Navoiy viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
Kanalga Telegram’da o‘tish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! 🌐 Veb-sayt:KTB_Navoiy 📲Murojat uchun: +998-79-220-64-45
Ko'proq ko'rsatish855
Obunachilar
-124 soatlar
+97 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar
Postlar arxiv
Repost from Kasbiy ta’lim agentligi
+6
Texnikumlarning iqtidorli o‘quvchilari Koreyada o‘qish va amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo'ladi
Kasbiy ta’lim agentligida Koreya Elevator Universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Koreya Elevator Universitetining Texnopark hududida vakolatxona ochish tashabbusi, Koreya tajribasi asosida o‘quv dasturlarini takomillashtirish hamda professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar Koreya ta’lim dasturlarining ayrim qismini O‘zbekistonda amalga oshirish, iqtidorli talabalarni Koreyada o‘qish va amaliyot o‘tashga yo‘naltirish hamda bitiruvchilarni Koreya va O‘zbekiston korxonalarida ish bilan ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Shuningdek:
✅Koreya ta’lim dasturlarini O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimiga joriy etish;
✅elevator texnologiyalari, avtomatlashtirish, elektrotexnika va mexatronika yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish;
✅texnikum bitiruvchilarining bandligini ta’minlash;
✅qo‘shma ta’lim va amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzatingWebsite | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Repost from Kasbiy ta’lim agentligi
⚡️Texnikum bitiruvchilari uchun oliy ta’limning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirish ro‘yxati tasdiqlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalarida o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirishlari boʻyicha tegishli ro‘yxat tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, texnikum bitiruvchilari oliy ta'limga quyidagi tartib va imtiyozlar asosida qabul qilinadi:
➖ oliy taʼlimga kirish imtihonlarisiz, faqat yakka tartibdagi suhbat orqali;
➖ o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2-bosqichidan boshlab;
📌Bunda oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Bizni kuzatingWebsite | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Navoiy viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining viloyat bosqichi qizg‘in va murosasiz bahslar ostida davom etmoqda.
Navoiy iloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating👇
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website
+6
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” milliy kasblar tanlovining 2-bosqichi doirasida “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” yo‘nalishi bo‘yicha bellashuv qizg'in davom etmoqda.
Navoiy iloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating👇
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website
+7
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” milliy kasblar tanlovining 2-bosqichi doirasida “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” yo‘nalishi bo‘yicha bellashuv qizg'in davom etmoqda.
Navoiy iloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating👇
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website
+7
🇺🇿 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining 2-kuni
O‘zbekiston Respublikasida kasbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, yoshlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi tashkil etib kelinmoqda.Mazkur tanlov yoshlarning o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, ilg‘or tajribalarni hamda kasbiy mahoratini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining 2-bosqichi doirasida viloyat bosqichining “Quruq qurilish va pardozlash ishlari” yo‘nalishi Karmana tuman 2-son texnikumida yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Navoiy iloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website
+9
🇺🇿 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” milliy kasblar tanlovining 2-bosqichi doirasida “Payvandlash ishlari” yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi kun bellashuvlari davom etmoqda.
Bellashuvlarning navbatdagi kunida ishtirokchilar o‘zlarining kasbiy bilim va amaliy tajribalarini namoyon etib, belgilangan vazifalarni bajarish orqali mahoratlarini ko‘rsatmoqdalar.Musobaqa yakuniga ko‘ra, respublika bosqichida Navoiy viloyati sharafini himoya qiladigan eng kuchli nomzod ma’lum bo‘ladi. Navoiy iloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website
+8
🇺🇿 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” milliy kasblar tanlovi 2-bosqichining uchinchi kun bellashuvlari doirasida “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” yo‘nalishi bo‘yicha sinovlar qizg‘in davom etmoqda.
Tanlov jarayonida ishtirokchilar mazkur yo‘nalish bo‘yicha nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etib, belgilangan topshiriqlarni sifatli va aniq bajarish uchun harakat qilmoqdalar.Shuningdek, avtomobil tizimlarini diagnostika qilish, texnik nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish, hamda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha ularning mahorati baholanmoqda. Tanlov yuqori saviyada davom etib, ishtirokchilar g‘oliblik uchun munosib kurash olib bormoqdalar. Navoiy iloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website
Repost from Kasbiy ta’lim agentligi
+3
Texnikumlarning qurilish sohasidagi korxonalar bilan hamkorligi kengaytiriladi
Kasbiy ta’lim agentligi hamda O‘zbekiston quruvchilari assotsiatsiyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida:
✅qurilish tarmog‘i uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali o'rta bo'g'in mutaxassislarini tayyorlash;
✅kasbiy ta’lim tashkilotlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash;
✅dual ta’lim shaklini kengaytirish hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, o‘quv jarayoniga ishlab chiqarish tajribalarini integratsiya qilish, amaliyot bazalarini kengaytirish va mehnat bozorining real ehtiyojlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash bo‘yicha istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.
