en
Feedback
BSMI.UZ | Rasmiy kanali

BSMI.UZ | Rasmiy kanali

Open in Telegram

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rasmiy kanali. Institutimiz yangiliklaridan birinchi bo`lib xabardor bo'ling! 🌐 Rasmiy sayt: bsmi.uz 📞 Ishonch telefoni: 65-223-00-50 📞 Call-center: 65-223-00-50

Show more
7 052
Subscribers
+1024 hours
+1577 days
+57530 days
Posts Archive
🔴💥💥💥💥🎗️🎗️🎗️🎗️🎗️ 🎓TALABALIKKA BAG‘ISHLOV — TANTANALI OCHILISH MAROSIMI! 🇺🇿 Bugun Buxoro davlat tibbiyot instituti
+6
🔴💥💥💥💥🎗️🎗️🎗️🎗️🎗️ 🎓TALABALIKKA BAG‘ISHLOV — TANTANALI OCHILISH MAROSIMI! 🇺🇿 Bugun Buxoro davlat tibbiyot institutida 1-kurs talabalarini talabalik safiga qabul qilishga bag‘ishlangan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda! ✨ Ushbu unutilmas kun kecha maktab o‘quvchisi bo‘lgan, bugun esa oq xalat kiyib, inson salomatligi yo‘lida sharafli kasbni egallash sari ilk qadamini qo‘yayotgan yoshlar uchun yangi va mas’uliyatli davrning boshlanishidir. 🩺 Aziz 1-kurs talabalar! Bugundan boshlab siz Buxoro davlat tibbiyot institutining katta va ahil oilasi a’zosiga aylandingiz. Oldinda sizni bilim, izlanish, mashaqqat va ulkan imkoniyatlarga boy talabalik yillari kutmoqda! 🌟 Sizlarga mustahkam iroda, yuksak marralar, ilm yo‘lida omad va kelajakda xalqimizga munosib xizmat qiladigan yetuk tibbiyot mutaxassisi bo‘lishingizni tilaymiz! Talabalik muborak, aziz yoshlar!

🇺🇿 DAVLAT MADHIYASI — YUKSAK G‘URUR VA IFTIXOR TIMSOLI! 🎶 Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangra
+4
🇺🇿 DAVLAT MADHIYASI — YUKSAK G‘URUR VA IFTIXOR TIMSOLI! 🎶 Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, barcha ishtirokchilar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yurtga sadoqat tuyg‘ularini yanada jo‘sh urdirdi. 🇺🇿 Madhiyamiz institutning 1-kurs talabalari jo‘rligida birgalikda ijro etildi. Yoshlarning yagona safda, yuksak iftixor va ko‘tarinki kayfiyat bilan Madhiyamizni kuylashi tadbirga o‘zgacha tantanavor ruh bag‘ishladi. 🩺 Bugun ular — talaba. Ertaga esa xalq salomatligi yo‘lida xizmat qiladigan fidoyi shifokorlar! Yurt madhiyasi yangragan ushbu lahzalar yoshlar qalbida Vatanga va tanlagan kasbiga bo‘lgan sadoqatni yanada mustahkamladi. 🇺🇿 Vatan madhiyasi — qalblarimizda, Vatan taqdiri — qo‘llarimizda!

🏆🏆🏆🏆🎉🎉🎉🎉🎉 🎙 Tadbir davomida institut rektori Teshayev Shuxrat Jumayevich so‘zga chiqib, yangi qabul qilingan 1-kurs
+4
🏆🏆🏆🏆🎉🎉🎉🎉🎉 🎙 Tadbir davomida institut rektori Teshayev Shuxrat Jumayevich so‘zga chiqib, yangi qabul qilingan 1-kurs talabalarini ushbu unutilmas kun bilan samimiy muborakbod etdi. 💐 Rektor o‘z tabrigida talabalik — inson hayotidagi eng go‘zal va mas’uliyatli davrlardan biri ekanini ta’kidlab, yoshlarni institutda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga, puxta bilim olishga, ilmiy izlanish va yangilikka intilishga chorladi. 🩺 Shuningdek, bo‘lajak shifokorlarga kasbga sadoqat, yuksak ma’naviyat, mustahkam iroda va inson salomatligi yo‘lida fidoyilik kabi ezgu fazilatlarni o‘zida mujassam etishlari zarurligi qayd etildi. ✨ Aziz 1-kurs talabalar! Sizlarni yana bir bor talabalik maqomingiz bilan muborakbod etamiz! Yangi bosqichingiz omadli, bilim yo‘lidagi qadamlaringiz bardavom, kelajagingiz esa porloq bo‘lsin! 🎓🩺

