BSMI.UZ | Rasmiy kanali
رفتن به کانال در Telegram
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rasmiy kanali. Institutimiz yangiliklaridan birinchi bo`lib xabardor bo'ling! 🌐 Rasmiy sayt: bsmi.uz 📞 Ishonch telefoni: 65-223-00-50 📞 Call-center: 65-223-00-50
نمایش بیشتر6 474
مشترکین
+224 ساعت
+97 روز
+6030 روز
آرشیو پست ها
+3
#XalqaroHamkorlik
Buxoro davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Belarusda xalqaro hamkorlikni mustahkamlamoqda
🇺🇿🇧🇾 O‘zbekiston va Belarus Respublikalari o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanib, yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Mazkur jarayon doirasida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti vakili Belarus Respublikasida amaliy xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Institut xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Laziz Niyazov O‘zbekiston va Belarus oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, akademik mobillikni kengaytirish, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ilg‘or tajribalarni o‘rganish jarayonlarida ishtirok etmoqda.
Tashrif doirasida institut delegatsiyasi Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurib, oliygoh rahbariyati bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida delegatsiya a’zolari universitetda ta’lim jarayonini tashkil etish tizimi, zamonaviy o‘quv va ilmiy infratuzilma, innovatsion ta’lim muhiti, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, zamonaviy laboratoriyalar, axborot-resurs markazi, o‘quv auditoriyalari va amaliy mashg‘ulotlar bazasi bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganildi.
Muloqotlar chog‘ida tomonlar professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, xalqaro grantlar hamda innovatsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Mazkur xizmat safari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ta’lim va ilm-fan sohasida ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda Belarus oliy ta’lim muassasalari bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
✈️Telegram ✅ Facebook
📹You tube 🔍www.bsmi.uz
+9
🌟Tashrif davomida talabalar “Inson sivilizatsiyasi”, Temuriylar davri, uch xonlik davri hamda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga bagʻishlangan pavilonlar bilan yaqindan tanishdilar.
🏛 Ushbu pavilonlarda insoniyat taraqqiyotining muhim bosqichlari, Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlikning yuksalishi, shuningdek, Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklarining siyosiy, ijtimoiy hamda madaniy hayoti zamonaviy ekspozitsiyalar va interaktiv texnologiyalar orqali namoyish etilgan.
🇺🇿 Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga bagʻishlangan pavilonda esa mamlakatimizda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, ilm-fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamli texnologiyalar, bunyodkorlik va xalqaro hamkorlik sohalarida erishilgan yutuqlar zamonaviy multimedia vositalari yordamida yoritilgan. Mazkur ekspozitsiya tashrif buyuruvchilarda Yangi Oʻzbekistonning bugungi taraqqiyoti va kelajak istiqbollari haqida keng tasavvur uygʻotadi.
📚 Mazkur pavilonlar va tarixiy eksponatlar talabalarda katta taassurot qoldirib, ularda xalqimizning boy tarixiy merosi, davlatchilik anʼanalari hamda buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi haqida yanada chuqurroq tasavvur uygʻotdi.
+6
Buxoro davlat tibbiyot instituti o‘qituvchisi Xitoyda xalqaro malaka oshirmoqda
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti o‘qituvchisi Jasur Hikmatov Xitoy Xalq Respublikasining Shensi viloyatidagi Yadro sanoati 215-shifoxonasi (Shaanxi Nuclear Industry 215 Hospital)da malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.
Xalqaro stajirovka doirasida institut vakili gemodializ bemorlari uchun qon tomir kirish yo‘llarini (vaskulyar akses) yaratish va ularni samarali saqlash, zamonaviy klinik diagnostika, intervension nefrologiya hamda davolash jarayonlarida sifat nazoratini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda.
Malaka oshirish dasturi davomida Jasur Hikmatov shifoxonaning Nefrologiya bo‘limi mudiri, Xitoy–O‘zbekiston xalqaro intervension nefrologiya o‘quv markazi eksperti professor Liu Guo boshchiligidagi jamoa faoliyati bilan yaqindan tanishdi. U ixtisoslashtirilgan gemodializ markazi, qon tomirlarini ultratovush tekshiruvi bo‘limi hamda bemorlarni operatsiyadan oldingi va keyingi kuzatuv tizimi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdi.