📌 Ushbu hamkorlikning yangi bosqichi qurilish sohasi uchun raqobatbardosh, zamonaviy kasbiy kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzatingWebsite | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
+8
🇺🇿 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” milliy tanlovining viloyati bosqichi davom etmoqda.
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” kasbiy mahorat milliy tanlovining II-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tanlov yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish, ularning iste’dod va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.Tanlov davomida ishtirokchilar: Santexnik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlarining nazariy bilimlari hamda amaliy mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar. Bellashuvlar jarayonida yoshlar mas’uliyat, ijodkorlik va kasbiy tayyorgarlik darajasini namoyish etishmoqda. Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng faol va iqtidorli ishtirokchilar saralab olinib, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar. Navoiy iloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website
#InnoX
📢 Navoiy yoshlar texnoparkida “InnoX” dasturiga qabul boshlandi
Navoiy yoshlar texnoparki 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar, yosh olimlar va startap tashabbuskorlari uchun “InnoX” biznes-inkubatsiya va akseleratsiya dasturining yangi mavsumini e’lon qiladi.
Ishtirokchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar: ✅ Tajribali mentorlar yordamida startap loyihalarni takomillashtirish; ✅ Biznes yuritish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallash; ✅ G‘oyalarni MVP (minimal ishchi mahsulot) darajasigacha rivojlantirish; ✅ Treninglar va hamfikr yoshlar bilan tajriba almashish muhiti.🗓 Ro‘yxatdan o‘tish: 9-iyundan 30-iyunga qadar 🔗 Ariza topshirish: ▶️ Havola 📞 Ma’lumot uchun: +998 97 321 48 84
Bizni kuzatinghttps://t.me/navoiy_yoshlar_texnopark
#InnoX
📢 Navoiy yoshlar texnoparkida “InnoX” dasturiga qabul boshlandi
Navoiy yoshlar texnoparki 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar, yosh olimlar va startap tashabbuskorlari uchun “InnoX” biznes-inkubatsiya va akseleratsiya dasturining yangi mavsumini e’lon qiladi.
Ishtirokchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar: ✅ Tajribali mentorlar yordamida startap loyihalarni takomillashtirish; ✅ Biznes yuritish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallash; ✅ G‘oyalarni MVP (minimal ishchi mahsulot) darajasigacha rivojlantirish; ✅ Treninglar va hamfikr yoshlar bilan tajriba almashish muhiti.🗓 Ro‘yxatdan o‘tish: 9-iyundan 30-iyunga qadar 🔗 Ariza topshirish: ▶️ Havola 📞 Ma’lumot uchun: +998 97 321 48 84
Bizni kuzating
#InnoX
📢 Navoiy yoshlar texnoparkida “InnoX” dasturiga qabul boshlandi
Navoiy yoshlar texnoparki 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar, yosh olimlar va startap tashabbuskorlari uchun “InnoX” biznes-inkubatsiya va akseleratsiya dasturining yangi mavsumini e’lon qiladi.
Ishtirokchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar: ✅ Tajribali mentorlar yordamida startap loyihalarni takomillashtirish; ✅ Biznes yuritish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallash; ✅ G‘oyalarni MVP (minimal ishchi mahsulot) darajasigacha rivojlantirish; ✅ Treninglar va hamfikr yoshlar bilan tajriba almashish muhiti.🗓 Ro‘yxatdan o‘tish: 9-iyundan 30-iyunga qadar 🔗 Ariza topshirish: ▶️ Havola 📞 Ma’lumot uchun: +998 97 321 48 84
Bizni kuzatinghttps://t.me/navoiy_yoshlar_texnopark
+5
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” milliy kasblar tanlovining 2-bosqichi doirasida “Payvandlash ishlari” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi kun bellashuvlari qizg‘in davom etmoqda.
Bellashuvlarda ishtirokchilar o‘zlarining kasbiy bilim va amaliy tajribalarini namoyon etib, belgilangan vazifalarni bajarish orqali mahoratlarini ko‘rsatmoqdalar.Tanlov jarayonida metall buyumlar va konstruksiyalarni payvandlash sifati, chizmalarni to‘g‘ri o‘qish va ulardan foydalanish, ish unumdorligi hamda xavfsizlik qoidalariga amal qilish darajasi tajribali ekspertlar tomonidan baholanmoqda. Ishtirokchilarimizga yuqori ballar va g‘alaba yor bo‘lishini tilab qolamiz! Navoiy iloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website
+8
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” milliy kasblar tanlovining 2-bosqichi doirasida “Elektromontaj” yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi kun bellashuvlari davom etmoqda.
