en
Feedback
Navoiy viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi

Navoiy viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi

Open in Telegram

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! 🌐 Veb-sayt:KTB_Navoiy 📲Murojat uchun: +998-79-220-64-45

Show more
862
Subscribers
+124 hours
No data7 days
+430 days
Posts Archive
J A R A Y O N Joriy yilning 7-sentyabr kuni Konimex tuman texnikumi maxsus fan oʻqituvchisi R.Asherbekova tomonidan Oʻzbekist
+9
J A R A Y O N
Joriy yilning 7-sentyabr kuni Konimex tuman texnikumi maxsus fan oʻqituvchisi R.Asherbekova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligiga qarashli 99368 harbiy qism tinglovchi askarlariga "Web sahifa yaratish,xatolarni tekshirish" mavzusi yuzasidan amaliy dars mashgʻulotlari olib borildi.
📙📙 Dars jarayonida📙📙 📒📒Askarlar ikki guruhga boʻlinib musobaqa tashkil etildi.📒📒 🖇🖇Bulut texnologiyasi asosida 🖇🖇 🥇Gʻolib guruhlar aniqlandi. Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website

Navoiy delegatsiyasi Xorazmda “Kasblar shaharchasi” tajribasini o‘rgandi. Navoiy viloyati delegatsiyasining Xorazm viloyatida
+9
Navoiy delegatsiyasi Xorazmda “Kasblar shaharchasi” tajribasini o‘rgandi. Navoiy viloyati delegatsiyasining Xorazm viloyatida “Kasblar shaharchasi” tajribasini o‘rganishga qaratilgan amaliy tashrifi yakunlandi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2026-yil 17-avgust kuni Urganch shahridagi Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi hududida tashkil etilgan “Kasblar shaharchasi” faoliyati bilan tanishib, ushbu tajribani hududlarda keng joriy etish, tuman hokimlariga esa uni bevosita o‘rganish vazifasini qo‘ygan edi.
Mazkur topshiriq ijrosi doirasida Navoiy viloyati hokimining o‘rinbosari J.Xodjayev, tuman va shahar hokimlari, viloyat Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig'i J.Kalandarov hamda texnikum direktorlari “Kasblar shaharchasi”da yaratilgan sharoitlar, yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, amaliy ta’limni tashkil etish hamda mehnat bozori ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash tajribasini o‘rgandilar. O‘rganishlar davomida Xorazm tajribasini Navoiy viloyatining tuman va shaharlarida joriy etish, hududlar imkoniyatidan kelib chiqib “Kasblar shaharchalari”ni tashkil etish yuzasidan fikr va takliflar almashildi. Tashrif yakunlari bo‘yicha boshqarma boshlig'i Xorazmning ilg‘or tajribasini Navoiy sharoitiga moslashtirish va hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash bo'yicha mas'ul rahbar xodimlariga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.     Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website

Vazirlik va idoralar o‘rtasida Mustaqillik kubogi uchun zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston Respublikasi mus
+6
Vazirlik va idoralar o‘rtasida Mustaqillik kubogi uchun zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vazirlik va idoralar o‘rtasida “Mustaqillik kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. 📌O‘yinda Kasbiy ta’lim agentligi xodimlari ham ishtirok etdi. Bellashuvda turli vazirlik va idoralardan tashkil topgan jami 78 ta jamoa o‘zaro bahslashdi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Kasbiy ta’lim agentligi direktorining “Kasblar shaharchasi” mehnat bozoridagi strategik bo‘shliqni qanday to‘ldiradi? nomli m
Kasbiy ta’lim agentligi direktorining “Kasblar shaharchasi” mehnat bozoridagi strategik bo‘shliqni qanday to‘ldiradi? nomli maqolasi Hukumatning rasmiy gazetasi "Yangi O‘zbekiston"da chop etildi. 👉Maqolani o‘qish uchun
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

​📌 # Yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini yaratish amaliyoti bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi ​ O‘zbekiston Respubli
+9
​📌 # Yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini yaratish amaliyoti bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ–316-son qarori hamda Kasbiy ta'lim agentligining 2026-yil 3-sentyabrdagi 177-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 4-5-sentyabr kunlari Navoiy viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi tasarrufidagi texnikum masʼullariga amaliy seminar-trening o‘tkazildi.
​Ushbu seminar-treningni Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti bo‘lim boshlig‘i B.Sobirov hamda institutning bosh mutaxassisi O.Sattarovlari tomonidan kaskad usulida yuqori saviyada tashkil etildi. ​Seminar-trening kasbiy standartlar va xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etish masalalariga bag‘ishlandi. ​📚 Ikki kunlik seminar davomida ishtirokchilar: ​Modulli ta’lim dasturlari asosida ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish; ​O‘qitish natijalari va baholash mezonlarini to‘g‘ri belgilash; ​Modullar mazmunini shakllantirish; ​Amaliy mashg‘ulotlarni samarali rejalashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. ​💡 Mazkur seminar ta’lim jarayoniga yagona metodik yondashuvlarni tatbiq etish hamda mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website

