1 290
Subscribers
+424 hours
No data7 days
+1430 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+13
in 0 channels
August '26
+57
in 0 channels
Get PRO
July '26
+46
in 1 channels
Get PRO
June '26
+38
in 0 channels
Get PRO
May '26
+43
in 0 channels
Get PRO
April '26
+28
in 0 channels
Get PRO
March '26
+42
in 0 channels
Get PRO
February '26
+45
in 2 channels
Get PRO
January '26
+31
in 0 channels
Get PRO
December '25
+50
in 0 channels
Get PRO
November '25
+62
in 1 channels
Get PRO
October '25
+30
in 0 channels
Get PRO
September '25
+40
in 0 channels
Get PRO
August '25
+51
in 1 channels
Get PRO
July '25
+49
in 0 channels
Get PRO
June '25
+34
in 2 channels
Get PRO
May '25
+36
in 0 channels
Get PRO
April '25
+51
in 2 channels
Get PRO
March '25
+52
in 0 channels
Get PRO
February '25
+59
in 0 channels
Get PRO
January '25
+108
in 1 channels
Get PRO
December '24
+108
in 0 channels
Get PRO
November '24
+148
in 1 channels
Get PRO
October '24
+91
in 5 channels
Get PRO
September '24
+127
in 2 channels
Get PRO
August '24
+111
in 3 channels
Get PRO
July '24
+165
in 1 channels
Get PRO
June '24
+80
in 0 channels
Get PRO
May '24
+58
in 0 channels
Get PRO
April '24
+67
in 3 channels
Get PRO
March '24
+100
in 4 channels
Get PRO
February '24
+113
in 1 channels
Get PRO
January '24
+176
in 2 channels
Get PRO
December '23
+221
in 1 channels
Get PRO
November '23
+65
in 1 channels
Get PRO
October '23
+52
in 2 channels
Get PRO
September '23
+153
in 0 channels
Get PRO
August '23
+363
in 0 channels
Get PRO
July '23
+32
in 0 channels
Get PRO
June '23
+80
in 0 channels
Get PRO
May '23
+29
in 0 channels
Get PRO
April '23
+40
in 0 channels
Get PRO
March '23
+25
in 0 channels
Get PRO
February '23
+16
in 0 channels
Get PRO
January '23
+48
in 0 channels
Get PRO
December '22
+5
in 0 channels
Get PRO
November '22
+7
in 0 channels
Get PRO
October '22
+11
in 0 channels
Get PRO
September '22
+45
in 0 channels
Get PRO
August '22
+25
in 0 channels
Get PRO
July '22
+18
in 0 channels
Get PRO
June '22
+23
in 0 channels
Get PRO
May '22
+212
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 September | +5 | |||
| 07 September | +1 | |||
| 06 September | +1 | |||
| 05 September | +2 | |||
| 04 September | +1 | |||
| 03 September | +3 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
Repost from Boshqaruvchiga
G’ayrat, katta gapirma
Bir ota maktab bilan tanishishga kelib:
— Maktab ochishdan maqsadinglar nima? — deb so‘radi.
Biznes. Pul topish. Tirikchilik, — dedim.
— Iya, ta’limdan maqsad ham pul bo‘ladimi?
