Davlat xizmatlari yangiliklari
📈 Analytical overview of Telegram channel Davlat xizmatlari yangiliklari
Channel Davlat xizmatlari yangiliklari (@davxizmat) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 70 250 subscribers, ranking 856 in the Politics category and 994 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 70 250 subscribers.
According to the latest data from 06 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 2 225 over the last 30 days and by -53 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Verified (Officially confirmed by Telegram)
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 36.18%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects N/A% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 0 views. Within the first day, a publication typically gains 0 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 0.
📝 Description and content policy
Channel description not provided.
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 07 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Politics category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 07 September | +149 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | +48 | |||
| 04 September | +148 | |||
| 03 September | +187 | |||
| 02 September | +129 | |||
| 01 September | 0 |
| 2 | Internet orqali xarid qilish tajribasini o‘rganish bo‘yicha SO‘ROVNOMA 🛒📱
📣 Hurmatli fuqarolar!
Bugungi kunda internet saytlari, mobil ilovalar, internet-do‘konlar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tovar va xizmatlar xarid qilish keng tarqalmoqda.
Mazkur so‘rovnoma internet orqali xarid qilish tajribasi, iste’molchilar duch kelayotgan muammolar, murojaat qilish amaliyoti hamda fuqarolarning o‘z huquqlarini bilish darajasini o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda.
So‘rovnoma natijalari elektron tijorat sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalaniladi
.👉 So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola
:🔗 https://forms.gle/hvKsk5s4D2P5kyTTA
🔒 So‘rovnoma anonim bo‘lib, olingan ma’lumotlar faqat umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi.
❗️Sizning fikringiz biz uchun muhim
🙌 Ishtirokingiz uchun rahmat!
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter | 44 859 |
| 3 | #Intellektual_mulk
⚔️ Intellektual mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yanada qulay
✅ Endilikda tovar belgilari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa intellektual mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun talabnomalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham topshirish mumkin.
❗️Intellektual mulk — sizning bilimingiz, mehnatingiz va kelajakka qoʻshgan hissangizdir. Uni qonun bilan himoya qiling.
🎥 Batafsil maʼlumot — videoda.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter | 43 270 |
| 4 | #Adliya_xabari
⚔️Yuzlab qo‘ng‘iroqlar. Minglab savollar. Bitta maqsad — fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish.
❗️Adliya vazirligining 1008 ishonch telefoni call-markazi faoliyati bilan tanishing.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter | 46 036 |
| 5 | #Adliya_xabari
⚔️ Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning vazifamiz!
❗️Pora talab qilish, noqonuniy xatti_harakatlar yoki boshqa korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, bu haqda darhol xabar bering.
📞 Ishonch telefoni: +998 71 207-04-64 (1321, 1322, 1323, 1324)
🤖 Telegram bot: @anticorbot
🔒 Murojaat qiluvchining shaxsi va taqdim etilgan ma'lumotlarning maxfiyligi kafolatlanadi.
⚔️Halollik va qonun ustuvorligini birgalikda ta'minlaylik!
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter | 40 088 |
| 6 | ⌛️ Internet va mobil aloqa orqali sodir etiladigan ta’qib va tazyiq holatlarini o‘rganish bo‘yicha SO‘ROVNOMA 📝
📣 Hurmatli fuqarolar!
🔒 Bugungi kunda internet, ijtimoiy tarmoqlar va mobil aloqa orqali qayta-qayta bezovta qilish, tahdid qilish, haqoratlash, yolg‘on ma’lumot tarqatish, shaxsiy ma’lumotlar yoki suratlarni ruxsatsiz e’lon qilish kabi ta’qib va tazyiq holatlari ham uchramoqda. Mazkur so‘rovnoma bunday holatlarning qanchalik keng tarqalganini, fuqarolarga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini hamda jabrlanganlar qayerga murojaat qilayotganini o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda. Olingan natijalar ta’qib va tazyiq holatlarining oldini olish hamda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalaniladi.
🔗Havola: https://forms.gle/phmaZJxV6tNvUfkDA
So‘rovnomada to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob mavjud emas. O‘zingiz duch kelgan yoki kuzatgan holatlarni qanday bo‘lsa, shunday belgilang. Javoblaringiz anonim bo‘lib, faqat umumlashgan holda tahlil qilinadi. To‘ldirish uchun 4-5 daqiqa kifoya.
❗️Ishtirokingiz uchun rahmat!