🎓 Shuningdek, yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda institutga yuqori natijalar bilan
+9
🎓 Shuningdek, yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda institutga yuqori natijalar bilan qabul qilingan talabalarni taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, professor Shuhrat Teshayev boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar jamoasi qabul imtihonlarida maksimal 189 ball to‘plab, yuqori natijani qayd etgan talabalarni samimiy muborakbod etdi. ✨ Yoshlarni ushbu yuksak natija bilan qutlagan institut rahbariyati ularga talabalik davrida ulkan muvaffaqiyatlar, ilm yo‘lida yangi marralar va kelgusidagi kasbiy faoliyatida omad tiladi. 🩺 Yoshlarning shifokorlik kasbiga ilk qadamini ramziy ifodalash, ularga “oq yo‘l” tilash maqsadida yuqori natija bilan talabalikka qabul qilingan yoshlarga oq xalat kiydirildi. Oq xalat — shifokorlik kasbining sharafi, inson hayoti va salomatligi oldidagi yuksak mas’uliyat timsoli sifatida talabalarning xotirasida ushbu unutilmas kunning yorqin ramziga aylandi. Tadbir davomida yoshlar o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlash, puxta bilim olish va kelajakda xalq salomatligi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilishga intilishlarini bildirdilar.

🇺🇿 YANGI O‘QUV YILI — YANGI MARRALAR SARI ILK QADAM! 🎗 Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida yangi
+4
🇺🇿 YANGI O‘QUV YILI — YANGI MARRALAR SARI ILK QADAM! 🎗 Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir ko‘tarinki ruhda boshlandi.
🎗 Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Ushbu sharafli lahzalarda institut jamoasi, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar Vatanga sadoqat, iftixor va yurt kelajagiga bo‘lgan ishonch tuyg‘ularini namoyon etdilar. 🎗 Tantanali tadbirda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, professor Shuhrat Teshayev so‘zga chiqib, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarni yangi 2026/2027-o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi. 🎗 Institut rektori o‘z tabrigida yangi o‘quv yili barchaga ulkan zafarlar, yangi bilim va imkoniyatlar olib kelishini tilab, yoshlarni puxta bilim egallash, izlanish va zamonaviy tibbiy kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga chorladi. 🎗 Ayniqsa, institutimiz safiga yangi qo‘shilgan talabalar uchun bugungi kun hayotlaridagi muhim va unutilmas voqea ekani ta’kidlandi. Ularga talabalik davridan unumli foydalanib, o‘z oldilariga katta maqsadlar qo‘yish, ilm-fan sirlarini puxta egallash va kelajak sari dadil qadam tashlashlari tilak bildirildi. 🇺🇿 Bayrog‘imiz baland, maqsadlarimiz ulug‘, kelajagimiz porloq bo‘lsin!
📚 Yangi 2026/2027-o‘quv yili barchamiz uchun omadli, sermahsul va katta yutuqlarga boy kelsin!

photo content
+9

🚀 Plug and Play — Buxorolik startaplar bilan uchrashuv! Buxorolik startap asoschilari uchun yangi imkoniyat! Plug and Play’n
🚀 Plug and Play — Buxorolik startaplar bilan uchrashuv! Buxorolik startap asoschilari uchun yangi imkoniyat! Plug and Play’ning Buxoroda yangi filiali ochilishi munosabati bilan Plug and Play O‘zbekiston jamoasi direktori Muhammad Mahmudov Buxoro startap ekotizimi vakillari bilan uchrashadi. Uchrashuv davomida startaplar uchun Plug and Play imkoniyatlari, xalqaro akseleratsiya, investitsiyalar va global bozorlarga chiqish masalalari haqida suhbatlashish hamda o‘z loyihangiz bo‘yicha bevosita fikr almashish imkoniyati bo‘ladi. 📅 9-sentyabr, chorshanba 🕚 11:00 📍 Leader Group binosi, 2-qavat, Buxoro shahri 📌 Lokatsiya — Google Maps Buxorolik startap asoschilari va jamoalarini uchrashuvda kutamiz!