Bugungi bellashuvlarda ishtirokchilar elektromontaj sohasidagi nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etib, belgilangan topshiriqlarni bajarish orqali o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar.Tanlov davomida elektr sxemalarini o‘qish va yig‘ish, elektr jihozlarini montaj qilish, nosozliklarni aniqlash hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish darajasi baholanmoqda. “Elektromontaj ishlari” yo‘nalishidagi bellashuvlar yuqori saviyada davom etib, ishtirokchilar g‘oliblik uchun munosib kurash olib bormoqdalar. Navoiy iloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website
+5
Kasbiy Mahorat Milliy Tanlovi Pardozlash va Gipsokarton Ishlari Karmana tumani 2-son texnikumida "Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat milliy tanlovining 2-bosqichi qizg'in pallada!
Tanlov yoshlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon etish hamda zamonaviy mehnat bozori talablariga mos mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.Pardozlash va gipsokarton ishlari, Ishtirokchilar o‘zlarining kasbiy tayyorgarligi, ijodiy yondashuvi va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etmoqdalar. Tanlov jarayonlari ekspertlar tomonidan belgilangan mezonlar asosida adolatli va shaffof baholanmoqda Maqsadimiz,ushbu tanlov iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kasbga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website
+6
🩺💊💉“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” milliy kasblar tanlovining 2-bosqichi doirasida ikkinchi kun bellashuvlari davom etmoqda.
"Yangi O'zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat milliy tanlovi viloyat bosqichida “Tibbiy va ijtimoiy g'amxo'rlik” yo'nalishi bo‘yicha ishtirokchilar stasionar va patronaj hamshirasi vazifalari uchun reja tuzib, amalga oshirdilar, bemorlar bilan muloqot jarayonini aks ettirdilar.Kasalliklar profilaktikasi aks etgan Poster- salomatlik varaqasini chizib, tahlil qildilar. Oz faoliyatlariga baho berdilar. Tanlov nafaqat yosh mutaxassislarning bilim va salohiyatini aniqlash, balki ularni kasbga bo‘lgan mehrini mustahkamlash, kelgusida malakali tibbiyot xodimi sifatida shakllanishlariga xizmat qilmoqda. Bilim, intilish va mahorat uyg‘unlashgan ushbu tanlovning barcha ishtirokchilariga muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz! Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website
+6
📣 Bilim va mahorat sinovi: eng munosiblar saralanmoqda
Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining II-bosqichi qizg‘in va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.II- bosqichida yoshlarning tibbiyot sohasida mahoratlarini oshirish, ularni ilg'or xalqaro amaliyotga asos bo'lgan kasb-hunarlarga qiziqtirish hamda iste'dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadi muhim asos bo'ldi. Tanlovda “Tibbiy va ijtimoiy g'amxo'rlik” yo'nalishi bo‘yicha ekspertlar tomonidan ishtirokchilarning nazariy bilimlari bo'yicha bemorlar bilan muloqoti, kasalliklar profilaktikasi aks etgan salomatlik varaqasi tayyorlash va amaliy muolajalarni bajarish bo‘yicha tajriba hamda mahoratlari baholandi. Viloyat bosqichi tanlovida Navoiy, Xatirchi, Zarafshon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o'quvchilari hamda tuman, shahar 1- bosqichi g'oliblari ishtirok etdilar. Bizni kuzating👇 Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
Repost from Kasbiy ta’lim agentligi
Ishlab chiqarish ta’lim ustalari va maxsus fan o‘qituvchilari diqqatiga!
Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan texnikumlarda Turizm va mehmondo‘stlik ta’lim yo‘nalishidagi kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish ta’limi ustalari va maxsus fan o‘qituvchilari uchun malaka oshirish (stajirovka) dasturini taklif etadi.
Malaka oshirish muddati: 2026-yil davomida (iyuldan bosqichma-bosqich boshlanadi).
Malaka oshirish dasturida ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi havolalar orqali anketa-so‘rovnomani 2026-yil 27-iyunga qadar to‘ldirishi lozim.
Anketa havolasi: https://forms.gle/kHKk3HaB1C1oPeoN6
Batafsil
Bizni kuzatingWebsite | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Repost from Kasbiy ta’lim agentligi
+6
🇺🇿 Bir bayroq, bir jamoa, bir maqsad!
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvi — O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs mamlakatimiz bo‘ylab katta qiziqish bilan kuzatilmoqda.
Ayni damlarda kasbiy ta’lim tizimi xodimlari, texnikumlar rahbarlari, pedagoglar va o‘quvchilar ham yurtimizning turli hududlarida tashkil etilgan tomosha maydonlarida jam bo‘lib, milliy terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlamoqda.
⚽️ Maydondagi har bir harakat millionlab yurtdoshlarimiz qatori kasbiy ta’lim jamoasi uchun ham faxr va hayajon manbai bo‘lib, barchani yagona maqsad — O‘zbekiston sharafini yuksaltirish yo‘lida birlashtirmoqda.
🔥 Olg‘a, O‘zbekiston! Yangi tarixni birgalikda yozamiz!
Bizni kuzatingWebsite | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
