Aziz Rahimov
📈 Analytical overview of Telegram channel Aziz Rahimov
Channel Aziz Rahimov (@azizrakhimov_blog) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 58 220 subscribers, ranking 2 911 in the Education category and 1 243 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 58 220 subscribers.
According to the latest data from 25 August, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 126 over the last 30 days and by -10 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 103.78%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 39.24% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 60 420 views. Within the first day, a publication typically gains 22 848 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 0.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Bog’lanish uchun: @rahimov_aziz
Reklama olmaymiz.”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 26 August, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 26 August | +2 | |||
| 25 August | +13 | |||
| 24 August | +28 | |||
| 23 August | +25 | |||
| 22 August | 0 | |||
| 21 August | +71 | |||
| 20 August | +19 | |||
| 19 August | +14 | |||
| 18 August | +15 | |||
| 17 August | +42 | |||
| 16 August | +33 | |||
| 15 August | +11 | |||
| 14 August | +30 | |||
| 13 August | +3 | |||
| 12 August | +8 | |||
| 11 August | +14 | |||
| 10 August | +15 | |||
| 09 August | +25 | |||
| 08 August | +21 | |||
| 07 August | +41 | |||
| 06 August | +51 | |||
| 05 August | +18 | |||
| 04 August | +26 | |||
| 03 August | +81 | |||
| 02 August | +19 | |||
| 01 August | +25 |
| 2 | Mandat javoblari chiqdi.
Talaba bo‘lganlarning ba’zilari hamma ishni tashlab o‘qiganlari yaxshi.
Boshqalari esa, universitetga qatnab tursalar ham yetadi.
Yana boshqalari esa, kirgan bo‘lsalar ham, o‘qishni davom ettirishmasa yutishadi.
Bizga shularning qaysi biri mosroqligini bilish,
Mandatdan keyingi hayot,
Talabalik nasib qilmaganlarning yo‘l xaritasi
va boshqa mavzular haqida do‘stlarimiz Abdusattor va Temurbek bilan yangi videoda gaplashdik. | 52 275 |
| 3 | Yana bir o‘quv yili tugadi.
Maktabimiz natijalari bilan bo‘lishamiz.
Hozircha bitiruvchilarimizning 94 foizi talaba bo‘ldi.
Lekin, faqatgina talaba bo‘lish bilan hozir kimni hayron qoldira olasiz?
104 ta bitiruvchimizdan:
28 tasi 100 foizlik
44 tasi 50+ foizlik
10 tasi qisman grant bilan talaba bo‘lishdi.
Qolganlari shartnomaga kirdi yoki javobini kutyapmiz.
104 ta bitiruvchimizning 99 tasida kamida bitta fan yoki til sertifikati bor.
Bu yilning o‘zida o‘quvchilarimiz:
113 ta IELTS, 34ta SAT, 91ta CEFR, 10 ta AP Calculus & Statistics va 49 ta Milliy matematika sertifikati olishdi.
4100 ta kitob o‘qib topshirishdi.
O‘nlab olimpiadalardan sovg‘a bilan qaytishdi.
Boshlang‘ich sinflarimizda kumon matematika tizimi joriy qildik. 50% o‘quvchilarimiz mavzudan bir yil oldinga o‘tib ketishdi.
Ota-onalar roziligini 87% ga olib chiqa oldik.
Ustozlarimizda yildan-yilga qolish 90.2% ga chiqdi.
O‘quvchilarimizning 87 foizi kelasi yil uchun shartnoma tuzib bo‘lishdi. (Eng birinchi kampusimizda 91%)
O‘zimizda ishlab, o‘zimizda farzandini o‘qitayotganlar soni 61 taga yetdi.
Endi biz ham ayta olamiz:
Maktabni o‘zimiz uchun yurityapmiz, sizlarga ham ilindik. | 70 022 |
| 4 | Pul (yoki mukofot) berib kitob o‘qitish foyda beradimi?
