en
Feedback
Abdullo Nasullayev

Abdullo Nasullayev

Open in Telegram

“Portret Group” asoschisi

Show more
1 290
Subscribers
+424 hours
No data7 days
+1430 days
Posts Archive
Repost from Boshqaruvchiga
G’ayrat, katta gapirma
Bir ota maktab bilan tanishishga kelib:
— Maktab ochishdan maqsadinglar nima? — deb so‘radi.
Biznes. Pul topish. Tirikchilik, — dedim.
— Iya, ta’limdan maqsad ham pul bo‘ladimi?
— Boshqa katta maqsadlarimizni aytsam, hozir sizga quruq gap bo‘lib eshitiladi. Hali bizni tanimaysiz. Shuning uchun aniq narsani aytganim ikkimizga ham yaxshi, — dedim.
Katta niyating bo‘lsin. Millatga foydang tegishini xohlarsan. Bir sohani o‘zgartirmoqchidirsan, Odamlar uchun katta ish qilish niyating bordir. Lekin bularni hammaga aytib yurma. O‘ta yaqinlaring bilsa, yetadi. Katta da’voni erta aytishning o‘zingga ham zarari bor. Hali ish qilmay turib, gapirib rohatini olib qo‘yasan. Odamlarda katta kutish uyg‘otasan. Keyin ish qilishdan ko‘ra, o‘zing haqingda yaratgan obrazga mos ko‘rinish bilan ovora bo‘lib qolasan. Endi ish boshlagan yosh tadbirkorlarda shu narsa ko‘payib qolyapti: Amal kichkina, da’vo katta. Har ikki gapda “Inshaalloh”, “millat”, “ummat”, “kelajakni o‘zgartiramiz”. Bu so‘zlarda muammo yo‘q. Muammo — ular bilan o‘zingni amalingdan kattaroq ko‘rsatishda. Katta niyat qil. Kam gapir. Ko‘p ish qil. Da’vong amalingdan oldinga o‘tmasin. Ba’zi katta maqsadlaringni esa amalga oshirmaguningcha o‘zingda saqlaganing yaxshi. @boshqaruvchiga | Boshqaruv kursi

Aqlli bilan intellekti baland insonni adashtirmang Aqlli inson - formulalar, kitobdagi barcha qonuniyatlar, noyob bilimlarni o’rganadi va yodlab oladi Ko’plab ko’rik tanlovlar g’olibi va istalgan mavzuda suhbatlasha oladi Intellekti yuqori inson esa bu darajada chuqur bilimga ega bo’lmasligi mumkin, lekin keraklicha biladi Bilganlarini hayotini o’zgartirishga tadbiq eta oladi Bu ikki inson hammamizni hayotimizda bor Doim 5 ga o’qigan, barcha qoidalarga bo’ysunadi, o’z ishida undan zo’ri kam topiladi, lekin o’zi xohlagan hayotda yashayaptimikan? Savol ostida Intellectual inson har jabhada sizga yoqadigan siz xohlagandek bo’lmasligi mumkin, lekin o’zi xohlagan hayotda yashaydi Bir gap bilan tushuntiraman: Biznesning barcha qoidalarini bilib lekin o’zi biznes qilmaydigan murabbiy - aqlli. Biznes qoidalari chuqur bilmaydigan lekin biznesi bor inson intellekti baland Eng qiziq qarama qarshilik endi keladi Biznesi bor va daromadi yaxshi, lekin halovati yoq inson - aqlli Daromadi ham halovati ham bor inson - intellekti yuqori Intellekt bilish bilan emas, bor resurslarni togri boshqarish va nafsga qarshi kurashish bilan o’lchanadi deb hisoblayman Navalning bir gapi bilan mavzuni yakunlamoqchiman: IQ’si baland insonni 2 narsadan bila olasiz: 1. Bu hayotda o’zi xohlaganiga erishganidan 2. Eng asosiysi, to’g’ri narsani xohlaganidan Unutmang, hamma o’zi xohlaganiga erisholadi lekin erishgani to’g’ri bo’lmaydi @nasullaevblog