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter | 40 625 |
| 7 | #Adliya_xabari
⚔️ Diqqat! Adliya vazirligi ogohlantiradi
🔸 So‘nggi vaqtlarda ayrim shaxslar o‘zlarini "Patent agentligi", "Patent markazi" yoki "Patent idorasi" xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolar va tadbirkorlarga qo‘ng‘iroq qilayotgani kuzatilmoqda.
🔹 Ular haq evaziga tovar belgisini albatta ro‘yxatdan o‘tkazib berishni va’da qilmoqda. Ayrim hollarda esa, rozi bo‘lmagan tadbirkorlarni tovar belgisini boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirib olish yoki undan foydalanishni cheklash bilan chalg‘itishga urinmoqda.
📌 Shuni unutmang:
🔹 "Patent agentligi", "Patent markazi" yoki "Patent idorasi" nomi bilan faoliyat yuritayotgan tashkilotlar vakolatli davlat organlari hisoblanmaydi.
🔹 Intellektual mulk obyektlariga patent va guvohnomalar berish bo‘yicha yagona vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hisoblanadi.
🔹 Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish ixtiyoriy bo‘lib, hech kim sizni bunga majbur qila olmaydi.
🔹 Hech bir shaxs yoki tashkilot tovar belgisining albatta ro‘yxatdan o‘tkazilishini kafolatlay olmaydi. Patent bojlari miqdori qonunchilikda belgilangan.
🔸 Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani im.adliya.uz portali orqali mustaqil ravishda yoki patent vakili orqali topshirishingiz mumkin.
🔹 Bugungi kunda respublikada 151 nafar patent vakili faoliyat yuritmoqda. Ularning ro‘yxati im.adliya.uz portalining "Patent vakillari" bo‘limida e'lon qilingan.
❗️Shubhali qo‘ng‘iroqlar va asossiz va'dalarga ishonmang. Firibgarlik alomatlariga duch kelsangiz, bu haqda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter | 30 849 |
| 8 | #Adliya_xabari
#muhim_yangilik
⚔️ "Bir ariza – bir natija" (1-0-1): endi bolani bog‘chaga joylashtirish uchun barcha xizmatlar bitta tizimda
✅ Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish jarayoni "Bir ariza – bir natija" (1-0-1) tamoyili asosida to‘liq raqamlashtirildi.
💻 Endilikda ota-onalar my.gov.uz portali orqali quyidagi xizmatlarning barchasidan yagona tizim orqali foydalanishi mumkin:
✅ bolani bog‘chaga joylashtirish uchun yo‘llanma rasmiylashtirish;
✅ zarurat bo‘lmaganda yo‘llanmani bekor qilish;
✅ tibbiyot muassasasiga elektron yo‘llanma olish va tibbiy ma’lumotnomani rasmiylashtirish;
✅ maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan shartnomani elektron shaklda imzolash.
🔄 Barcha jarayonlar turli idoralarga alohida murojaat qilmasdan, yagona platformada amalga oshiriladi.
⚙️ Shuningdek, bolani tarbiyalanuvchilar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayoni ham to‘liq avtomatlashtirildi. Endilikda ushbu jarayon inson omilisiz va real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
📌 Avvallari ota-onalar ushbu jarayonni yakunlash uchun 20 kungacha vaqt sarflar, bir nechta idoraga murojaat qilishlariga to‘g‘ri kelar, hujjatlarni kelishish va rasmiylashtirish esa inson omili ishtirokida amalga oshirilardi.
🚀 Endi esa barcha bosqichlar yagona raqamli tizimga birlashtirildi. Natijada bog‘chaga joylashtirish tartibi ota-onalar uchun yanada qulaylashdi, vaqt va ortiqcha hujjatbozlik kamaydi, xizmatlarning shaffofligi hamda tezkorligi oshirildi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter | 36 954 |
| 9 | #Biz_Adliya_oilasimiz
⚔️ Adliya — shunchaki ish joyi emas.
Bu — bilim bilan erishiladigan imkoniyat, mehnat bilan bosib o‘tiladigan yuksalish yo‘li, xalq roziligi bilan o‘lchanadigan sharafli xizmat.
Bizni qonuniylik, insonparvarlik, halollik, professionallik, tashabbuskorlik, mas’uliyat va jamoaviylik birlashtiradi.
Biz Adliya oilasimiz! | 38 146 |
| 10 | #Biz_Adliya_oilasimiz
⚔️ Adliya — shunchaki ish joyi emas.
Bu — bilim bilan erishiladigan imkoniyat, mehnat bilan bosib o‘tiladigan yuksalish yo‘li, xalq roziligi bilan o‘lchanadigan sharafli xizmat.
