O'zbekiston qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasi
Open in Telegram
O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'zbekiston qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasining Rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: @anvarhakberdiyev
Show more2 979
Subscribers
-1424 hours
-1237 days
+7830 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+7
in 8 channels
August '26
+567
in 14 channels
Get PRO
July '26
+1 096
in 13 channels
Get PRO
June '26
+62
in 11 channels
Get PRO
May '26
+62
in 8 channels
Get PRO
April '26
+56
in 12 channels
Get PRO
March '26
+26
in 6 channels
Get PRO
February '26
+45
in 13 channels
Get PRO
January '26
+33
in 9 channels
Get PRO
December '25
+48
in 12 channels
Get PRO
November '25
+63
in 8 channels
Get PRO
October '25
+28
in 12 channels
Get PRO
September '25
+61
in 9 channels
Get PRO
August '25
+51
in 12 channels
Get PRO
July '25
+50
in 10 channels
Get PRO
June '25
+63
in 7 channels
Get PRO
May '25
+102
in 11 channels
Get PRO
April '25
+80
in 11 channels
Get PRO
March '25
+1 254
in 16 channels
Get PRO
February '25
+770
in 14 channels
Get PRO
January '25
+105
in 14 channels
Get PRO
December '24
+80
in 9 channels
Get PRO
November '24
+1 121
in 11 channels
Get PRO
October '24
+97
in 8 channels
Get PRO
September '24
+102
in 9 channels
Get PRO
August '24
+73
in 11 channels
Get PRO
July '24
+68
in 12 channels
Get PRO
June '24
+64
in 9 channels
Get PRO
May '24
+60
in 9 channels
Get PRO
April '24
+94
in 9 channels
Get PRO
March '24
+1 045
in 14 channels
Get PRO
February '24
+291
in 18 channels
Get PRO
January '24
+515
in 7 channels
Get PRO
December '23
+98
in 5 channels
Get PRO
November '23
+28
in 5 channels
Get PRO
October '23
+26
in 6 channels
Get PRO
September '23
+99
in 0 channels
Get PRO
August '23
+155
in 0 channels
Get PRO
July '23
+48
in 0 channels
Get PRO
June '23
+16
in 0 channels
Get PRO
May '23
+39
in 0 channels
Get PRO
April '23
+9
in 0 channels
Get PRO
March '23
+36
in 0 channels
Get PRO
February '23
+16
in 0 channels
Get PRO
January '23
+26
in 0 channels
Get PRO
December '22
+414
in 0 channels
Get PRO
November '22
+42
in 0 channels
Get PRO
October '22
+1 022
in 0 channels
Get PRO
September '22
+15
in 0 channels
Get PRO
August '22
+39
in 0 channels
Get PRO
July '22
+29
in 0 channels
Get PRO
June '22
+1 055
in 0 channels
Get PRO
May '22
+92
in 0 channels
Get PRO
April '22
+1 255
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | +1 | |||
| 05 September | +1 | |||
| 04 September | +2 | |||
| 03 September | +2 | |||
| 02 September | +1 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
#Biochar
G‘o‘zapoyadan chiqindi emas, qiymat yarataylik!
G‘o‘zapoyani chiqindi sifatida yoqib yuborish o‘rniga, undan biochar tayyorlab, tuproqqa kiritish va karbon bozori orqali qo‘shimcha daromad olish mumkin.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov o‘zining Facebook’dagi sahifasida g‘o‘zapoyadan biochar tayyorlash va fermerlarni karbon bozoriga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilgan sinov loyihasi natijalari haqida ma’lumot berdi.
2025-yil oktabrda boshlangan loyiha ICAC, AKIS hamda Germaniyaning Bizpando kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilib, unga 782 nafar fermer jalb qilindi.
Loyiha doirasida 2 500 gektar maydonda 706 kub metr biochar tayyorlanib, tuproqqa kiritildi.
2026-yil sentyabr oyida esa 163 nafar fermerga jami 307 million so‘m karbon mablag‘i to‘lab berildi. Ayrim fermerlar 34 million so‘mdan ortiq qo‘shimcha daromad oldi.
🔄 Mexanizm oddiy:
G‘o‘zapoya → biochar → tuproqqa kiritish → uglerodni saqlash → verifikatsiya → karbon krediti → fermer daromadi.