​📌 # Yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini yaratish amaliyoti bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi ​ O‘zbekiston Respubli
+9
​📌 # Yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini yaratish amaliyoti bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ–316-son qarori hamda Kasbiy ta'lim agentligining 2026-yil 3-sentyabrdagi 177-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 4-5-sentyabr kunlari Navoiy viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi tasarrufidagi texnikum masʼullariga amaliy seminar-trening o‘tkazildi. ​Ushbu seminar-treningni Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti bo‘lim boshlig‘i B.Sobirov hamda institutning bosh mutaxassisi O.Sattarovlari tomonidan kaskad usulida yuqori saviyada tashkil etildi. ​Seminar-trening kasbiy standartlar va xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etish masalalariga bag‘ishlandi. ​📚 Ikki kunlik seminar davomida ishtirokchilar: ​Modulli ta’lim dasturlari asosida ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish; ​O‘qitish natijalari va baholash mezonlarini to‘g‘ri belgilash; ​Modullar mazmunini shakllantirish; ​Amaliy mashg‘ulotlarni samarali rejalashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. ​💡 Mazkur seminar ta’lim jarayoniga yagona metodik yondashuvlarni tatbiq etish hamda mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website

Tadbirkorlar uchun superyangilik: texnikumlar bilan dual taʼlimni yo‘lga qo‘ygan tashkilotlarga kredit beriladi Texnikum bilan hamkorlikda dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan tashkilotlarga 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. 📌Buning uchun o‘zingizga yaqin bo‘lgan texnikumga murojaat qiling. Imtiyozli kreditdan unumli foydalaning 🎥 Batafsil ma’lumotni video orqali bilib oling.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

📢 Texnikumlarga qabul boʻyicha ovozli chat 2026/2027-o‘quv yili uchun 11-sinf bitiruvchilari qabul jarayonlariga bag‘ishlangan ovozli chat 04-sentabr soat 16:00da Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanalida bo‘lib o‘tadi. Oldindan savol yuborish uchun havola: 👉 @kasbedu_bot
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 KATTA FUTBOL OQSHOMI! Superliganing 20-turi doirasida Navoiyning “Qizilqum” klubi Buxoro viloyatining “Buxoro” jamoasini o’z uyida qabul qiladi. Mazkur bellashuv 5-sentabr kuni soat 20:15 da shahrimizdagi “Yoshlar” sport majmuasida start oladi.
⚽️ SUPERLIGA, 20-TUR
🏟 “YOSHLAR” SPORT MAJMUASI
🕚 SOAT 20:15
🎫 KIRISH MUTLAQO BEPUL
Barchani ajoyib futbol oqshomiga taklif etib qolamiz. 👌Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati 🧠Veb Sayt |✈️ Telegram| 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 KATTA FUTBOL OQSHOMI! Superliganing 20-turi doirasida Navoiyning “Qizilqum” klubi Buxoro viloyatining “Buxoro” jamoasini o’z uyida qabul qiladi. Mazkur bellashuv 5-sentabr kuni soat 20:15 da shahrimizdagi “Yoshlar” sport majmuasida start oladi.
⚽️ SUPERLIGA, 20-TUR
🏟 “YOSHLAR” SPORT MAJMUASI
🕚 SOAT 20:15
🎫 KIRISH MUTLAQO BEPUL
Barchani ajoyib futbol oqshomiga taklif etib qolamiz. 👌Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati 🧠Veb Sayt |✈️ Telegram| 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

O‘zini o‘zi baholash — shaxsiy rivojlanish asosi Konimex tuman texnikumida 1-bosqich o‘quvchilari bilan “O‘zini o‘zi baholash
+4
O‘zini o‘zi baholash — shaxsiy rivojlanish asosi
Konimex tuman texnikumida 1-bosqich o‘quvchilari bilan “O‘zini o‘zi baholash nima? O‘quvchilarda o‘zini o‘zi baholashning ahamiyati va uni rivojlantirish” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.
Trening davomida texnikum psixologi D. Karimova tomonidan o‘quvchilarga o‘zini to‘g‘ri baholash, o‘z imkoniyat va qobiliyatlarini anglash, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, o‘zini o‘zi baholash darajasini aniqlash testi o‘tkazilib, uning natijalari tahlil qilindi. O‘quvchilarga o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish, ijobiy fikrlash va shaxsiy imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashqlar hamda tavsiyalar berildi. O‘ziga ishongan yosh — o‘z kelajagiga ishonch bilan qadam qo‘yadi! Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website