Bizni qonuniylik, insonparvarlik, halollik, professionallik, tashabbuskorlik, mas’uliyat va jamoaviylik birlashtiradi.
Biz Adliya oilasimiz! | 995 |
| 11 | #Biz_Adliya_oilasizmiz
⚔️ Adliya — shunchaki ish joyi emas.
Bu — bilim bilan erishiladigan imkoniyat, mehnat bilan bosib o‘tiladigan yuksalish yo‘li, xalq roziligi bilan o‘lchanadigan sharafli xizmat.
Bizni qonuniylik, insonparvarlik, halollik, professionallik, tashabbuskorlik, mas’uliyat va jamoaviylik birlashtiradi.
Biz Adliya oilasimiz! | 592 |
| 12 | #muhim_yangilik
#Adliya_xabari
⚔️ "Bir ariza – bir natija" (1-0-1): endi 3 ta hujjatni apostil bilan olish uchun bitta ariza kifoya
📑 Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida "Chet elga taqdim etiladigan hujjatlarni kompozit apostil qilish" xizmati ishga tushirildi.
✅ Endilikda fuqarolar my.gov.uz portali orqali bitta ariza yuborish orqali quyidagi hujjatlarni apostil qo‘yilgan holda rasmiylashtirishi mumkin:
• sudlanmaganlik haqida ma'lumotnoma;
• ruhiy kasalliklar dispanserida ro'yxatda turmaslik haqida ma'lumotnoma;
• narkologiya dispanserida ro'yxatda turmaslik haqida ma'lumotnoma.
💻 Yangi xizmat "Bir ariza – bir natija" (1-0-1) tamoyili asosida ishlaydi. Fuqarodan faqat bitta elektron ariza talab etiladi. Qolgan barcha jarayonlar tegishli davlat organlari o‘rtasidagi elektron axborot almashinuvi orqali, fuqaroning bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladi.
📌 Avval ushbu xizmatdan foydalanish uchun fuqaro:
• Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat qilishi;
• tegishli ma'lumotnomani alohida olishi;
• hujjatga imzo va muhr qo‘ydirishi;
• apostil qo‘yish uchun yana alohida ariza topshirishi;
• apostil natijasini olish uchun qayta murojaat qilishi lozim edi.
✨ Endi esa ushbu 5 bosqichning barchasi bitta ariza orqali amalga oshiriladi. Natijada fuqarolarning vaqti tejaladi, ortiqcha hujjatbozlik va takroriy murojaatlarga ehtiyoj qolmaydi.
🌐 Xizmatdan foydalanish: https://my.gov.uz/uz/service/1486
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter | 34 567 |
| 13 | #So'rovnoma
📣 Hurmatli kuzatuvchi, adliya organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik fikrini o'rganish maqsadida o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok eting!
💬 So'rovnomada ishtirok etish uchun ushbu 👉 havolaning 👈 ustiga bosing!
❗️Ushbu anonim so‘rovnoma orqali Sizning fikr va takliflaringiz adliya organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter | 29 614 |
| 14 | #Adliya_xabari
#AdliyaPlus
⚔️ Nikohni qayd etish uchun endi FHDY bo‘limiga borish shart emas!
📱 Endilikda Adliya Plus mobil ilovasi orqali nikohni qayd etish uchun onlayn ariza yuborish mumkin.
✅ Ilovada bir necha bosqichni bajarish orqali arizani rasmiylashtirish, ikkinchi tomon ma'lumotlarini kiritish va xizmatdan masofadan turib foydalanish imkoniyati mavjud.
❗️ Buning uchun:
🔹 1-bosqich. Adliya Plus ilovasiga kiring.
🔹 2-bosqich. "Fuqaroga" bo‘limini tanlang.
🔹 3-bosqich. "FHDY xizmatlari" bo‘limiga o‘ting va "Nikohni qayd etish" xizmatini tanlang.
🔹 4-bosqich. Xizmat shartlari va narxlari bilan tanishib, "Xizmatdan foydalanish" tugmasini bosing.
🔹 5-bosqich. Arizachi ma'lumotlarini tekshiring hamda ikkinchi tomon haqidagi ma'lumotlarni kiriting.
🔹 6-bosqich. Telefon raqamingizni kiriting va barcha ma'lumotlarni qayta tekshirib, arizani yuboring.
⏱️ Bu esa ortiqcha vaqt sarflamasdan, nikohni qayd etish jarayonini yanada qulay va tezkor amalga oshirishga xizmat qiladi.
