en
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Open in Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Show more
5 060
Subscribers
+224 hours
+227 days
+2330 days
Posts Archive
Frontend dasturingiz bundle hajmi juda ortib ketgan bo'lsa, eng samarali yo'llardan biri Compression. Ya'ni sizning kodingizni masalan GZIP algoritmi orqali compress qilib hajmini kichraytiradi. Browserlar esa uni yuklab, decode qilib o'qib oladi. Bu orqali katta hajmli fayllarni kichikroq qilib, dasturni tezroq yuklanishiga erishsa bo'ladi. To'liqroq ma'lumot uchun ingliz tilida maqola linki buyerda. Vaqti borlar shunday maqolalarni to'g'ri tarjima qilib, o'zbek tilida vatandoshlarimizga ulashsa yaxshi ish bo'lar edi inshaaAlloh. @JoshDeveloper

Angular yoki React'ni tanlasammi degan savol juda ko'p kuzatilyapti shaxsan o'zimda. Avval ham javob bergan edim, kimga Reactni kimga Angularni maslahat berishimni. Bilmaganlar o'qisho mumkin. Qo'shimchasiga hozir ushbu maqolani ham topdim: freecodecamp.org/news/angular-vs-react-what-to-choose-for-your-app-2/ Umuman olganda, nimani tanlash o'zingizga havola. Asosiysi shunda oxirigacha turib bera olish. @JoshDeveloper

Repost from Umar Sadullayev
Dollar oshsa ham narxlar oshadi, tushsa ham oshadi. Ruslar kelsa ham oshadi, ketsa ham oshadi. Bizda faqat narxlar oshadi. Bizda insofsizlarni nafs xohishlari oshsa oshadi, kamaymadi. Mana masalan uy muommosi, ba'zi uyi bor mulkdorlar bilganini qilyapti. Shu Ruslar kelishidan avval ijaraga falon narxga ko'nib yurgan mulkdor odamlar(falon narx ham katta narx, axir talabalar qaytdiku!), Ruslar kelishini eshitib yana narxni oshirishdi. Bizda shu nimadirga xalq muxtojlik sezsa, darrov narxini oshiramiz qo'yamiz. Insofsizlar bosib ketgan jamiyatda yashash naqadar og'ir-a ! O'zim birnecha yillardan beri ijarada yashab bu zahmatni juda yaxshi his qilaman. Falon million so'm oylikli ishli inson ham bu davlatda uy olish uchun yillab yemay-ichmay ishlashi kerak. Endi yig'dim desangiz yana qandaydir bahona bilan narxlar osmonga uchgan bo'ladi... Ha aytgancha, qayerdan ham pul yig'ardingiz, axir ijarani o'zi falon dollar bo'lsa... Alloh ularga insof bersin. Nafslari ustidan g'olib qilsin. Alloh hali bu mulklaridan hisobini so'raydi... Davlatimizning musaffo osmoniga ko'z tegmasin! Ko'ramiz xalqimiz uchun bu muammoni yechishda nima qilishar ekan! Yaxshilikka bo'lsin. @UmarSadullayev

Bir mavzuni qayta ko'rib chiqish uchun menyudan o'zimni maqolamni o'qiyapman 😄 Shunaqasi ham bo'lib turadi 🌚 @JoshDeveloper

Dasturlashga endi kirganda Java va JavaScript birhil narsa bo'lsa kerak deganlar bo'lsa 🙋‍♂️🙋‍♂️🙋‍♂️ @JoshDeveloper
Dasturlashga endi kirganda Java va JavaScript birhil narsa bo'lsa kerak deganlar bo'lsa 🙋‍♂️🙋‍♂️🙋‍♂️ @JoshDeveloper