Stajirovka davomida vaskulyar kirish yo‘llarini yaratish, arteriovenoz fistula operatsiyalari, qon tomir torayishlarini endovaskulyar usulda davolash, murakkab klinik holatlarni boshqarish hamda gemodializ bemorlarini uzoq muddat kuzatish bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. Institut o‘qituvchisi professor Liu Guo boshchiligida o‘tkazilgan murakkab jarrohlik amaliyotlarini bevosita kuzatib, zamonaviy klinik yondashuvlar va innovatsion davolash usullarini o‘zlashtirmoqda.
Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar davomida O‘zbekiston va Xitoy mutaxassislari buyrak kasalliklarini davolash, intervension nefrologiyani rivojlantirish hamda gemodializ xizmatlari sifatini oshirish masalalari yuzasidan tajriba almashdilar.
Ta’kidlash joizki, professor Liu Guo avval Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurib, institut professor-o‘qituvchilari va shifokorlari uchun mahorat darslari hamda amaliy seminarlar o‘tkazgan edi. Bugungi stajirovka ana shu samarali xalqaro hamkorlikning uzviy davomi bo‘lib, tibbiyot sohasida zamonaviy bilim va ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirishga xizmat qilmoqda.
Mazkur xalqaro malaka oshirish dasturi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti va Xitoyning yetakchi tibbiyot markazlari o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ilg‘or tibbiy texnologiyalarni mahalliy amaliyotga joriy etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
+8
#Dolzarb_90_kun #Ichki_turizm
Ajdodlar merosiga sayohat – tarix va ma’rifat sari yana bir qadam
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, yurtimizning boy ilmiy va ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar.
Sayohat davomida talabalar noyob qo‘lyozmalar, qadimiy tarixiy hujjatlar, nodir eksponatlar hamda zamonaviy interaktiv ekspozitsiyalarni tomosha qildilar. Markazdagi eksponatlar buyuk ajdodlarimizning ilm-fan, tibbiyot va sivilizatsiya rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida yanada kengroq tasavvur hosil qilish imkonini berdi.
Mazkur ma’rifiy tashrif yoshlarning milliy o‘zligini anglash, tarixiy merosimizga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, buyuk allomalarimiz qoldirgan bebaho ilmiy merosni chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.
Sayohat yakunida talabalar o‘zlari uchun yaratilgan ushbu ma’naviy-ma’rifiy imkoniyat va mazmunli ekskursiyani tashkil etgani uchun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rahbariyati hamda institut ma’muriyatiga samimiy minnatdorlik bildirdilar. Ular bunday tashriflar talabalarning bilim va dunyoqarashini yanada boyitishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.
+6
Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Turkiyada xalqaro malaka oshirdi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Turkiya Respublikasining nufuzli tibbiyot muassasalarida xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etib, zamonaviy reabilitatsiya yo‘nalishidagi ilg‘or tajribalarni o‘rgandilar.
Institutning Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent S.S. Po‘latov hamda kafedra assistenti Sh.A. Mustafayeva joriy yilning 22-iyunidan 22-iyuliga qadar Turkiya Sog‘liq bilimlari universiteti hamda Istanbul shahridagi “Başakşehir Çam ve Sakura” shifoxonasida tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish dasturida qatnashdi.
Malaka oshirish davomida mutaxassislar shifoxonaning Fizioterapiya va reabilitatsiya bo‘limida turli kasalliklarga chalingan bemorlarni tashxislash, davolash hamda tibbiy reabilitatsiyani tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egalladi. Mashg‘ulotlar sohaning yetakchi mutaxassisi, professor Dr. Evrim Coşkun rahbarligida olib borildi.
Dastur doirasida professor-o‘qituvchilar robotlashtirilgan yurish terapiyasi, kinezoterapiya, elektroterapiya, kognitiv funksiyalarni tiklash, disfagiya reabilitatsiyasi hamda statsionar bemorlarni davolash jarayonlari bilan yaqindan tanishib, zamonaviy klinik amaliyotni o‘rgandilar.
Xalqaro malaka oshirish dasturi yakunida Turkiya Sog‘liq bilimlari universitetining Hamidiye kampusida universitet rektori, professor Dr. Kemalettin Aydın tomonidan ishtirokchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur stajirovka Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘zlashtirish hamda institutning Turkiyaning yetakchi tibbiyot oliygohlari va klinikalari bilan ilmiy-amaliy hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
+8
Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasini qo‘llab-quvvatlamoqda
Ayni damda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida tashkil etilgan "Ichki ishlar vaziri kubogi" uchun voleybol musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur sport tadbirida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ham faol ishtirok etib, musobaqani kuzatmoqda va sportchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Musobaqaning hal qiluvchi final bahsida 22–30 yosh toifasida Peshku tumanining "Shavg‘on" hamda Kogon tumanining "Siyozpoyon" mahallalari jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Tadbir davomida voleybol bo‘yicha respublika va xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan yosh sportchilarni taqdirlash marosimi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sportni ommalashtirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan bunday musobaqalar yurtimizda yoshlar siyosatini izchil amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
+4
Buxoro davlat tibbiyot instituti Vitebsk davlat tibbiyot universiteti bilan strategik hamkorlik shartnomasini imzoladi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti xalqaro hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirmoqda. Ana shu maqsadda Belarus Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Vitebsk davlat tibbiyot universiteti bilan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
Hujjat Vitebsk davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Aleksey Nikolayevich Chukanov hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Laziz Niyazov tomonidan imzolandi.
