ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

Navoiy viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi

Navoiy viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi

الذهاب إلى القناة على Telegram

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! 🌐 Veb-sayt:KTB_Navoiy 📲Murojat uchun: +998-79-220-64-45

إظهار المزيد
831
المشتركون
+124 ساعات
-67 أيام
-1730 أيام
أرشيف المشاركات
“Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” respublika ko‘rik-tanlovi Kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun “Eng yaxs
“Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” respublika ko‘rik-tanlovi Kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” respublika ko‘rik-tanlovi o'tkaziladi. Tanlov 3 bosqichdan iborat:
1-bosqich - noyabr oyining 10-sanasigacha kasbiy ta’lim tashkilotlari doirasida; 2-bosqich - noyabr oyining 20-sanasigacha hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) doirasida; 3-bosqich - dekabr oyining 10-sanasigacha Respublika doirasida.
Tanlov belgilangan 60 ta kаsb va mutaxassisliklar doirasida bo'lib o'tadi. 🏆 Respublika bosqichi g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. I o‘rin uchun BHMning 25 baravari miqdorida mukofot beriladi. 🤝 Hamkorlikda yaratilgan raqamli ta’lim resursi g‘olib deb topilsa, har bir muallif diplom bilan taqdirlanadi, pul mukofoti esa ular o‘rtasida teng taqsimlanadi. 📎 Tanlov materiallari bilan tanishish uchun batafsil Murojaat uchun: kasbiytalim@edu.uz
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Tibbiyot yönalişida tahsil olayotgan yoşlar uçun Koreyada öqiş imkoniyati Çortoq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi
Tibbiyot yönalişida tahsil olayotgan yoşlar uçun Koreyada öqiş imkoniyati Çortoq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Koreya Respublikasining Taegu Science University universiteti bilan hamkorlikda 1+2 şaklidagi qöşma ta’lim dasturlari joriy etilmoqda. Mazkur dastur doirasida öquvçilar dastlabki 1 yilni Özbekistonda, keyingi 2 yilni esa belgilangan til talablariga javob bergan holda Koreya Respublikasida davom ettiriş imkoniyatiga ega böladi. 👉 Batafsil
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

#sarhisob_murojaat #infografika 2026-yilning 3 çoragi davomida jismoniy va yuridik şaxslardan kasbiy ta’lim tizimi böyiça kel
#sarhisob_murojaat #infografika 2026-yilning 3 çoragi davomida jismoniy va yuridik şaxslardan kasbiy ta’lim tizimi böyiça kelib tuşgan murojaatlar tahlili raqamlarda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Kasbiy ta’lim agentligiga jismoniy va yuridik şaxslardan jami 2 082 ta murojaat kelib tuşdi. Murojaatlar mazmuni, hududlar va körib çiqiş natijalari böyiça tahlil qilindi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Sizni Özbekistonda könikmalarni rivojlantiriş va kasbiy ta’limni aks ettiruvçi fotosuratlar tanlovida iştirok etişga taklif q
Sizni Özbekistonda könikmalarni rivojlantiriş va kasbiy ta’limni aks ettiruvçi fotosuratlar tanlovida iştirok etişga taklif qilamiz Uşbu tanlov YUNESKO tomonidan Könikmalarni rivojlantiriş dasturi doirasida amalga oşirilmoqda va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalaştiriladi. Tanlov orqali öz nigohingiz, ijodingiz va hikoyalaringizni boşqalar bilan baham köring. Tanlov 4 ta yönaliş böyiça ötkaziladi:
🔵Tenglik va inklyuzivlik 🔵Yaşil könikmalar va barqaror rivojlaniş 🔵Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt 🔵Ijodiy industriyalar
Har bir iştirokçi 4 tagaça fotosurat taqdim etişi mumkin — har bir yönaliş uçun bittadan. Fotosuratlar Özbekiston hududida olingan bölişi kerak. Pul mukofotlari: 🥇1-örin — 5 000 000 söm 🥈2-örin — 3 000 000 söm 🥉3-örin — 1 000 000 söm 🗓 Tanlovda iştirok etişning oxirgi muddati: 13-noyabr, 2026-yil 🔗 Tanlovda iştirok etiş uçun arizangizni yuboring: https://forms.gle/J8m6mCmThvBKQAoj6
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Davlatimiz rahbarining Qaşqadaryo ilğor kasbiy mahorat texnikumi va uning negizida taşkil etilgan “Kasblar şaharçasi” ga taşrifi tafsilotlari
Texnikum viloyatdagi boşqa kasbiy taʼlim muassasalari uçun ham metodik va amaliy baza bölib xizmat qiladi. Ularda tahsil olayotgan 2 ming 800 nafar öquvçi şu yerda amaliyot ötaydi. Amaliyot va dual taʼlimni taşkil etiş böyiça 32 ta yirik taşkilot bilan şartnomalar tuzilgan, yana 11 tasi bilan hamkorlik yölga qöyilişi rejalaştirilgan.
Davlatimiz rahbari stajirovkaga ketayotgan bir guruh yoşlar bilan suhbatlaşdi. Suhbatda maktab davridanoq kasb va til örgatişga eʼtibor beriş zarurligi ham taʼkidlandi. “Kasblar şaharçasi” şu maqsadda maktab öquvçilarining qiziqiş va qobiliyatini erta aniqlaş, ularni kasbga yönaltiriş uçun taşkil etilgan. Yoşlar bu yerda axborot texnologiyalari, “yaşil” energetika, robototexnika, dronlarni boşqariş va elektromobillarga xizmat körsatiş kabi yönalişlar bilan tanişadi. Şuningdek, tikuvçilik, oşpazlik, santexnika, zootexnika va agronomiya böyiça amaliy könikmalarni egallaydi. Viloyatda amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalari yangi mutaxassislarga ehtiyojni oşirmoqda. Şu bois, texnikum imkoniyatlaridan töliq foydalaniş, taʼlim dasturlarini iş beruvçilar talabiga moslaştiriş va yoşlarni yangi korxonalar uçun maqsadli tayyorlaş muhimligi taʼkidlandi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

