cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Shaha Dolimov

Shaxsiy fikr va mulohazalarimni ulashib borish uchun ochilgan kanal.

Show more
Uzbekistan8 013The language is not specifiedPsychology2 472
Advertising posts
9 210
Subscribers
+4524 hours
+7637 days
+3 23230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Nuqsonli qadamlar mukammalidan afzal! So’nggi yillarda “avval boshlab keyin o’rganing” degan gapni o’zimga shior qilib oldim. Chamasi 5 yil avval “Maqsad” deb nomlangan kitob yozdim. Kitob yozish haqida na bilimim na tajribam bor edi. Kompyuterim qarshisiga o’tirdimga, word’ni ochib klaviaturam bilan birinchi gapni yozishni boshladim. Oradan 1 yil o’tib kitob nashrdan chiqdi va O’zbekistondagi eng katta kitob taqdimotidan biri bo’ldi. Hozir esa 40 mingdan ziyod inson tomonidan o’qilgan va 6 mingdan ortiq online fikrlarga ega. “Mukammal ravishda bir joyda turishdan ko’ra, nuqsonli qadamlarni tashlagan ma’qul” degan Benjamin Franklin. Do’stim sizga g’oya emas, harakat yetishmayapti! @shahadolimov
Show all...
Hayotimda erishga jamiiyki narsam avvalo yaratgandan keyin esa omadim kelganidan. Hech biri meni kuchli strategiyam yoki aqlli instrumentlardan to'g'ri foydalanganligim uchun kelmagan. Mag'lubiyatlarim ortida esa yagona aybdor O'ZIM turibman. O'ZIMni tartibsizligim va layoqatsizligim turibdi TAMOM. Davlatni ham, sharoitni ham, boshqalarni ham ayblash niyatim yo'q. "Omadim keldi...", "To'g'ri vaqtda to'g'ri odam bilan ko'rishib qoldim...", "Avvalo yaratgandan....", "Bilmayman...", "Yana qayta shu biznesni qilsam eplay olmasam kerak..." deb aytmaydigan odamlarni eshitmay qo'ydim. Chunki ularni MENi kuchayib qalbini kibr egallab olgan. Mabodo menda ham shu holatni kuzatsangiz, qo'rqmasdan yuzimga ayting! @shahadolimov
Show all...
Imkoniyat! “Qachon sakrash kerak, bilasizmi? Qachonki qo’rqinchli bo’lib tuyulsa. Agar o’sha payt sakramasang bir joyda butun umr qolib ketasiz” (A most violent year kinosidan) Ya’ni… Imkoniyat ham huddi shunday. Hech bir imkoniyat sizga yoqimli bo’lib kelmaydi. Agar u sizni qo’rqitmasa, yuragingizni tez urdirmasa, hayajonlantirmasa, terlatmasa, yoki kechalari bilan uxlatmasa demak u imkoniyat emas. Do’stim bir marta yashaysiz! Nima qilib bo’lsa ham qarigandagi afsuslaringizni kamaytiring! @shahadolimov
Show all...
Dangasalik turlari! Bizdagi dangasalik turli xil sabablar tufayli bo'ladi va biz deyarli barcha turini umrimiz davomida boshimizdan o'tkazamiz. Dangasalikdan voz kechish mumkinmi? Bilmadim... Menimcha yo'q... Charchoq dangasaligi Odatda jismoniy yoki aqliy toliqish tufayli keladigan dangasalik. Afsus dangasaligi Tarixda bo'lgan afsuslaringiz kelajakda qilmoqchi bo'lgan ishingizga ta'sir qilish orqali keladigan dangasalik Ijtimoiy dangasalik Bir ishni qilib boshqalar oldida uyalib qolish ortidan keladigan dangasalik Noaniqlik dangasaligi Bir ishni bajarayotgan paytda noaniqlikka duch kelish ortidan keladigan dangasalik Befarqlik dangasaligi Ish insonga yoqmasdan befarq bo'lib qolish ortida keladigan dangasalik Ya'ni... Dangasalik turlari judayam ko'p va u turli xil sabablar tufayli bo'ladi. Hayotimizga olib keladigan negatic ta'sirini kamaytirish mumkin, lekin undan butunlay qutilish imkonsiz deb o'ylayman. @shahadolimov
Show all...
Atrof-muhit! "Qaynab turgan suv tuxumni qattiq qilib pishirsa, huddi shu suv kartoshkani yumshoq qilib pishiradi" Ba'zida bizni rivojlanish tezligimizga tarofimizdagilar yeta olmay qolishi mumkin. Shunda biz hozirgi "krug"imizdan ajralib yolg'iz qolamiz va keyingi o'zimizga o'xshagan "krug"ni topguncha yolg'iz harakatlanishimizga to'g'ri keladi. Aksariyat insonlar aynan shu "yolg'izlik muddati"dan judayam qo'rqishadi va butun umr bitta "krug"da qolib ketishadi. Aslida bir "krug" bo'lib o'sish eng zo'ri lekin sizni rivojlanish tezligingizga moslashmasa, moslashadigan insonlar topishga majbursiz. Siz atrof-muhitga emas, atrof-muhit sizga moslashsin! @shahadolimov
Show all...