Ayni shu savolni Garvard ta’lim iqtisodchilari ham berishgan edi.
250 ta maktabda 10 mln dollar sarflab, tekshirib ham ko‘rishdi.
2$ gina mukofot olgan bolalar 40% ko‘proq kitob o‘qishgan.
Mukofot to‘xtaganidan keyin ham, odatlari saqlanib qolgan.
Ko‘p kitob o‘qish yo‘lida ikkita asosiy to‘siq bor:
1. Odatlanmaganlik
2. Lug‘at kichikligi sabab tushunmaslik.
Mukofotga qiziqib, muntazam o‘qish, ikkisiga ham yechim bo‘la oladi. | 79 222 |
| 5 | Parallel muhitda 150 tadan oshiq insho yozdik.
Ibrohim turmush qurish haqidagilarini tartiblab, bir joyga to'plabdi.
O'n yil oldin o'zim ham shunday qo'llanmani qidirgan edim.
Yoshlarga foydasi tegib qolar:
turmusht.uz | 60 084 |
| 6 | Bog’cha ochish bo’yicha savollar so’rab turishadi.
Eng ko’p takrorlanadiganlarini yig’ib do’stimiz Jasurbek bilan darslik yozdik.
Bog’cha ochmoqchi bo’lganlarga foydali bo’ladi.
Ancha xatolardan saqlab qoladi. | 42 469 |
| 7 | O‘quvchilarimiz qaytib kelganda xursand bo‘lib ketaman.
Ichimdan fikr o‘tadi:
Demak, birinchi tanlovlari tasodifiy yoki majburiy bo‘lmagan ekan.
Hamkasblarimiz qaytib kelganda, xursand bo‘lib ketaman.
Demak, ishxonani yaxshi ko‘rib ishlashgan.
Vatan, umr yo‘ldosh, hamkasb, do‘st, ustoz uchun ham eng yaxshi maqtov shu bo‘lsa kerak:
Sizni yana boshqatdan tanlagan bo‘lar edim. | 90 442 |
| 8 | Biror ma’lumotni o‘qiyman.
Xuddi shu ma’lumotni kimdir gapirib beradi.
Gapirib bergani yaxshiroq esimda qoladi.
Sababi haqida o‘ylab qoldim.
Topdim shekilli:
Suhbatlarda hissiyot qo‘shiladi.
-“Menga gapiryapti” deb yaxshiroq eslab qolamiz.
Shu kuzatuvdan matn o‘qish uchun ham layfxak chiqib kelyapti:
-“Men uchun yozgan” deb o‘qish.
Bu usulda o‘qisak, odatdagidan ko‘proq xafa bo‘lishimiz mumkin.
Hechqisi yo'q.
Chunki maqsadimiz ham shu:
Ta’sir qilgani uchun eslab qolish. | 89 947 |
| 9 | Ishga olish suhbatlarida ko‘p qatnashganman.
Oldingi ishxonasi haqidagi fikriga qarab, suhbatdoshlar ikkiga bo‘linar edi.
Minnatdor bo‘lganlar:
“Buni o‘rgandim, ko‘p odamlar bilan tanishdim, mana bu ishlarni qildim” deyishadi.
Noshukur bo‘lganlar:
“Qadrimga yetmadi, mendan kuchsizni rahbar qilishdi, umrim ketdi” deyishadi.
Ilk suhbatlarim 2018-yilda boshlangan edi.
Demak, javoblarga qarab, oqibatlar haqida xulosa qila olamiz.
Minnatdorlarning holati yaxshilandi. Rahbar, tadbirkor, inflyuyenser bo‘lib ketganlar ham bor.
Noshukurlarning darajasi uncha o‘zgarmadi. Tepaga chiqqanlari ham ozginadan keyin qaytib tushishdi.
Tabiatimizga shukr qilish emas, cheksiz xohishlar xos.
Ba’zilar shu tabiatiga qarshi chiqib, minnatdor holda yashaydi.
