en
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Open in Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Show more
5 060
Subscribers
+224 hours
+227 days
+2330 days
Posts Archive
Repost from Yusuf Abdurakhimov

#Eslatma O'zbek tilidagi barcha maqolalarim, podkastlar va boshqa manbalarni ushbu menyudan topib olasiz. Yangi maqola, podkastlar chiqsa menyuga albatta qo'shib boriladi. InshaaAlloh Share qilishingizga qarshi emasman. Bemalol ulashavering. 😉 @JoshDeveloper

Ishsizlik Ko'pchilik dasturlashga kirgan insonlarda uzoqroq va qiyin davom etadigan bosqich bu - ishsizlik davri. Ya'ni, o'quv markazini bitirib yoki biror texnologiyalarni mustaqil o'rganib, ish topadigan davr. Bu davr ba'zilarda tez o'tadi. Ammo, ko'pchilikda uzoq vaqt davom etadi. Shu davr haqida o'zimni fikrlarimni aytsam. Keling ish topishda ba'zi qoidalar va ularga sharxlar bilan tanishamiz: 1. Ish talablariga kamida 70% javob bermaguningizcha, 90% kompaniyalar sizga ish bermaydi. Ha, kompaniyalar talab qilgan ma'lum bir texnologiyalar, bilim va ko'nikmalarsiz ishga kirishni orzu qilishni maslahat bermayman. Bu talablarga kamida 70% javob bersangizgina ish qidiring. Bo'lmasa, yo'nalishingiz va darajangizga qanday talablar borligini o'rganib chiqib, shularni o'rganing va bo'shliqni to'ldiring. So'ng yana ish qidirishga qayting. 2. Sababini qilmaguncha, natijani orzu qilmang. Yohud, ish topishga rostan harakat qiling. Iymon, namoz va boshqa ibodat-u yaxshi amallar qilmasdan Jannatni orzu qilib yurish xato bo'lgani kabi, bizning holatda ham ishga yetkazadigan omillarni qilmasdan, Allohdan yaxshi ish berishini kutish biroz xato. Bilimingiz yaxshi bo'lsa-yu, ish topa olmayotgan bo'lsangiz, demak ana shu omillarga urg'u berish payti keldi. Ya'ni, - chiroyli resume yasash, - linkedin.com, djinni.co, hh.uz va boshqa platforma, telegram kanallar kabi joylardan ish qidirish, o'z profilingizni juda namunali qilish kabi omillarga e'tibor qarating. Agar tepadagi platformalarning ba'zisida ajoyib profil yasab, recruiter'larni o'ziga tortadigan qilsangiz, sizni o'zlari topib olishadi. O'zingiz chiqsangiz ham bo'ladi. Qolgan omillari esa chiroyli muomala va bilimingizni yaxshi ko'rsatib berishingiz xolos. Shulardan ham keyin yaxshi ish topa olmayotgan bo'lsangiz, qiyinchiliklar davom etayotgan bo'lsa, chiroyli sabr qiling. Ba'zan Alloh bizga shunday sinovlar beradi. Undan chiroyli sabr qilib, umidni so'ndirmasdan, harakatni to'xtatmasdan o'tib olsangiz, uyoqi xohlaganingizdan ham go'zalroq bo'ladi. Ishonavering. Siz ilm olishni va harakat qilishni to'xtatmasdan davom eting. Natijasiga rozi bo'lasiz aniq inshaaAlloh. Shu va shu kabi mushkullarda, ushbu oyatlarni esingizda saqlab yuring. «Albatta, Biz sizlarni bir oz qo‘rqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber. Ular musibat yetganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz», derlar». Baqara 155-156 @JoshDeveloper

Weekend hazili 😉😄 #joke P.s: Rasmdagi holatni hayotingizda takrorlash maslahat berilmaydi. @JoshDeveloper
Weekend hazili 😉😄 #joke P.s: Rasmdagi holatni hayotingizda takrorlash maslahat berilmaydi. @JoshDeveloper