Video message00:26

Video message00:27

Video message00:47

Пешкуда депутат ташаббуси билан икки оила камбағалликдан чиқарилди Пешку туманида аҳоли муаммоларини манзилли ўрганиш, эҳтиёж
+4
Пешкуда депутат ташаббуси билан икки оила камбағалликдан чиқарилди Пешку туманида аҳоли муаммоларини манзилли ўрганиш, эҳтиёжманд оилаларни қўллаб-қувватлаш ва уларни камбағалликдан чиқариш борасида амалий ишлар олиб борилмоқда. Айни жараёнда Пешку туманидан Халқ депутатлари вилоят Кенгашига сайланган депутат, Абу Али ибн Сино номидаги Бухоро давлат тиббиёт институти ректори Шуҳрат Тешаев томонидан икки нафар фуқаро ва уларнинг оилаларига кўрсатилган амалий ёрдам алоҳида аҳамият касб этди. Хусусан, Чибоғони маҳалласида яшовчи Тошева Камола Негбоевнанинг кўриш қобилияти пасайиб, меҳнат қилиш имконияти чекланган эди. Депутат томонидан унинг муаммоси ўрганилиб, зарур тиббий ёрдам кўрсатилиши ташкил этилди. К. Тошеванинг Республика кўз микрохирургияси марказининг Бухоро филиалида даволаниши таъминланди. Шунингдек, тегишли комиссия қарори асосида унга ногиронлик нафақаси тайинлаш масаласи ҳал этилмоқда. Бу эса фуқаронинг нафақат саломатлигини тиклаш, балки келгусида доимий ижтимоий ҳимояга эга бўлиши учун муҳим қадам бўлди. Яна бир оилада эса асосий муаммо — даромад манбаини яратиш ва оила аъзоларини банд қилиш масаласи эди. Ижтимоий реестрга киритилган оиланинг бошлиғи Феруз Шеров соғлиғи билан боғлиқ муаммолари туфайли меҳнат қила олмаётган эди. Унинг имтиёзли тарзда даволаниши ташкил этилиб, саломатлиги тиклангач, Миграция агентлиги кўмагида Россия Федерациясига қонуний ишлаш учун юборилди. Оилада қолган турмуш ўртоғи Муниса Ҳамроеванинг ҳам бандлигини таъминлаш мақсадида унга депутат Шуҳрат Тешаев томонидан тикув машинаси, дазмол ва қуритиш мосламалари топширилди. Эндиликда Муҳсина Ҳамроева ушбу воситалар ёрдамида ўз хонадонларида тикувчилик хизматини йўлга қўйиб, маҳалладаги аҳолига хизмат кўрсатиши ва оиласи учун қўшимча даромад манбаини яратиши мумкин. Шу билан бирга, тегишли ташкилотлар томонидан оиланинг бандлигини таъминлаш, яшаш шароитини яхшилаш ва уй-жойини қайта қуриш масалаларида ҳам амалий кўмак кўрсатилиши белгиланган. Эътиборлиси, кўрилаётган чоралар натижасида Пешку туманидаги икки нафар фуқаро ва уларнинг оилалари камбағалликдан чиқарилди. Бу мисоллар депутатлик фаолиятининг аҳоли билан яқин ишлаш, муаммони аниқлаш ва унинг ечимини охиригача таъминлашга қаратилганининг амалий ифодасидир.