Keyin hayot minnatdor bo‘lish uchun yana sabablar taqdim qiladi.
Bundan ikkita xulosa olamiz:
Noshukurlarni ishga olmang. Ko‘tarilmaydigan xodimni nima qilasiz?
Shukrni ko‘paytiring. Noshukur bo‘lsangiz, yutqazasiz. | 135 292 |
| 10 | "Amal qilishga ulgurmasam, o’qib nima qilaman?"
Shunday o’ylab, o’qimay qo’yadiganlar bor.
Bu fikrga uchta e’tirozim bor:
1- Amal qilish uchun o’qish yetarli emas. Yodlash ham kerak. Esimizda turgan narsaga amal qilishimiz ehtimoli 50%. Esimizda turmasa 0%. Demak, amal qilishga ko’p o'qish emas, o'qiganimiz esimizda turmasligi xalaqit beradi.
2- Fizika-matematikani maktab paytida o’qiymiz. Ehtiyojdan ancha oldin. Iqtisod va tarix fanlari bilan ham shunday. Chunki ehtiyoj kelganda, o’qishga vaqt topilmay qoladi.
3- Yodlamasak ham, ishlatmasak ham, har bir o’qigan narsamiz tafakkurimizni kengaytiradi. SI tufayli tafakkur torayishi jarayonida, bu bizga cheksiz ustunliklar beradi. | 57 483 |
| 11 | Daromad ko’payganidan keyin, puldorlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.
Obunchalilar ko’payganidan keyin, mashhurlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.
Ilmiy ish qila boshlasangiz, professorlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.
Mansab zinalaridan chiqa boshlasangiz, rahbarlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.
Bir tarafdan tushunarli.
Odam o’zida yo’q narsaga ko’proq qoyil qoladi.
Boshqa tarafdan, yuqoridagi yutuqlar, oddiy ishlar + omadning natijasi ekanligini tushuna boshlaysiz.
Bitta holat bundan mustasno ekan.
Nafsingiz bilan kurash ko’payganidan keyin, nafsidan g’olib kelganlarga hurmatingiz kamayib qolmaydi. Ko’payib boradi.
Jarayonga kirishmaguncha bu ishni oddiy deb o’ylagan edingiz.
Kirishganingizdan keyin, oddiy odamlar buyuk ko’rina boshlaydi. | 104 258 |
| 12 | Dars berish bilan jiddiy shug‘ullanib ko‘rganlar biladi:
Natijaga qobiliyat yetmasligi to‘siq emas. Xohish yetmasligi asosiy to‘siq bo‘ladi.
Makarenko ham buni bilar edi. Shu sababli banditlardan muhandis va shifokorlarni chiqargan edi.
Suxomlinskiy ham buni bilar edi. Shu sababli aqli pastlardan a’lochilarni chiqara olgan edi.
Fizik Devid Doytch ham shuni aytyapti: Hamma matematikani o‘qiy oladi. Yetarlicha qiziqsa, xohlasa bo‘ldi.
Xohish yetishmaydigan zamonda yashayapmiz.
Ta’limdagi o‘zgarish ham sun’iy intellektdan kelmaydi. Bepul darslik va eng zo‘r onlayn ustozlar anchadan beri bor.
Bizga xohlatadiganlar, qiziqtiradiganlar yetishmaydi.
Xohishlar qayerdan keladi?
Atrofimizdan.
Yonimizdagilar xohlayotgan narsani xohlashni boshlaymiz.
Ulardagi narsaga erishishni istab qolamiz.
Rene Jirar buni Mimesis deb atagan edi.
Demak,
Bir narsaga erishmoqchimisiz?
Xohishni kuchaytiring. Qolgan usullarni ishlatish uchun ham xohish kerak.
Xohishni kuchaytirmoqchimiz?
Kuchli xohlayotganlar oldida yuring. | 145 085 |
| 13 | Ko‘proq ishlarga ulgurishni xohlaymiz.
Yechim izlaymiz.
