cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

MINENERGY.UZ

- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali - Официальный Телеграм канал Министерства энергетики Республики Узбекистан. Почта: [email protected]

Show more
Advertising posts
14 116
Subscribers
+2924 hours
+2227 days
+23430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Rasmiy munosabat: elektr hisoblagichlar iste’molchilardan ortiqcha kilovatt uchun pul olgani qayd etilmagan. Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabarlar mutlaqo asossiz Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekistonda elektr hisoblagichlar iste’molchilardan ortiqcha kilovatt uchun pul olgani qayd etildi” sarlavhali xabar e’lon qilindi. Ushbu xabar mutlaqo noto‘g‘ri. Ijtimoiy tarmoqlarda elektr hisoblagichlar aholiga ortiqcha iste’mol va pul hisoblayotganligi to‘g‘risida murojaatlarning har biri Energetika vazirligi hamda tizim tashkilotlari tomonidan alohida nazoratga olinib, har bir murojaat joyiga chiqqan holda mualliflar ishtirokida o‘rganilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘rganishlar jarayonida aholiga ortiqcha iste’mol va pul hisoblayotganligi aniqlanmagan. Shu o‘rinda ayrim ijtimoiy tarmoq adminlaridan aholi orasida shubha uyg‘otuvchi ma’lumotlarni chiqarmasliklarini so‘ragan holda, bu kabitasdiqlanmagan xabarlar uchun qonunchilikda javobgarlik borligini eslatib o‘tamiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#nazorat Andijon, Jarqo‘rg‘on va Rishton tumanlari hamda Marg‘ilon shahrida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi “O‘zenergoinspeksiya”, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda. Xususan, Andijon tumanida faoliyat yuritayotga “K.D.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar “Sultonobod” MFY hududida joylashgan ushbu MCHJga qarashli savdoni tashkil qilish uchun maydonlarini ijaraga berish faoliyatini amalga oshirish davomida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish uskunasiga qasddan tashqi taʼsir ko‘rsatib, jami 269 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan. Bu kabi holat, Jarqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro J.P. o‘ziga tegishli suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa ulab, jami 227,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. Rishton tumani va Marg‘ilon shahrida esa “B-M.” fermer xo‘jaligi va “M.M.” xususiy korxonasi rahbarlari elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish uchun tashqi taʼsir o‘tkazib, tijorat maqsadida 186,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Burg‘ilash mashaqqati: kun qahramonlari yohud gaz burg‘ilovchilarning sharafli mehnati haqida lavha Ayni paytda “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli barcha konlarda yangi quduqlarni burg‘ilash jarayonlari kun-u tun olib borilmoqda. Jumladan, Qarshi shahridan 130 km uzoqlikda joylashgan “Zevarda” konidagi quduqlarda ham. Bugungi video lavhamizda ochiq sahro bag‘rida, yuqori darajadagi issiq havo haroratida, jazirama quyosh tig‘ida, og‘ir mehnat vositalari bilan gaz qaziyotgan burg‘ilovchilar faoliyati haqida hikoya qilinadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Burg‘ilash mashaqqati: kun qahramonlari yohud gaz burg‘ilovchilarning sharafli mehnati

Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda tizim tashkilotlarining rasmiy bayonoti So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda aholi uchun 2024-yil 1-maydan joriy qilingan elektr energiyasi iste’molining 200 kVt·soat oylik bazaviy me’yori keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu holatlar bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarori bilan joriy yil 1-maydan boshlab, maishiy iste’molchilarga elektr energiyasi uchun bir oylik iste’molning “bazaviy me’yorlari” tasdiqlangan. Bundan asosiy maqsad iste’molchilarda elektr energiyasi iste’moli samaradorligini oshirish, Davlat tomonidan aholining xarajatini qoplashga ajratilayotgan mablag‘larni to‘g‘ri va manzilli taqsimlash hamda yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash hisoblanadi. 👉 Batafsil / Батафсил Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
06:50
Video unavailableShow in Telegram
Elektr energiyasi tariflari bilan bog‘liq murojaatlarga munosabat berildi. 📹Batafsil videoni ko‘rish Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
23.mp441.39 MB
00:44
Video unavailableShow in Telegram
2024/2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish rejasiga asosan Sirdaryo IESning 5-sonli energoblokida joriy ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Ayni kunda, energoblokning yuqori va o‘rta bosimli qizdirgichlarida aniqlangan kamchilik bartaraf etilyapti. Iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishga qaratilgan ishlar asosiy ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etmagan holda olib borilmoqda. Ma’lumot o‘rnida, Sirdaryo IESning 5-sonli energoblokining o‘rnatilgan quvvati 325 MVtni tashkil etadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Sirdaryo IES.mp417.03 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Energiya auditi o‘tkazilishi bo‘yicha tanlov e’lon qilinmoqda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-apreldagi 184/14-son qarorining 9-bandi ijrosi doirasida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan energiya sarfi yuqori bo‘lgan qurilish materiallari sanoati korxonalarida energiya auditi o‘tkazilishi bo‘yicha tanlov e’lon qilinmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#инфографика Разъяснение касательно возражений о начислении в биллинговой системе АСКУЭ лишних кВт·ч за использованную эл/энергию на примере июнь-июль месяцев Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#infografika Foydalanilgan elektr energiyasi uchun qо‘shimcha kVt·soat hisoblanayotgani haqidagi e’trozlar bilan bog‘liq holat yuzasidan iyun-iyul oylari misolida ASKUE billing tizimida amalga oshiriladigan hisob-kitoblarning yuritilishi bо‘yicha tushuntirish Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
01:36
Video unavailableShow in Telegram
#Xorij_xabarlari / #yashil_energiya Fakt 24: AQSHning Yuta shtatida 350 ming uy xo‘jaligini sof energiya bilan ta’minlovchi geotermal stansiya barpo etiladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
18.00.АҚШ Геостанция.mp422.57 MB
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.