"Muommolardan qochilmaydi. Hal qilinadi!" Dasturchi sifatida eng ko'p amal qilishingiz shart bo'lgan qoida bu. Dasturchi uchun rad qilib bo'lmas qoida bu. Katta kompaniyaga kirsangiz-u, sizga jiddiy vazifa berilib, qilolmasangiz, darrov yengilishni emas, chorasini boshqacha yo'llar bilan topishni o'ylang. Fikrlash doiramizdan chiqishni o'rganishimiz kerak. Biz uchun "imkonsiz"dek ko'ringan narsa, boshqalarga oson. Bu oddiy qoida. Nega ularga oson ? Ularni fikrlashi siz ilg'amagan narsalarni ilg'aydi, tajribasi shunga majbur qilgan. Yordam so'rash yomon emas, ammo yordamni muommoni o'zingiz yechishingiz uchun so'raladi. Ilg'amagan narsangizni ilg'ash uchun so'raladi, Mas'uliyatni boshqasiga yuklash yoki umuman shu muommodan qochish uchun emas. Unday qilinsa o'smaysiz, to'xtab qolib ketaverasiz. Fikrlash doirangiz o'sha eski holida turaveradi. Muommolardan qo'rqmang, kerak payt yordam so'rang, ammo yordamni fikrlash doirangizga sig'magan narsalarni anglash uchungina oling va ishlashni qaytadan, kengroq fikrlar bilan boshlang. @JoshDeveloper

npm vs npx Bu ikkisining farqi nima ? npm - node package manager npx - node package execute npm orqali package'larni o'rnatsak, npx orqali ba'zi package'larni lokal papkaning ichida "execute" qila olamiz. Oddiy misol bilan tushuntirsam, npm orqali xyz nomli package o'rnatdingiz. Endi u package'ni lokal papkada "run" qilmoqchi bo'lsangiz, npx dan foydalanasiz. Tepada prettier haqida gapirdim. Shundan misol qilsak, ishlatish ketma-ketligi bunday: 1. npm install --save-dev prettier 2. npx prettier --check Endi tushunarli bo'ldi deb umid qilaman :) To'liqroq maqola(ingliz tilida): freecodecamp.org/news/npm-vs-npx-whats-the-difference/ O'zbek tilida quyidagi so'zlarni to'g'ri va tushunarli tarjimasini aytsangiz hursand bo'lar edim: 1. execute 2. run 3. package @JoshDeveloper

Prettier playground Dasturda prettier config faylni to'g'ri va o'zingizga mos qilib sozlamoqchi bo'lsangiz, Prettier'ning o'zining "Playground"idan foydalansangiz bo'ladi. O'zingizga mos configni tayyor qilgach, JSON faylga o'girib olsangiz bo'ladi. Marhamat: prettier.io/playground/ @JoshDeveloper

Repost from N/a
Stop Heroku, Vercel, Netlify, Pythonanywhere! Bu servicelardan foydalanishni bas qiling, bunga menda yetarlicha sabablar bor.
Stop Heroku, Vercel, Netlify, Pythonanywhere! Bu servicelardan foydalanishni bas qiling, bunga menda yetarlicha sabablar bor. Bu uchun maqolamizni o'qib chiqishingizni tavfsiya qilaman. To'liq o'qish ... Telegram | Linkedin | Share

Pomodoro metodi va men😂😂 #joke @JoshDeveloper
Pomodoro metodi va men😂😂 #joke @JoshDeveloper

Bugun aylanib w3schools.com saytiga kirib qoldim. Dasturlashni endi boshlaganimda bu saytni ko'p foydasi tegkan. Xatto saytni kompyuterimga yuklab olib, offline foydalanardim. (Wifi birnecha oy bo'lmagan) Sizlarga ham maslahat beraman shu saytni, foydali ma'lumotlar juda ko'p. Ha aytgancha, PHP degan tabga bosmanglar. 😄 (Hazil) @JoshDeveloper