Mazkur kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Shartnoma doirasida talabalar, klinik ordinatorlar va professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligini ta’minlash, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy tibbiy texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda xalqaro ilmiy anjuman va konferensiyalarni hamkorlikda tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Tomonlar mazkur hamkorlik tibbiy ta’lim sifatini yanada oshirish, ilmiy-pedagogik salohiyatni mustahkamlash va xalqaro standartlarga javob beradigan raqobatbardosh tibbiyot kadrlarini tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
Ushbu strategik kelishuv Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlash, xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish hamda jahon tibbiy ta’lim makoniga integratsiyalashuv jarayonlarini jadallashtirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
+9
Buxoro davlat tibbiyot instituti ishlanmasi xalqaro forum ko‘rgazmasida namoyish etildi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida ikki mamlakat talabalari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar va startaplar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazma yoshlarning zamonaviy bilim va texnologiyalarni amaliy yechimlarga aylantirish, ilmiy-innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish borasidagi salohiyatini namoyon etuvchi muhim maydonga aylandi.
Ko‘rgazmada Toshkent davlat transport universiteti, Namangan davlat texnika universiteti, Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalar, texnologik yechimlar va amaliy loyihalar taqdim etildi.
Shuningdek, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti assistenti Ibodjon Ismoilov ham o‘zining innovatsion loyihasi bilan forum ko‘rgazmasida ishtirok etib, loyiha taqdimotini o‘tkazdi hamda uning yaratilish g‘oyasi, texnologik imkoniyatlari va amaliyotga joriy etish istiqbollari haqida ma'lumot berdi.
Forum doirasidagi mazkur ko‘rgazma ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-innovatsion hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalar va yosh olimlarning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ilg‘or g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
✈️Telegram ✅ Facebook
📹You tube 🔍www.bsmi.uz
Davlat taraqqiyotini yoʻllar, binolar yoki raqamlar bilangina emas, avvalo inson salomatligi bilan baholash mumkin.
Soʻnggi oʻn yil davomida Oʻzbekiston tibbiyot tizimida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Zamonaviy shifoxonalar bunyod etildi, ilgʻor tibbiy texnologiyalar joriy qilindi, ilgari faqat xorijda bajarilgan murakkab operatsiyalar bugun yurtimizda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
"Inson uchun…" hujjatli filmi ana shu oʻzgarishlarning haqiqiy manzarasini aks ettiradi.
Mazkur videolavhada siz Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayevning tibbiyot sohasidagi islohotlar, tibbiy taʼlim va inson salomatligini asrash borasidagi fikr-mulohazalarini tinglashingiz mumkin.
🎥 Hujjatli filmning toʻliq talqinini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Repost from Бухорода фан ва таълим
❗️Янги ўқув йилидан талабаларни баҳолаш ва имтиҳон олиш бутунлай ўзгаради
Ҳукумат қарори лойиҳасига кўра, 2026/2027 ўқув йилидан бошлаб олий таълим ташкилотларида талабалар билимини баҳолаш ва назорат қилишнинг янги тартиби жорий этилиши кутилмоқда.
➖ Якуний назорат имтиҳонларини овозли ва видео кузатув камералари билан жиҳозланган аудиторияларда ўтказиш тизими жорий этилади.
➖ Ўтказиладиган якуний назорат турларини кенг жамоатчилик учун олий таълим ташкилотларининг расмий веб-сайтидаги ҳавола орқали бевосита онлайн кузатиш имконияти яратилади.
➖ Якуний назорат имтиҳонлари саволларини шакллантиришда талаба билим ва кўникмаларини чуқур таҳлил қилиш имконини берувчи ёзма топшириқларнинг аниқ мезонлари ишлаб чиқиладм ҳамда профессор-ўқитувчилар томонидан баҳолашда изоҳ ёзиш тизими жорий этилади.
