"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
Channel "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot (@hetmuloqot) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 93 201 subscribers, ranking 1 327 in the Technologies & Applications category and 652 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 93 201 subscribers.
According to the latest data from 06 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -2 161 over the last 30 days and by -95 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 9.43%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 6.33% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 8 791 views. Within the first day, a publication typically gains 5 901 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 0.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: info@het.uz
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: h...”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 07 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Technologies & Applications category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | +1 | |||
| 05 September | +4 | |||
| 04 September | +3 | |||
| 03 September | +15 | |||
| 02 September | +2 | |||
| 01 September | +1 |
| 2 | 📌📌📌📌📌📌
URGUTDA YOQILG‘I-ENERGIYA RESURSLARIDAN FOYDALANISH USTIDAN NAZORAT MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Bugun Urgut tuman elektr ta’minotida Bosh prokuror o‘rinbosari S. Samadov rahbarligida yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda tegishli idoralar, ularning hududiy hamda quyi tizimlari rahbarlari, shuningdek, shtab a’zolari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda joriy yilning 27-iyul kuni davlatimiz rahbari tomonidan yoqilg‘i-energetika sohasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, energiya resurslari uchun to‘lov intizomini mustahkamlash, debitor qarzdorlikni qisqartirish, energiya samaradorligini oshirish, elektr tarmoqlaridagi texnik yo‘qotishlarni kamaytirish hamda boshqa muhim yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, Urgut tumanida energiya samaradorligini oshirish borasida yangicha tizim asosida olib borilayotgan ishlar yuzasidan biriktirilgan mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilish yakunida mas’ul idora rahbarlari va hududiy shtab a’zolariga vazifalarni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 9 961 |
| 3 | 📌📌📌📌📌📌
#Uzb35
MUSTAQILLIK BILAN TENGDOSH ENERGETIK ISMOILJON UMURZAQOV:
Kasbim orqali bir narsani chuqurroq anglayman — farovon hayotimizni elektr energiyasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bugungi bunyodkorlik va taraqqiyot, yurtimiz farovonligida men va men kabi minglab energetiklarning fidokorona mehnati mujassam.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 6 815 |
| 4 | 📌📌📌📌📌📌
TOSHKENTDA TARIX VA ZAMONAVIY SAN’AT UYG‘UNLASHGAN YANGI MADANIY MAKON OCHILMOQDA
Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.
Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir.
Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi.
Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.
CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi.
📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz | 7 766 |
| 5 | 📌📌📌📌📌📌
HUDUDLARDA MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI OLIB BORILMOQDA
Sirdaryo viloyatida kuz-qish mavsumida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida hududlarda mukammal va joriy taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Guliston shahar elektr ta'minoti tomonidan 2026-2027 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, 95.2 km uzunlikdagi 0,4-10 kVli elektr uzatish tarmoqlari, 38 dona transformator punktlarini mukammal ta’mirlash hamda 141,0 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari, 80 dona transformator punktlarini joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.
Ushbu ishlar natijasida hududdagi iste'molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi barqarorligi yanada yaxshilanadi
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 6 634 |
| 6 | 📌📌📌📌📌📌
PAXTAKOR TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILDI
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida aholini yillar davomida qiynab kelgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy ishlar o‘z yakuniga yetdi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida hududdagi elektr ta’minoti yaxshilanib, aholiga yanada barqaror va ishonchli elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyati yaratildi.
Mazkur amaliy ishlar xususida Jizzax telekanalining “Zamin” axborot dasturi orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz | 5 977 |
| 7 | 📌📌📌📌📌📌
TAYINLOV
Batirov Islombek Nuraddin og’li “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar I.Batirov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali bosh muhandisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz | 7 762 |
| 8 | 📌📌📌📌📌📌
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-iyul kuni yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi yo‘qotishlarni kamaytirish va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyatida Andijon tumani ilg‘or tajriba hududi sifatida belgilandi.
