2026-yil 20–26-iyul kunlari Ispaniyaning Valensiya shahrida 1-Xalqaro Yer Degradatsiyasi va Tiklash Konferensiyasi (1st International Conference on Land Degradation and Restoration) bo‘lib o‘tdi.
➡️Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda yer degradatsiyasining sabablari va oqibatlari, iqlim o‘zgarishining tuproq hamda yer resurslariga ta’siri, tuproq eroziyasi va sho‘rlanishining oldini olish, cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash, tuproq sog‘lomligini tiklash, tabiatga asoslangan yechimlar (Nature-based Solutions), yer resurslarini samarali boshqarish, barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish hamda uglerodni tuproqda saqlash kabi dolzarb ilmiy-amaliy masalalar keng muhokama qilindi.
🔵Konferensiya doirasida mavzuga oid yalpi va sho‘ba sessiyalari, yetakchi olimlarning ma’ruzalari hamda amaliy dala ekskursiyalari tashkil etildi. Ishtirokchilar Valensiya va uning atrofidagi qirg‘oq hududlari, sug‘oriladigan plantatsiyalar, lalmi dehqonchilik yerlari, uzumzorlar va tabiiy ekotizimlarda kuzatilayotgan degradatsiya jarayonlari hamda ularni tiklash bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.
✅Ushbu xalqaro konferensiyada dunyoning ko‘plab davlatlaridan qishloq xo‘jaligi, tuproqshunoslik va ekologiya yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan olim va mutaxassislar ishtirok etdi. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori professor Sh. Bobomurodov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari professor N. Abduraxmonov, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining rahbar va ilmiy xodimlari ham konferensiya ishlarida faol qatnashdilar. Ular xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy ilmiy yondashuvlar va innovatsion tajribalarni o‘rganish hamda o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.❗️Mazkur xalqaro anjumanda ishtirok etish institut olimlarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish, yer resurslarini muhofaza qilish va tiklash borasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy amaliyotga joriy etish, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. Kelgusida mazkur yo‘nalishda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar va tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish rejalashtirilgan. Bizni kuzatib boring!⬇️ 📱Veb sayt: Soil.uz 📱Telegram: TATI Soil
Repost from UzA | Расмий канал
Ўзбекистон тупроғи хорижликларни бойитадими?..
Мамлакатимиз қишлоқ хўжалигида амалга оширилаётган ислоҳотлар тобора кўпроқ хорижлик сармоядорлар эътиборини тортмоқда. ЎзА мухбири ушбу соҳа истиқболи, мавжуд муаммоларнинг илмий ечими юзасидан Тупроқшунослик ва агрокимёвий тадқиқотлар институти бўлим бошлиғи Толиб Бердиев билан суҳбатлашди.
Батафсил: https://uza.uz/posts/885071
Телеграм каналларимиз
#TozaDalaChallenge
➡️Shu kunlarda tuproqshunos olimlar mamlakatimizning turli hududlarida dala tadqiqotlarini olib bormoqda. Ular tuproq holatini o‘rganish uchun namunalar olish bilangina cheklanmay, dalalarda uchragan plastik chiqindilarni ham yig‘ib, #TozaDalaChallenge tashabbusiga munosib hissa qo‘shmoqda. Chunki haqiqiy olim nafaqat kuzatadi, balki amalda ham o‘rnak bo‘ladi.
🔴Har bir yig‘ilgan plastik chiqindi —
🔴tuproqqa ko‘rsatilgan hurmat,
🟣suvga qilingan g‘amxo‘rlik,
🔘kelajak hosiliga qo‘shilgan hissa,
🔴farzandlarimiz salomatligi yo‘lida qo‘yilgan kichik, ammo beqiyos qadamdir.
❗️Siz ham bu ezgu tashabbusga qo‘shiling!
Birgina yig‘ilgan plastik chiqindi ham tabiatni asrash yo‘lidagi muhim hissangizga aylanishi mumkin.
✅Toza dala — sog‘lom tuproq. Sog‘lom tuproq esa — sog‘lom kelajak demak!
✅Telegram: TATI Soil
Repost from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha yangi ilmiy-uslubiy qo‘llanma nashr etildi
🌱 Qishloq xo‘jaligi vazirligining Agrar sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va raqamlashtirish departamenti mutaxassislari tomonidan “Axborot tizimlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini konturlar kesimida joylashtirish va monitoring qilish” nomli yangi ilmiy-uslubiy qo‘llanma tayyorlanib, nashr etildi.