Repost from N/a
"UzTechGirls" — sizga web dasturlashning FrontEnd yo'nalishi bo'yicha 2 oy tahsil olish imkoniyatini beruvchi loyiha. Ayol-qi
"UzTechGirls" — sizga web dasturlashning FrontEnd yo'nalishi bo'yicha 2 oy tahsil olish imkoniyatini beruvchi loyiha. Ayol-qizlarni texnologiya shiddat ila rivojlanish davrida bo'lgan bir paytda, davr talabi bo'lgan bilim, ko'nikma va zamonaviy kasblarga yo'naltirish uchun tuzilgan dastur. Loyihaning manfaatli jihatlari: - Dasturda qatnashish mutlaqo bepul. - Siz darslarda istagan viloyatingiz, shahringizda turib qatnashishingiz mumkin. Darslar online ravishda o'tkaziladi. - Bir guruhda 10tadan oshmagan ishtirokchi • Loyihaga 13-36 yosh oralig'ida barcha qiz-ayollar ariza topshirishlari mumkin. • Ishtirokchilar shaxsiy noutbukiga ega bo'lishi lozim. Arizalar 2022-yilning 28-sentabr 22:00 gacha qabul qilinadi👇. Hurmat bilan, @uztechgirls_academy https://docs.google.com/forms/d/1hz7KLJ9zgP7Y05LCocqHmvNfGWWjY0CHsP_ni0ly-SA/viewform?edit_requested=true

Hozirgina @brogrammist kanalidan chiqib, to'g'ri kanalga kirib, shu gaplarni yozayapman. A'zo bo'lishga arziydigan kanal ekan. Shaxsan menga juda yoqdi. Shunday maqolalar yozadigan paytga kelgan edik o'zi, birinchi boshlab beribdilar chuqurroq kirishni. JSchilar, Gooo 🚀 @JoshDeveloper

"Dasturlashni onlayn o’rganish haqida ovozli chat 🎙" bo'layotgan ekan. Qiziq bo'lsa kirishni maslahat beraman. Link: https://t.me/nizamoff/787 @JoshDeveloper

Qachonki dasturlashga yangi kirgan shogirdingga "Ehtiyot bo'lib kod yoz" desang. 😄 #joke @JoshDeveloper
Qachonki dasturlashga yangi kirgan shogirdingga "Ehtiyot bo'lib kod yoz" desang. 😄 #joke @JoshDeveloper

Esingizda bo'lsa FRONTINT - Frontend intervyularga tayyorgarlik kursi boshlangandi. Kecha birinchi dars tugadi va videosi yozib olindi. To'lov jarayoniga kelib ko'pchilik davom eta olmasligi aniq bo'lyapti. Kimdir kech qoldim deb o'ylayotgan bo'lsa, kursga joylar bor. Birinchi dars videosi beriladi. Yoqsa to'lov qilib, darslarga qo'shilib ketsangiz bo'ladi. Shoshiling. Bog'lanish uchun: @FrontIntAdmin @JoshDeveloper

Samarqand Davlat Universitetida "Dasturiy injenering" yo'nalishi 5-semestrdagi majburiy fanlar va soatlari ro'yhati. Juda ajo
Samarqand Davlat Universitetida "Dasturiy injenering" yo'nalishi 5-semestrdagi majburiy fanlar va soatlari ro'yhati. Juda ajoyib-a ?! Dasturchi kod yozayotganda falsafa juda kerakda, axir kodning qanday yozilayotganini falsafa orqali idrok etadi, his qiladi. Uning asosida nima yotibdi ? Nega kod mavjud ? Falsafa muhim! Pedagoglik esa eng keraki. Axir ish topa olmasa o'qituvchi bo'ladi qo'yadi 🙂 . Yasha oliy ta'lim, Olg'a! #tandiq #sarkazm @JoshDeveloper

