fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

رفتن به کانال در Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

نمایش بیشتر
5 139
مشترکین
+224 ساعت
-197 روز
-5530 روز
آرشیو پست ها
Domein ham tayyor 😉 mockint.uz IT yo'nalishlari bo'yicha(asosan Frontend va Backend) intervyular uyushtirishni sekin asta yo'lga qo'yyapmiz. Intervyular sizga bilimingizni qaysi darajada ekanligini, kamchiliklaringiz va ularga maslahat "Feedback" beradi. Shu o'rinda, ish intervyulariga tayyorlaydi. Ishimiz kengayishi bilan intervyuverlarni tanlash imkoni ham oshib boradi. Hozircha kamroq inson bilan boshlab olamiz. Keyinchalik, siz azizlarga ham intervyuver bo'lib, boshqalarni bilimini baholash va bu orqali ketkazgan vaqtingizga daromad ham qilish imkoni beriladi. InshaaAlloh. Yaqin orada rasman ishni boshlaymiz inshaaAlloh. Qo'llab turing. ✊ @JoshDeveloper

Qimmatli fikrlari va sababsiz g'azabini berganlar uchun katta rahmat. Xulosa: Frontend'dan uchta ko'rinishda intervyular yo'lga qo'yiladi. Tekin intervyular ham, pullik intervyular ham bo'ladi. Tekinida hardoimgidek random orqali bo'ladi. InshaaAlloh. Narxlar ? 🤔 49$ deganimda dodvoy soladiganlar bo'lishini bilgandim. Ammo ba'zilar biroz chegaradan chiqqani dilimni xira qildi. Xuddi nimadandir ayrilgandek 🤷‍♂️ Asl narxlar esa, bundan 2 baravar arzonroq bo'ladi. Aniq narxlar va tariflarni birnecha kun ichida inshaaAlloh bilib olasiz. 😉 #StayTuned @JoshDeveloper

Shu kunlarda bir narsani o'ylab yuribman. Juda ko'pchilik "meni intervyu qiling" deb iltimos qiladi. Tabiiyki bunga vaqtim yetmaydi. Bu muommo boshqa yo'nalishlarda ham mavjud. O'zbekistonda pullik intervyular tashkil qilsak nima deysiz ? (Frontend(React, Angular, Vue, toza JS va hkz), Backend) 1-2 soatlik intervyu bo'ladi. Narxi esa, intervyuver vaqt ajratishiga arzigulik bo'lsa. Narxi qancha bo'lishini tavsiya berasiz ? Masalan, 49$ yaxshi narxmi ? Fikrlaringizdan so'ng, bir necha kun ichida shu ishni boshlash niyatim yo'q emas, inshaaAlloh. Komment bo'limi ochiq 😉 @JoshDeveloper

React.js intervyusiga o'z fikrlaringizni ushbu kommentda qoldirsangiz bo'ladi. Masalan, 1. Savollarga fikringiz. 2. Intervyuverlarga fikringiz. 3. Ishtirokchiga fikringiz. ...va hkz. @JoshDeveloper

Intervyu boshlanib ketdi. Qo'shiling. :)

React.js intervyu premyerasi. Bugun soat 17:30 da video premyerasini barcha bilan birgalikda ko'rishingiz mumkin. Ulgurmaganlar keyin ham ko'rsa bo'ladi. Demak, 17:30 da ko'rishguncha 😉 Video linki: https://youtu.be/L9_F-thz3Qc Yaqinlaringizga ham ulashing. ✈️ @JoshDeveloper

React.js intervyusi tugadi. Yaxshi bo'ldi. Videosini YouTubega yuklasammi yo'qmi deyapman. 🤔😄 Hazil, inshaaAlloh ertaga kanalda yangilik bo'ladi. #StayTuned @JoshDeveloper

Ertaga React.js dan intervyumiz bo'li o'tadi. Videosi ham yaqin orada chiqadi. 😉 InshaaAlloh #StayTuned @JoshDeveloper