📘 Mazkur qo‘llanma “Agroportal” va “CropAgro” axborot tizimlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini dala konturlari kesimida raqamli hisobga olish, ularning holatini muntazam monitoring qilish hamda sohada raqamli boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan.
🛰️ Qo‘llanmada kadastr ma’lumotlari, tuproq-meliorativ ko‘rsatkichlar, suv ta’minoti, geografik axborot tizimlari (GIS) hamda masofadan zondlash ma’lumotlarini o‘zaro integratsiya qilish orqali ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini oshirish, ularni shakllantirish, yangilab borish hamda tahlil qilishning zamonaviy usullari keng yoritilgan.
📊 Shuningdek, unda dala konturlarini shakllantirish, ekinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimlariga kiritish va yangilash, rejalashtirilgan hamda amalda ekilgan maydonlarni taqqoslash, foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlarini aniqlash imkoniyatlari amaliy misollar asosida bayon etilgan.
🗺️ Qo‘llanmada interaktiv xaritalar va avtomatlashtirilgan tahlil vositalari yordamida rahbarlar hamda soha mutaxassislari uchun tezkor va asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalar ham o‘rin olgan.
📖 Mazkur nashr, avvalo, fermer va dehqon xo‘jaliklari, klasterlar, agrofirmalar, qishloq xo‘jaligi korxonalari, shuningdek, “Agroportal” axborot tizimida ishlovchi barcha yer foydalanuvchilari uchun muhim amaliy qo‘llanma hisoblanadi.
✅ Shu bilan birga, undan davlat tashkilotlari mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va talabalar ham ilmiy-uslubiy manba sifatida foydalanishlari mumkin.
✨ Mazkur ilmiy-uslubiy qo‘llanma qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqish, ma’lumotlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishda muhim metodik manba sifatida xizmat qiladi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
#kitobxonlik_davra_suhbati
⚡️Kuni kecha Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida «Alisher Navoiy kutubxonasi — Tuproqshunoslik institutida kitobxonlik va ma’naviyat kechasi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔵Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma’naviyatni targ‘ib etish hamda yoshlarni mutolaaga keng jalb etish masalalari yuzasidan mazmunli muloqotlar tashkil etildi.
🟢 Yuqoridagi lavhada tadbir jarayonlari «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining «Xabarlar» dasturida efirga uzatildi.
Bizni kuzatib boring!⬇️
📱Veb sayt: Soil.uz
📱Telegram: TATI Soil
#kitobxonlik_davra_suhbati
⚡️Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida «Alisher Navoiy kutubxonasi — Tuproqshunoslik institutida kitobxonlik va ma’naviyat kechasi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma’naviyatni targ‘ib etish hamda yoshlarni mutolaaga keng jalb etish masalalari yuzasidan mazmunli muloqotlar tashkil etildi.
🟢 Yuqoridagi lavhada tadbir jarayonlari «Mahalla» telekanalining «Kun nafasi» dasturida jonli efir orqali yoritildi.
🟢 Shuningdek, tadbir haqidagi maxsus lavha bugun soat 20:00 da «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining «Xabarlar» dasturida efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzatib boring!⬇️
📱Veb sayt: Soil.uz
™️Facebook: TATI.uz
✅Telegram: TATI Soil
#kitobxonlik_davra_suhbati
🔴Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida «Alisher Navoiy kutubxonasi — Tuproqshunoslik institutida kitobxonlik va ma’naviyat kechasi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔵Tadbirni institut direktori, professor Shuhrat Bobomurodov ochib berib, mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan islohatlar, institutda tashkil etilgan badiiy kitoblar burchagi, kutubxona fondini boyitish hamda raqamlashtirilgan zamonaviy kutubxona yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.
🔵Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xizmat rahbari Obodboy Qilichboyev, Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi mutaxassisi No‘monjon Shokirov, «Sharq yulduzi» jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf, shoir Nasrullo Ergash, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Nazokatxonim Otaqulova, shoira Muqaddasxon Yusupova, hamda «O‘zingni namoyon qil» teleloyihasi sovrindori Nabiraxon Mingboyeva ishtirok etib, kitobxonlik, ma’naviyat va ilm-fanning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, Parkent tumani Madaniyat uyi filiali rahbari Qudrat Shavkatov tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqish tadbirga alohida ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.➡️Tadbir davomida mehmonlar o‘z ijod namunalaridan she’rlar o‘qib berdilar, institut kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qildilar hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish yuzasidan samimiy tilaklarini izhor etdilar. 🟢Tadbir yakunida institut tomonidan faol ishtirokchilarga tashakkurnomalar topshirildi. Bizni kuzatib boring!⬇️ 📱Veb sayt: Soil.uz ™️Facebook: TATI.uz ✅Telegram: TATI Soil 🖥Youtube: Soil
🟢Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti faoliyatlaridan olingan lavha.