#Kitob_oʻqing! 📝 Aqlli qoʻshning yoʻq boʻlsa, kitob bilan suhbat qur. Ozarbayjon xalq maqoli 📝 Kitob ruhiyat davolovchisidi
#Kitob_oʻqing! 📝 Aqlli qoʻshning yoʻq boʻlsa, kitob bilan suhbat qur.
Ozarbayjon xalq maqoli
📝 Kitob ruhiyat davolovchisidir.
Yapon xalq maqoli
📝 Kitob odamlarning yoʻlini yoritib turuvchi mayoqdir.
Xitoy xalq maqoli
📝 Hayoti davomida birgina kitob oʻqigan odamlardan qoʻrqing.
Lotin xalq maqoli
📝 Yaxshi kitob yashash manbaidir. Olmon xalq maqoli Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website

11-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga! 📢 Texnikumlarga qabul boʻyicha ovozli chat 2026/2027-o‘quv yili uc
11-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga! 📢 Texnikumlarga qabul boʻyicha ovozli chat 2026/2027-o‘quv yili uchun 11-sinf bitiruvchilari qabul jarayonlariga bag‘ishlangan ovozli chat 04-sentabr soat 16:00da Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanalida bo‘lib o‘tadi. 💬 Ovozli chat davomida mutaxassislar tomonidan: 🟢 texnikumlarga qabul tartibi va muddatlari; 🟢 hujjat topshirish jarayoni va talab etiladigan hujjatlar; 🟢 ta’lim shakllari, qabul o‘rinlari va davlat granti asosida o‘qish imkoniyatlari; 🟢abituriyentlar uchun muhim tavsiyalar hamda qabul jarayoni yuzasidan savollarga javoblar beriladi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Xorazmda 48 ming nafar bolani kasb-hunarga jalb etish masalasi ta’kidlandi Mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullan
Xorazmda 48 ming nafar bolani kasb-hunarga jalb etish masalasi ta’kidlandi Mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emasligi qayd etildi. Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi. 646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor. Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimi
Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi. Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi. Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda. Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga o‘qitib, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishga solish vazifasi qo‘yildi. Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambag‘al oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oshirish mumkinligi qayd etildi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosq
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi. Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda. Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi. Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Kasbiy ta'limni rivojlantirish bo‘yicha innovatsion loyiha va g‘oyalar tanlovi e'lon qilinadi Sizda kasbiy ta'lim tizimini ya
Kasbiy ta'limni rivojlantirish bo‘yicha innovatsion loyiha va g‘oyalar tanlovi e'lon qilinadi Sizda kasbiy ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan innovatsion loyiha yoki g‘oya bormi? 🚀 Kasbiy ta'limni rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi tashabbus va takliflar tanlovida ishtirok eting! 🎯Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z g‘oyalaringizni taqdim etishingiz mumkin:
🔵yangi ta'lim loyihalari; 🔵xalqaro hamkorlikni rivojlantirish tashabbuslari; 🔵zamonaviy kasblarni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yechimlar; 🔵texnikumlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar; 🔵kasbiy ta'lim tizimini takomillashtirishga xizmat qiladigan boshqa innovatsion loyiha va g‘oyalar.
👥 Tanlovda yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib ishtirok etish mumkin. 📝 Ma'lumot va tanlov shartlari bilan: 👉 Batafsil 📆 Takliflaringizni 2026-yil 10-sentabrga qadar quyidagi usullardan biri orqali yuborishingiz mumkin:
➖ Telegram bot — @kasbedu_bot ➖ Rasmiy sayt — https://innovation.kasbedu.uz/ ➖ Elektron pochta — prkasb@kasbedu.uz
📂 Kelib tushgan barcha takliflar Kasbiy ta'lim agentligi mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Eng yaxshi 3 ta loyiha va g‘oya saralab olinadi hamda natijalar Agentlikning rasmiy axborot resurslarida e'lon qilinadi.
🏆 G‘olib mualliflar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi hamda istiqbolli loyiha va g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyati ko‘rib chiqiladi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X