Finally Weekend 🌚 Muommolar to'la ish atmosferasidan Weekend atmosferasiga chiqib ham oldik. 😋 Kimda qanday rejalar bor ? Weekend'ni dasturlashdan tashqari qanday mashg'ulotlar bilan o'tkazasiz ? (Except sleeping 😴) @JoshDeveloper

🗣MADAD foundation tomonidan hamyonbop IELTS kursi: Duration: 3 months Fee: 100.000 UZS Format: ONLINE 🌐 Teacher: Nodir Murt
🗣MADAD foundation tomonidan hamyonbop IELTS kursi: Duration: 3 months Fee: 100.000 UZS Format: ONLINE 🌐 Teacher: Nodir Murtozayev (7.5) 👨‍🏫Guest teachers: Jurabek Sanokulov (8.5) Sirojiddin Rahmatullayev (8.0) Loyiha maqsadi: ➡️O'zbekiston yoshlariga hamyonbop va yuqori sifatli onlayn kurslarini taklif qilgan holda, tushgan daromadning 100%ni mahalliy kam ta'minlangan oilalar uchun oziq-ovqat sotib olishga hamda ularning farzandlarining sifatli ta'lim olishiga ko'maklashishga sarflash! Kursga ro'yxatdan o'tish 👇 @madadfoundationadmin Loyiha haqida to'liqroq ma'lumot uchun www.madadfoundation.uz

pnpm Boya npm bilan muommolarga duch kelib turgandim, pnpm ishlatib muommoni hal qildim. Shu paytgacha qiziqib ko'rmagan ekanman bu haqida. npm dan tez ishlar ekan. Yarn'dan tez bo'lmasa kerak degandim. Adashibman. Ustunlik tarafi, pnpm package'larni global store'da saqlar ekan. Keyingi safar shuyerdan olib oladi. npm va yarn esa unday emas, birhil package'ni nechta loyihada ishlatgan bo'lsangiz, hammasiga alohida install qilib chiqadi. Chuqurroq o'rganish uchun ushbu maqolani o'qib ko'rsangiz bo'ladi: https://medium.com/pnpm/why-should-we-use-pnpm-75ca4bfe7d93 Post foydali bo'lgan bo'lsa, share qilishni unutmang 😉 @JoshDeveloper

Juniorlikdan Seniorlikkacha degan mavzuda bir yaqinimizni kanalimizga suhbatga chaqirmoqchiman. InshaaAlloh Sizga qiziqmi ? (No option except yes!) Kimligini tahmin qiling. 😉 P.S: Keyingi hafta oxirlariga rejalashtiryapmiz. Kanalda e'loni chiqadi. inshaaAlloh @JoshDeveloper

Suhbatlashmaganimizga ham ancha bo'libdi. "Ask me anything" qilib yuboramizmi ? :) (except salary 😄) Kommentda xohlagan savolingizni bering. Ma'qul ko'rganlarimga javob beraman. InshaaAlloh. @JoshDeveloper

Design Patterns mavzusiga Farhod Dadajonov ham darslarni boshlaganlarni hozir bilib qoldim. (Kommentda) Marhamat, pleylist linkini qoldiraman. https://youtube.com/playlist?list=PL_WK6W0Gn1I6IM4WkC7B62mdslDdhH2fY @JoshDeveloper

Design patterns Design patterns bu dasturlarda tez-tez uchraydigan muommolarga umumiy javoblar. /* - - - Buyerda design patterns haqida ajoyib ma'lumotlar bo'lishi mumkin edi. - - - */ Hozircha ushbu video pleylistni tavsiya qila olaman. O'zim bir zamonlar ancha foyda olgandim. Esimdan chiqibdi katta qismi. Shu pleylistni sizlarga ham ulashyapman, marhamat(tashlab qo'ymay o'rganing-a 😉): https://www.youtube.com/playlist?list=PLZlA0Gpn_vH_CthENcPCM0Dww6a5XYC7f @JoshDeveloper