Bizni kuzatib boring!⬇️
📱Veb sayt: Soil.uz
™️Facebook: TATI.uz
✅Telegram: TATI Soil
+7
#IXTISOSLASHGAN_ILMIY_KENGASHNING_MAJLISI
#Ilmiy_himoya 🟦🟦
⚡️Bugun Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
➡️Yig'ilishni Ilmiy kengashni kengash raisi, institut direktori, biologiya fanlari doktori, professor, Shuhrat Bobomurodov olib bordi.🟢Yig‘ilish Gulimov Quvondiq Xamzayevichning “Sug‘oriladigan va lalmi tuproqlarning xossalarini aniqlashda spektroskopiya usullaridan foydalanish asoslari (Parkent va Mirzaobod tumanlari misolida)” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bag‘ishlandi. 📝Talabgor tomonidan dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi. ➡️Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. 📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan QUVONDIQ GULIMOV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi. Bizni kuzatib boring! 📱Veb sayt: Soil.uz 📱Telegram: TATI Soil
Repost from Milliy markaz (AKIS) RASMIY
🟦🟦🟦
Dalada qolgan plastik qayoqqa ketadi?
Ko‘p fermerda bir xotirjamlik bor: "Maydonni yig‘ishtirdim, chiqindini chetga surib qo‘ydim – dala toza." Aslida esa qishloq xo‘jaligi yerida qolgan plastik bir nechta o‘zaro bog‘liq yo‘ldan harakat qiladi va har biri oxir-oqibat yana insonga qaytishi mumkin.
Birinchi yo‘l – tuproq. Dalada qolgan plyonka, lenta va paket bo‘laklari yerga ishlov berish paytida tuproq bilan aralashadi, chuqurga kirib ketadi va yillar davomida yanada maydalanadi. Qishloq xo‘jaligi tuproqlari plastik ifloslanishining muhim to‘planish joylaridan biriga aylanmoqda. Zarrachalarning turi, o‘lchami va miqdoriga qarab, ular tuproq tuzilishi, g‘ovakligi, havo va suv harakati, shuningdek, unumdorlikni ta’minlaydigan foydali organizmlar hayotiga ta’sir qilishi mumkin.
Ikkinchi yo‘l – suv. Mayda plastik bo‘laklari ariq, kollektor, drenaj va sug‘orish suvi orqali bir daladan ikkinchisiga, undan daryo, ko‘l va yer osti suvlariga tarqalishi mumkin. Demak, bugun sizning dalangizda qolgan bir parcha plastik ertaga qo‘shni maydonga, keyin esa butun suv tizimiga yetib borishi ehtimoldan xoli emas. Bu yerda hech bir xo‘jalik boshqalardan butunlay ajralgan emas.
Uchinchi yo‘l, eng tashvishlisi – o‘simlik va oziq-ovqat zanjiri. Tajriba tadqiqotlari juda mayda zarrachalar, ayniqsa nanoplastiklar, muayyan sharoitlarda o‘simlikka ildiz yoki barg orqali kirib, boshqa to‘qimalarga o‘tishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Yirikroq mikroplastiklar esa tuproq holati, suv va ozuqa moddalarining o‘zlashtirilishiga ta’sir qilib, o‘simlikka bilvosita zarar yetkazishi mumkin. Real dala sharoitidagi dalillar hali to‘planmoqda, ammo fotosintez, o‘sish va hosil sifatiga ehtimoliy ta’sirning o‘ziyoq bugundan profilaktika choralarini ko‘rish uchun yetarli asosdir.
📚 Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning "Yangi O'zbekiston" gazetasida chop qilingan maqolasidan olindi.