➖ Якуний назорат имтиҳонлари вақтида уяли алоқа воситалари, микроқулоқчин, компьютер ҳамда кўчирмачиликка сабаб бўладиган ҳар қандай воситаларни олиб кириш ва улардан фойдаланиш тақиқланади. Бундай ҳолат видеокузатув орқали кейинчалик аниқланса ҳам, имтиҳон натижаси бекор қилинади.
➖ Якуний назорат имтиҳонларига талабалар паспорт, ID карта, талабалик гувоҳномаси ёки ҳайдовчилик гувоҳномасини кўрсатган ҳолда киритилади.
➖ Имтиҳон бошланганидан кейин кечикиб келган талабалар имтиҳонда иштирок этишига рухсат берилмайди. Узрли сабабларсиз аудиториядан чиққан талабалар ҳам имтиҳонга қайта қўйилмайди.
➖ Ҳар бир кафедра фан бўйича баҳолаш рубрикалари (мезонлар матрицаси)ни ишлаб чиқади ва улар ўқув дастурида акс эттирилади.
➖ Ҳар бир фан бўйича талабанинг ўзлаштириши 100 баллик тизимда баҳоланади. Балл жорий назорат учун — 30, оралиқ назорат учун — 20, якуний назорат учун — 50 балл қилиб тақсимланади.
➖ Жорий, оралиқ ва якуний назоратларнинг ҳар бири бўйича максимал баллнинг 60 фоизи саралаш бали этиб белгиланади. Жорий ёки оралиқ назоратдан саралаш балини тўпламаган талабалар якуний назоратга киритилмайди.
➖ Академик гуруҳ учун бир кунда биттадан ортиқ якуний назорат ўтказилишига йўл қўйилмайди. Якуний назоратлар камида бир кун оралиғида белгиланади.
➖ Якуний назорат натижалари бўйича қониқарсиз балл олган талабага семестр якунида икки ҳафта муддатда бир марта бепул қайта топшириш имконияти берилади.
➖ Семестр ва ўқув йили якунида академик қарздорлиги мавжуд талабалар ўқишдан четлаштирилмайди. Улар фақат қарздор бўлган фанларни қайта ўзлаштириб, шу фанлар учун шартнома маблағини тўлайди.
➖ Академик қарздор талабалар учун ёзги семестр ташкил этилиши мумкин. Ёзги семестрда қайта ўқиш фақат тўлов асосида амалга оширилади (бир марта бепул қайта топшириш ҳолати бундан мустасно).
➖ Талаба баҳолаш натижасидан норози бўлса, баҳолаш муддати якунланганидан кейин 48 соат ичида апелляция бериш ҳуқуқига эга. Апелляция комиссияси шикоятни 2 иш куни ичида кўриб чиқади.
👉Бухорода фан ва таълим
+5
🟢 Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi Xitoydagi xalqaro yozgi dasturda muvaffaqiyatli ishtirok etib keldi
Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi Shaxloxon Hamroyeva Xitoy Xalq Respublikasining China Pharmaceutical University (CPU) tomonidan tashkil etilgan “2026 CPU International Summer Program” xalqaro yozgi dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi.
An’anaviy Xitoy tibbiyoti (Traditional Chinese Medicine – TCM) yo‘nalishiga bag‘ishlangan mazkur dastur doirasida ishtirokchilar TCM nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha ma’ruzalar tingladi, amaliy mashg‘ulotlarda hamda madaniy almashinuv tadbirlarida faol qatnashdi.
Ushbu xalqaro dastur Shaxloxon Hamroyevaga kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish imkonini berdi.
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
✈️Telegram ✅ Facebook
📹You tube 🔍www.bsmi.uz
+9
O‘zbekiston va Belarus tibbiyot ta’limi yo‘nalishidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
Shu kunlarda yurtimizdan, jumladan, Buxoro viloyatidan tashrif buyurgan nufuzli delegatsiya Belarus Respublikasida amaliy xizmat safarida bo‘lib turibdi. Ushbu tashrifning asosiy maqsad ikki mamlakat Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, akademik mobillikni rivojlantirish hamda o‘quv-uslubiy va ilmiy yo‘nalishlarda tajriba almashishdan iborat.
Mazkur delegatsiya tarkibida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Laziz Niyazov ham ishtirok etmoqda. Saraf doirasida u Belarus davlat tibbiyot universitetida bo‘lib, ikki oliygoh o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik masalalarini atroflicha muhokama qildi.