Weekend 🌚

Angular 15 chiqibdi. Yangi versiyada, Standalone component'lar stable deb e'lon qilindi. Bu komponentlar Angular dasturlarni endi avvalgidan ham tushunarli va osonroq yozilishiga yordam beradi. Eslatib o'taman, Bu xususiyat Angular 14da qo'shilgan edi. Ammo, ishonchli emas edi. Hozir esa ishonchli. Shuningdek, Directive composition, Functional router guards va boshqa ajoyib o'zgarishlar bo'lgan. Batafsil: https://blog.angular.io/angular-v15-is-now-available-df7be7f2f4c8 #angular @JoshDeveloper

Dasturlashdagi eng muommoli narsa, o'zgaruvchilarga nom topish bo'lgani kabi, HTML elementlarga class topish hamdir. 😄 Tepad
Dasturlashdagi eng muommoli narsa, o'zgaruvchilarga nom topish bo'lgani kabi, HTML elementlarga class topish hamdir. 😄 Tepada yilning eng mazmunli class'iga nomzod yozilgan ekan. 😄 #joke @JoshDeveloper

Dasturlashni boshlaganimdan hozirgacha, dasturlashni o'rganishim uchun ishlatishim shart bo'lgan summa: 10-11 mln atrofida ekan. Buni ichiga Wifi, o'quv kursi, onlayn kurslar, boshlab olishga kerak bo'lgan oddiy kompyuterlar kiradi. - Shuncha pulga arziydimi ? - Juda arziydida 😉 Bu ham bir ma'lumotda endi 😄 Kimdirlarga qiziq bo'lar deb yozib qo'ydim. Ayniqsa ota-onalarga. @JoshDeveloper

Internetda ba'zi dasturchilarni qilayotgan xatti harakati juda ranjitdi. Islom dinini ochiqdan ochiq haqorat qilishyapti. Nomlaridan dasturchiligi ko'rinib turibdi.(Harxolda nomi o'xshaydi, fiklashi bog'cha bolasidan ham past lekin) Xatto ularni ichida bir mashxur IT blogger ham bor. Uni yozayotgan kommentlaridan keyin, soqolini qirib yupka kiysa ham bu qadar hurmati tushmasdi men uchun. Shundaylar oramizda bo'lsa bilib oling: "Islom dini haq din. Bunga hech shubha yo'q. Nafsiga qullargina inkor qiladi. Tuzukroq ilm olmasdan uni haqorat qilish beforasatlikdan boshqa narsa emas. Haqligiga ishonmasangiz, bemalol. Fikringizni hurmat qilamiz. Ammo uni haqorat qilishingiz, u haqida chirigan miyyangiz bilan bema'ni safsatalar tarqatishingiz sharafsiz, aqli past, madaniyatsiz inson ekanligingizni ko'rsatadi xolos." Juda alam qilgani, dasturchi sifatida hurmat qilganim, shundaylar bilan hamfikr ekanligi. Unga qancha dasturchi yoshlar ergashishyapti. Adashib e'tiqodiga ham ergashib qo'ymang! #SorryForOfftop @JoshDeveloper

Bugun bir kattaroq summani o'zimni boshqa kartamga o'tkazaman degandim Click orqali. 1% xizmat haqini ko'rib qo'rqib ketdim. Rostan 1% xizmat haqi ham katta ekan. Kamroq oladigan, ishonchli, yaxshi to'lov tizimi bormi bizda ? Maslahat bering 😄 #SorryForOffTop @JoshDeveloper

Biroz muddat hozirgi loyihamda ishlagandan so'ng, yaqinda Code Reviewer'lar qatoriga qo'shilishimni so'radim va qo'shildim. Kodlarni review qilishdan foydalar talaygina. Birinchidan o'zingizni bilimingiz oshsa, ikkinchidan kompaniyaga sifatli dastur yetkazishga hissangizni qo'shasiz. Hozirgi postim orqali siz azizlarga aytmoqchi bo'lgan ikkita gapim bor. Birinchisi Code review nimaligi va foydalari bo'lsa, ikkinchisi biror ishda kompaniyaga o'zingizni taklif qila olishingiz. O'z qiymatingizni shunday ish tutish orqali oshirasiz. Xuddi o'zimni Reviewer qatoriga qo'shishni taklif qilganimdek. Yoki biror qiyin topshiriq berilsa, shuni qilishni menga beringlar deyish orqali qiymatingiz oshadi. (Faqat qila olsangiz oling, tag'in... 😄) Ha aytgancha, katta Team lead'imizni kodidan xato ham topishga ulgurdim Code review jarayonida. 😎 @JoshDeveloper