📖 To‘liq maqolani quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin: https://yuz.uz/oz/news/kozga-korinmas-xavf-mikroplastik-va-bizning-dalamiz
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
+9
#IXTISOSLASHGAN_ILMIY_KENGASHNING_MAJLISI
#Ilmiy_daraja 🟦🟦
⏰Ayni paytda Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
➡️Yig'ilishni Ilmiy kengashni kengash raisi, institut direktori, biologiya fanlari doktori, professor, Shuhrat Bobomurodov olib bormoqda.➡️Yig‘ilish Gulimov Quvondiq Xamzayevichning “Sug‘oriladigan va lalmi tuproqlarning xossalarini aniqlashda spektroskopiya usullaridan foydalanish asoslari (Parkent va Mirzaobod tumanlari misolida)” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bag‘ishlandi. 📝Talabgor tomonidan dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirilmoqda. 🎚Siz ushbu link orqali bevosita Ilmiy kengash majlisini kuzatishingiz mumkin. 📍Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Axborot xizmati Bizni kuzatib boring! 📱Veb sayt: Soil.uz 📱Telegram: TATI Soil
+9
#IXTISOSLASHGAN_ILMIY_KENGASHNING_MAJLISI
#Ilmiy_daraja 🟦🟦
⏰Ayni paytda Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
➡️Yig‘ilish Gulimov Quvondiq Xamzayevichning “Sug‘oriladigan va lalmi tuproqlarning xossalarini aniqlashda spektroskopiya usullaridan foydalanish asoslari (Parkent va Mirzaobod tumanlari misolida)” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bag‘ishlandi.
📝Talabgor tomonidan dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirilmoqda.
🎚Siz ushbu link orqali bevosita Ilmiy kengash majlisini kuzatishingiz mumkin.
📍Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
Axborot xizmati
Bizni kuzatib boring!
📱Veb sayt: Soil.uz
📱Telegram: TATI Soil
Repost from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
🌱🌱🌱🌱🌱🌱
Пахтага қўшимча ишлов беринг ва ҳосилингизга ҳосил қўшинг!
Қишлоқ хўжалиги вазирлиги ҳамда Ўзбекистон фермерлари кенгашининг қўшма МУРОЖААТИ
Ҳурматли деҳқон ва фермерлар ҳамда аграр соҳа ходимлари!
✅ Бу йилги табиат қийинчиликларига қарамасдан, Сиз фермер ва деҳқонлар томонидан республика бўйича 889,5 минг гектар, шундан Шинжон усулида 305,2 минг гектар майдонларда пахта парваришланмоқда.
📰 Барчамиз яхши тушунамизки, ҳозирги ўта мураккаб иқлим шароитида кўплаб синов ва қийинчиликларга қарамасдан, айниқса, бу йил июль ойининг иккинчи ярми ҳар йилгидан кўра ўта иссиқ келаётганлиги сабабли сувчи, механизатор ҳамда чеканка (чилпиш) қиладиган дала ишчиларига иш ҳақларини ўз вақтида бериб, пахтангизда агротехник тадбирларни, жумладан, суғориш, культивация қилиш ва чеканкани ўз вақтида ташкил этиш давр тақозо этмоқда.
➡️ Халқимиз Сиздек миришкор деҳқон ва фермерлар, моҳир сувчи ва ирригаторлар, ўз ишининг ҳақиқий устаси бўлган механизатор ва агрономлар, жонкуяр олим ва тадқиқотчилар, кластер ходимлари тимсолида ана шундай фидойи инсонларни кўради ва эл-юрт дастурхонини тўкин қилиш йўлидаги шарафли ва олижаноб меҳнатингизни юксак қадрлайди.
🤑 Мураккаб об-ҳаво шароитидан тортиб, энг керакли агротехник тадбирларни қўллашгача бўлган жараёнлардан эсон-омон ўтиш осон кечмайди, албатта.
❔ Энг муҳими, бу йил июль ойининг сўнгги ўн беш кунлиги ва август ойининг биринчи ўн кунлиги жазирама иссиқ кунларида пахтанинг ҳосилини олиб қолиб, туну кун қилинган ҳалол ва заҳматли хизматларингиз меваси нақадар тотли эканини ҳосил пишиб етилиб, ўз вақтида териб-йиғиб олиниб, хирмонга тўкилган дамда, асосийси, белгиланган режалар ошириб уддалангандан кейингина англаб етасиз.
🔸 Ана шундагина фермернинг кўнгли хотиржам бўлади. Бунинг учун эса ҳар бир фермер хўжалиги раҳбари бугундан бошлаб ўз пахта даласида «Долзарб – 20 кун» эълон қилиши лозим.
Батафсил: https://gov.uz/oz/agro/news/view/193360
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
+4
❗️Toza tuproq – serhosil dalalar garovi: plastik chiqindilardan birgalikda xalos bo‘laylik!
📝Bilim amaliyot bilan uyg‘unlashgandagina haqiqiy samara beradi. Bugun tuproqni plastik ifloslanishdan muhofaza qilish borasidagi sa’y-harakatlar ham ana shu haqiqatning amaliy ifodasidir.