Yakuniy natijani nima ta'minlaydi? • Bilim? • G'oya? • 24/7 ishlash? Oxirgi kunlardagi ba'zi voqealardan keyin o'ylab qoldim Nega ba'zi insonlarda g'oya juda ko'p, bilimi ham ko'p, lekin 24/7 ishlasa ham natija bo'lmaydi, yoki tan olinmaydi Aynan shu savolim bor insonlarni uzoq kuzatish davomida olgan javobim juda oddiyligidan o'zim ham hayron qoldim Mani xulosam bitta: Mas'uliyatni olishdan qo'radi, boshini bolta ostiga qo'ymaydi. Shu ishni qilish kerakligini, qayerda xato qilmaslik kerakligini biladi, lekin "Yakunda natija bo'lmasa javob berasanmi o'zing?" deb so'ralganda ortga chekinadi. Ha shunchaki "har qanday natija uchun man turib beraman" degan pozitsiyani o'zi yuqoridagilarning hammasidan ustun turadi Shunday mindsetdagi odamda g'oya va bilim bo'lmasa ham u natijani ta'minlay olganini ham o'zim ham atrofdagilar misolida ko'rib kelyapman

G'oya muhimmi yoki realizatsiyami? Menimcha ikkinchisi muhimroq Ideasi yoq lekin mavjud ideani amalga oshiroladigan odam bir kun kelib qanday qilib idea qilishni o'rgana oladi Lekin ideasi bor, ammo amalga oshirmaydigan odam harakatga o'tishni o'rganish ehtimoli juda kam Nega? Chunki g'oya qilishda risk yoq, amaliyotda esa risk bor Kimki qo'rquvlarni yengib mas'uliyatni ola bilsa harakatga o'ta oladi Harakatdan to'xtamagan odam esa bir kunmas bir kun aniq natijaga erishadi Siz bu fikrga qo'shilasizmi? Qo'shilaman - 🔥 Qo'shilmayman - 👎

Bu hayotda menimcha o’zi hayollarida yoshligida ekilgan orzu / tasavvur urug’larini parvarishlab, umri davomida o’stiradi Siz
Bu hayotda menimcha o’zi hayollarida yoshligida ekilgan orzu / tasavvur urug’larini parvarishlab, umri davomida o’stiradi Siz ekkan ekiningiz hosili juda uzoq yillardan so’ng keladi Shunday ekan miyangizga har xil urug’larni ekib tashlamang🫱🏼‍🫲🏽 Qanday urug’ miyangizga ekilganini kimga havas qilayotganingiz, qanday maqsad tomon harakatlanayotganingizdan tahmin qilsa bo’ladi @nasullaevblog

Kech bo'lganda yaxshi bepul darslik topib oldim 👆

KPI bo’yicha to’liq darslik✅ 🔗Link: https://youtu.be/MVC5OsNdoX4?si=Ald_ajJdpWANR-sb Instagramdagi Reality’ning 9-kunida KPI
KPI bo’yicha to’liq darslik✅ 🔗Link: https://youtu.be/MVC5OsNdoX4?si=Ald_ajJdpWANR-sb Instagramdagi Reality’ning 9-kunida KPI haqida tushuntirdim. @Abdulboriy_sotuvchi

Haqiqatni tan olish = Yangi imkoniyat O'tgan haftada man o'zim uchun kashf qilgan yangi instrument - Haqiqatni tan olish Ayna
Haqiqatni tan olish = Yangi imkoniyat O'tgan haftada man o'zim uchun kashf qilgan yangi instrument - Haqiqatni tan olish Aynan shu instrument bilan bugun yana bir yangi insight oldim. Insightni bo'lishishdan oldin "Haqiqatni tan olish" deganda nimani tushunayotganimni qisqacha ochib bersam: Haqiqatni tan olgan odam qo'rqmaydi, risk qiloladi, ishlaridagi sabablarni maksimumda qilib, yakuniy natijani egasiga qo'yib beradi. Kuchsiz va aqlsiz ekanini tan oladi va javoblar izlaydi Tan olmagan esa bir yerda chiranishda davom etaveradi Hammasini o'z gardaniga oladi Bosim ortadi, natija orqaga ketadi, hammasi o'zimdan deb o'ylaydi Javob va natija uchun yopiladi Eng qiziq joyi shundaki, haqiqatni tan olish har doim ham ojizlik yoki negative ma'noda ishlamaydi Misol keltiraman: axmoqligingni tan ol, kuchsizligingni tan ol, eplolmasligingni tan ol - bunday hollar 80% vaziyatda bor Lekin buni aksi ham bo'lar ekan: Haqiqatda katta mas'uliyatni olganingni tan ol, yangi va jiddiy darajaga chiqqaningni tan ol, o'zingni past baholashni to'xtatib, o'z-o'zingni tan ol... 4 oydan beri Qurilish kompaniyasida Tijoriy bo'lim rahbari sifatida ishlayapman Boshida buni qanchalik katta obyomda ekanini tan olmadim, lekin bugun tan oldim - oyiga million dollarlik pul tushumini ta'minlash kichik ish emas ekan😅 Xullas, odam o'z-o'zini tanqid qilishi yaxshi lekin buni oshirib yuborish ham kerak emas @nasullaevblog

