O'zbekiston Ekologik partiyasi
O'zbekiston Ekologik partiyasining rasmiy kanali: • www.ecouz.uz • Facebook.com/ecopartyuzb • Instagram.com/ecopartyuzb • YouTube.com/c/ecouz Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, A.Qahhor ko'chasi, 2-G uy Murojaat uchun: • @ecopartyuzb_bot
显示更多📈 Telegram 频道 O'zbekiston Ekologik partiyasi 的分析概览
频道 O'zbekiston Ekologik partiyasi (@ecopartyuzb) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 15 640 名订阅者,在 政治 类别中位列第 3 523,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 5 063 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 15 640 名订阅者。
根据 12 九月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -1 189,过去 24 小时变化为 -26,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 8.14%。内容发布后 24 小时内通常能获得 2.17% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 1 273 次浏览,首日通常累积 340 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 268。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“O'zbekiston Ekologik partiyasining rasmiy kanali:
• www.ecouz.uz
• Facebook.com/ecopartyuzb
• Instagram.com/ecopartyuzb
• YouTube.com/c/ecouz
Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, A.Qahhor ko'chasi, 2-G uy
Murojaat uchun:
• @ecopartyuzb_bot”
凭借高频更新(最新数据采集于 13 九月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 政治 类别中的关键影响点。
Davlatimiz rahbarining mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi tantanalarida so‘zlagan nutqiga to‘xtalib, Prezidentimiz kelgusi o‘n yillikni “milliy yuksalish davri” deb belgilab bergani qayd etdi.Inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dastur amalga oshiriladi. Biz uchun muhim va quvonarli jihati, to‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratildi, deya so'zga chiqqanlar tomonidan alohida ta'kidlandi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
"Obod mahalla" davlat dasturi doirasida mahalliy budjetdan 71,4 milliard so‘m yo‘naltirilib, hudud mutlaqo yangi qiyofa kasb etdi. Qichqiriq kanali bo‘ylab 2,4 kilometrli zamonaviy sayilgoh, 12,4 kilometr piyodalar yo‘lagi, yashil hududlar, favvoralar, shiyponlar va dam olish maskanlari barpo etildi. 6,5 mingga yaqin daraxt va “yashil” shaharsozlik muhitini o‘zida mujassam etgan haqiqiy ekologik mahallaga aylandi. Yoshlar uchun 12 ta vorkaut maydonchasi, 3 ta futbol maydoni, kutubxonalar, aholi uchun esa zamonaviy amfiteatr ham tashkil etildi.Bunday sharoitlar mahalla emas bir vaqtlar hatto ayrim tuman markazlari uchun orzu edi. “Qichqiriq” esa Yangi O‘zbekiston mahallasi qanday bo‘lishi kerakligining yorqin namunasi bo‘ldi.
Partiyamiz faoliyatida mahallalar bilan hamkorlik tobora kengayib bormoqda. Deputatlarimizning har oylik o‘rganishlari ham aynan mahallalardan boshlanmoqda.Ishonchimiz komil, ertaga yurtimizning har bir mahallasi mana shunday chiroyli, obod va farovon qiyofa kasb etadi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
Qonunga ko‘ra, ish kunlari soat 23:00 dan 07:00 gacha, dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari esa soat 22:00 dan 09:00 gacha shovqin chiqarish orqali fuqarolarning osoyishtaligini buzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Turar joy binolarida va ularga tutash hududlarda qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari soat 09:00 dan 18:00 gacha olib boriladi. Shu vaqt oralig‘idagina baland ovoz chiqaruvchi kesish, buzish va teshish kabi shovqinli ishlarni olib borish mumkin.Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ham tegishli o‘zgartishlar kiritildi. Unga ko‘ra, tungi vaqtda, ya’ni soat 23:00 dan 07:00 gacha, shuningdek dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari soat 22:00 dan 09:00 gacha fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunday huquqbuzarliklarga baland ovozda qo‘shiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, xonadonlarda, turar joylarning yo‘laklari va eshiklarida, ko‘chalarda ovozi baland qilib qo‘yilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish, turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur bo‘lmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish kiradi.
Bu talablarni buzganlarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, ya’ni 1 mln 320 ming so‘mdan 2,2 mln so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, ya’ni 4,4 mln so‘mdan 6,6 mln so‘mgacha miqdorda jarima solinadi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solinadi. Hozirga qadar bunday qilmish uchun jarima miqdori 146 ming so‘mdan 440 ming so‘mgacha bo‘lgan.Qonun talablari 11-dekabrdan kuchga kiradi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Ochiq muloqot davomida yovvoyi tabiatning inson hayoti va ekologik muvozanatni ta’minlashdagi o‘rni haqida bolajonlarga tushunchalar berildi. Tabiiy ekotizimlarning barqarorligi, hayvonot va o‘simlik dunyosining xilma-xilligi tabiatdagi muvozanatni saqlashda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Noyob va yo‘qolib borayotgan hayvon hamda o‘simlik turlarini muhofaza qilish, ularning tabiiy yashash muhitini asrash, noqonuniy ovchilik va tabiatga zarar yetkazuvchi boshqa omillarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muloqotda ekologik madaniyatni bolalikdan shakllantirish muhimligi qayd etildi. Bolalarga tabiatni asrash faqatgina mutaxassislar yoki tegishli tashkilotlarning vazifasi emas, balki har bir fuqaroning kundalik hayotidagi mas’uliyati ekani uqtirildi. Atrof-muhitni ifloslantirmaslik, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, yashil hududlarni asrash, daraxt va o‘simliklarga zarar yetkazmaslik, yovvoyi hayvonlarni bezovta qilmaslik kabi oddiy, ammo muhim ekologik odatlar haqida fikr yuritildi.Tadbir davomida bugungi ekologik muammolar, jumladan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil hududlarni kengaytirish, biologik xilma-xillikni saqlash va tabiatga inson ta’sirini kamaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Shuningdek, aholi murojaatlari asosida mahalladagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyati o‘rganilib, chiqindilarni belgilangan joylarga chiqarish, hududlarni toza va obod saqlash hamda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.O‘rganish davomida ayrim hududlarda to‘planib qolgan chiqindilarni bartaraf etish, sanitariya-tosalik holatini yaxshilash va ekologik muammolarning oldini olish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Muloqot davomida kasb-hunar egallash va jamiyatga qayta moslashish uchun berilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Deputat har bir inson hayotida xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, o‘z ustida ishlash va yangi hayot boshlash uchun imkoniyat mavjudligini ta’kidladi.Suhbat yakunida deputat S.Fayziyeva kitob mutolaasi inson tafakkurini boyitishi, dunyoqarashini kengaytirishi va hayotga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishda muhim vosita ekani qayd etib, kitoblar sovg‘a qildi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