— Boshqa katta maqsadlarimizni aytsam, hozir sizga quruq gap bo‘lib eshitiladi. Hali bizni tanimaysiz. Shuning uchun aniq narsani aytganim ikkimizga ham yaxshi, — dedim.Katta niyating bo‘lsin. Millatga foydang tegishini xohlarsan. Bir sohani o‘zgartirmoqchidirsan, Odamlar uchun katta ish qilish niyating bordir. Lekin bularni hammaga aytib yurma. O‘ta yaqinlaring bilsa, yetadi. Katta da’voni erta aytishning o‘zingga ham zarari bor. Hali ish qilmay turib, gapirib rohatini olib qo‘yasan. Odamlarda katta kutish uyg‘otasan. Keyin ish qilishdan ko‘ra, o‘zing haqingda yaratgan obrazga mos ko‘rinish bilan ovora bo‘lib qolasan. Endi ish boshlagan yosh tadbirkorlarda shu narsa ko‘payib qolyapti: Amal kichkina, da’vo katta. Har ikki gapda “Inshaalloh”, “millat”, “ummat”, “kelajakni o‘zgartiramiz”. Bu so‘zlarda muammo yo‘q. Muammo — ular bilan o‘zingni amalingdan kattaroq ko‘rsatishda. Katta niyat qil. Kam gapir. Ko‘p ish qil. Da’vong amalingdan oldinga o‘tmasin. Ba’zi katta maqsadlaringni esa amalga oshirmaguningcha o‘zingda saqlaganing yaxshi. @boshqaruvchiga | Boshqaruv kursi
| 2 | Aqlli bilan intellekti baland insonni adashtirmang
Aqlli inson - formulalar, kitobdagi barcha qonuniyatlar, noyob bilimlarni o’rganadi va yodlab oladi
Ko’plab ko’rik tanlovlar g’olibi va istalgan mavzuda suhbatlasha oladi
Intellekti yuqori inson esa bu darajada chuqur bilimga ega bo’lmasligi mumkin, lekin keraklicha biladi
Bilganlarini hayotini o’zgartirishga tadbiq eta oladi
Bu ikki inson hammamizni hayotimizda bor
Doim 5 ga o’qigan, barcha qoidalarga bo’ysunadi, o’z ishida undan zo’ri kam topiladi, lekin o’zi xohlagan hayotda yashayaptimikan? Savol ostida
Intellectual inson har jabhada sizga yoqadigan siz xohlagandek bo’lmasligi mumkin, lekin o’zi xohlagan hayotda yashaydi
Bir gap bilan tushuntiraman: Biznesning barcha qoidalarini bilib lekin o’zi biznes qilmaydigan murabbiy - aqlli.
Biznes qoidalari chuqur bilmaydigan lekin biznesi bor inson intellekti baland
Eng qiziq qarama qarshilik endi keladi
Biznesi bor va daromadi yaxshi, lekin halovati yoq inson - aqlli
Daromadi ham halovati ham bor inson - intellekti yuqori
Intellekt bilish bilan emas, bor resurslarni togri boshqarish va nafsga qarshi kurashish bilan o’lchanadi deb hisoblayman
Navalning bir gapi bilan mavzuni yakunlamoqchiman:
IQ’si baland insonni 2 narsadan bila olasiz:
1. Bu hayotda o’zi xohlaganiga erishganidan
2. Eng asosiysi, to’g’ri narsani xohlaganidan
Unutmang, hamma o’zi xohlaganiga erisholadi lekin erishgani to’g’ri bo’lmaydi
@nasullaevblog | 589 |
| 3 | Yakuniy natijani nima ta'minlaydi?
• Bilim?
• G'oya?
• 24/7 ishlash?
Oxirgi kunlardagi ba'zi voqealardan keyin o'ylab qoldim
Nega ba'zi insonlarda g'oya juda ko'p, bilimi ham ko'p, lekin 24/7 ishlasa ham natija bo'lmaydi, yoki tan olinmaydi
Aynan shu savolim bor insonlarni uzoq kuzatish davomida olgan javobim juda oddiyligidan o'zim ham hayron qoldim
Mani xulosam bitta:
Mas'uliyatni olishdan qo'radi, boshini bolta ostiga qo'ymaydi.
Shu ishni qilish kerakligini, qayerda xato qilmaslik kerakligini biladi, lekin "Yakunda natija bo'lmasa javob berasanmi o'zing?" deb so'ralganda ortga chekinadi. Ha shunchaki "har qanday natija uchun man turib beraman" degan pozitsiyani o'zi yuqoridagilarning hammasidan ustun turadi
Shunday mindsetdagi odamda g'oya va bilim bo'lmasa ham u natijani ta'minlay olganini ham o'zim ham atrofdagilar misolida ko'rib kelyapman | 847 |
| 4 | G'oya muhimmi yoki realizatsiyami?
