BSMI.UZ | Rasmiy kanali
Открыть в Telegram
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rasmiy kanali. Institutimiz yangiliklaridan birinchi bo`lib xabardor bo'ling! 🌐 Rasmiy sayt: bsmi.uz 📞 Ishonch telefoni: 65-223-00-50 📞 Call-center: 65-223-00-50
Больше6 433
Подписчики
+224 часа
-17 дней
+4130 день
Архив постов
+9
🔴 LIVE
Ayni paytda Buxoro shahridagi "Universal" sport majmuasida futbol va mini-futbol bo‘yicha "DXX kubogi" musobaqalarining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi hamda gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda Buxoro viloyati hokimi, viloyat prokurori, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda DXX viloyat boshqarmasi rahbariyati ishtirok etib, musobaqa g‘oliblari va sovrindorlarini tantanali ravishda taqdirlamoqda.
Shuningdek, tadbirda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Jumayevich Teshayev, yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Z. Bahronova boshchiligida institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ham faol ishtirok etmoqda. Bayramona gala-konsert dasturi esa yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.
🔴 🟦🟦🟦
❗️“Perevod” uchun o‘tish ballari tasdiqlandi
✅ 2026/2027-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo’yicha o‘tish ballari tasdiqlandi.📊 Xususan, SOGʻLIQNI SAQLASH yo‘nalishi bo‘yicha bu ko‘rsatkich 132 BALL etib belgilandi. 🚫 Muhim eslatma, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlaridan respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlarining mos yoki turdosh bo‘lmagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Fizika va matematika fanlaridan imtihon topshirib, Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi bo‘lishingiz mumkinligini bilarmidingiz?
🎓 Kelajak kasbi — Biotibbiyot muhandisligi!
Abituriyentlar diqqatiga!
Agar siz tibbiyot, muhandislik, axborot texnologiyalari va zamonaviy ilm-fanni birlashtirgan istiqbolli yo‘nalishda tahsil olishni istasangiz, Buxoro davlat tibbiyot instituti Biotibbiyot muhandisligi bakalavriat yo‘nalishi siz uchun eng to‘g‘ri tanlovdir.
✅ Bu yo‘nalishda siz:
• tibbiy texnika va diagnostika qurilmalari bilan ishlashni;
• biotibbiy signallar va tasvirlarni tahlil qilishni;
• tibbiyotda axborot texnologiyalari va dasturlash asoslarini;
• biofizika, matematik modellashtirish va sun’iy intellekt elementlarini;
• zamonaviy tibbiy asbob-uskunalarni loyihalash, sozlash va qo‘llashni o‘rganasiz.
📚 Kirish imtihonlari uchun fanlar:
🔹 Majburiy fanlar
🔹 Fizika
🔹 Matematika
Demak, fizika va matematikaga qiziqadigan, texnika va tibbiyot sohasida zamonaviy kasb egasi bo‘lishni istagan abituriyentlar uchun ayni muddao!
+2
🔴 LIVE
📍Ayni daqiqalarda Buxoro viloyati Ma'naviyat va ma'rifat markazida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etmoqda. Tadbir davomida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar tarbiyasi hamda ta'lim muassasalarida ma'naviy muhitni mustahkamlashga oid dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.