#Жараён Пешкуда аҳоли саломатлигини асрашга қаратилган тиббий кўриклар давом этмоқда Хабар берилганидек, бугун Пешку туманида
+9
#Жараён Пешкуда аҳоли саломатлигини асрашга қаратилган тиббий кўриклар давом этмоқда Хабар берилганидек, бугун Пешку туманида аҳоли саломатлигини муҳофаза қилиш, тиббий хизматлардан фойдаланиш имкониятини кенгайтириш ҳамда эҳтиёжманд оилаларни қўллаб-қувватлашга қаратилган амалий ишлар давом этмоқда. Шу мақсадда Абу Али ибн Сино номидаги Бухоро давлат тиббиёт институти профессор-ўқитувчилари ва малакали шифокорлари иштирокида аҳоли учун тиббий кўриклар ташкил этилмоқда. Кўриклар давомида фуқароларнинг саломатлик ҳолати чуқур ўрганилиб, мавжуд касалликларни эрта аниқлаш, зарур мутахассислар маслаҳатини бериш ҳамда кейинги даволаш чораларини белгилашга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Аниқланган тиббий муаммолар бўйича беморларга тегишли тавсиялар берилиб, уларни даволаш ва соғломлаштириш бўйича амалий ишлар йўлга қўйилмоқда. Шунингдек, институт ректори Шухрат Тешаев клиниканинг малакали профессор-шifokorlari билан биргаликда аҳоли хонадонларида бўлиб, ҳаракатланиши чекланган ва ётоқ ҳолатидаги беморлар ҳолидан хабар олди. Уларнинг саломатлик ҳолатия жойида ўрганилиб, ҳар бир бемор учун зарур тиббий ёрдам ва даволаш жараёнини ташкил этиш бўйича масъулларга тегишли вазифалар белгиланди. Мазкур ишлар аҳолининг, айниқса, тиббий ёрдамга муҳтож қатламларнинг саломатлигини тиклаш ва ҳаёт сифатини яхшилашга қаратилган. Беморларни даволаш, зарур мутахассисларга йўналтириш, дори-дармон ва бошқа тиббий эҳтиёжларини аниқлаш бўйича амалий ишлар изчил давом эттирилади.

#Yangilik #Tibbiy_talim 🔴✨✨✨✨ ❗️Rezidentura tor ixtisoslikdagi shifokorlarni tayyorlashning yagona tizimiga aylanadi 2027/20
#Yangilik #Tibbiy_talim 🔴✨✨✨✨ ❗️Rezidentura tor ixtisoslikdagi shifokorlarni tayyorlashning yagona tizimiga aylanadi
2027/2028-o‘quv yilidan boshlab shifokor-mutaxassislar tayyorlash to‘liq rezidentura dasturlari orqali amalga oshiriladi. Klinik ordinaturaga qabul to‘xtatiladi. Shu bilan birga, qisqa muddatli qayta tayyorlash dasturlari orqali yangi tor ixtisoslikka ega bo‘lish amaliyoti bekor qilinadi.
Magistratura tor ixtisoslikdagi shifokorlarni tayyorlash bosqichi sifatidagi maqomini yo‘qotib, faqat ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga yo‘naltiriladi. Bunda magistraturada tahsil olishga turdosh ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari ham qabul qilinishi mumkin. Rezidenturada ta’lim davlat granti asosida amalga oshiriladi. Qabul kvotalari hududlar, tibbiyot tashkilotlari ehtiyoji hamda alohida yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar yetishmovchiligini inobatga olgan holda tasdiqlanadi. Rezidentlar uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2,15 baravari miqdorida stipendiya joriy etiladi. Rezidenturani muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Milliy malakalar ramkasining 7-darajasiga muvofiq diplom beriladi. Ushbu diplom doktoranturada ta’limni davom ettirish huquqini beradi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 👉Каналга уланиш👈

Peshkuda ehtiyojmand aholi uchun manzilli tibbiy yordam tashkil etildi Aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash,
+4
Peshkuda ehtiyojmand aholi uchun manzilli tibbiy yordam tashkil etildi Aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini mustahkamlash va sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining bir guruh professor-shifokorlari Peshku tumanidagi 33-oilaviy poliklinikada kambag‘allik darajasidagi oilalar hamda ehtiyojmand aholi vakillarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Kunning birinchi yarmida 300 nafardan ortiq fuqaro malakali mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazildi. Aniqlangan salomatlik muammolari bo‘yicha zarur tavsiyalar berilib, qo‘shimcha tekshiruv va davolanishga muhtoj fuqarolar bo‘yicha tegishli choralar belgilanmoqda. Shuningdek, Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati, institut rektori Shuhrat Teshayevning sayyor qabuli tashkil etildi. Fuqarolarning turli masalalar yuzasidan murojaatlari tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Xususan, salomatligini tiklash bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolarga Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasida bepul davolanish imkoniyati yaratiladi. Zarur hollarda dori-darmon vositalari bilan ta’minlash choralari ham ko‘riladi. Bunday manzilli tibbiy yordam aholi salomatligini tiklash bilan bir qatorda, mehnatga layoqatli fuqarolarning sog‘ligini mustahkamlash, ularning bandligini ta’minlash va oila daromadlarini oshirishga xizmat qiladi. Zero, sog‘lom inson — mehnat qiladigan, daromad topadigan va oila farovonligini ta’minlaydigan inson. Shu bois aholi salomatligini muhofaza qilish kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanmoqda.