Menimcha ikkinchisi muhimroq
Ideasi yoq lekin mavjud ideani amalga oshiroladigan odam bir kun kelib qanday qilib idea qilishni o'rgana oladi
Lekin ideasi bor, ammo amalga oshirmaydigan odam harakatga o'tishni o'rganish ehtimoli juda kam
Nega? Chunki g'oya qilishda risk yoq, amaliyotda esa risk bor
Kimki qo'rquvlarni yengib mas'uliyatni ola bilsa harakatga o'ta oladi
Harakatdan to'xtamagan odam esa bir kunmas bir kun aniq natijaga erishadi
Siz bu fikrga qo'shilasizmi?
Qo'shilaman - 🔥
Qo'shilmayman - 👎 | 782 |
| 5 | Bu hayotda menimcha o’zi hayollarida yoshligida ekilgan orzu / tasavvur urug’larini parvarishlab, umri davomida o’stiradi
Siz ekkan ekiningiz hosili juda uzoq yillardan so’ng keladi
Shunday ekan miyangizga har xil urug’larni ekib tashlamang🫱🏼🫲🏽
Qanday urug’ miyangizga ekilganini kimga havas qilayotganingiz, qanday maqsad tomon harakatlanayotganingizdan tahmin qilsa bo’ladi
@nasullaevblog | 1 234 |
| 6 | Kech bo'lganda yaxshi bepul darslik topib oldim 👆 | 896 |
| 7 | KPI bo’yicha to’liq darslik✅
🔗Link: https://youtu.be/MVC5OsNdoX4?si=Ald_ajJdpWANR-sb
Instagramdagi Reality’ning 9-kunida KPI haqida tushuntirdim.
@Abdulboriy_sotuvchi | 873 |
| 8 | Haqiqatni tan olish = Yangi imkoniyat
O'tgan haftada man o'zim uchun kashf qilgan yangi instrument - Haqiqatni tan olish
Aynan shu instrument bilan bugun yana bir yangi insight oldim.
Insightni bo'lishishdan oldin "Haqiqatni tan olish" deganda nimani tushunayotganimni qisqacha ochib bersam:
Haqiqatni tan olgan odam qo'rqmaydi, risk qiloladi, ishlaridagi sabablarni maksimumda qilib, yakuniy natijani egasiga qo'yib beradi.
Kuchsiz va aqlsiz ekanini tan oladi va javoblar izlaydi
Tan olmagan esa bir yerda chiranishda davom etaveradi
Hammasini o'z gardaniga oladi
Bosim ortadi, natija orqaga ketadi, hammasi o'zimdan deb o'ylaydi
Javob va natija uchun yopiladi
Eng qiziq joyi shundaki, haqiqatni tan olish har doim ham ojizlik yoki negative ma'noda ishlamaydi
Misol keltiraman: axmoqligingni tan ol, kuchsizligingni tan ol, eplolmasligingni tan ol - bunday hollar 80% vaziyatda bor
Lekin buni aksi ham bo'lar ekan: Haqiqatda katta mas'uliyatni olganingni tan ol, yangi va jiddiy darajaga chiqqaningni tan ol, o'zingni past baholashni to'xtatib, o'z-o'zingni tan ol...
4 oydan beri Qurilish kompaniyasida Tijoriy bo'lim rahbari sifatida ishlayapman
Boshida buni qanchalik katta obyomda ekanini tan olmadim, lekin bugun tan oldim - oyiga million dollarlik pul tushumini ta'minlash kichik ish emas ekan😅
Xullas, odam o'z-o'zini tanqid qilishi yaxshi lekin buni oshirib yuborish ham kerak emas
@nasullaevblog | 922 |
| 9 | No text... | 1 |
| 10 | Og'ir, noqulay va stressli momentlarda insonlar o'zlarini qanday tutishlariga e'tibor qarating - bu ularning asl holatlari
Istalgan odam hammasi yaxshi va ularga mos bo'lgan holda o'zlarini yaxshi tuta olishadi
Og'ir vaziyat esa emotsiyalarni tizgindan chiqaradi, o'z-o'zini nazorat qilishga majbur qiladi
Dengiz qancha chuqur bo'lsa u shuncha sokin bo'ladi
Inson qancha oqil bo'lsa shuncha bosiq bo'ladi
@nasullaevblog | 754 |
| 11 | May oyi eng band va samarali oylardan bo’ldi
1. Oyni Yangi O’zbekiston obyekti uchun online taqdimotdan boshladik
2. 4-may kuni esa Bosh Vazir va Savdo Sanoat Palatasi bilan birgalikda HongKong safariga ketdik
3. 7-may kuni Guanjouda safarimiz davom etdi va 11-may kuni Toshkentga qaytdik
4. 12-22 may kunlari China Housening yangi yirik loyihasi ustida jamoa bilan intensiv ishladik.