“Qança kerak bölsa, bilim va kasb uçun pulni ayamaymiz” — Prezident
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga bağişlangan yiğiliş ötkazmoqda. Yiğilişd
Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga bağişlangan yiğiliş ötkazmoqda. Yiğilişda Prezidentimiz Qarşi şahridagi Ilğor kasbiy mahorat texnikumi tajribasiga töxtaldi. Uning 32 nafar ustasi yaqinda Germaniyada malaka oşirib qaytdi va hozir viloyatdagi 57 ta texnikum ustalariga öz bilimlarini yetkazmoqda. Har yili 10-11-sinflarning 2,5 ming nafar öquvçisi mazkur texnikumda hunar örganib, attestat bilan birga kasbiy sertifikat ham oladi. Germaniyalik öqituvçilar esa yiliga 1,5 ming yoşga nemis tili va kasb örgatmoqda. Davlatimiz rahbari loyihaning birinçi bitiruvçilari bilan suhbatlaşganini aytdi. Ularga Yevropada oyiga 3-5 ming yevro maoş tölanadigan iş örinlari taklif qilinmoqda. Endi tumanlardagi maktab öquvçilarini Ilğor kasbiy mahorat texnikumi va yangiça metodika asosida işlayotgan 57 ta texnikumga jalb qilişning aniq yönalişlarini işlab çiqişga topşiriq berildi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Samarqandda Özbekiston Respublikasi Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva taşabbusi bilan taşkil etilgan “Bolalar farovonligiga i
+9
Samarqandda Özbekiston Respublikasi Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva taşabbusi bilan taşkil etilgan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yöl” butunjahon sammiti öz işini boşladi. Anjumanda turli mamlakatlarning birinçi xonimlari, BMT, UNICEF, Jahon banki, JSST va boşqa xalqaro tuzilmalarning yuqori martabali vakillari iştirok etmoqda. Sammitning oçiliş marosimida Prezident Şavkat Mirziyoyevning anjuman iştirokçilariga tabrigi öqib eşittirildi. Tadbirda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Boş direktori Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyevaga onkologik kasalliklarga çalingan bolalarga tibbiy yordam körsatiş tizimini rivojlantirişdagi yetakçiligi va har bir bolaning soğlom hayot keçiriş huquqini global miqyosda ilgari surgani uçun nufuzli xalqaro mukofotni topşirdi. 📌Avvalgi yillarda uşbu mukofotga davlatlar va xalqaro taşkilotlar rahbarlari, Nobel mukofoti sovrindorlari, taniqli olimlar va jamoat arboblari sazovor bölgan. Ular global emlaşni rivojlantiriş, yuqumli kasalliklarga qarşi kuraşiş, tibbiy yordamdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va soğliqni saqlaş sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşga qöşgan hissasi uçun taqdirlangan.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

📌Kasbiy ta’lim: 7,318 nafar bitiruvçining bandligi ta’minlandi Ommaviy axborot vositalari uçun Kontent tayyorlaş markazida ötkazilgan brifingda Kasbiy ta’lim agentligi matbuot kotibi Sadoqat Sohibjon qizi bitiruvçilar bandligini ta’minlaş borasidagi natijalarni ma’lum qildi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi hamda O'zbek tili bayrami munosabati bilan Konimex tuma
+9
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi hamda O'zbek tili bayrami munosabati bilan Konimex tuman texnikumida “Til va tafakkur — kelajak sari” mavzusida katta bayram tadbiri hamda milliy burchakning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimligi, tashkilotlar va texnikum pedagoglari va yoshlar ishtirok etishdi. Milliy burchakda xalqimizning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analari, shuningdek, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining o‘ziga xos madaniyati keng namoyon etildi. Tadbir davomida ona tilimizga bo‘lgan yuksak hurmat, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, millatlararo do‘stlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hamjihatlik g‘oyalari tarannum etildi. Bayram tadbiri ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni yanada oshirdi. Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website