Topish uchun navbatdagi kitobni tugatib chiqishimiz mumkin.
Youtubeda yana bir videoga bosishimiz mumkin.
Ulgurish muammosiga uchramaydigan SI dan maslahat olishimiz mumkin.
Yoki ming yillardan beri sinalgan usullarni tanlashimiz mumkin:
Seneka: Kechga borib ishlarimni tahlil qilaman.
Hazrati Umar (r.a): Hisob-kitob qilinmasdan, o‘zingizni hisob-kitob qiling!.
Biznes tilida buni reja-fakt deyishadi.
Ertalab “Nima qilmoqchiman?” deb yozib chiqamiz.
Kechqurun “Nimalar qildim?” deb yozib chiqamiz.
Qila olmaganlarimizning sabablarini tahlil qilamiz. | 62 816 |
| 14 | 🟢 Rahimov School Ibn Sino filiali Tarbiyaviy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimiga nomzodlarni saralamoqda!
Ushbu lavozimga yoshi 35 va undan yuqori bo'lgan ayol nomzodlar ko'rib chiqiladi.
🟢 Ish sharoitlari:
🟢 Oylik maosh: 15 - 20 mln
— Oyda 2 marta maosh olish - avans va oylik (barqarorlik kafolatlanadi)
— Har o'quv yili oshirib boriladigan ish haqi
— Mehnat kodeksiga muvofiq mehnat munosabati
— To'liq ish kuni, 6/1
— Farzandingiz maktabimizda o‘qishiga har oy 3 100 000 so'mgacha chegirma
— O'zingiz va farzandingiz uchun oylik saqlanadigan kasallik ta'tillari
— Oshxonamizda rejim bo'yicha protein,vitamin va minerallarga boy nonushta,tushlik,tolma choy
— 8 kishidan iborat tarbiyachi kuratorlar jamoasiga rahbarlik qilish
— 20K nomzodlar ichidan saralanib olingan professional hamkasblar
— Alohida, keng va shinam xona
— Hurmatga asoslangan, sokin va professional ish muhiti
— Kasbga oid kurs va treninglar to'lovi maktab tomonidan qoplanadi
— Muntazam maktab asoschilari tomonidan trening va kurslar
🟢 Sizdan kutiladi:
• Yoshi 35 va undan yuqori bo'lgan ayol nomzodlar
• Jamiyatga yoshlarga ta'lim va tarbiya berib hissa qo'shishga bel bog'lagan
• Oliy ma'lumotli:
— Nizomiy nomidagi TDPU
— O‘zbekiston Milliy universiteti
— Xalqaro Islom Akademiyasi
— Pedagogika yo‘nalishidagi boshqa davlat OTMlari
• Tarbiya, bola psixologiyasi, ta'lim sifatini tushunish
• O'qituvchilik hamda sinf rahbarlik tajribasi ustunlik beradi
• O'quvchilarni ruhlantira oladigan yutuqlarga ega bo'lish
• Xodimlarni boshqara olish qobiliyati
• Jamoada ijobiy muhit yarata olish
• Chet tillarni bilish ustunlik beradi (rus yoki ingliz tili)
🟢 Asosiy vazifalar
• Maktabdagi o’quvchilarning ma’rifiy va tarbiyaviy masalalariga ma’sul bo’lish
• Zarur hollarda individual yondashuv asosida o‘quvchilar bilan suhbat va tarbiyaviy ishlar olib borish
• Kurator va tarbiyachilarni samarali foaliyatini ta’minlash
• O’quvchilarning ota-onalari bilan suhbatlashish, zaruriy tavsiyalar berish
• Psixologlar bilan hamkorlikda o'quvchini maktabdagi faoliyatini nazorat qilish
🟢 Ishga kirish uchun
— Arizangizni botdagi «Qaynoq ish o‘rinlari 🔥» tugmasini bosish orqali qoldiring: @rahimovschool_jbot
Vakansiya va foydali ma'lumotlar kanali - Ta'lim bering | 53 319 |
| 15 | Daromadni ko‘paytirishning oddiy usuli bor.
