O'zbekiston Ekologik partiyasi
O'zbekiston Ekologik partiyasining rasmiy kanali: • www.ecouz.uz • Facebook.com/ecopartyuzb • Instagram.com/ecopartyuzb • YouTube.com/c/ecouz Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, A.Qahhor ko'chasi, 2-G uy Murojaat uchun: • @ecopartyuzb_bot
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel O'zbekiston Ekologik partiyasi
Channel O'zbekiston Ekologik partiyasi (@ecopartyuzb) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 15 705 subscribers, ranking 3 527 in the Politics category and 5 067 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 15 705 subscribers.
According to the latest data from 08 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -1 376 over the last 30 days and by -31 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 10.97%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 2.24% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 1 724 views. Within the first day, a publication typically gains 352 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 283.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“O'zbekiston Ekologik partiyasining rasmiy kanali:
• www.ecouz.uz
• Facebook.com/ecopartyuzb
• Instagram.com/ecopartyuzb
• YouTube.com/c/ecouz
Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, A.Qahhor ko'chasi, 2-G uy
Murojaat uchun:
• @ecopartyuzb_bot”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Politics category.
GMO – genetik modifikatsiyalangan oziq-ovqat mahsulotlarining keng ommalashuvi natijasida ma’lum bir davlat boshqa bir davlatga urug‘chilik masalasida qaram bo‘lib qolishi mumkin.Videoni to'liq holda 👉 Youtube sahifamizda ko'rishingiz mumkin. ✅ Telegram|✅Facebook | 🌐 Instagram |🌐 x.com | 📹 You Tube
O‘rganishlar davomida tumandagi "G‘o‘roti" mahallasidan o‘tuvchi 4K300 “Dehqonobod–Boshchorbog‘” umumiy foydalanishdagi mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘lining tuman markazi bilan bog‘lovchi 2 962 metr qismini asfaltlashtirish masalasi ham ko‘tarildi.Mazkur yo‘lning ta’mirlanishi 26 mingdan ziyod aholining tuman markazi bilan qatnovini yengillashtirib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.
Shu bois, aholi uchun muhim va dolzarb bo‘lgan ushbu yo‘lni ta’mirlash loyihasi “Deputat tanlovi” sifatida belgilandi.Mazkur tashabbus fuqarolar murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni amaliy hal etishga xizmat qiladi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Bu orden xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi. Ushbu mukofotning yurtboshimizga taqdim etilishi, nafaqat Prezidentimizga, balki butun o‘zbek xalqiga ko‘rsatilgan chuqur hurmat va do‘stlik ramzidir.Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun samimiy minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak ehtiromi, ikki xalq o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirishga qat’iy intilish timsoli, deya qayd etdi. Muhimi shundaki, bu mukofot O‘zbekiston Prezidentining Serbiyaga mamlakat tarixida ilk bor amalga oshirilayotgan davlat tashrifi doirasida topshirildi.
Tashrif chog‘ida ikki davlat rahbari strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Shuningdek, iqtisodiy, savdo, investitsiya, transport va boshqa yo‘nalishlarda 20 dan ortiq hujjat almashildi.Bundan tashqari, Belgradda "Toshkent" ko‘chasining barpo etilishi taqdim etildi va Serbiya–O‘zbekiston biznes-forumi o‘tkazildi. Ushbu yuksak e’tirof va tarixiy kelishuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar yangi va strategik bosqichga ko‘tarilganidan dalolat beradi. Bu — O‘zbekiston olib borayotgan ochiq, faol va tinchliksevar tashqi siyosatning halqaro maydondagi munosib e’tirofidir. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
Unda partiya faoliyatini yanada rivojlantirish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni partiyaviy jarayonlarga keng jalb etish hamda ekologik tashabbuslarni izchil kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, davlatimiz rahbarining Mustaqilligimizning 35 yilligi tantanalaridagi nutqida ilgari surilgan muhim tashabbus va vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, suv va ekologiya masalalariga bag'ishlangan to‘rtinchi milliy dastur hamda "Yashil makon" umummilliy harakatini yangi sifat bosqichiga olib chiqish borasidagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, o‘tkaziladigan ekologik aksiyalarda jamoatchilik nazoratini samarali yo‘lga qo‘yish, amalga oshirilayotgan ishlar sifatini muntazam o‘rganish va ularning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha har bir xodimga aniq va mas’uliyatli topshiriqlar berildi.Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, partiyaning joylardagi faoliyatini yanada jonlantirish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish hamda ekologik tashabbuslarni keng jamoatchilik harakatiga aylantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Munozara davomida organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning dolzarb masalalari, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, tuproq unumdorligini saqlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish, biologik xilma-xillikni asrash hamda sohani rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan mutaxassislar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.Munozara klubining mazkur soniga bag‘ishlangan maxsus reportaj bugun, soat 19:15 da “O‘zbekiston 24” telekanali orqali efirga uzatiladi. Shuningdek, ko‘rsatuvni bugun soat 21:00 dan boshlab partiyaning YouTube sahifasida to‘liq tomosha qilishingiz mumkin. ✅ Telegram|✅Facebook | 🌐 Instagram |🌐 x.com | 📹 You Tube
Tashkilotning ochilish tadbirida partiyaning maqsad va vazifalari, ekologik muammolarni bartaraf etishda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, 5-sonli BPT tomonidan kelgusida hududda ekologik targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish, tabiatni asrash, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni amalga oshirish belgilab olindi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarda chorrahalardan birida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda piyodalar va haydovchilar uchun xavfsiz sharoit yaratish masalasi ko‘tarilgan.Mazkur murojaatni o‘rgangan deputat Farrux Yusupov tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilib, masalani amaliy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’minlandi. Natijada, aholi murojaatida ko‘tarilgan chorrahaga svetofor o‘rnatildi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Tadbirda Ekologik partiyaning “Yoshlar qanoti” faollari ishtirok etib, o‘z salomatliklarini mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazdilar. Tibbiy ko‘rik davomida yoshlarning umumiy salomatlik holati baholanib, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish hamda kasalliklarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.Tadbirning muhim jihatlaridan biri — inson salomatligi va atrof-muhit o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik masalasiga alohida e’tibor qaratilganidir.
Chunki toza havo, sifatli ichimlik suvi, ekologik xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari va sog‘lom yashash muhiti inson salomatligining muhim omillaridan hisoblanadi. Ekologik partiya “Yoshlar qanoti” tomonidan bunday tashabbuslarni amalga oshirishdan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish bilan birga, sog‘lom hayot tarzi va ekologik mas’uliyatni uyg‘unlashtirish, sog‘lom va faol avlodni shakllantirishga hissa qo‘shishdir. Zero, sog‘lom inson — sog‘lom jamiyat, sog‘lom jamiyat esa ekologik barqaror kelajak poydevoridir.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