Keyingi bosqichda loyihani Germaniyaning Alcon Development, Bizpando va Shvetsiyaning Green Carbon kompaniyalari bilan hamkorlikda respublika bo‘ylab 60 ming gektargacha kengaytirish rejalashtirilgan.
👉 Vazirning bu haqdagi posti bilan to‘liq tanishing:
https://www.facebook.com/share/p/19a59xJ8nn/
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube
| 2 | QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI MUROJAATI!
Hurmatli fermer xo‘jaliklari rahbarlari, klasterlar va agrotarmoq mutasaddilari!
🔼Bugungi kunda yurtimiz dalalarida zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash orqali paxta hosilini avvalgi yillarga nisbatan yanada mo‘l va sifatli yetishtirish, barakali xirmon yaratish yo‘lida izchil ishlar olib borilmoqda.
⭕️Biroq hosilning yetilish davriga kelib, ayrim hududlarda hali to‘liq pishib yetilmagan, vazn yig‘ish jarayonidagi paxtani terib olish ishlari boshlanayotganini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatmoqdamiz.
⚠️Ayrim dalalarda g‘o‘zapoya hali to‘liq qurimagan, o‘simlikda yashil barglar va ko‘saklar mavjud bo‘lishiga qaramay, paxta terimiga kirishilmoqda.
Bu kabi dalalar hali terimga to‘liq tayyor emas!
✅Chunki paxta maydonlarida defoliatsiya va dessikatsiya tadbirlarini belgilangan agrotexnik talablar asosida to‘liq va sifatli amalga oshirish nihoyatda muhimdir.
⚠️Muhim eslatma!
🌿G‘o‘zada paxta ochilgan, barg va ko‘saklar mavjud bo‘lishi mumkin. Ammo g‘o‘zapoya hali to‘liq qurimagan bo‘lsa, bunday daladagi hosil to‘liq pishib yetilgan hisoblanmaydi.
✔️G‘o‘zaning yetilish jarayonini to‘liq yakunlash, mavjud ko‘saklardagi paxtaning vazn yig‘ishi va sifatining oshishi uchun dessikatsiya tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish zarur.
🚜Barcha agrotexnik tadbirlar to‘g‘ri va ketma-ketlikda amalga oshirilgan dalalarda yuqori hosildorlikka erishish, ayrim maydonlardan gektariga 100 sentnergacha hosil olish imkoniyati mavjud.
⭕️Shoshqaloqlik bilan terimni erta boshlash esa hali olinishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha hosil va daromaddan mahrum bo‘lishga olib keladi.
UNUTMANG!
🎯Dessikatsiya — paxta hosilini yetishtirishdagi eng muhim agrotexnik n jarayonlardan biridir!
💧Ammo ayrim hollarda fermerlar defoliatsiya va dessikatsiyadan so‘ng paxtaning vazni oshadi, degan noto‘g‘ri tushuncha bilan dalalarni sug‘ormoqda.
Bu mutlaqo noto‘g‘ri qarashdir!
💧Sug‘orish natijasida g‘o‘za o‘simligi mavjud ko‘saklarni oziqlantirish va hosilning yetilishini yakunlash o‘rniga yana yangi barglar chiqarishga kuch va oziqa sarflaydi.
✍️Natijada o‘simlikdagi mavjud oziqa moddalari ko‘sak va chanoklarga emas, yangi barglarning rivojlanishiga yo‘naltiriladi. Bu esa hosilning yetilishini kechiktirib, uning vazni va hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
OGOH BO‘LING!
Defoliatsiya va dessikatsiya qilingan paxta maydonlarini sug‘orish qat’iyan ma’n qilinadi!
🟡Shu sababli barcha fermer xo‘jaliklari, klasterlar, hududiy rahbarlar va agrotarmoq mutasaddilaridan:
• paxta maydonlarida defoliatsiya va dessikatsiya tadbirlarini sifatli tashkil etish;
• g‘o‘za to‘liq yetilib, agrotexnik jarayonlar yakunlanmasdan turib terimni boshlamaslik;
• dessikatsiyadan so‘ng dalalarni asossiz sug‘ormaslik;
• har bir maydondagi hosilning yetilish holatini qat’iy nazorat qilish so‘raladi.