photo content

Og'ir, noqulay va stressli momentlarda insonlar o'zlarini qanday tutishlariga e'tibor qarating - bu ularning asl holatlari Is
Og'ir, noqulay va stressli momentlarda insonlar o'zlarini qanday tutishlariga e'tibor qarating - bu ularning asl holatlari Istalgan odam hammasi yaxshi va ularga mos bo'lgan holda o'zlarini yaxshi tuta olishadi Og'ir vaziyat esa emotsiyalarni tizgindan chiqaradi, o'z-o'zini nazorat qilishga majbur qiladi Dengiz qancha chuqur bo'lsa u shuncha sokin bo'ladi Inson qancha oqil bo'lsa shuncha bosiq bo'ladi @nasullaevblog

May oyi eng band va samarali oylardan bo’ldi 1. Oyni Yangi O’zbekiston obyekti uchun online taqdimotdan boshladik 2. 4-may ku
+9
May oyi eng band va samarali oylardan bo’ldi 1. Oyni Yangi O’zbekiston obyekti uchun online taqdimotdan boshladik 2. 4-may kuni esa Bosh Vazir va Savdo Sanoat Palatasi bilan birgalikda HongKong safariga ketdik 3. 7-may kuni Guanjouda safarimiz davom etdi va 11-may kuni Toshkentga qaytdik 4. 12-22 may kunlari China Housening yangi yirik loyihasi ustida jamoa bilan intensiv ishladik. 5. 23-26 may kunlari Navoiy safarida oilaviy bo’ldik. Jiyanni uylantirib keldik 6. Hayitda bir kun dam olib, shu bilan yangi oy oldidan China Housening Commercial Department’ini yangi darajaga chiqarish uchun reja va materiallarni tayyorladim. Bu ishdagi eng asosiy focusim management’ga qaratilgan. O’z o’zini boshqaruvchi tizim yaratish modeli 85% tayyor Aynan shu modelni 100% qilish uchun mayning oxirgi kunlarini sokin tabiat qo’ynida o’tkazyapman @nasullaevblog

⏰ Soat tungi 00:05 📆 28-maydan 29-mayga o’tish kechasi Davlat 5 kunlik dam olish e’lon qilgan 2021-yildan beri o’z vaqtimni
⏰ Soat tungi 00:05 📆 28-maydan 29-mayga o’tish kechasi Davlat 5 kunlik dam olish e’lon qilgan 2021-yildan beri o’z vaqtimni o’zim nazorat qiloladigan imkoniyatga egaman, lekin shunga qaramay hayotimning 80% qismi shu ko’rinishda o’tib keladi Eng qizig’i, men tanigan o’nlab millionerlarning deyarli hammasi xuddi shu vaqtda aloqaga chiqsangiz ham siz bilan gaplashishadi (uyqusiragan ovozda emas!) 📌 Muhim to’ldirish: “Temshik” va Tadbirkorlar adashtirilmasin 🤔 Nega tepasida rahbari yo’q insonlar ish vaqti belgilangan xodimlarga qaraganda ko’proq ishlashadi? Nega standartdagidan ozgina ko’p ishlagan xodimlar qo’shimcha haq yoki e’tirof talab qilib qoladi? Meni xulosam, harakat fundamenti ichkaridan bo’lgan insonlarga tashqaridan ta’sir kerak emas, ular bu ishni o’zlariga yoqqani uchun qilishadi. Ikkinchi toifa majbur bo’lganidan qiladi. 🐣 Oddiy lekin ideal o’xshatish: Tuxum ichkaridan sinsa yangi hayot, tashqaridan sinsa o’lim. O’ylab ko’ring, harakatlaringizni xohlab qilyapsizmi yoki majburlikdan?