Skot Adams tavsiya qilgan.
Ko‘nikmalar va tushunadigan sohalarni ko‘paytirish.
Faqat o'z yo‘nalishimiz bilan cheklanib qolmaslik.
Bittagina ishni qila oladigan ikkita odamdan (masalan, sotuvchi va o‘qituvchi)
Ikkita ishni qila oladigan bitta odam qimmatroq bo‘ladi. (Sota oladigan o‘qituvchi, boshqara oladigan dasturchi)
Ikki barobar emas.
Uch barobar qimmatroq.
Chunki ikkita odam hali o‘zaro gaplashishi kerak.
Kelisha olishi kerak.
Bu vaqt oladi.
Odam o‘zi bilan esa daqiqasiga 4000 ta so‘z tezligida gaplasha oladi.
G‘oyani davom ettirsak-chi?
O‘nta ko‘nikmasi bor va o‘nta sohani tushunadigan odam bo‘lsa-chi?
Bunga erishish vaqt oladi. Sabr qilib, erisha olgan yuz barobargacha qimmatroq bo‘ladi. | 60 421 |
| 16 | Qanday qilib bolani taqiqsiz tarbiya qilish mumkin?
"Alohida mavzu" jamoasi ko‘plab tomoshabinlarimiz kutgan “Farzand tarbiyasi” suhbatining 2-qismini tayyorladi! Ushbu sonda Hasanxon qori va Aziz Rahimov bilan bolalar tarbiyasining eng nozik jihatlari haqida suhbatni davom ettirdik.
Suhbat davomida siz:
- Nega bolalarga taqiq qo'ymaslik kerak?
- Bolalarga do'stlaridan misol keltirish to'g'rimi?
- Nega farzandimiz bizga o'xshashiga undamasligimiz kerak?
- Qaysi ayblarni bilmaganga olishlik kerak?
- Qanday qilib yomon xulqli bolani o'zgartirish mumkin?
- Farzand tarbiyasida jazo qanday qo'llaniladi?
- Farzand kamoli uchun sarflangan pul muhimmi yoki vaqt?
Shu kabi savollarga javob olasiz!
📌 Bu suhbatni har bir ota-ona ko'rishi shart. Ko'ring va yaqinlaringiz bilan ham ulashing: https://youtu.be/7FetZ1DrhFY
@alohidamavzu | 64 367 |
| 17 | Ramazon hayiti katta bayramlarimizdan.
Nishonlashimiz sababi esa ramazon tugaganiga xursand bo'lganimizdan emas.
Mo'minlarda rahmat oyi tugashidan xafalik ham bo'ladi.
Yaqinimizni chet elga kuzatgandek bo'lamiz. Ham xursandmiz. Ham xafa.
Nishonlashimiz mag'firat umididan.
Ahmad ibn Hanbal aytganlaridek – haqiqiy hayit haqiqatdan mag'firat bo'lganlarniki.
Ramazon davrida o'zgara olganlarniki.
Shu rahmat oyida orttirgan odatlarimiz, ichki holatimiz keyingi ramazongacha yetib borsin.
Umrimiz oxirigacha yetib borsin.
Omin.
Ramazonni foydali o'tkazganlarga ramazon hayiti muborak! | 90 291 |
| 18 | Telefonimiz batareyasi ~2 soatda to’ladi.
Keyin kun bo’yi ishlatib yuramiz.
8-10% vaqt quvvat olish uchun ketar ekan.
Ramazon ham shunday oy.
Kam ovqatlanamiz. Kam uxlaymiz.
Nazariyada quvvatimiz kamdek bo’lishi kerak.
Aslida esa, butun yilga yetadigan quvvat olamiz.
Yilning sakkiz foizi, qolgan qismini ushlab turadi.
Ramazonda bir kunda 2-3 kunlik ishlarni bitirib olaman.