📣Yana bir bor eslatamiz!
Yil davomida qilingan mashaqqatli mehnatning munosib natijasini ko‘rish uchun hosilni yig‘ib olishda shoshilmaslik, barcha agrotexnik talablarga to‘liq rioya qilish lozim.
To‘liq yetilmagan hosilni terishga shoshilmang!
🕹Belgilangan agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirish orqali qo‘shimcha hosil olish, ayrim maydonlarda gektariga 20 sentnergacha qo‘shimcha paxta yetishtirish imkoniyatidan unumli foydalaning.
🔼Bu nafaqat sizning daromadingizni oshiradi, balki hosildorligi past maydonlardagi yo‘qotishlarni qoplash va mamlakatimizda barakali paxta xirmonini yaratishga xizmat qiladi.
🌱Qishloq xo‘jaligi vazirligi barcha mas’ullarni paxta hosilini yig‘ib olish jarayoniga mas’uliyat bilan yondashishga va har bir daladagi mavjud imkoniyatdan to‘liq foydalanishga chaqiradi!
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram | 160 |
| 3 | "Bugun nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqamiz madaniy hayotidagi muhim voqeaga guvoh bo‘lib turibmiz. Shunday kunda sizlarni Toshkent Zamonaviy san’at markazida qutlash men uchun katta sharaf. Bugun Markaziy Osiyoda ilk bor zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi muassasa o‘z eshiklarini ochmoqda", - Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari mazkur markaz O‘zbekistonning dunyoga ochiqligi, yangilikka intilishi hamda turli madaniyatlar va qarashlarga bo‘lgan yuksak hurmatining amaliy ifodasi ekanligini ma'lum qildi.
"Toshkent azaldan turli xalqlar va madaniyatlarni o‘zaro bog‘lab kelgan shahardir. Asrlar davomida turli qarashlar, urf-odatlar va madaniyatlar uning o‘ziga xos muhitini shakllantirgan", - dedi Saida Mirziyoyeva
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 335 |
| 4 | 🏛Bir asrlik tarix — yangi mazmun: Toshkentda Zamonaviy san’at markazi ochildi
Toshkentda Zamonaviy san’at markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maskan Markaziy Osiyoda zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi ilk madaniy muassasa sifatida o‘z faoliyatini boshlamoqda.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.
Ma’lum qilinganidek, mazkur maskan davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakat madaniy hayotini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy san’atni rivojlantirish va xalqaro madaniy muloqotni kengaytirish maqsadida tashkil etildi.
Zamonaviy san’at markazi bir asrdan ortiq tarixga ega bo‘lgan tarixiy sanoat ob’yekti negizida barpo etildi. 1912 yilda qurilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy me’moriy qiyofasi saqlangan holda yangi madaniy makonga aylantirildi.
Markazda zamonaviy san’at, me’morchilik, ta’lim va tadqiqot yo‘nalishlari uyg‘unlashadi. Bu yerda ko‘rgazma zallari, ta’lim maydonlari, kutubxona, tadqiqot infratuzilmasi hamda jamoatchilik uchun ochiq makonlar faoliyat yuritadi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 379 |
| 5 | G‘o‘zapoyadan qiymat: biochar loyihasi fermerlarga yangi imkoniyat yaratmoqda
✅ 2025-yilda ICAC, AKIS va Bizpando hamkorligida biochar loyihasini boshladik.
⏰ 2026-yil sentabr holatiga ko‘ra, 163 nafar fermer karbon kreditlari orqali 307 million so‘m daromad oldi.
🔗 Endilikda Alcon Development, Green Carbon va Bizpando bilan hamkorlikda loyihani 60 ming gektar maydonga kengaytirishni maqsad qilganmiz.
📰 Fermerlar, siz ham qo‘shiling!
G‘o‘zapoyadan qiymat yarataylik — tuproq unumdorligini oshirib, qo‘shimcha daromad va karbon kreditlari imkoniyatidan foydalanaylik!