Mazkur tajriba doirasida elektr energiyasini iste’molchilarga yetkazib berishda tarmoqdagi yo‘qotishlarni kamaytirish, mavjud elektr tarmoqlarini takomillashtirish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bu haqida Andijon teleradiokompaniyasi "Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali batafsil ma’lumot olasiz.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 7 876 |
| 9 | 📌📌📌📌📌📌
ORTIQCHA ELEKTR JIHOZLARNI O‘CHIRISHNI UNUTMANG!
Bugun biz odatlangan qulayliklar ortida ulkan mehnat va resurslar yotibdi. Elektr energiyasidan oqilona foydalanish — bu oddiy tejamkorlik emas, balki tabiatga bo‘lgan g‘amxo‘rlikdir.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barchamizni resurslardan mas’uliyat bilan foydalanishga chorlaydi. Har bir o‘chirilgan ortiqcha elektr jihozi— umumiy maqsadimiz sari qo‘yilgan qadamdir.
📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz | 9 617 |
| 10 | 📌📌📌📌📌📌
MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Bо‘ston” MFY yashovchi fuqarolar murojaati asosida hudda past kuchlanishli tarmoqlar yangilanmoqda.
Murojaat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va uning ijobiy yechimi haqida “ZAMON” informatsion dasturi orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz | 7 434 |
| 11 | 📌📌📌📌📌📌
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi hamda unga yondosh zamonaviy shaharcha barpo etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.
📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz | 9 028 |
| 12 | 📌📌📌📌📌📌
KORRUPSIYAGA QARSHI MUROSASIZ MUNOSABAT — BARCHANING VAZIFASI
Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filialida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bо‘lib о‘tdi.
Yig‘ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bо‘limi), viloyat prokuraturasi hamda IJQKD xodimlari hamkorligida tashkil etildi. Unda filial hamda “Energosavdo” viloyat bо‘linmasi rahbar va xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda korrupsiya mamlakatimiz taraqqiyotiga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi jiddiy xavf-xatarlardan biri ekani ta’kidlanib, korrupsiyaning har qanday kо‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bо‘lish, qonun ustuvorligi va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, manfaatlar tо‘qnashuvining oldini olish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, xodimlarning huquqiy va kasbiy bilimlarini muntazam oshirib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan bir qatorda, tadbirda xodimlarning xizmat faoliyati hamda xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori, jamoatchilik bilan munosabatlariga oid odob-axloq qoidalari batafsil tushuntirildi.
Yig‘ilishda ishtirok etayotgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish, energosamaradorlikni oshirish va mavjud resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz | 8 914 |
| 13 | 📌📌📌📌📌📌
MUSTAQILLIK TENGDOSHI
Mustaqillik — men uchun shunchaki bayram yoki sana emas. U — butun hayotim mazmuni, taqdirim va mehnat faoliyatim bilan chambarchas bog‘liq buyuk tushuncha.
Men ham Mustaqillik tengdoshiman. Yurtimiz mustaqillikka erishgan yillarda men ham hayotga qadam qo‘yib, shu aziz Vatan bilan birga ulg‘aydim, birga kamol topdim.
Bugun faoliyat yuritayotgan soham, tanlagan kasbim, orttirgan tajribam va hayotdagi qarashlarimning shakllanishida Mustaqillik yillarining o‘rni beqiyos. Shu yillar davomida kasbimning sir-asrorlarini o‘rgandim, mehnatning qadrini, mas’uliyatni, jamoa bilan ishlashni va eng muhimi, Vatanga xizmat qilish qanday sharaf ekanini angladim.
Men o‘z kasbimni sevaman. Chunki bu kasb orqali men yurtimiz taraqqiyotiga, odamlar farovonligiga o‘z hissamni qo‘shayotganimni his qilaman.
Erishganlarimiz bilan faxrlanaman va hali oldinda amalga oshiriladigan ezgu ishlarimiz ko‘pligiga ishonaman.
Mustaqillik — mening hayotim, kasbim, g‘ururim va kelajakka ishonchim!