Eng kuchsiz odam kim? O'zidan ko'ra boshqalarni ko'proq ayblaydigan odam... Eshitishdan ko'ra gapirishni afzal topgan odam... Birovlarni mag'lubiyatidan rohatlanadigan odam... Yutqazganini tan olish o'rniga zudlik bilan shaxsiyatingizni muhokama qiladigan odam... Omaddan ko'ra, "hammasiga o'zim tufayli erishdim" degan cho'pchakka ishonib yashaydigan odam... Bundaylarni aniqlash judayam oson. Keyingi safar davrada o'tirgan paytingiz chetdan kuzatsangiz, hech kimga gap bermasdan baland ovozda gapirayotgan 1-2 ta odamga ko'zingiz tushadi. U sizni yaqin do'stingiz bo'lishi ham mumkin. Unga yordam berish qo'lingizdan kelsa albatta bering. @shahadolimov
Show all...
Eng xavfli odam kim? Men uchun 3 turdagi odam eng xavfli odam hisoblanadi… Hammasini boshidan boshlashga qo’rqmaydigan odam… Hech kimni yordamisiz eng qiyin vaziyatdan bir o’zi chiqib ketgan odam… O’ziga ko’p narsani isbotlab qo’yib, o’zini oldidagi hurmatini baland qilib qo’ygan odam… @shahadolimov
Show all...
Ba’zida tanlagan yo’limiz notog’riligini anglaganimizda, ortga qaytishdan uyalamiz. Go’yoki bizni kimdir kuzatib turgandek. Aslida esa, hammaga baribir. Hayot tanlovlarida ham huddi shunday. @shahadolimov
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Omon qolish xatosi! Yuqoridagi rasmga qunt bilan qarang. Bu rasm Ikkinchi Jahon Urushida omon qolgan samalyotlardan olingan ma’lumotlar to’plami. Qizil nuqtalar bu samalyotlarning ko’p o’q tekkan qismlari. Endi sizga savol. “Shu samalyotlarni yanada xavfsiz qilish uchun qaysi joylarini yanada ko’proq zirhlashimiz kerak?” deb vazifa qo’yilganda, qaysi joylarini zirhlagan bo’lar edingiz? Menimcha, ko’pchilikni javobi “albatta o’q yegan joylarni” bo’ladi. Bu ma’lumotlarni to’plagan Abraham Wald (matematik olim), “samalyotlar o’q tekkan joylarini zirhlashdan foyda yo’q. Chunki o’q yegani bilan ular qaytib kelishga muvaffaq bo’lishgan ya’ni omon qolishgan. Biz asosiy e’tiborni o’q yemagan qismlariga qaratishimiz kerak, shunda samalyotlar omon qolish ehtimoli yanada kuchayadi” deb xulosa qilishga. Bu xulosasi fanda survivorship bias (ingliz tilida), ошибка выжившего (rus tilida), omon qolish xatosi (o’zbek tilida) deb ataladi. Ya’ni… Biz odatda muvaffaqiyatga erishgan insonlardan o’rganishni va kerak bo’lsa ularni muvaffaqiyatga sababchi bo’lgan “fomulani” ko’chirishga harakat qilamiz. Masalan, ko’pchilik Mark Zukerberg yoki Bill Gates’dek insonlarni, universitetni tashlab chiqib ketishgani uchun muvaffaqiyatga erishgan deb hisoblashadi. Va ba’zi insonlar shu tufayli kerak bo’lsa universitetni tashlab ham ketishadi. Lekin universitetni tashlab ketib muvaffaqiyatga erishmaganlar soni qancha? Ya’ni… Keyingi safar qandaydir “formula”ni o’zingizda qo’llashdan avval, huddi shu “formula”ni qo’llab o’xshata olmaganlarga ham e’tibor berib qo’yishingizni masalahat bergan bo’lardim. @shahadolimov
Show all...
Noaniqlikda halovat topasiz! Xitoylik fermer hikoyasi haqida eshitganmisiz? Bir kun xitoylik fermerni oti qochib ketibdi. Buni eshitgan qishloqdoshlari fermerni oldiga kelib “yomon bo’ldi-a?” degan ekan, fermer ularga qarab “balki” deb javob beribdi. Ertasi kuni qochib ketgan oti o’zi bilan 7 ta yovvoyi otni yetaklab kelibdi. Qishloqdoshlari kelib “zo’r bo’ldi-a? Senda endi bitta emas sakkizta oting bor” degan ekan, fermer ularga qarab “balki” debdi. Bir kun fermerni o’g’li yovvoyyi otlardan birini shug’ullantirish paytida yiqilib tushib oyog’i sinibdi. Qishloqdoshlari kelib “yomon bo’ldi-a?” desa, fermer ularga qarab yana “balki” deb javob beribdi. Ertasi kuni o’sha qishloqda o’smir yoshdagi yigitlarni urushga olib ketishibdi. Fermerni og’lini oyog’i singani uchun urushdan qolibdi. Shu payt qishloqdoshlari kelib “o’g’lingni omadi bor ekan-a?” deyishsa, fermer ularga qarab “balki” deb javob beribdi. Xulosa shuki, siz biror yomon holatga tushib qolsangiz balki u yaxshilikkadir. Noaniqlikda halovat bor chunki aniqlikni bilish bizga emas. Bekorga “o’tmish bilan yashasang tushkunlikka tushib qolasan, kelajak bilan yashasang havotirlanasan, hozir bilan yashasang baxtli bo’lasan” deyishmagan. @shahadolimov
Show all...