🎥 Videolavhada Adliya Plus ilovasi orqali nikohni qayd etish uchun ariza yuborish tartibi bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan.
📌 Yaqinda oila qurishni rejalashtirayotgan tanishlaringizga ham ulashing!
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter | 33 570 |
| 15 | 📢 DIQQAT, SHAXSIY QABUL!
👥 Tadbirkorlik subyektlari va sud boshqaruvchilari diqqatiga!
📄 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF–78-son Farmoni va PQ–172-son qaroriga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida maxsus vakolatli davlat organi – To'lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etildi.
🤝 Tadbirkorlik subyektlari hamda sud boshqaruvchilari faoliyatida uchrayotgan muammolarni bevosita oʼrganish va ularni hal etish choralarini koʼrish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʼrinbosari M. Istamov tomonidan shaxsiy qabul oʼtkazilishi rejalashtirilgan.
📲 Shaxsiy qabulga yozilish istagida boʼlgan tadbirkorlik subyektlari va sud boshqaruvchilari +998 91 137-20-73 yoki +998 99 838-78-18 telefon raqamlari hamda Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi @sayyor_qabul_bot orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
📅 Roʻyxatga olish 2026-yil 24-iyul kuniga qadar davom etadi.
📍 Shaxsiy qabulda:
🏢 Toshkent shahridan ishtirok etuvchilar — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi binosida;
🏛 Qoraqalpogʻiston Respublikasidan ishtirok etuvchilar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi binosida;
💻 Viloyatlardan ishtirok etuvchilar — tegishli viloyat adliya boshqarmalari binolarida videokonferensaloqa rejimida qatnashishlari mumkin.
ℹ️ Shaxsiy qabul reja asosida hududlar kesimida navbatma-navbat tashkil etiladi. Uning kuni va vaqti haqida roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar bilan ular uchun qulay vaqt va shaklda bevosita bogʻlanilib, xabardor qilinadi.
🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter | 29 173 |
| 16 | #So'rovnoma
📣 Hurmatli kuzatuvchi, adliya organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik fikrini o'rganish maqsadida o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok eting!
💬 So'rovnomada ishtirok etish uchun ushbu 👉 havolaning 👈 ustiga bosing!
❗️Ushbu anonim so‘rovnoma orqali Sizning fikr va takliflaringiz adliya organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter | 29 834 |
| 17 | #Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚔️Davlat xizmatlari yanada qulaylashadi: yangi raqamli xizmatlar va fuqarolar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi
💳 2026-yil 1-sentabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) virtual to‘lov kartasi orqali davlat xizmatlari uchun to‘lov qilish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan mablag‘lar hamda davlat xizmati kechiktirilganda yoki asossiz rad etilganda to‘langan mablag‘lar avtomatik ravishda fuqaroning kartasiga qaytariladi. Virtual to‘lov kartasini ochish va undan foydalanish uchun komissiya undirilmaydi.
👶 Voyaga yetmagan shaxslar o‘z huquqlarini mustaqil himoya qilish yuzasidan sudlarga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.
🔄 2026-yil 1-oktabrdan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tug‘ilgan sanasi o‘zgarganda, ushbu ma’lumotlar davlat organlarining axborot tizimlarida qo‘shimcha murojaatlarsiz avtomatik ravishda yangilanadi.
🏠 2026-yil 1-noyabrdan kredit to‘liq so‘ndirilgach, ko‘chmas mulk va avtotransport vositalariga qo‘yilgan garov (taqiq) proaktiv tartibda avtomatik yechiladi.
📵 Shuningdek, fuqarolarni reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlari orqali bezovta qilishning oldini olish maqsadida yangi tartib joriy etiladi. Endilikda reklama xabarlari faqat fuqaroning roziligi bilan yuboriladi, reklama qo‘ng‘iroqlarini 18:00 dan 09:00 gacha amalga oshirish taqiqlanadi hamda abonent istagiga ko‘ra bunday qo‘ng‘iroq va xabarlarni bloklash imkoniyati yaratiladi.
🤝 Mazkur yangiliklar davlat xizmatlarini yanada qulay, tezkor va shaffof tashkil etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter | 40 585 |
| 18 | #Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚔️Aholi uchun davlat xizmatlarida yana bir qator qulayliklar yaratiladi
⚖️ Prezidentimizning "Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ–265-son qarori (15.07.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
🏠 Ko‘chmas mulkni kechiktirib ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinadi. Endilikda bunday hollarda kechiktirilgan muddatdan kelib chiqib, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun oshirilgan stavkada to‘lov undiriladi.