Repost from Edu.uz
#tayinlov Ta’lim va ilm-fan vazirligining Yuridik ta’minlaş boşqarmasi boşliği tayinlandi Ta’lim va ilm-fan vazirining tegişl
#tayinlov Ta’lim va ilm-fan vazirligining Yuridik ta’minlaş boşqarmasi boşliği tayinlandi Ta’lim va ilm-fan vazirining tegişli buyruği bilan Fayziyev Farruxjon Nematillayeviç Ta’lim va ilm-fan vazirligining Yuridik ta’minlaş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#tayinlov Ta’lim va ilm-fan vazirligining Axborot-tahlil boşqarmasi boşliği tayinlandi Ta’lim va ilm-fan vazirining tegişli b
#tayinlov Ta’lim va ilm-fan vazirligining Axborot-tahlil boşqarmasi boşliği tayinlandi Ta’lim va ilm-fan vazirining tegişli buyruği bilan Bekturdiyev Kadrbay Bekbosinoviç Ta’lim va ilm-fan vazirligining Axborot-tahlil boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Qaşqadaryolik yoşlar amaliyot ötaş uçun Germaniyaga boradi Davlatimiz rahbari Qaşqadaryo ilğor kasbiy mahorat texnikumi va un
+6
Qaşqadaryolik yoşlar amaliyot ötaş uçun Germaniyaga boradi Davlatimiz rahbari Qaşqadaryo ilğor kasbiy mahorat texnikumi va uning negizida taşkil etilgan “Kasblar şaharçasi” faoliyati bilan tanişdi.
Qiymati 42 milliard söm bölgan texnikumda bugungi kunda 10 ta yönaliş böyiça 417 nafar yoş tahsil olmoqda. Öquv jarayoniga Germaniya, Şveytsariya, Buyuk Britaniya, Xitoy va Janubiy Koreyaning ilğor tajribasi joriy etilgan. “Kasblar şaharçasi”da maktab öquvçilarining qiziqiş va qobiliyatlarini erta aniqlaş, ularni kasbga yönaltiriş hamda amaliy könikmalarini şakllantirişga alohida e’tibor qaratilgan. Yoşlar bu yerda axborot texnologiyalari, robototexnika, yaşil energetika, dronlarni boşqariş, agronomiya va boşqa zamonaviy kasblar bilan tanişadi. Şuningdek, yoşlarni xalqaro mehnat bozoriga tayyorlaş maqsadida yil yakuniga qadar 500 nafar yoşni nemis tiliga öqitib, Germaniyada haq tölanadigan amaliyotga yuboriş rejalaştirilgan. Davlatimiz rahbari kasbiy ta’lim imkoniyatlaridan töliq foydalaniş, ta’lim dasturlarini iş beruvçilar talablariga moslaştiriş va yoşlarni zamonaviy kasblarga maqsadli tayyorlaş muhimligini ta’kidladi.
#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #kasbiytalim Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Делегация из Узбекистана ознакомилась с потенциалом профобразования Гомельской области ▪️ Основное внимание члены делегации у
+3
Делегация из Узбекистана ознакомилась с потенциалом профобразования Гомельской области ▪️ Основное внимание члены делегации уделили возможностям по подготовке кадров для машиностроения и металлообработки, организации обучения мастеров производственного обучения. В ходе визита гости посетили Гомельский автомеханический колледж, где ознакомились с материально-технической базой и работой центра компетенций.
Директор учреждения Геннадий Козлов рассказал, как во время обучения в колледже формируют у учащихся практические навыки еще на этапе обучения, все для того, чтобы будущие электромонтеры, автомеханики, наладчики станков и манипуляторов сразу могли применять полученные знания на производстве. К слову, производственное обучение учащиеся проходят на учебных участках, размещенных на предприятиях города. На ОАО "Гомсельмаш" практикуются наладчики станков, на заводе специнструмента и технологической оснастки — слесари-инструментальщики.
В программу посещения делегации также вошли Гомельский машиностроительный и колледж кулинарии, а также Гомельский колледж бытового обслуживания. ✒️ Представляя систему профессионально-технического образования региона, начальник главного управления образования Гомельского облисполкома Руслан Смирнов отметил, что в области работают 49 учреждений, где подготовка ведется более чем по 120 специальностям.
— Гомельская область обладает значительным экономическим потенциалом. Под потребности экономики необходимо готовить кадры. Заказчиков у нас много, и система профессионального образования выстраивает свою работу с учетом их запросов, — подчеркнул Руслан Иванович. — После подготовки всех необходимых документов мы готовы делиться опытом организации такого обучения, а также рассматривать возможность разработки и адаптации образовательных программ для узбекской стороны.
По итогам визита стороны договорились о подготовке необходимых документов для дальнейшего сотрудничества.

