O'zbekiston Ekologik partiyasi
O'zbekiston Ekologik partiyasining rasmiy kanali: • www.ecouz.uz • Facebook.com/ecopartyuzb • Instagram.com/ecopartyuzb • YouTube.com/c/ecouz Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, A.Qahhor ko'chasi, 2-G uy Murojaat uchun: • @ecopartyuzb_bot
Больше📈 Аналитический обзор Telegram-канала O'zbekiston Ekologik partiyasi
Канал O'zbekiston Ekologik partiyasi (@ecopartyuzb) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 15 668 подписчиков, занимая 3 529 место в категории Политика и 5 079 место в регионе Узбекистан.
📊 Показатели аудитории и динамика
С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 15 668 подписчиков.
Согласно последним данным от 10 сентября, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -1 246, а за последние 24 часа — -8, при этом общий охват остаётся высоким.
- Статус верификации: Не верифицирован
- Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 9.60%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 2.26% реакций от общего числа подписчиков.
- Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 1 507 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 355 просмотров.
- Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 276.
📝 Описание и контентная политика
Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“O'zbekiston Ekologik partiyasining rasmiy kanali:
• www.ecouz.uz
• Facebook.com/ecopartyuzb
• Instagram.com/ecopartyuzb
• YouTube.com/c/ecouz
Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, A.Qahhor ko'chasi, 2-G uy
Murojaat uchun:
• @ecopartyuzb_bot”
Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 11 сентября, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Политика.
"Obod mahalla" davlat dasturi doirasida mahalliy budjetdan 71,4 milliard so‘m yo‘naltirilib, hudud mutlaqo yangi qiyofa kasb etdi. Qichqiriq kanali bo‘ylab 2,4 kilometrli zamonaviy sayilgoh, 12,4 kilometr piyodalar yo‘lagi, yashil hududlar, favvoralar, shiyponlar va dam olish maskanlari barpo etildi. 6,5 mingga yaqin daraxt va “yashil” shaharsozlik muhitini o‘zida mujassam etgan haqiqiy ekologik mahallaga aylandi. Yoshlar uchun 12 ta vorkaut maydonchasi, 3 ta futbol maydoni, kutubxonalar, aholi uchun esa zamonaviy amfiteatr ham tashkil etildi.Bunday sharoitlar mahalla emas bir vaqtlar hatto ayrim tuman markazlari uchun orzu edi. “Qichqiriq” esa Yangi O‘zbekiston mahallasi qanday bo‘lishi kerakligining yorqin namunasi bo‘ldi.
Partiyamiz faoliyatida mahallalar bilan hamkorlik tobora kengayib bormoqda. Deputatlarimizning har oylik o‘rganishlari ham aynan mahallalardan boshlanmoqda.Ishonchimiz komil, ertaga yurtimizning har bir mahallasi mana shunday chiroyli, obod va farovon qiyofa kasb etadi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
Qonunga ko‘ra, ish kunlari soat 23:00 dan 07:00 gacha, dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari esa soat 22:00 dan 09:00 gacha shovqin chiqarish orqali fuqarolarning osoyishtaligini buzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Turar joy binolarida va ularga tutash hududlarda qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari soat 09:00 dan 18:00 gacha olib boriladi. Shu vaqt oralig‘idagina baland ovoz chiqaruvchi kesish, buzish va teshish kabi shovqinli ishlarni olib borish mumkin.Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ham tegishli o‘zgartishlar kiritildi. Unga ko‘ra, tungi vaqtda, ya’ni soat 23:00 dan 07:00 gacha, shuningdek dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari soat 22:00 dan 09:00 gacha fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunday huquqbuzarliklarga baland ovozda qo‘shiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, xonadonlarda, turar joylarning yo‘laklari va eshiklarida, ko‘chalarda ovozi baland qilib qo‘yilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish, turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur bo‘lmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish kiradi.