5. 23-26 may kunlari Navoiy safarida oilaviy bo’ldik. Jiyanni uylantirib keldik
6. Hayitda bir kun dam olib, shu bilan yangi oy oldidan China Housening Commercial Department’ini yangi darajaga chiqarish uchun reja va materiallarni tayyorladim. Bu ishdagi eng asosiy focusim management’ga qaratilgan. O’z o’zini boshqaruvchi tizim yaratish modeli 85% tayyor
Aynan shu modelni 100% qilish uchun mayning oxirgi kunlarini sokin tabiat qo’ynida o’tkazyapman
@nasullaevblog | 801 |
| 12 | ⏰ Soat tungi 00:05
📆 28-maydan 29-mayga o’tish kechasi
Davlat 5 kunlik dam olish e’lon qilgan
2021-yildan beri o’z vaqtimni o’zim nazorat qiloladigan imkoniyatga egaman, lekin shunga qaramay hayotimning 80% qismi shu ko’rinishda o’tib keladi
Eng qizig’i, men tanigan o’nlab millionerlarning deyarli hammasi xuddi shu vaqtda aloqaga chiqsangiz ham siz bilan gaplashishadi (uyqusiragan ovozda emas!)
📌 Muhim to’ldirish: “Temshik” va Tadbirkorlar adashtirilmasin
🤔 Nega tepasida rahbari yo’q insonlar ish vaqti belgilangan xodimlarga qaraganda ko’proq ishlashadi?
Nega standartdagidan ozgina ko’p ishlagan xodimlar qo’shimcha haq yoki e’tirof talab qilib qoladi?
Meni xulosam, harakat fundamenti ichkaridan bo’lgan insonlarga tashqaridan ta’sir kerak emas, ular bu ishni o’zlariga yoqqani uchun qilishadi. Ikkinchi toifa majbur bo’lganidan qiladi.
🐣 Oddiy lekin ideal o’xshatish: Tuxum ichkaridan sinsa yangi hayot, tashqaridan sinsa o’lim.
O’ylab ko’ring, harakatlaringizni xohlab qilyapsizmi yoki majburlikdan? | 692 |
| 13 | Chumchuq inida ko'rganini qiladi
Bola uyida ko'rganini qiladi
Xodim rahbarida ko'rganini qiladi
Rahbar esa o'ziga o'xshagan xodim oladi
Atrofimizdagi hamma narsa aslida bizning ichki olamimizning aksi
Juda kichik qismi esa maqsadlarimiz yo'lida yengishimiz kerak bo'lgan muammolar
Muammolar aslida hayotimizning juda kichik foizini tashkil qiladi, ularga emotsional tus berish orqali ahamiyatini oshirib yuboramiz xolos
Hayotimizning asosiy qismi esa biz uchun qachonlardir muammo bo'lgan yechimlarning avtomatlashgan ko'rinishidan iborat
Xulosa: Atrofingizda sizga yoqmayotgan holatlar yoki sizning ichki olamingiz, yoki yangi darajaga chiqishingiz yo'lidagi to'siqchalar. Har bir to'siq yangi level uchun kalit. Kalitni topish uchun esa ratsional fikrlashimiz kerak bo'ladi (qaysiki, har doim ham oson bo'lmagan ish)
O'zing o'zgarmasang, olam o'zgarmas
@nasullaevblog | 653 |
| 14 | Keladigan keladi, ketadigan ketadi - 24 soat ichida bo’lgan 2 hayotiy voqea
24-may. Oilamizda to’y bo’ldi. To’yning yugur yugurlari bilan charchaganimiz aniq. Tungi soat 22:00 dan oshgandi.