Dasturlashga kirishim va oilam sarmoyasi Oilamiz biroz qiynalgan payti, ijara puli 400 000 so'm bo'lsa ham bazo'r to'laydigan ahvolda edik. O'rta ta'limimni bitirib, "oliy" ta'limga topshirgandim. 88.2 ball. Yiqildim. Qarasam maktabda tasavvur qilgan hayot kutganimdek emas ekan. Boshqa yiqilgan do'stlarim bir qarasangiz dalada, bir qarasangiz qurilishda ishlashga kirib ketishgan, juda ozchilik qayta ilm olishga qaytgan edi. Bunday ishlarni og'irligini ishlab ko'rib, totib ko'rib bo'lgandim. Ilm olmasam bo'lmasdi. Shunday holatda paytim yaqin qarindosh akam dasturlashga qiziqtirgandi. Oilamiz o'sha ahvolda bo'lsa ham menga sarmoya ajratishga rozi bo'lishgan. Katta akam esa arzonroq kompyuter topib bergandi. U paytlar Chirchiq shaxrida turar edim. Dasturlash kurslari topa olmay, Toshkentga qatnashni boshlaganman. Har dars kuni 3 ta transport, salkam 20-30km yo'l. Kursning o'zi ijara puliga ketadigan summadan oshib ketayotgan edi. Shu paytda eng yaqin do'stlarim bu ishim bo'lmasligini aytib tanqid qilishgandi. O'zim ham qiynalardim, o'zimni oilamga zarar keltirayotgandek his qilib... Bu holatni ko'pchilik bilsa kerak. Oramizda ko'p insonlar ham xuddi shunday yo'llardan o'tishgan. Ilmning qiyinchilik davri. Ammo, Allohga shukurki, bu qiyinchiliklar uzoqqa bormadi. Sekin-sekin harakatlarimizni samarasini Allohni izni bilan ko'ra boshladik. Hozir Alloh yetkazgan oylik daromadimga qarab(qanchaligini so'ramang iltimos 😄), buni orqasida juda ko'p insonlarni mehnati yotganini his qilib turaman. Shunday og'ir ahvolda ham sarmoya qilishga rozi bo'lgan oilam, shu sohaga qiziqtirgan va yordamchi bo'lganlar, hammasidan minnatdor bo'laman. Gapim so'ngida aytmoqchi bo'lgan gapim, oilangizni asrang. Sizga bergan sarmoyalarini bekorga sovurmasdan shukur qilib qattiq o'qing. Ularni bu vaqtda bergan sarmoyalari millionlardanda qimmatli va qadrli bo'ladi. Shunaqa gaplar ...🙂 @JoshDeveloper

Qiziq logika ekan 🙃 Bunday holatga kam tushiladi aslida, ammo bilib qo'yish zarar qilmaydi. #js @JoshDeveloper
Qiziq logika ekan 🙃 Bunday holatga kam tushiladi aslida, ammo bilib qo'yish zarar qilmaydi. #js @JoshDeveloper

Yechimi yo'q muommoni o'zi yo'q. Avvalgi jamoamdagi menejerim shunday der edi. Juda qiyin vazifa tushib, qiynalib ketsam shu javobni olardim. Qo'shimchasiga yordam va boshqacha variantlar ham taklif qilardi. O'ylab qarasam gapida jon bor ekan. Shu paytgacha qanday topshiriq olgan bo'lsam, Allohni izni bilan hammasiga yechim topilgan. Faqat shu ba'zilar ko'proq vaqt va harakat talab qilardi. "Qotib" qolgan paytda yordam so'rash ham yaxshi chora(Albatta yaxshi qidiruvdan so'ng). Agar katta va yuqori talabli kompaniyada ishlasangiz, qidiruv vaqti 4-5 soatdan o'tmasligi maslahat beriladi(buniyam hozirgi menejerim aytgan :D). Agar 4-5 soatda topilmasa, yo'nalish so'rab jamoadoshlaringizga yozsangiz bo'ladi. Shunaqa gaplar ... :) #maslahat @JoshDeveloper