Repost from Edu.uz
#tayinlov Ta’lim va ilm-fan vazirligining Inson resurslarini rivojlantiriş va boşqariş boşqarmasi boşliği tayinlandi Ta’lim v
#tayinlov Ta’lim va ilm-fan vazirligining Inson resurslarini rivojlantiriş va boşqariş boşqarmasi boşliği tayinlandi Ta’lim va ilm-fan vazirining tegişli buyruği bilan Ğaybullayev Farrux Yuldaşeviç Ta’lim va ilm-fan vazirligining Inson resurslarini rivojlantiriş va boşqariş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Prezident özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladi Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişg
Prezident özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladi Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonun quyidagi özgarişlarni nazarda tutadi: 🔵O‘ o‘ → Ö ö 🔵G‘ g‘ → Ğ ğ 🔵Sh sh → Ş ş 🔵Ch ch → Ç ç Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva alifbodagi özgarişlar yozuvdagi noqulayliklarni bartaraf etiş va özbek tilining raqamli makondagi örnini mustahkamlaşga xizmat qilişini ta’kidladi.
“Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi”, — dedi u.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🇧🇾🇺🇿Kasbiy ta’lim sohasida Belarus–O‘zbekiston xalqaro hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda 🤝 Belarus Respublikasi Gomel v
+5
🇧🇾🇺🇿Kasbiy ta’lim sohasida Belarus–O‘zbekiston xalqaro hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda 🤝
Belarus Respublikasi Gomel viloyatiga tashrif doirasida Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi texnikum rahbarlari hamda Gomel viloyati ta’lim boshqarmasi boshlig‘i R.Smernov o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv shartnomasi imzolandi.
Mazkur kelishuv Belarus va O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimlari o‘rtasida tajriba almashish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini o‘rganish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan.
📚📖Shartnomaga muvofiq, Gomel viloyatidagi kollejlar va Navoiy viloyatidagi texnikumlarning o‘quv dasturlari asosida “1+1” ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Ushbu dastur doirasida o‘quvchilarning ikki davlatda ta’lim olish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan. 🧑‍🎓👩‍🎓 Shuningdek, pedagoglar va ta’lim ustalarining o‘zaro tajriba almashishi, malaka oshirishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganishi hamda kasbiy ta’limda samarali usullarni ommalashtirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. 🌐 Mazkur kelishuv kasbiy ta’lim sifatini oshirish, xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etish va mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim qadam bo‘ladi. Navoiy iloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website

🇧🇾🇺🇿Kasbiy ta’lim sohasida Belarus–O‘zbekiston xalqaro hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda 🤝 Belarus Respublikasi Gomel v
+5
🇧🇾🇺🇿Kasbiy ta’lim sohasida Belarus–O‘zbekiston xalqaro hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda 🤝 Belarus Respublikasi Gomel viloyatiga tashrif doirasida Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi texnikum rahbarlari hamda Gomel viloyati ta’lim boshqarmasi boshlig‘i R.Smernov o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv shartnomasi imzolandi. Mazkur kelishuv Belarus va O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimlari o‘rtasida tajriba almashish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini o‘rganish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan. 📚📖Shartnomaga muvofiq, Gomel viloyatidagi kollejlar va Navoiy viloyatidagi texnikumlarning o‘quv dasturlari asosida “1+1” ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Ushbu dastur doirasida o‘quvchilarning ikki davlatda ta’lim olish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan. 🧑‍🎓👩‍🎓 Shuningdek, pedagoglar va ta’lim ustalarining o‘zaro tajriba almashishi, malaka oshirishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganishi hamda kasbiy ta’limda samarali usullarni ommalashtirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. 🌐 Mazkur kelishuv kasbiy ta’lim sifatini oshirish, xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etish va mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim qadam bo‘ladi. Navoiy iloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website

#tayinlov Ta’lim va ilm-fan vazirligining Apparat rahbari tayinlandi Ta’lim va ilm-fan vazirining tegişli buyruği bilan Nemat
#tayinlov Ta’lim va ilm-fan vazirligining Apparat rahbari tayinlandi Ta’lim va ilm-fan vazirining tegişli buyruği bilan Nematov Inatillo Ubaydullayeviç Ta’lim va ilm-fan vazirligining Apparat rahbari lavozimiga tayinlandi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X