⚡️Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov barcha qishloq xo‘jaligi yer egalarini dala madaniyatiga qat’iy rioya qilishga, plastik chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ishtirishga va ekin maydonlarini doimo ozoda saqlashga chorlamoqda.💎Plastik chiqindilar — zamonaviy ekologik tahdid ➡️Bugun plastik mahsulotlar hayotimizning deyarli barcha sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Bu esa atrof-muhitda, jumladan tuproq qatlamida plastik chiqindilar va mikroplastiklarning to‘planishiga sabab bo‘lmoqda. ➡️Tuproq muhitidagi mikroplastik ifloslanish bugungi kunda dolzarb ekologik muammolardan biriga aylangan. Bu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar ham izchil olib borilmoqda. 📝Ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda 🟡2025 - yil boshidan buyon Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamda Yaponiyaning Tsukuba universiteti o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik doirasida tuproqlarning mikroplastik ifloslanishini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. 🟡Tadqiqotlar doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani, Xorazm viloyati hamda Andijon viloyatining Andijon, Izbosgan va Baliqchi tumanlari hududlaridan tuproq namunalari olinib, ilmiy tahlillar o‘tkazilmoqda. ✅Toza tuproq — xavfsiz oziq-ovqat garovi 🟡Plastik chiqindilar nafaqat ekologik muammo, balki oziq-ovqat xavfsizligiga ham ta’sir ko‘rsatuvchi omildir. Tuproqda to‘plangan plastiklar vaqt o‘tishi bilan mikroplastiklarga aylanib, oziq-ovqat zanjiri orqali tarqalishi mumkin. Bu esa tuproqdagi tirik organizmlarga, shuningdek inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimolini oshiradi. Shu bois dalalarni plastik chiqindilardan xoli saqlash, tuproqni asrash va ekologik toza qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish — barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir. 📌Tuproqni asraylik — kelajakni asraylik! ✅Telegram: TATI Soil
+3
#ILMIY_SEMINAR
🔴Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
➡️Yig‘ilishni biologiya fanlari doktori, professor N.Abduraxmonov olib bordi.🟢Yig‘ilish Qilichova Nazokat Axmedovnaning “Konimex tabiiy geografik rayoni tuproqlarining ekologik-meliorativ holati va geokimyoviy xususiyatlari” mavzusidagi 03.00.13 - "Tuproqshunoslik" ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishining muhokamasiga bag‘ishlandi. 📝Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
✅Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. 📌Muhokamalarda kengash a’zolari tomonidan talabgor Nazokat Qilichovaga taklif, tavsiyalar berildi va keying bosqichga o‘tishi ma’qullandi.Bizni kuzatib boring! 📱Veb sayt: Soil.uz 📱Telegram: TATI Soil
+3
#ILMIY_SEMINAR
🔴Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
➡️Yig‘ilishni biologiya fanlari doktori, professor N.Abduraxmonov olib bordi.🟢Yig‘ilish Qilichova Nazokat Axmedovnaning “Konimex tabiiy geografik rayoni tuproqlarining ekologik-meliorativ holati va geokimyoviy xususiyatlari” mavzusidagi 03.00.13 - "Tuproqshunoslik" ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishining muhokamasiga bag‘ishlandi. 📝Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
✅Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. 📌Muhokamalarda kengash a’zolari tomonidan talabgor Nazokat Qilichovaga taklif, tavsiyalar berildi va keying bosqichga o‘tishi ma’qullandi.Bizni kuzatib boring! 📱Veb sayt: Soil.uz 📱Telegram: TATI Soil
Repost from Uzb_Meteo
Ҳафтанинг қайси кунлари республика аҳолиси айнан қайси пайт ва қаерда фавқулодда юқори иссиқлик стресслари таъсирида қоладилар?
Бунга жавоб Газетанинг ҳафталик об-ҳаво прогноз шархи биоиқлимий шароит рукнида батафсмл айтилган.
💙💙💙
#IXTISOSLASHGAN_ILMIY_KENGASHNING_MAJLISI
#Ilmiy_daraja 🟦🟦
✅Gulimov Quvondiq Xamzayevichning 03.00.13-Tuproqshunoslik ixtisosligi bo‘yicha SUG‘ORILADIGAN VA LALMI TUPROQLARNING XOSSALARINI ANIQLASHDA SPEKTROSKOPIYA USULLARIDAN FOYDALANISH ASOSLARI (Parkent va Mirzaobod tumanlari misolida) bilologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 15-iyul kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
🎚Siz ushbu link orqali bevosita Ilmiy kengash majlisini kuzatishingiz mumkin.
📍Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
Axborot xizmati
Bizni kuzatib boring!
📱Veb sayt: Soil.uz
📱Telegram: TATI Soil