Cho’ntagimdan pullarim tushib qolganini sezdim. Ular yo’qolganiga ichimdan 90% ga ishonib bo’lganman. Lekin baribir qidirdim. Aniqki topolmadim…
Ichimdagi bir fikr tinchlik bermayapti: “Halol bo’lsa topiladi…”
Pulim halol ekaniga ishonaman, lekin qaytmasligiga ham ishonaman😂
Qidirib topolmadim, taqdirga tan berdim. 10 daqiqadan oshiqroq boshqa ishlar bilan ovora bo’ldim. Keyin ko’chaga chiqdik va birdan shamol ko’tarilib oyog’im tagidan yo’qolgan pullarim uchib ketdi…
Yosh bolalar yugurib ketishdi, terish uchun. Man hayronman - nahotki…?!
Hamma pullarim qaytdi. Holat bo’yicha hammasi nereal edi. Lekin oliy zot uchun bu qiziq emas - maniki ekan keldi
Ertasi kuni Toshkentga qaytishimiz kerak. Biletlar olingan, pasportlar joyida. Vokzalga reja qilingandan 1 soat oldin bordik. Bemalol o’g’lim bilan o’ynab vaqt o’tkazdik.
Bir payt xodimlar bilan gaplashsak, bizni poyezd 20 daqiqa oldin ketib bo’lgan ekan🤯
Darhol, 10 daqiqadan keyin keladigan poyezdga bilet olishim kerak edi. Bo’lmasa shaharga qaytolmayman va vaziyat yanada jiddiylashar edi
Eski bilet pullari kuygani tabiiy, lekin yangi biletimiz eskisidan 3X qimmatroqqa tushdi. Vaholanki, man hamma sabablarini qilgan edim. Hayotimda hech qachon aeroport yoki vokzalga kech qolmagan edim. Hammasini puxta qilganman. Lekin, Ketishi kerak ekan ketdi. Xulosa olindi.
Nega bu voqeani hozir aytib beryapman? Chunki, xuddi shu mindset bilan 2 oydan beri yashashni boshladim. Hayot nafaqat osonlashdi, balki yaxshilandi ham. Xotirjamlik bo’lyapti. Xohishlarimga yetishim oson bo’lyapti.
Katta mavzu. Qisqa qilishga harakat qildim.
@nasullaevblog | 746 |
| 15 | Katta o’sish katta o’zgarish talab qiladi
Katta o’zgarish esa voz kechish va mas’uliyat talab qiladi.
Voz kechish va mas’uliyat olish nimani talab qiladi? O’zlikni va real xohishlarni anglashni talab qiladi!
Eski fikrlash modelidan voz kechish va yangi mas’uliyatlarni olish yangi daraja va masshtab beradi. | 898 |
| 16 | Daromad ko’payganidan keyin, puldorlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.
Obunchalilar ko’payganidan keyin, mashhurlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.
Ilmiy ish qila boshlasangiz, professorlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.
Mansab zinalaridan chiqa boshlasangiz, rahbarlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.
Bir tarafdan tushunarli.
Odam o’zida yo’q narsaga ko’proq qoyil qoladi.
Boshqa tarafdan, yuqoridagi yutuqlar, oddiy ishlar + omadning natijasi ekanligini tushuna boshlaysiz.
Bitta holat bundan mustasno ekan.
Nafsingiz bilan kurash ko’payganidan keyin, nafsidan g’olib kelganlarga hurmatingiz kamayib qolmaydi. Ko’payib boradi.
Jarayonga kirishmaguncha bu ishni oddiy deb o’ylagan edingiz.
