O'zbekiston Ekologik partiyasi
O'zbekiston Ekologik partiyasining rasmiy kanali: • www.ecouz.uz • Facebook.com/ecopartyuzb • Instagram.com/ecopartyuzb • YouTube.com/c/ecouz Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, A.Qahhor ko'chasi, 2-G uy Murojaat uchun: • @ecopartyuzb_bot
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام O'zbekiston Ekologik partiyasi
کانال O'zbekiston Ekologik partiyasi (@ecopartyuzb) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 17 342 مشترک است و جایگاه 3 253 را در دسته سیاست و رتبه 4 657 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 17 342 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 31 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 8 994 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -41 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 10.57% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 8.37% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 1 838 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 1 456 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 372 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“O'zbekiston Ekologik partiyasining rasmiy kanali:
• www.ecouz.uz
• Facebook.com/ecopartyuzb
• Instagram.com/ecopartyuzb
• YouTube.com/c/ecouz
Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, A.Qahhor ko'chasi, 2-G uy
Murojaat uchun:
• @ecopartyuzb_bot”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 01 اوت, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته سیاست تبدیل کردهاند.
U kishi 2013-yildan buyon oila a’zolari bilan birgalikda uy yonidagi 1 sotix yer maydonida turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini parvarishlab, ko‘chatchilik bilan shug‘ullanib kelmoqda. Bu nafaqat oilasining daromadi va farovonligini ta’minlashga, balki hududning yanada ko‘kalamzor bo‘lishi, yashil maydonlarning kengayishiga ham munosib hissa qo‘shmoqda.Qalbay ota faqat ko‘chatchilik bilan cheklanib qolmagan. U mahallada baliq yetishtirish uchun sun’iy suv havzasini tashkil etib, unda turli baliq turlarini parvarishlamoqda. Bugungi kunda ushbu tashabbus orqali mahalla aholisini sifatli baliq mahsulotlari bilan ta’minlashga ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Qalbay ota xonadoni mehnatsevarlik, tadbirkorlik va tabiatga mehr uyg‘unlashgan maskan sifatida "Obod xonadon" dasturining asl mazmunini yaqqol namoyon etmoqda. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
🪙 Ra’no Riskeldiyeva tomorqasida issiqxona tashkil etib, bodring yetishtiryapti — kuniga o‘rtacha 20 qop mahsulot sotib, 2 million so‘mgacha daromad topmoqda. Shu daromad hisobidan o‘ziga shaxsiy avtomobil ham olgan. 🎓 Eng qizig‘i — u bir vaqtning o‘zida oliy ta’lim muassasasida yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil ham olmoqda.✅ Deputat uning faoliyatini yuqori baholab, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash va tomorqa xo‘jaliklaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuvlarda Prezidentimiz raisligida "Hudud va tarmoqlarda o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar" muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyatini saylovchilarga yetkazildi. Mamlakatimizda aholi farovonligini oshirish uchun yaratilgan sharoitlar, ajratilayotgan imtiyozli kreditlar hamda subsidiyalardan unumli foydalanib kelayotgan aholi xonadonlariga borib, faoliyati bilan tanishdi.Shoxista Muminova yaratilgan imtiyozlardan unumli foydalanib, oilasi farovonligini oshirayotgan tadbirkor xotin-qizlardan.