Yaxshi savol qanday bo'ladi ? Aslida bu narsani aytmasa ham bilishingiz kerak. Ammo ko'pchilik negadir savol berish madaniyatini hech o'rgangisi kelmaydi. Buni allaqachon Muhammadjavohir aka ham quyidagi postlarida tushuntirganlar. https://t.me/mayoquz/2154 Ammo qo'shimchasiga biror texnik muommoga savol uchun quyidagi format shaxsan o'zimga yoqishini aytmoqchiman: «Assalaamu alaykum. Sizdan bir narsani so'ramoqchi edim, qarshi bo'lmasangiz. X texnologiyasida ishlayotganimda, Y xato chiqib keldi. O'zim qidirib, T, R, U yo'llarini sinab ko'rdim. Ammo foydasi bo'lmayapti. Quyida xatoliklar va o'zimning kodlarim. Vaqtingiz bor payti ko'rib bera olasizmi ? Katta rahmat» (kodlar va xatoliklar rasmini tashlaysiz) Kommentda zo'r rasm bor siz uchun. 😉 @JoshDeveloper

Xafa bo'lmang. (Yohud to'g'ri savol bering) Dasturchi sifatida internetda ko'p insonlar bilan aloqada bo'lamiz, savollar so'raymiz. Hozir aytmoqchi bo'lgan narsam, shu savol so'raganingizda kutgan javobni olmasangiz, yoki umuman javob olmasangiz xafa bo'lmang. Oxirgi kunlar o'zimda shu narsa ko'p bo'lyapti. Ko'pchilik yozadi, aytarlik yaxshi javob berolmayman ba'zida. Chunki, ba'zan oilaviy muommolar bilan telegramga kirgan bo'laman, ba'zan 2-3 daqiqaga kirgan bo'laman, ba'zan ishdagi yoki ko'chadagi muommolar bilan kirib qolaman. Kirsam, katta bir savol kelgan bo'lsa, javob berish ko'p vaqtni oladi. Shu holatda biroz xafa qilib qo'yganlarim ham bo'ldi. Shu sabab bularni yozyapman. Insonlar hardoim ham birxil bo'la olmaydi. Vaqti ham hardoim bemalol emas. Savollarni iloji boricha qisqa va lo'nda bering. Savol bersam bo'ladimi deb kutish shart emas. Kimgadir savol bermoqchi bo'lsangiz 99% holatda savol berishingizga ruhsat beradi. Siz esa vaqtni ketkazmasdan savolni yozib yuboravering. Savol ham tushunarli, ham qisqa bo'lsin. Savolingizga savol bilan murojaat qilinadigan bo'lsa, demak to'liq yaxshi savol emas. O'zgalarni va o'zingizni vaqtingizni qadrlang va o'zgalarni to'g'ri tushuning. @JoshDeveloper

Repost from Umar Sadullayev
Everyone can have a bad day or bad moments. Inglizlarda shunday ma'noda gap bor. Har kimni yomon kuni yoki lahzalari bo'lishi mumkin. Ba'zan kuningiz omadsizliklarga boy, ko'ngilsizliklar kutib turgan va xatolarga to'la bo'lishi mumkin. Ishlaringizda muommolar ko'payib chiqishi mumkin. Ammo hamma kuningiz ham shunday bo'ladi degani emas. Shunday kunlar va lahzalarda, o'zingizga taskin berish uchun ishlatsa bo'ladigan so'zlarni yozdim tepada ) Ko'p tajribadan o'tgan 😉 Ayniqsa dasturchilarga "bug"li kunlarida juda asqotadi 😄 (Demak harkuni asqotarkanda 🌚) @UmarSadullayev