Ishtirokchi tanlandi. Birinchi urunishimni o'zida 30 raqami chiqdi. Ishtirokchimiz: Aqilbek Abilaev Esingizda bo'lsa JS inter
Ishtirokchi tanlandi. Birinchi urunishimni o'zida 30 raqami chiqdi. Ishtirokchimiz: Aqilbek Abilaev Esingizda bo'lsa JS intervyuda ham g'olib bo'lgandilar 😄 Qoyil. Omadli inson ekanlar. Yana g'olib bo'ldilar. Endi intervyu sanasini tanlab, intervyu uyushtiramiz. So'ng siz azizlarga videosini ulashamiz. InshaaAlloh @JoshDeveloper

Esingizda bo'sa React intervyuga 1 yildan kam tajribalilar nomzod qoldirmasin degan edim. Ammo ko'pchilik baribir qoldiribdi. Bu ishlari menga yoqdi 🙂😄 Ularni ham randomga qo'shaman. Hozir javoblari qoniqarli bo'lgan insonlarni saralab oldim. 1 yildan kam bo'lgan insonlarga bitta raqam, ko'p bo'lganlarga 2 ta raqam berdim. Bu orqali, randomda yutish imkoni ularda ham bo'ladi. Ammo tajribalilarda ko'proq imkon bo'ladi. Randomga o'tadiganlar: 1. Umarov Abdulaziz 2-3. Ahrorbek Mamadaminov 4-5. Akramjon Abdullayev 6-7. Ismatullo Asatullayev 8-9. Abdulloh Irgashov 10. Dilshodbek Boymamatov 11-12. Farruh Mengboyev 13-14. Davron Normo'minov 15-16. Oybek Shamuratov 17-18. Shahriyor 19-20. Salohiddin Dilmatov 21. Bekjon Ishpulatov 22. Shahruh Atanazarov 23. Obid Kenjayev 24. Nishonboyev Rustam 25-26. Muhammadali Muhammadaminov 27. Azamat Gofurov 28-29. Yusufjon Yunusov 30-31. Aqilbek Abilaev @JoshDeveloper

React.js intervyusiga quyidagi insonlar nomzodlikka yozilishdi. Ulardan birini bugun 13:30 da random orqali tanlab, kanalda e'lon qilaman inshaaAlloh. Sog'ligimda kichik muommo bo'lgani sabab "live" qila olmayman. Ammo haqqoniy tanlov bo'lishiga ishonsangiz bo'ladi. 🙂 Nomzodlar: umarov abdulaziz Ahrorbek Mahamadaminov Akramjon Abdullayev Ulug'bek Bozarov Javlonbek Ismatullo Asatullayev Abdulloh Irgashev Oqilov Abdulaziz Azimjon Umarov Dilshodbbek Boymamatov Farrux Mengboyev Davron Normo'minov Robiya Oybek Shamuratov Shahriyor Salohiddin Dilmatov Bekjon Ishpulatov Shakhrukh Atanazarov Obid Kenjayev Nishonboyev Rustam Muhammadali Muhammadaminov Mirjalol Urozboev Jasur Kurbanov Azamat Gofurov Yusufjon yunusov Aqilbek Abilaev @JoshDeveloper

"Debugging Frontend Applications" suhbati bo'lyapti hozir. Link: https://www.youtube.com/watch?v=3Tr2Az3Jv8s&feature=youtu.be&ab_channel=GDGTashkent @JoshDeveloper

Ishsizlik davri va unga maslahatlar borasida yozgan postim borligi esimga tushib qoldi. 😉 O'qimaganlar bo'lsa, manfaatli bo'ladi inshaaAlloh. Marhamat: https://t.me/JoshDeveloper/1311 @JoshDeveloper