Tashrif davomida O‘zbekistonlik delegatsiya a’zolari universitetning zamonaviy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, mehmonga universitetning ilg‘or o‘quv va simulyatsiya markazi, shuningdek, harbiy tibbiyot fakulteti faoliyati ko‘rsatildi. Bu yerda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar va simulyatsion ta’lim jarayonlari delegatsiya vakillarida katta taassurot qoldirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar tibbiyot kadrlarini tayyorlash sifatini oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalarni belgilab oldilar.
"- Bugun institutimiz klinikasida Xitoyning Sian Jiaotong universiteti professorlari ishtirokida skrining tekshiruvlari boshlanganidan mamnunmiz.
Mazkur tashabbus O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tibbiyot sohasidagi hamkorlikning amaliy natijasi bo‘lib, u nafaqat bemorlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, balki shifokorlarimiz uchun tajriba almashish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini o‘zlashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir hafta davom etadigan skrining tekshiruvlari davomida fuqarolarimiz xorijlik yetakchi mutaxassislar ko‘rigidan o‘tib, zarur tavsiya va maslahatlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ishonchim komilki, bu kabi hamkorlik loyihalari institutimizning xalqaro nufuzini yanada oshirish, tibbiy ta’lim va amaliyot sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda eng muhimi, aholi salomatligini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadi."
Shuhrat Teshayev
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori
Energiya resurslaridan oqilona foydalanish barchamizning mas’uliyatimizdir. Quyidagi qoidalarga amal qilishingizni so‘raymiz:
Xonani tark etayotganda chiroqlarni o‘chirib chiqing.
Foydalanilmayotgan kompyuter, printer, monitor va boshqa elektr jihozlarini elektr tarmog‘idan uzing.
Konditsioner va isitish moslamalaridan faqat zarurat tug‘ilganda hamda belgilangan harorat me’yorlariga rioya qilgan holda foydalaning.
Tabiiy gazdan xavfsiz va tejamkor foydalaning.
Ichimlik suvidan oqilona foydalaning, kranlarni ochiq qoldirmang.
Suv yoki gaz sizib chiqishi, elektr jihozlaridagi nosozliklarni aniqlasangiz, mas’ullarga zudlik bilan xabar bering.
Energiyani tejash – tabiatni asrash va davlat mablag‘larini samarali sarflash demakdir.
Har bir tejalgan kilovatt-soat elektr energiyasi, har bir kub metr gaz va har bir litr suv kelajagimiz uchun muhimdir!
Energiya tejamkorligi – barchamizning burchimiz!
Buxoroda O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma tibbiy skrining dasturi boshlandi
Bugun, 27-iyul kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tibbiyot sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beruvchi xalqaro tadbirlar boshlandi.
Tadbir avvalida Xitoy delegatsiyasi institut Tarix muzeyi hamda Axborot-resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga institutning boy tarixi, ilmiy salohiyati, zamonaviy ta’lim infratuzilmasi hamda talaba va tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari va institut rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi doimiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma tibbiy skrining dasturi ishga tushirildi hamda **Buyrak Interventional Training Center (Buyrak intervension ta’lim markazi)**ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, professor Shuhrat Teshayev, institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda Xitoyning yetakchi tibbiyot muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Xitoy delegatsiyasiga Sian Jiaotong universitetining Ikkinchi affillangan shifoxonasi professori Chang Liu boshchilik qildi. Delegatsiya tarkibidan nefrologiya, intervension tibbiyot, onkologiya hamda akusherlik-ginekologiya yo‘nalishlaridagi yetakchi mutaxassislar o‘rin oldi.
Yangi tashkil etilgan markaz intervension nefrologiya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, xalqaro malaka oshirish kurslarini tashkil etish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, zamonaviy klinik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, 27–29-iyul kunlari Buxoroda Xitoy va O‘zbekiston mutaxassislari ishtirokida bachadon bo‘yni saratoni, sut bezi saratoni hamda gemodializdagi bemorlar uchun nefrologik ko‘riklar bo‘yicha bepul skrininglar o‘tkaziladi. Dastur doirasida mahalliy shifokorlar uchun amaliy master-klasslar, klinik muhokamalar va tajriba almashish tadbirlari ham tashkil etiladi.
Mazkur tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tibbiy ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalaridagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
+5
#live
Ayni paytda institutga xitoy xalq respublikasidan bir guruh delegatsiya tashrif buyurib, institut rahbariyati bilan muloqot qilmoqda.
Mehmonlar uch kun davomida mamlakatimizda bo'lib muhim vazifalarni amalga oshirilishi kutilmoqda.