— Yoshligimdan tikuvchilik sexim bo‘lishini orzu qilardim. Mahalladan ajratilayotgan imtiyozli kreditlar orzular ushalishiga, oilalarning moddiy ahvolini yaxshilashga xizmat qilmoqda, — deydi Sh.Muminova.Sh. Muminova imtiyozli kreditlar hisobidan 4 ta zamonaviy tikuv mashinasi sotib oldi va tikuvchilik sexini ochdi. Bugun sexda mahallasidagi to‘rt nafar ishsiz xotin-qizning bandligini ta’minlagan. Ko‘plab yosh qizlarning kasb o‘rganishlariga ko‘maklashmoqda. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Uchrashuv davomida partiyaning saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi, hududlarda ekologik tashabbuslarni kengaytirish hamda "Yashil texnikumlar" bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, ekologik ta'lim va tarbiya yo'nalishidagi amaliy loyihalarni samarali tashkil etish, yoshlarni ekologik madaniyat ruhida tarbiyalash hamda o'zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi. Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish yuzasidan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Suhbat chog‘ida bunday bo‘sh turgan obyektlardan samarali va maqsadli foydalanish, ularning atrofini obodonlashtirish, hududdagi ariq-zovurlarni muntazam tozalash hamda mavjud daraxtlarni parvarishlash ishlariga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.Shuningdek, mazkur obyektlarning sanitariya holatini yaxshilash va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
O‘rganishlar davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaat va e’tirozlar asosli ekani o‘z tasdig‘ini topdi. Texnik ko‘rik natijalariga ko‘ra, suv agregati uzoq yillar davomida uzluksiz foydalanilgani sababli uning asosiy hamda yordamchi qismlari sezilarli darajada eskirgani aniqlandi. Shuningdek, uskunani kapital ta’mirlash zarurati mavjudligi ma’lum bo‘ldi.Bundan tashqari, nasosning elektr energiyasi ta’minoti, uning balansda saqlanishi hamda elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar ham mavjudligi qayd etildi. Ushbu muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar ishtirokida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash lozimligi ta’kidlandi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Xonadonga qadam qo‘yishimiz bilan undagi fayz, ozodalik va tartib-intizom yaqqol namoyon bo‘ldi. Har bir qarich yerning oqilona foydalanilgani, mehnat va ixlos bilan yaratilgan obod muhit insonni quvontiradi. II guruh nogironligi bo‘lishiga qaramay, Lizaxon Allaniyazova tomorqa yerlaridan unumli foydalanib, xonadonini namunali, obod va saranjom holatda saqlab kelayotgani alohida e’tirofga sazovor. Uning hayotga bo‘lgan qat’iyati, mehnatsevarligi va bunyodkorlikka intilishi ko‘plab oilalar uchun ibrat bo‘la oladi.Bunday namunali xonadonlar mahallalarda obodonlashtirish madaniyatini yuksaltirish, tomorqadan samarali foydalanish va oilaviy farovonlikni mustahkamlashda muhim o‘rnak bo‘ladi. Fidoyi, mehnatkash va matonatli onalarimizning sa’y-harakatlarini e’tirof etish, ularning hayotiy tajribasini keng targ‘ib qilish esa jamiyatimizda mehnat va bunyodkorlik qadriyatlarini yanada mustahkamlaydi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
Musobaqa davomida ishtirokchilar oʻzlarining kuch-gʻayrati, chaqqonligi, matonati hamda kurash mahoratini namoyon etib, murosasiz bellashuvlarda ishtirok etdilar.Bunday musobaqalar yoshlar oʻrtasida milliy sport turi — kurashni keng targʻib etish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash hamda iqtidorli sportchilarni kashf etishga xizmat qiladi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Musobaqalarda 4 ta jamoa tarkibida jami 24 nafar yosh sportchi qatnashib, o‘z mahorati va jamoaviy hamjihatligini namoyon etmoqda.Sport, do‘stlik va sog‘lom raqobat muhitida davom etayotgan forumdan lavhalarni kuzatib boring. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Uchrashuvda xonadon ahlini Davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy qutlab, tomorqa yerlaridan unumli va samarali foydalanish, xonadon atrofini obodonlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda suv resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan tavsiyalarimizni aytdik.Shuningdek, kasbiy tajribamizdan kelib chiqib, mevali daraxtlarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilish, hosildorlikni oshirish hamda bog‘dorchilikda zamonaviy agrotexnik usullardan foydalanish bo‘yicha fikrimizni ham bildirdik. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
Samarqand shahridagi “Devori Ko‘ndalang” mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishish jarayonida fuqarolar tomonidan xonadonlardagi daraxtlarni sug‘orish uchun suv ta’minotidagi muammo yuzasidan murojaat bildirilgan edi. “Masjidi Qo‘ng‘iroqdor” mahallasi aholisi tomonidan ham shu masala yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.Mazkur murojaatlar o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rildi. Natijada hududdan oqib o‘tuvchi “Katta ariq” arig‘iga suv keltirildi. Endilikda mahalla aholisi xonadonlardagi daraxt va ko‘chatlarni sug‘orish, yashil hududlarni kengaytirish hamda obodonlashtirish ishlarini davom ettirish imkoniyatiga ega. Mahalla fuqarolar yig‘ini va aholi vakillari bildirilgan murojaatlar qisqa muddatda ijobiy hal etilganidan mamnun bo‘lib, minnatdorlik bildirdilar. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Mazkur xonadonida dunyoning turli mamlakatlaridan keltirilgan manzarali daraxtlar, rang-barang gullar hamda mevali ko‘chatlar parvarishlanib, ko‘paytirib kelinmoqda. Xonadonda yaratilgan yashil maskan mahalla aholisiga ham ko‘kalamzorlashtirish va bog‘dorchilikni rivojlantirish borasida ibrat bo‘lib xizmat qilmoqda.O'rganishlar davomida xonadon egasining tajribasi e’tirof etilib, atrof-muhitni asrash, hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish va ekologik madaniyatni yuksaltirish yuzasidan fikr almashildi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