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram | 266 |
| 6 | https://online.pubhtml5.com/cnxvw/cnbu/ | 334 |
| 7 | #Биочар #КарбонКредити #Ғўзапоя #ЯшилҚишлоқХўжалиги #Пахтачилик #Biochar #CarbonCredits #UzbekistanAgriculture
🇺🇿 Ғўзапоядан Биочар: Тупроқ, Даромад Ва Карбон Кредити
2025 йил октябрда Қишлоқ хўжалиги вазирлиги ташаббуси билан ғўзапоядан биочар тайёрлаш ва фермерларни карбон бозорига олиб чиқиш бўйича синов лойиҳаси бошланди.
Лойиҳа ICAC, AKIS ва Германиянинг Bizpando компанияси билан ҳамкорликда амалга оширилди ва унга 782 нафар фермер жалб қилинди.
Натижалар:
✅ 2 500 гектар майдонда 706 м³ биочар тайёрланди ва тупроққа киритилди; ✅ 2026 йил сентябрида 163 нафар фермерга жами 307 млн сўм тўлаб берилди; ✅ айрим фермерлар 34 млн сўмдан ортиқ қўшимча маблағ олди.
Ғоя оддий:
Ғўзапоя → биочар → тупроққа қайтариш → углеродни сақлаш → верификация → карбон кредити → фермер даромади.
Энди мақсадимиз лойиҳани кенгайтириш. Кейинги босқичда Alcon Development (Германия), Green Carbon (Швеция) ва Bizpando (Германия) билан ҳамкорликда уни республика бўйлаб 60 минг гектаргача олиб чиқиш режалаштирилган.
🌱 Фермерларга мурожаат: ғўзапояни чиқинди деб қараманг. Уни назоратсиз ёқиш ўрнига, тасдиқланган технология асосида биочарга айлантиринг, тупроққа қайтаринг ва карбон бозорида иштирок этиш имкониятини яратинг.
Ғўзапоядан чиқинди эмас, қиймат яратайлик! 🇺🇿
-----------
🇬🇧 Cotton Stalks To Biochar: Better Soil, Farmer Income And Carbon Credits
In October 2025, Uzbekistan launched a pilot programme to convert cotton stalk residues into biochar and connect farmers with carbon-market opportunities.
The programme was implemented with ICAC, AKIS and Germany’s Bizpando, engaging 782 farmers.
Results:
✅ 706 m³ of biochar produced and applied across 2,500 hectares; ✅ 163 farmers received UZS 307 million in September 2026; ✅ some individual farmers received more than UZS 34 million.
The model is simple:
cotton stalks → biochar → soil application → carbon storage → verification → carbon credit → additional farmer income.
The next stage is expansion. Together with Alcon Development (Germany), Green Carbon (Sweden) and Bizpando (Germany), the programme is planned to scale nationally to up to 60,000 hectares.
🌱 Our message to farmers: do not treat cotton stalks as waste. Turn them into biochar using approved methods, return the biochar to the soil and create an opportunity to participate in the carbon market.
Let us turn cotton stalks from waste into value. 🇺🇿 | 341 |
| 8 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Сербия Александра Вучича 7-8 сентября посетит эту страну с официальным визитом.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 341 |
| 9 | Табиатдан ечим: моринга уруғи сувдаги микропластикларни камайтиришга ёрдам беради
Сув ресурсларининг сифати ва хавфсизлиги бугунги кунда дунё учун энг муҳим масалалардан бири.
Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/150420
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram | 427 |
| 10 | 🟦🟦🟦
Biochar uchun 34 million so‘m karbon mablag‘i to‘lab berildi
Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi “Fut Agro City” fermer xo‘jaligi rahbari Nodirbek Turobov 50 gektar maydonda 60 kub metrdan ziyod biochar tayyorlab, xalqaro kompaniyaning karbon mablag‘ini qo‘lga kiritdi.
Tayyorlangan biochar uchun xalqaro kompaniya tomonidan fermer xo‘jaligining hisob raqamiga 34 million so‘m miqdorida karbon mablag‘i o‘tkazib berildi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube | 812 |
| 11 | 🟦🟦
O‘zbekiston paxtachiligining mumtoz ilmiy merosiga yuz yil to‘ldi
“Qishloq hayoti”gazetasida Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, professor B. Xalikov va boshqa mualliflar hamkorligida “O‘zbekiston paxtachiligining mumtoz ilmiy merosiga yuz yil to‘ldi”sarlavhali maqola chop etildi.
Maqolada O‘zbekiston paxtachiligining ilmiy merosi, sohada amalga oshirilgan tadqiqotlar va ularning bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.