Tibbiyotning vatani — Buxoro. Uning otasi — Ibn Sino.Shu muqaddas maskanda tahsil olayotganim men uchun katta sharaf va mas’uliyatdir. Bugungi kungacha erishgan yutuqlarim — ustozlarimning saboqlari, rahbarlarimning ishonchi va ota-onamning duolari samarasi. Ularning qo’llab-quvvatlashi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandim. Shuningdek, institutimizda “Yil talabasi” e’tirofiga sazovor bo’lganim menga yanada katta ishonch va ilhom bag’ishladi. Har bir yutuq — yangi marralar sari qo’yilgan qadam. Ishonamanki, ilm, mehnat va fidoyilik bilan Vatanimiz ravnaqi hamda tibbiyot rivojiga munosib hissa qo’sha olaman. Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti Tibbiyot fakulteti Davolash yo’nalishi 2-bosqich talabasi Kosimov Bilol Ilxom o’g’li
+4
“Dolzarb 90 kunlik loyiha” doirasida Tibbiy radiologiya va yadro tibbiyoti kafedrasida qator samarali ishlar amalga oshirildi
Jumladan, talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida fan to‘garaklari tashkil etildi. Ushbu to‘garaklarda zamonaviy diagnostika usullari, xususan, ultratovush tekshiruvi (UZI), kompyuter tomografiyasi (KT), magnit-rezonans tomografiya (MRT) hamda yadro tibbiyotiga oid innovatsion yondashuvlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Shu bilan birga, iqtidorli talabalar bilan alohida ish olib borilib, ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasbiy madaniyatni yuksaltirish hamda zamonaviy radiologiya va yadro tibbiyotining so‘nggi yutuqlari bilan tanishtirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida talabalarning nazariy bilimlari mustahkamlanib, amaliy ko‘nikmalari sezilarli darajada oshdi. Shuningdek, ularning zamonaviy diagnostik texnologiyalar bilan ishlash bo‘yicha malakasi va kasbiy kompetensiyalari yanada rivojlantirildi.
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
✈️Telegram ✅ Facebook
📹You tube 🔍www.bsmi.uz
+3
“Dolzarb 90 kunlik loyiha” doirasida Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya kafedrasida qator samarali ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida fan to‘garaklari tashkil etildi. Ushbu to‘garaklarda zamonaviy fizioterapiya usullari, xususan, ultratovush terapiyasi (UZT), yuqori chastotali terapiya (UVCh), yorug‘lik vannasi, Sharko va sirkulyar dushlari, shuningdek, turli kasalliklardan so‘ng qo‘llaniladigan reabilitatsiya usullari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Shu bilan birga, iqtidorli talabalar bilan alohida ish olib borilib, ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasbiy madaniyatni yuksaltirish hamda zamonaviy tibbiyot yutuqlari bilan tanishtirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida talabalarning nazariy bilimlari mustahkamlanib, amaliy ko‘nikmalari sezilarli darajada oshdi.
+8
G‘ijduvon va Peshku tumanlarida sayyor qabul hamda bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Jumayevich Teshayev tomonidan G‘ijduvon tumani "Zarangari" mahallasidagi 2-son oilaviy poliklinika hamda Peshku tumani "Quchoq" mahallasidagi oilaviy shifokorlik punktida sayyor qabullar o‘tkazildi.
Sayyor qabullar davomida fuqarolarning sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, davolanishni tashkil etish, tibbiy xizmatlardan foydalanish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlari qabul qilinib, har bir murojaat atroflicha o‘rganildi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar tegishli mutasaddilarga ijrosini ta'minlash uchun yo‘naltirildi. Murojaatlar ijrosi yuzasidan nazorat o‘rnatilishi belgilandi.
Shuningdek, har ikki hududda ham Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasining malakali va tajribali shifokorlari ishtirokida bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. "Salomatlik marafoni" doirasida o‘tkazilgan ushbu tibbiy ko‘riklarda minglab fuqarolar terapevt, kardiolog, nevrolog, endokrinolog, pediatr, jarroh va boshqa tor mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘riklar davomida fuqarolarga sog‘lom turmush tarzini olib borish, kasalliklarning oldini olish hamda to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, aniqlangan kasalliklar yuzasidan bemorlarni qo‘shimcha tekshiruv va davolanishga yo‘naltirish, zarur hollarda institut klinikasida davolash choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday sayyor qabullar va bepul tibbiy ko‘riklar aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, tibbiy xizmatlarning qamrovini kengaytirish hamda aholining salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
⚡️ 2026/2027-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda
🗓Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 14–28-iyul kunlari kuniga ikki smenada o‘tkazilishi kutilmoqda.
📍 Abituriyentlardan test sinovlari sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan abituriyent ruxsatnomasini (@DTM_Mandat_Bot ) oldindan yuklab olib, unda belgilangan vaqtda imtihon hududiga yetib kelishlari so‘raladi.