Chumchuq inida ko'rganini qiladi Bola uyida ko'rganini qiladi Xodim rahbarida ko'rganini qiladi Rahbar esa o'ziga o'xshagan x
Chumchuq inida ko'rganini qiladi Bola uyida ko'rganini qiladi Xodim rahbarida ko'rganini qiladi Rahbar esa o'ziga o'xshagan xodim oladi Atrofimizdagi hamma narsa aslida bizning ichki olamimizning aksi Juda kichik qismi esa maqsadlarimiz yo'lida yengishimiz kerak bo'lgan muammolar Muammolar aslida hayotimizning juda kichik foizini tashkil qiladi, ularga emotsional tus berish orqali ahamiyatini oshirib yuboramiz xolos Hayotimizning asosiy qismi esa biz uchun qachonlardir muammo bo'lgan yechimlarning avtomatlashgan ko'rinishidan iborat Xulosa: Atrofingizda sizga yoqmayotgan holatlar yoki sizning ichki olamingiz, yoki yangi darajaga chiqishingiz yo'lidagi to'siqchalar. Har bir to'siq yangi level uchun kalit. Kalitni topish uchun esa ratsional fikrlashimiz kerak bo'ladi (qaysiki, har doim ham oson bo'lmagan ish) O'zing o'zgarmasang, olam o'zgarmas @nasullaevblog

Keladigan keladi, ketadigan ketadi - 24 soat ichida bo’lgan 2 hayotiy voqea 24-may. Oilamizda to’y bo’ldi. To’yning yugur yug
+1
Keladigan keladi, ketadigan ketadi - 24 soat ichida bo’lgan 2 hayotiy voqea 24-may. Oilamizda to’y bo’ldi. To’yning yugur yugurlari bilan charchaganimiz aniq. Tungi soat 22:00 dan oshgandi. Cho’ntagimdan pullarim tushib qolganini sezdim. Ular yo’qolganiga ichimdan 90% ga ishonib bo’lganman. Lekin baribir qidirdim. Aniqki topolmadim… Ichimdagi bir fikr tinchlik bermayapti: “Halol bo’lsa topiladi…” Pulim halol ekaniga ishonaman, lekin qaytmasligiga ham ishonaman😂 Qidirib topolmadim, taqdirga tan berdim. 10 daqiqadan oshiqroq boshqa ishlar bilan ovora bo’ldim. Keyin ko’chaga chiqdik va birdan shamol ko’tarilib oyog’im tagidan yo’qolgan pullarim uchib ketdi… Yosh bolalar yugurib ketishdi, terish uchun. Man hayronman - nahotki…?! Hamma pullarim qaytdi. Holat bo’yicha hammasi nereal edi. Lekin oliy zot uchun bu qiziq emas - maniki ekan keldi Ertasi kuni Toshkentga qaytishimiz kerak. Biletlar olingan, pasportlar joyida. Vokzalga reja qilingandan 1 soat oldin bordik. Bemalol o’g’lim bilan o’ynab vaqt o’tkazdik. Bir payt xodimlar bilan gaplashsak, bizni poyezd 20 daqiqa oldin ketib bo’lgan ekan🤯 Darhol, 10 daqiqadan keyin keladigan poyezdga bilet olishim kerak edi. Bo’lmasa shaharga qaytolmayman va vaziyat yanada jiddiylashar edi Eski bilet pullari kuygani tabiiy, lekin yangi biletimiz eskisidan 3X qimmatroqqa tushdi. Vaholanki, man hamma sabablarini qilgan edim. Hayotimda hech qachon aeroport yoki vokzalga kech qolmagan edim. Hammasini puxta qilganman. Lekin, Ketishi kerak ekan ketdi. Xulosa olindi. Nega bu voqeani hozir aytib beryapman? Chunki, xuddi shu mindset bilan 2 oydan beri yashashni boshladim. Hayot nafaqat osonlashdi, balki yaxshilandi ham. Xotirjamlik bo’lyapti. Xohishlarimga yetishim oson bo’lyapti. Katta mavzu. Qisqa qilishga harakat qildim. @nasullaevblog

Katta o’sish katta o’zgarish talab qiladi Katta o’zgarish esa voz kechish va mas’uliyat talab qiladi. Voz kechish va mas’uliyat olish nimani talab qiladi? O’zlikni va real xohishlarni anglashni talab qiladi! Eski fikrlash modelidan voz kechish va yangi mas’uliyatlarni olish yangi daraja va masshtab beradi.