Maqolani “Qishloq hayoti” gazetasining Telegram kanali orqali ham o‘qishingiz mumkin.
⬇️
https://t.me/Qishloqhayoti_gazetasi/4414
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube | 614 |
| 12 | 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Jut yetishtirish bo'yicha hamkorlik
Milliy markaz tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Bangladesh Jute Research Institute (BJRI) o‘rtasida jut yetishtirish yo‘nalishidagi ilmiy-amaliy hamkorlik izchil rivojlanib, yangi bosqichga chiqmoqda.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube | 551 |
| 13 | 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🇺🇿🇨🇳O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida agrar ilm-fan va innovatsion hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
🏢Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o‘rinbosari Azizbek Bahodirov hamda Xitoy Xalq Respublikasining Ichki Mo‘g‘uliston avtonom rayoni Bayannur shahri hokimi o‘rinbosari Chjan Zhuhun rahbarligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✍️Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot va innovatsion hamkorlikni yanada kengaytirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni O‘zbekiston sharoitida sinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etish, shuningdek, o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
🗣Muloqot davomida O‘zbekistonda agrar ilm-fan tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati hamda ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
🇨🇳Xitoy tomoni Bayannur shahri qishloq xo‘jaligi va chorvachilikka ixtisoslashgan yirik hududlardan biri ekanini ta’kidladi. Quruq iqlim sharoitida suv resurslaridan samarali foydalanish asosida zamonaviy agrar ishlab chiqarish tizimi shakllangani qayd etildi.
✔️Ayniqsa, go‘shtdor qo‘ychilik hududning asosiy ixtisoslashuvlaridan biri ekani, Bayannurda qariyb 24 million bosh qo‘y boqilishi, qo‘y go‘shtini yetishtirish va qayta ishlash yo‘nalishida 40 ga yaqin korxona faoliyat yuritayotgani ma’lum qilindi. Shuningdek, hudud kungaboqar yetishtirish bo‘yicha ham Xitoydagi yirik hududlardan biri ekani qayd etildi.
📎Uchrashuvda chorvachilik va naslchilik, urug‘chilik va nav sinovi, qishloq xo‘jaligi texnikasi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, «aqlli» qishloq xo‘jaligi, suvni tejash texnologiyalari hamda sho‘rlanishga qarshi kurashish yo‘nalishlarida ilmiy va texnologik hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
➡️Xususan, Xitoyda ishlab chiqilgan ilg‘or qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, mexanizatsiya vositalari va zamonaviy uskunalarni O‘zbekiston sharoitida namoyish etish va sinovdan o‘tkazish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalarini mahalliylashtirish, yig‘ish hamda servis xizmatlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
📌Tomonlar ilmiy-tadqiqot institutlari va olimlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, sohadagi amaliy muammolarga yechim topishga qaratilgan qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish hamda ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish muhimligini ta’kidladilar.
❗️Shuningdek, o‘zbekistonlik mutaxassislarning Bayannur shahriga tashrifini tashkil etish, u yerdagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, tajriba maydonlari va agrar ishlab chiqarish obyektlari faoliyati bilan tanishtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
🤝Uchrashuv yakunida tomonlar ilmiy-tadqiqot va namoyish loyihalarini amalga oshirish, mutaxassislar va olimlar almashinuvini kuchaytirish, ilg‘or texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish hamda qo‘shma tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilab oldilar.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube | 622 |
| 14 | 🟦🟦🟦
Biochar — yerga quvvat, fermerga qo‘shimcha daromad
Bekobod tumani "Marziyaxon agro" fermer xo'jaligi rahbari Abdumannon Abdullayev biochardan foydalanish samarasini o‘z tajribasida sinab ko‘rdi. Uning ta’kidlashicha, biochar tuproq unumdorligini oshirishga xizmat qilishi bilan birga, fermer uchun qo‘shimcha iqtisodiy manfaat ham keltirmoqda.
Abdumannon Abdullayev biochar tayyorlash loyihasida faol ishtirok etgani uchun 30 million so‘m mablag‘ bilan rag‘batlantirildi. Fermerning aytishicha, bu loyiha yerga foyda keltirish bilan birga, qilingan mehnatdan qo‘shimcha daromad olish imkonini ham bermoqda.