.Net va Angular Bu ikkisini vakansiyalarda birga ko'raverib-ko'raverib, "Nega shu ikkisi birga ishlatilaveradi ?" deb so'ragan bo'lsangiz ajab emas. Nega .Net dasturlariga Angularni mos ko'rishadi ? Chunki, 1. Angular backend'chi uchun tushunarli va ajoyib strukturaga ega. 2. Angular TypeScript'da yozilgani. Ushbu .Net dasturchilari uchun juda TS ancha oson. Chunki C# va TypeScript sintakslari o'xshash. 3. Angular .Net kabi haqiqiy freymvork. Ikkisi ham "built-in features"ga boy. Shunchaki ishlatsa bo'ldi. 4. Ikki freymvork ham dasturlarni tuzishda OOP va MVC'ga e'tibor qaratgan. 5. Angularni man ishlatamanda. 🤓 Shunaqa gaplar ...) @JoshDeveloper

Repost from Umar Sadullayev
Ustozlar kuni Harbirimizni shu paytgacha erishgan yutuqlarimizga Alloh sababchi qilib qo'ygan insonlar bor. Ular ichida eng martabasi ulug'i bu ustozlar. Hozir shu so'zlarimni o'qiy olishingiz ham bir ne'matki, Alloh buni ustoz orqali bergan. O'zingizda bor bo'lgan ilmni negiziga qarasangiz, ustozlarni topasiz. Kamida shu ilmni yozib ketishganki, siz ulardan foydalanib o'rganyapsiz. Ilm ulashuvchilar darajasi jamiyatda ulug'(bo'lishi kerak). Tabriklamasangiz ham, bugun namozlaringizda barchasining haqqiga duo qiling. Zero, Alloh ularni boshimizdan olsa, johil xolimizda qolishimiz katta ehtimol bilan turgan gap edi. Boringiziga shukur ustozlar 😊 1 - oktabr, ustozlar kuni muborak 🎉 @UmarSadullayev

Chet tilini bilishni ish topishdagi o'rni qanday ? Boshlanishiga uncha sezilmaydi. Ammo vaqt o'tib, til bilgan dasturchilar sizdan 2 karra ko'proq oylikli ishlarga joylashayotganini ko'rib, ko'p narsani yutqazganingizni anglaysiz. O'zbekiston bozori bu O'zbekiston bozori. Jahon bozori esa Jahon bozori. Maslahatim sekin til o'rganishni boshlang. Eng yaxshisi ingliz tili. Rus tili bilsangiz katta "+" bo'ladi. Ammo asosiysi baribir ingliz tili bo'lib qolaveradi. @JoshDeveloper

Compression mavzusini bir g'ayratli birodarimiz o'zbek tiliga o'giribdilar. Marhamat: https://telegra.ph/Saytingizni-GZIP-compression-orqali-optimallashtirish-09-29 Alloh rozi bo'lsin. @JoshDeveloper

Repost from Murshid Academy
Murshid Akademiyasi o'z faoliyatini boshladi! Siz Murshid akademiyasida quyidagi ta'limlarni olishingiz mumkin: •Qadriyatli Marketing - SMM + (Nazariy bilim va ko'nikmalar bilan birga amaliy bilimlar ham o'rgatiladi) - Targeting (Facebook va instagram) - Islom moliyasi (Sherikchilik, Muzoraba, Murobaha, Ijara, Istisno' Savdolari o'rgatialdi) •Arab tili - Fonetika (O'qish va yozish) - Grammatika (so'zlashuv) -Grammatika (Sarf va nahv) - Mantiq va balog'at fani - Cefr (Oqituvchilikka tayyorlov) Manzil: Olmazor tumani, Nodira ko’chasi 64v-uy Mo’ljal: Sebzor chorahasidagi “Riviera” savdo markazi oldida Savol va takliflar uchun: ☎️+998 71 200 09 10 @murshid_admin

Bugun ITransition'da 3 oylik sinov muddatim tugadi. (Probation period) Hammasi yaxshi o'tdi. Feedback'lar yoqimli bo'ldi. Shu bilan sinov muddatidan ham o'tdim. Shunaqa gaplar ishdan...) @JoshDeveloper