Kirishganingizdan keyin, oddiy ko'ringan odamlarning buyukligi bilinib qoladi. | 796 |
| 17 | Tadbirkor 2 ta masala ustida qancha ko’p bosh qotirsa, shuncha yutishda davom etaverar ekan.
Birinchisi, “qanday qilib hodimlarimni boyitsam bo’ladi?”
Ikkinchisi, “qanday qilib mijozlarimni boyitsam bo’ladi?”
Tamom…
Rahbar, yotsayam tursayam shu savollarni o’ziga berib yursa bo’ldi.
Hodimlarni boyitish deganda birinchi pul tushuniladi. Keyin shahar markazidagi ofis, ahil jamoa, shirin kofe, play station keladi.
Mijozlarni boyitish degandayam birinchi moliyaviy qiymat tushuniladi. Undan keyin, xushmuomala bo’lish, vaqtida javob berish, kabilar keladi.
Ikkisi ham boy bo’lsa, siz avtomatik boysiz.
@shahadolimov | 636 |
| 18 | Maqtov
Inson harakatining eng asosiy drayverlardan biri
Maqtov = Isbot
Menimcha u 2 xil bo'ladi:
1. Arzon maqtov. Gapda - faqatgina gapirib, doim isbotlab yurishingiz kerak
2. Qimmat maqtov. Amalda - uni ko'rib turasiz. Xohlasangiz ham rad etolmaysiz
Men yoshligimdan ikkinchisini qurishga harakat qilib kelaman. (Gapirishni atrofimdagilar darajasida eplolmaganman)
Maqsad: Yakunda, o'zim xohlasam ham rad etolmaydigan darajada kuchli isbot bo'lsin. Shunda gapirishga ehtiyoj qolmaydi.
Let your results speak for you.
Obuna bo'ling: @nasullaevblog | 835 |
| 19 | Avval quray, keyin sotamiz
Bu model qurilish bozorida hozir ishlamaydi
Hozir eng qimmat resurs - YER
Sizda bo'sh yer bo'lsa, tabriklayman.
Agar bu bo'sh yerning hududi katta va joylashuv qulay bo'lsa 2x tabriklayman.
Lekin bu faktlar hoziroq qurilish boshlasangiz boyib ketishingizni anglatmaydi.
Qurilish qilib, yaxshi daromad olishni xohlasangiz, quyida ba'zi foydali lifehack'larni beraman
1. Iloji bo'lsa, o'zingiz qurilish qilmang, sherikchilikda qiling. Faqat hujjat ishlariga e'tiborli bo'ling
2. Qurilishni "o'z hayollaringizga" ishonib emas, bozorni aniq o'rganib boshlang. Sizni yeringiz atrofida qanday loyihani qanaqa uslubda qursa oson va tez sotiladi
3. Agar qurilishingiz sotilishi qiyin bo'lib, xarajatlarni yopishga qiynalishni xohlamasangiz kiimningdir maslahati, buyrug'i yoki o'z tahminlaringizga ishonib qurilish boshlamang. Bozorni o'rganib, aniq konsepsiya bilan ish boshlaganlargina yaxshi daromad qilishmoqda
Bu oxirgi bir necha kundagi bozor analizi asosida chiqargan xulosalarim. Lifehack'lar maksimal darajada qisqa, lekin juda qimmat.
Obuna bo'ling: @nasullaevblog | 1 090 |
| 20 | Biznes egasi 2 ishni zo’r qilsa bo’ldi:
1. Marketing - mijozlarni muammosini tushungan holda ularga iqtisodiy effektiv bo’lgan product ishlab chiqish.
2. Rekruiting - maqsad qilingan productni bozorga olib kirib, ishlab chiqarish jarayonini realizatsiya qila oladigan kuchli jamoa yig’ish.
Agar to’g’ri jamoa yig’ilsa ularni boshqarish kerak emas, o’z o’zini boshqaradi ular
Sotuvdan qo’rqilmaydi, kuchli product o’z o’zini sotadi
Biznesdagi istalgan muammoning ildizi aynan shu 2 bo’limdan bittasiga borib taqaladi
@nasullaevblog | 835 |