photo content
+9

#️⃣ Buxoro davlat tibbiyot institutida super-kontrakt qiymatlari e’lon qilindi Buxoro davlat tibbiyot institutida 2026/2027-o
#️⃣ Buxoro davlat tibbiyot institutida super-kontrakt qiymatlari e’lon qilindi Buxoro davlat tibbiyot institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymatlari tasdiqlandi. 📌 Bakalavriatning barcha yo‘nalishlari uchun: 1,5 baravar — 23 mln 546 ming 250 so‘m; 2 baravar — 31 mln 395 ming so‘m; 2,5 baravar — 39 mln 243 ming 750 so‘m; 3 baravar — 47 mln 92 ming 500 so‘m. Shuningdek, Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan minimal balldan kam bo‘lmagan (56,7 ball) va asosiy qabul chegaralariga 4,06 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun yo‘nalishlar kesimida alohida tabaqalashtirilgan kontrakt miqdorlari belgilandi. Stomatologiya, Davolash ishi, Pediatriya ishi — 157 mln 500 ming so‘m (stipendiyasiz) va 164 mln 814 ming 563 so‘m (stipendiyali). 🩺 Fundamental tibbiyot, Tibbiy profilaktika ishi, Farmatsiya ishi — 136 mln 500 ming so‘m va 143 mln 814 ming 563 so‘m. 👩‍⚕️ Oliy hamshiralik ishi — 94 mln 500 ming so‘m va 101 mln 814 ming 563 so‘m. 🔬 Biotibbiyot muhandisligi — 63 mln so‘m va 70 mln 314 ming 563 so‘m. 📄 Mazkur qiymatlar 2026-yil 4-sentabr kuni Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.J. Teshayev tomonidan tasdiqlangan.

Барча тиббиёт ва фармацевтика ходимларини қамраб оладиган ягона электрон реестр шакллантирилади У 16 та ахборот базаси билан
+3
Барча тиббиёт ва фармацевтика ходимларини қамраб оладиган ягона электрон реестр шакллантирилади У 16 та ахборот базаси билан интеграция қилиниб, мутахассиснинг таълими, малакаси ва касбий фаолиятига оид маълумотларни бир жойда жамлаш имконини беради. Президент Шавкат Мирзиёев тиббиёт ва фармацевтика соҳасида кадрлар тайёрлаш, уларни давлат рўйхатидан ўтказиш ҳамда узлуксиз касбий таълим тизимини такомиллаштириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди. Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини трансформация қилиш, бирламчи тиббий ёрдам сифатини ошириш, замонавий клиникалар ва диагностика имкониятларини кенгайтириш бўйича кенг кўламли ишлар амалга оширилмоқда. Мазкур ўзгаришлар тиббиёт ва фармацевтика соҳаси учун кадрлар тайёрлашни ҳам замон талаблари асосида қайта кўриб чиқишни тақозо этмоқда. Шу боис, тиббий таълимни назарий билим беришдан компетенция ва амалий кўникмаларни шакллантиришга йўналтириш, таълим дастурларини халқаро стандартларга мослаштириш, мутахассиснинг билим ва малакасини холис баҳолаш ҳамда унинг бутун меҳнат фаолияти давомида касбий ривожланиб боришини таъминлайдиган яхлит тизим яратиш мақсад қилинган. Батафсил: https://president.uz/oz/lists/view/9578 😎Бухоро тиббиёти

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: ustuvor vazifalar belgilandi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida 20
+9
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: ustuvor vazifalar belgilandi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida 2026/2027-o‘quv yilini munosib boshlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga institut rektori Shuhrat Teshayev raislik qildi. Unda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikning amaldagi holati, o‘quv binolari va auditoriyalarning shayligi, professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish hamda ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Yangi o‘quv yilida talabalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, institut hududidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yakunlash, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish hamda mavjud moddiy-texnik imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Shuningdek, rektor tomonidan talabalar o‘rtasida vatanparvarlik, yurt tinchligi va bugungi osuda kunlarga shukronalik tuyg‘ularini mustahkamlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Yig‘ilishda mas’ullarga yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Institutda yangi o‘quv yilini munosib boshlash, ta’lim sifati va tarbiya samaradorligini oshirish hamda talabalar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Klinik ordinatura yo'nalishiga qabul qilinganlar ro'yxati.