es
Feedback
BSMI.UZ | Rasmiy kanali

BSMI.UZ | Rasmiy kanali

Ir al canal en Telegram

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rasmiy kanali. Institutimiz yangiliklaridan birinchi bo`lib xabardor bo'ling! 🌐 Rasmiy sayt: bsmi.uz 📞 Ishonch telefoni: 65-223-00-50 📞 Call-center: 65-223-00-50

Mostrar más
6 390
Suscriptores
-224 horas
-47 días
+5230 días
Archivo de publicaciones

Institutida muhim masalalar muhokama qilindi Abu Ali ibn sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Tesha
+9
Institutida muhim masalalar muhokama qilindi Abu Ali ibn sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev raisligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda prorektorlar, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda tegishli mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan institut prorektorlari Laziz Niyozov va Malik Amonov so‘zga chiqib, muassasaning rasmiy veb-saytini xalqaro talablar va jahon standartlariga mos ravishda takomillashtirish, uning mazmun va funksional imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, Raqamli texnologiyalar bo‘limi boshlig‘i Sunnat Farmonov yangi rasmiy veb-sayt konsepsiyasi, axborotlarni joylashtirish tartibi, interfeys va texnik yechimlar bo‘yicha taqdimot qildi. Yig‘ilish davomida klinik ordinatorlar faoliyatiga oid masalalar hamda boshqa tashkiliy yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi. Muhokamalar yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Chellenj davom etadi Oliygoh jamoasi mamlakatimiz milliy terma jamoasini qalbdan qo‘llab-quvvatladi!

Prezidentimiz terma jamoamizning ruhini ko‘tardi:
"Futbolchilarimiz juda katta tajribali jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko‘rsatdi. Biz uchun birinchi jahon chempionatida birinchi golimiz - bu ham g‘alaba".
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

photo content
+2

⭕️ Live   Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi O‘zbekiston terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi uchrashuvini katta ekranlar orqali kuzatmoqda. Jarayonni institut rektori, professor Shuhrat Teshayev ham jamoa bilan birgalikda kuzatib, terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqda. 🇺🇿⚽

photo content
+5

photo content
+5

photo content
+9

photo content
+2

photo content
+4

Mensaje de video00:05

Mensaje de video00:33

🌐 XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI YANADA MUSTAHKAMLANMOQDA Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot universitetiga Rossi
+9
🌐 XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI YANADA MUSTAHKAMLANMOQDA Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot universitetiga Rossiya Federatsiyasining Immanuel Kant nomidagi Boltiq federal universiteti vakillari tashrif buyurdi. Tashrif doirasida universitet vakillari — Konstanin Vladimirovich Gunbin hamda Viktor Shamanskiy universitet rahbariyati bilan uchrashdi. Muloqotda universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Laziz Niyazov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Malik Amonov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida tibbiy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuv yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro grantlarda hamkorlik qilish hamda zamonaviy tibbiy ta’lim texnologiyalarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tomonlar tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminar va mahorat darslarini tashkil etish, yosh olimlarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro reytinglarda universitetlar pozitsiyasini mustahkamlash borasida fikr almashdilar. Muloqot yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, mavjud aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Mazkur tashrif Buxoro davlat tibbiyot universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish va dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati      ✈️Telegram Facebook 📹You tube 🔍www.bsmi.uz

🔹 JSST TEXNIK MISSIYASI DOIRASIDA BUXORO DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI VAKILLARI ISHTIROK ETDI Jahon sog‘liqni saqlash tashki
+4
🔹 JSST TEXNIK MISSIYASI DOIRASIDA BUXORO DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI VAKILLARI ISHTIROK ETDI Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga reabilitatsiya ishchi kuchini xaritalash va o‘quv dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha texnik yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan missiya doirasida 17-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Buxoro davlat tibbiyot universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Zoom platformasi orqali tashkil etilgan muloqotda JSST Yevropa mintaqaviy byurosining reabilitatsiya va nogironlik bo‘yicha texnik xodimi Shirin Kiani, xalqaro reabilitatsiya mutaxassisi Weronika Krzepkowska, JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi maslahatchilari hamda oliy tibbiy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida mamlakatda reabilitatsiya xizmatlarini rivojlantirish, reabilitatsiya ishchi kuchini tayyorlash tizimi, fizioterapiya va ergoterapiya yo‘nalishlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, shuningdek, reabilitatsiya hamshiralari faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Buxoro davlat tibbiyot universiteti vakillari universitetda reabilitatsiya yo‘nalishida kadrlar tayyorlash, o‘quv dasturlarini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi. Mazkur texnik missiya O‘zbekistonda reabilitatsiya xizmatlari sifatini oshirish, malakali mutaxassislar tayyorlash va sohaga oid ta’lim dasturlarini xalqaro talablar asosida rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.

Бухоро вилояти ва бошқа муҳим хабар ҳамда янгиликларни кузатиш учун қуйидаги каналга обуна бўлинг: https://t.me/buxoro24uzb

+1