Repost from Aziz Rahimov
Daromad ko’payganidan keyin, puldorlarning aksariga hurmatingiz kamayadi. Obunchalilar ko’payganidan keyin, mashhurlarning aksariga hurmatingiz kamayadi. Ilmiy ish qila boshlasangiz, professorlarning aksariga hurmatingiz kamayadi. Mansab zinalaridan chiqa boshlasangiz, rahbarlarning aksariga hurmatingiz kamayadi. Bir tarafdan tushunarli. Odam o’zida yo’q narsaga ko’proq qoyil qoladi. Boshqa tarafdan, yuqoridagi yutuqlar, oddiy ishlar + omadning natijasi ekanligini tushuna boshlaysiz. Bitta holat bundan mustasno ekan. Nafsingiz bilan kurash ko’payganidan keyin, nafsidan g’olib kelganlarga hurmatingiz kamayib qolmaydi. Ko’payib boradi. Jarayonga kirishmaguncha bu ishni oddiy deb o’ylagan edingiz. Kirishganingizdan keyin, oddiy ko'ringan odamlarning buyukligi bilinib qoladi.

Repost from Shaha Dolimov
Tadbirkor 2 ta masala ustida qancha ko’p bosh qotirsa, shuncha yutishda davom etaverar ekan. Birinchisi, “qanday qilib hodimlarimni boyitsam bo’ladi?” Ikkinchisi, “qanday qilib mijozlarimni boyitsam bo’ladi?” Tamom… Rahbar, yotsayam tursayam shu savollarni o’ziga berib yursa bo’ldi. Hodimlarni boyitish deganda birinchi pul tushuniladi. Keyin shahar markazidagi ofis, ahil jamoa, shirin kofe, play station keladi. Mijozlarni boyitish degandayam birinchi moliyaviy qiymat tushuniladi. Undan keyin, xushmuomala bo’lish, vaqtida javob berish, kabilar keladi. Ikkisi ham boy bo’lsa, siz avtomatik boysiz. @shahadolimov

Maqtov Inson harakatining eng asosiy drayverlardan biri Maqtov = Isbot Menimcha u 2 xil bo'ladi: 1. Arzon maqtov. Gapda - faqatgina gapirib, doim isbotlab yurishingiz kerak 2. Qimmat maqtov. Amalda - uni ko'rib turasiz. Xohlasangiz ham rad etolmaysiz Men yoshligimdan ikkinchisini qurishga harakat qilib kelaman. (Gapirishni atrofimdagilar darajasida eplolmaganman) Maqsad: Yakunda, o'zim xohlasam ham rad etolmaydigan darajada kuchli isbot bo'lsin. Shunda gapirishga ehtiyoj qolmaydi. Let your results speak for you. Obuna bo'ling: @nasullaevblog

Avval quray, keyin sotamiz Bu model qurilish bozorida hozir ishlamaydi Hozir eng qimmat resurs - YER Sizda bo'sh yer bo'lsa, tabriklayman. Agar bu bo'sh yerning hududi katta va joylashuv qulay bo'lsa 2x tabriklayman. Lekin bu faktlar hoziroq qurilish boshlasangiz boyib ketishingizni anglatmaydi. Qurilish qilib, yaxshi daromad olishni xohlasangiz, quyida ba'zi foydali lifehack'larni beraman 1. Iloji bo'lsa, o'zingiz qurilish qilmang, sherikchilikda qiling. Faqat hujjat ishlariga e'tiborli bo'ling 2. Qurilishni "o'z hayollaringizga" ishonib emas, bozorni aniq o'rganib boshlang. Sizni yeringiz atrofida qanday loyihani qanaqa uslubda qursa oson va tez sotiladi 3. Agar qurilishingiz sotilishi qiyin bo'lib, xarajatlarni yopishga qiynalishni xohlamasangiz kiimningdir maslahati, buyrug'i yoki o'z tahminlaringizga ishonib qurilish boshlamang. Bozorni o'rganib, aniq konsepsiya bilan ish boshlaganlargina yaxshi daromad qilishmoqda Bu oxirgi bir necha kundagi bozor analizi asosida chiqargan xulosalarim. Lifehack'lar maksimal darajada qisqa, lekin juda qimmat. Obuna bo'ling: @nasullaevblog

Biznes egasi 2 ishni zo’r qilsa bo’ldi: 1. Marketing - mijozlarni muammosini tushungan holda ularga iqtisodiy effektiv bo’lgan product ishlab chiqish. 2. Rekruiting - maqsad qilingan productni bozorga olib kirib, ishlab chiqarish jarayonini realizatsiya qila oladigan kuchli jamoa yig’ish. Agar to’g’ri jamoa yig’ilsa ularni boshqarish kerak emas, o’z o’zini boshqaradi ular Sotuvdan qo’rqilmaydi, kuchli product o’z o’zini sotadi Biznesdagi istalgan muammoning ildizi aynan shu 2 bo’limdan bittasiga borib taqaladi @nasullaevblog