🏡 Meros yoki yaqin qarindoshidan hadya olingan uyni sotishda soliq hisoblash tartibi fuqarolar foydasiga o‘zgaradi. Soliqdan ozod etuvchi muddat uy avvalgi egasining mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan hisoblanadi.
🔑 Taqiq yoki xatlov qo‘yilgan turar joyga ham yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi. Bunda ro‘yxatdan o‘tayotgan shaxs keyinchalik mulkdorning murojaati asosida ro‘yxatdan chiqarilishiga oldindan rozilik beradi.
📱 2026-yil 1-oktabrdan my.gov.uz portalida yangi xizmatlar ishga tushiriladi. Xususan:
🔹 o‘z nomingizdagi ko‘chmas mulk va transport vositalariga taqiq qo‘yish yoki uni bekor qilish;
🔹 o‘z nomingizga rasmiylashtirilgan telefon raqamlari va bank kartalari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish;
🔹 foydalanilmayotgan telefon raqamlarini vaqtincha to‘xtatish yoki xizmatni bekor qilish;
🔹 telefon raqamiga ulangan pulli xizmatlar haqida ma’lumot olish;
🔹 bank kartalarini bloklash (yopish) bo‘yicha onlayn murojaat yuborish;
🔹 nomingizga yangi notarial harakat rasmiylashtirilganda avtomatik xabarnoma olish.
🤝 Mazkur yangiliklar davlat xizmatlarini yanada qulay, shaffof va fuqarolar uchun zamonaviy shaklda tashkil etishga xizmat qiladi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter | 33 807 |
| 19 | #Adliya_xabari
⚔️Onlayn notarial xizmatlar uchun qo‘shimcha to‘lov bekor qilindi
⚖️ Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik xarakterdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlariga o‘zgartirish kiritildi.
✅ Endilikda videokonferensaloqa orqali, ya’ni onlayn tarzda notarial xizmatlardan foydalanishda ilgari qo‘shimcha ravishda undirilgan 123 ming 600 so‘mlik to‘lov bekor qilindi.
📌 Natijada fuqarolar notarial harakatni shaxsan yoki masofadan turib rasmiylashtirishidan qat’i nazar, xizmat uchun bir xil narxda to‘lov amalga oshiradi. Masofadan foydalanish uchun alohida haq undirilmaydi.
🎯 Ushbu o‘zgarish fuqarolar uchun bir qator qulayliklarni yaratadi:
🔹 notarial idoraga borish va navbat kutishga hojat qolmaydi;
🔹 onlayn xizmat uchun ortiqcha 123 600 so‘m to‘lanmaydi;
🔹 xizmatdan uydan chiqmasdan turib foydalanish imkoniyati kengayadi;
🔹 notarial xizmatlar yanada qulay, arzon va shaffof bo‘ladi.
📲 Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda videokonferensaloqa orqali 18 turdagi notarial harakat masofaviy tarzda amalga oshirilmoqda. Mazkur yangilik notariat sohasini raqamlashtirish hamda fuqarolar uchun zamonaviy va qulay xizmatlarni kengaytirishga qaratilgan navbatdagi muhim qadamdir.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter | 32 626 |
| 20 | #Adliya_xabari
📣 Jurnalistlar va blogerlarni "Maftunkor ranglar jilosi–2026" tadbirini yoritishga taklif etamiz
🎨 18-iyul kuni Bo‘stonliq tumanidagi "Olmos" Konvension markazida "Biz birgamiz!" ijtimoiy loyihasi doirasida 7–17 yoshdagi nogironligi bo‘lgan bolalar o‘rtasida "Maftunkor ranglar jilosi–2026" respublika rasm chizish tanlovi, rasm ko‘rgazmasi hamda shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
🖼 Tadbir davomida bolalarning ijod namunalari namoyish etilib, ularning iste'dodi va imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etiladi.
🎥 Ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlarni ushbu tadbirda ishtirok etish, uning yorqin lahzalarini keng jamoatchilikka yetkazish hamda nogironligi bo‘lgan bolalarning ijodiy salohiyatini keng targ‘ib etishga chorlaymiz.
🤝 Sizning e'tiboringiz va xolis yoritishingiz ezgulik, mehr va inklyuziv jamiyat g‘oyalarini yanada kengroq targ‘ib etishga xizmat qiladi.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 207-04-38 (ichki: 1072).
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter | 29 684 |