Bu talablarni buzganlarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, ya’ni 1 mln 320 ming so‘mdan 2,2 mln so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, ya’ni 4,4 mln so‘mdan 6,6 mln so‘mgacha miqdorda jarima solinadi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solinadi. Hozirga qadar bunday qilmish uchun jarima miqdori 146 ming so‘mdan 440 ming so‘mgacha bo‘lgan.Qonun talablari 11-dekabrdan kuchga kiradi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Ochiq muloqot davomida yovvoyi tabiatning inson hayoti va ekologik muvozanatni ta’minlashdagi o‘rni haqida bolajonlarga tushunchalar berildi. Tabiiy ekotizimlarning barqarorligi, hayvonot va o‘simlik dunyosining xilma-xilligi tabiatdagi muvozanatni saqlashda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Noyob va yo‘qolib borayotgan hayvon hamda o‘simlik turlarini muhofaza qilish, ularning tabiiy yashash muhitini asrash, noqonuniy ovchilik va tabiatga zarar yetkazuvchi boshqa omillarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muloqotda ekologik madaniyatni bolalikdan shakllantirish muhimligi qayd etildi. Bolalarga tabiatni asrash faqatgina mutaxassislar yoki tegishli tashkilotlarning vazifasi emas, balki har bir fuqaroning kundalik hayotidagi mas’uliyati ekani uqtirildi. Atrof-muhitni ifloslantirmaslik, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, yashil hududlarni asrash, daraxt va o‘simliklarga zarar yetkazmaslik, yovvoyi hayvonlarni bezovta qilmaslik kabi oddiy, ammo muhim ekologik odatlar haqida fikr yuritildi.Tadbir davomida bugungi ekologik muammolar, jumladan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil hududlarni kengaytirish, biologik xilma-xillikni saqlash va tabiatga inson ta’sirini kamaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Shuningdek, aholi murojaatlari asosida mahalladagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyati o‘rganilib, chiqindilarni belgilangan joylarga chiqarish, hududlarni toza va obod saqlash hamda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.O‘rganish davomida ayrim hududlarda to‘planib qolgan chiqindilarni bartaraf etish, sanitariya-tosalik holatini yaxshilash va ekologik muammolarning oldini olish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Muloqot davomida kasb-hunar egallash va jamiyatga qayta moslashish uchun berilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Deputat har bir inson hayotida xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, o‘z ustida ishlash va yangi hayot boshlash uchun imkoniyat mavjudligini ta’kidladi.Suhbat yakunida deputat S.Fayziyeva kitob mutolaasi inson tafakkurini boyitishi, dunyoqarashini kengaytirishi va hayotga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishda muhim vosita ekani qayd etib, kitoblar sovg‘a qildi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Olib borilayotgan ishlar ko‘lami ham buni yaqqol ko‘rsatib turibdi. 2026-2027 yillarda chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 933 million dollar bo‘lgan 6 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu korxonalar ishga tushgach, har yili 3,6 million tonna chiqindi qayta ishlanib, 1,6 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.Eng muhimi, bu poligonlarga tushadigan yuklamani kamaytirish, ekologik vaziyatni yaxshilash va bosqichma-bosqich “nol chiqindi” tamoyiliga o‘tish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Shuningdek, xorijiy kompaniyalar ishtirokida yana 625 million dollarlik 5 ta istiqbolli loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Ular orqali yiliga yana 1,9 million tonna chiqindi qayta ishlanib, 635 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi, 158 million kub metr tabiiy gaz tejalishi va issiqxona gazlari 316 ming tonnaga kamayishi kutilmoqda.Prezidentimiz ilgari surib kelayotgan barqaror energetika siyosatida ham zamonaviy, ekologik toza va muqobil energiya manbalarini kengaytirish strategik maqsad sifatida belgilangan. Yangi O‘zbekistondagi yangicha yondashuvning mohiyati ham shunda, tabiatni asrash bilan iqtisodiy taraqqiyotni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymasdan, ularni yagona barqaror rivojlanish modeliga aylantirishdir. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