Kunlarda baraka bo’ladi.
Tanam qiynalsa ham, ruhim dam oladi.
Odamlarning tuzilishini bir xil deb olsak,
Boshqalarda ham shunday bo’lsa kerak.
Ramazon muborak. Quvvat oyi muborak! | 104 289 |
| 19 | Matematikada kuchli bo‘lsangiz, faqat matematikada kuchli emassiz.
Diqqatni bir joyga yig‘a olasiz, uzoq dars qilib o‘tira olasiz, muammolarni hal qilishni yaxshi ko‘rasiz.
Bu qobiliyatlarni qattiq ushlasangiz, katta natijalar keladi, nasib.
Faqat, qobiliyatlarni ushlash hammaga ham oson bo‘lmaydi.
Ba’zilarda o‘z maktabida chuqurlashishga erkinlik yo‘q.
Ba’zilarda kuchli ustozlarga borishning imkoni yo‘q.
Ba’zilarda birga dars qiladigan do‘stlar yo‘q.
Ba’zilarda o‘qishga sharoit yo‘q.
Ro‘yxatda o‘zingizni ko‘rdingizmi?
Sizga yangiligim bor.
Biz 5-8-sinflar o‘rtasida Rahimov Matematika Olimpiadasini o‘tkazyapmiz.
G‘oliblarni bitirgunlaricha eng kuchli ustozlarda bepul o‘qitamiz. Yotoqxona beramiz. Boshqa xarajatlarini ham qoplaymiz.
Maqsad – IMO jamoasini tashkil qilish.
Qatnashish bepul, o‘zingizni sinab ko‘ring. Havola mana bu yerda.
Ha aytgancha, postni yutishi mumkin bo‘lganlar va ularning yaqinlariga jo‘nating.
Tarqatish kichkina ish demang.
Bilib bo‘lmaydi balki, kimningdir muvaffaqiyat kemasiga shamol bo‘lib qolarsiz! | 151 788 |
| 20 | 🟢Rahimov School yanvardan 6 oylik HR amaliyot dasturini boshlamoqda
Bu yerda siz:
— HRga oid darslarda qatnashasiz
— Akademik va ma'muriy xodimlari rekruting jarayonining asosiy bosqichlarida faol ishtirok etasiz
— Nomzodlar bilan dastlabki suhbatlar va baholash jarayonlariga bevosita jalb qilinasiz
— Yangi xodimlar uchun moslashuv (adaptatsiya) jarayonlarini ishlab chiqish va takomillashtirishda qatnashasiz
— 300 ga yaqin xodimlar boshqaruvida ishtirok etasiz
— Aniq maqsad va o‘lchanadigan natijaga ega HR loyihalarini mustaqil olib borasiz
🎯 Nega aynan Rahimov School?
✔️ HR mentor bilan individual ishlash
✔️ O‘qish bilan bemalol uyg‘unlashadigan moslashuvchan amaliyot jadvali
✔️ Haqiqiy keyslar asosida shakllangan professional portfel
✔️ Aziz Rahimov bilan alohida suhbatlar
✔️ Rasmiy tafsiyanomaga ega boʻlasiz
✔️ Saralanib olingan mutaxassislar bilan networking
✔️ Maktab hududida bepul issiq tushlik
Amaliyotga 3 nafar ishtirokchi tanlab olinadi.
💰 Yozda esa 1 nafar ishtirokchi ish bilan ta’minlanadi. Oylik maoshi esa 7 mln + KPI ≈ 10 mlnni tashkil etadi.
Agar odamlar bilan ishlashni yoqtirsangiz va 6 oyda haqiqiy HR tajribasini olishga tayyor bo‘lsangiz.
AMALIYOT DASTURI HAQIDA BATAFSIL MA’LUMOT
👉 HR botga o‘ting va so‘rovnomani to‘ldiring. Arizalar 01.02.26 sanagacha qabul qilinadi. | 21 704 |