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 6 525 |
| 14 | 📌📌📌📌📌📌
XORIJIY HAMKORLIK: YANGI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
Samarqand viloyatida elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish uchun Turkiyaning Aksa kompaniyasiga berish yuzasidan prezident qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash doirasida sohada olib borilayotgan ishlar yanada jadallashtirish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali direktori Eldor Mamasoliyevning Turkiyada faoliyat yurituvchi hamkor kompaniyaga xizmat safari amalga oshirildi.
Tashrif davomida Samarqand viloyatida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda elektr ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va hudud infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 7 024 |
| 15 | 📌📌📌📌📌📌
BULОQBOSHI TUMANIDA ESKI ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA!
Buloqboshi tumanidagi “og‘ir” toifadagi mahallalarda elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish va elektr energiyasi yo‘qotishlarining oldini olish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mavjud elektr tarmoqlari modernizatsiya qilinib, eskirgan infratuzilmalar yangilanmoqda. Natijada aholi uchun yanada sifatli, barqaror va ishonchli elektr ta’minoti yaratilmoqda.
Bu haqida MY 5 telekanalining "Hudud" informatsion dasturi orqali xabar beramiz.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 5 808 |
| 16 | 📌📌📌📌📌📌
MUSTAQILLIK BIZGA NIMA BERDI?
Bugun yurtimizdagi har bir xonadon, har bir tashkilotdagi yorugʻlik ortida oʻz kasbiga sadoqat bilan mehnat qilayotgan fidoyi insonlar bor.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimlari uchun Mustaqillik – bu nafaqat ulugʻ qadriyat, balki Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yoʻlida halol mehnat qilish, yurtdoshlarimiz xonadonlariga nur yetkazishdek masʼuliyatdir.
Mustaqillik bizga erkin mehnat qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sohani rivojlantirish va yurtimiz energetika salohiyatini yanada yuksaltirish imkonini berdi.
Lavhamiz qahramonlari oʻzlarining “Mustaqillik bizga nima berdi?” degan savolga javoblari orqali bu ulugʻ neʼmatni oʻz mehnati misolida ifoda etadilar.
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak boʻlsin!
Birgalikda yorugʻ kelajak sari!
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 6 434 |
| 17 | 📌📌📌📌📌📌
O‘ZBEKISTON VA HINDISTON O‘RTASIDA ENERGETIKA SOHASIDAGI HAMKORLIK YANADA RIVOJLANTIRILADI
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 6 097 |
| 18 | 📌📌📌📌📌📌
YUKSAK E’TIROF — FIDOKORONA MEHNATGA MUNOSIB BAHO
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida yurtimiz taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh vatandoshlarimizni davlat mukofotlari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay O‘rinbayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Mustaqillik bayramining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi hamda yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning xizmatlarini alohida e’tirof etdi.
Quvonarlisi, yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganlar orasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N.N. Botirova hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qoraqalpog‘iston hududiy filiali direktori A.S. Nurimbetov ham bor.
Ular Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumining tegishli qaroriga muvofiq “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoniga munosib deb topildi.
Mazkur yuksak e’tirof — energetika sohasini rivojlantirish, hududlarda elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va xalqimizga sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona mehnatga berilgan munosib bahodir.
Davlat mukofoti soha vakillari uchun nafaqat katta sharaf, balki yanada katta mas’uliyat va yangi marralar sari muhim rag‘batdir.
Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin!
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 7 147 |
| 19 | 📌📌📌📌📌📌
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik
Aziz farzandlarim!
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Hurmatli ota-onalar!
Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman.
Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin!
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 8 035 |
| 20 | “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Istiqlolimizning 35 yillik qutlug‘ bayrami bilan tabriklaydi.
Vatanimiz mustaqillikka erishgan har bir kuni Yangi О‘zbekiston barpo etishdek buyuk maqsad sari yetaklab, xalqimizning farovon turmush kechirishi, bugunidan rozi bо‘lib yashashiga xizmat qilaversin.
El-yurtimiz tinch, xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bо‘lsin!
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 9 477 |