Batafsil fikrlar bilan videoda tanishishingiz mumkin.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube | 859 |
| 15 | 🟦🟦🟦
Fermerlar biocharning samarasini amalda sinab ko‘rdi
Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda biochar tayyorlash loyihasida faol ishtirok etgan fermer xo‘jaliklariga karbon kreditlari uchun mablag‘lar to‘liq to‘lab berildi.
Shu munosabat bilan Milliy markazda Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan loyihada faol ishtirok etgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda fermerlar loyiha e’lon qilingan dastlabki paytlarda unga ko‘pchilik shubha bilan qaraganini, biroq o‘zlari loyihada ishtirok etib, biochar tayyorlash nafaqat moliyaviy jihatdan manfaatli, balki tuproq unumdorligini oshirishda ham katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidlashdi.
Fermerlarning qayd etishicha, biochardan foydalanish tuproq holatini yaxshilash va uning unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunida loyihada faol ishtirok etgan fermerlarga Qishloq xo‘jaligi vazirining tashakkurnomalari topshirildi.
Milliy markaz Axborot xizmati esa fermerlarning loyiha doirasidagi tajribalari, fikr va mulohazalari bilan qiziqdi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube | 1 678 |
| 16 | #34_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
#uzb35 #mustaqillik35
🌍Biz bilan kuzatib boring!
🕊Telegram | 📸Instagram | 510 |
| 17 | 🟦🟦🟦
Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida yirik mevali qovoq yetishtirishtirilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube | 554 |
| 18 | Biochar tayyorlagan fermerlarga mablag’lar to’liq to’lab berildi
Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Respublika agroxizmatlar markazi (AKIS) va karbon kreditlarini shakllantirish va sotish jarayonlarida faoliyat yurituvchi Bizpando AG kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilayotgan biochar tayyorlash va karbon kreditlari tizimini rivojlantirish loyihasida faol ishtirok etgan fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish boshlandi.
Bugun Respublika agroxizmatlar markazida loyihada faol ishtirok etgan Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi fermer xo’jaliklariga tashakkurnomalarni topshirish tadbiri bo’lib o’tdi.
Bizni kuzating
❤️Facebook |❤️Instagram |❤️YouTube |❤️Telegram|🌐web-sayt | 498 |
| 19 | 🟦🟦🟦
🏢Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida ICARDA bilan hamkorlikda muhim ilmiy-amaliy tajribalar olib borilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube | 570 |
| 20 | Buxoroda dalalardagi desikatsiya jarayoni ko‘zdan kechirildi
🌱 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, agrotexnik tadbirlarning borishi hamda hosilni yig‘ishtirib olishga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.
📌 Tashrif dasturiga muvofiq, ilk manzilda Buxoro tumanidagi qator dalalar ko‘zdan kechirildi. Asosiy e’tibor paxta dalalarida hosilni yig‘im-terimga tayyorlash jarayonlari, xususan, desikatsiya tadbirlarining amalga oshirilishiga qaratildi.
🌿 Desikatsiya — ekinlarni yig‘im-terimga tayyorlash maqsadida o‘simlikning vegetatsiyasini tezlashtirish va ortiqcha namlikni kamaytirishga qaratilgan agrotexnik tadbir bo‘lib, paxtachilikda u hosilning bir maromda pishib yetilishi va yig‘im-terim jarayonini samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga ega.
👨🌾 Vazir o‘rganishlari davomida dalalarda agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratdi.
📋 Jumladan, paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishishga qaratilgan “8 ta qonun” talablari ishlab chiqilgani, biroq ularning mazmun-mohiyati ayrim rahbarlar va fermer xo‘jaliklari tomonidan hali to‘liq anglab yetilmayotgani qayd etildi.
💬 “8 ta qonun”ni shunchaki tavsiya sifatida emas, daladagi har bir agrotexnik tadbirning aniq mezoni sifatida qabul qilish kerak, — dedi vazir.
☑ O‘z navbatida, mas’ullarga agrotexnik tadbirlarni muddatida va sifatli bajarish, har bir dala kesimida holatni tahlil qilish, hosilni nobud qilmasdan yig‘ishtirib olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda fermerlarga amaliy ko‘makni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram | 367 |