#Rasman
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
✅ 2026-2027-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni (@DTM_Mandat_Bot )my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
🔥@DTM_Mandat_Bot telegram-boti orqali Abituriyent ruxsatnomanisini yuklab olishi mumkin.
📢 DIQQAT, E’LON!
Buxoro tuman hokimi Anvarjon Ochilov tashabbusi bilan 2026-yil 9-iyul kuni soat 09:00 da Buxoro tumani “Yosh paxtakor” oromgohida oliy ta’lim muassasalari, texnikumlar hamda maktabni tamomlagan, ish bilan band bo‘lmagan Buxoro tumani yoshlari uchun Mehnat yarmarkasi tashkil etiladi.
Yarmarkada korxona va tashkilotlar tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasb-hunarga o‘qitish hamda bandlikka ko‘maklashish imkoniyatlari taqdim etiladi.
Barcha ish izlayotgan yoshlarni mehnat yarmarkasida faol ishtirok etishga taklif etamiz.
📍 Manzil: Buxoro tumani “Yosh paxtakor” oromgohi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
+5
#Dolzarb90_kunlik
📚 “Dolzarb 90 kunlik loyiha” doirasida ingliz tili to‘garagi faoliyati boshlandi!
🏛Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbek tili va adabiyoti, rus va ingliz tillari kafedrasi o'qituvchisi Asadov Alisher Bahodirovich tomonidan maktab o‘quvchilari uchun ingliz tili to‘garagi tashkil etildi.
🎯 To‘garakning asosiy maqsadi o‘quvchilarda ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va so‘zlashish malakalarini rivojlantirish hamda zamonaviy ta’lim usullari orqali chet tiliga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishdan iborat.
✨ To‘garak mashg‘ulotlari davomida o‘quvchilar interaktiv metodlar, qiziqarli amaliy topshiriqlar va muloqotga yo‘naltirilgan darslar orqali ingliz tilini samarali o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📖 Bilim sari qo‘yilgan har bir qadam – porloq kelajak sari muhim qadamdir!
Талабалар ижтимоий фаоллик индекси
✅ Хемис тизимига грант тақсимоти бўйича талаба тегишли балларни жамғариши учун ижтимоий фаолликни ҳисоблаш модули қўшилди.
1️⃣ Талаба профилида:
👉1) Ижтимоий фаоллик бўйича балл олиш учун талаба томонидан ариза яратилади
👉2) Аризага баҳолаш мезонларига мос равишда қилинган ишларнинг асослари юкланади
👉3) Аризадаги барча ишлар қилиб бўлингандан сўнг ариза кўриб чиқишга юборилади
2️⃣ Тьютор профилида:
👉1) Талабалар юборган аризалар кўриб чиқилади, заруратга қараб баллар киритилади ёки таҳрирланади.
👉2) Ижтимоий фаоллик мезонларига мос равишда аризадаги асослар ўрганилиб баллари тасдиқланади
👉3) Барча мезонлар бўйича баллар тасдиқланиб чиқилгандан сўнг аризани тасдиқлаш амалга оширилади.
❗️Муҳим!!!
1) Талаба бир ўқув йилида бир марта ариза яратиши мумкин
2) Аризага нотўғри маълумотлар киритилганда тьютор уни рад этиши мумкин
3) Талаба рад этилган аризани тузатиб қайта юбориши мумкин
4) Ҳозирча бу функционал хемиснинг ўзидаги профилларда ишлайди
Muhim
Eslatib o'tamiz ushbu muddat 25-iyul kuniga qadar amal qiladi.
https://www.youtube.com/watch?v=bovFiwxOoJc
HEMIS axborot tizimida "Ijtimoiy faollik indeksi" modulidan foydalanish yo'riqnomasi.
#ijtimoiyfaollik
#hemis
#grant
#tyutor
Repost from Edu.uz
#Eʼlon #Tanlov
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadiOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: ▪️she’r; ▪️hikoya; ▪️esse; ▪️maqola. Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 1-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
