"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
إظهار المزيد📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
تُعد قناة "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot (@hetmuloqot) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 92 233 مشتركاً، محتلاً المرتبة 1 339 في فئة التكنولوجيات والتطبيقات والمرتبة 663 في منطقة Uzbekistan.
📊 مؤشرات الجمهور والحراك
منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 92 233 مشتركاً.
بحسب آخر البيانات بتاريخ 14 سبتمبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -2 932، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -83، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.
- حالة التحقق: غير موثّقة
- معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 8.97%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 5.97% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
- وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 8 283 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 5 513 مشاهدة.
- التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 0.
📝 الوصف وسياسة المحتوى
يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
“"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: info@het.uz
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: h...”
بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 15 سبتمبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التكنولوجيات والتطبيقات.
جاري تحميل البيانات...
| التاريخ | نمو المشتركين | الإشارات | القنوات | |
| 15 سبتمبر | 0 | |||
| 14 سبتمبر | +3 | |||
| 13 سبتمبر | +2 | |||
| 12 سبتمبر | +5 | |||
| 11 سبتمبر | +3 | |||
| 10 سبتمبر | +2 | |||
| 09 سبتمبر | +10 | |||
| 08 سبتمبر | +5 | |||
| 07 سبتمبر | +5 | |||
| 06 سبتمبر | +1 | |||
| 05 سبتمبر | +4 | |||
| 04 سبتمبر | +3 | |||
| 03 سبتمبر | +15 | |||
| 02 سبتمبر | +2 | |||
| 01 سبتمبر | +1 |
| 2 | 📌📌📌📌📌📌
MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Toshkent shahrida iste’molchilarni kuz–qish mavsumida uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tizimli ravishda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Xususan ayni paytda Shayxontohur tumani Betepa mahallasida elektr uzatish tarmoqlari, transformator punktlari va taqsimlash qurilmalari ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur ta’mirlash va yangilash ishlari bajarilmoqda.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 2 768 |
| 3 | 📌📌📌📌📌📌
YANGIYO‘L TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH BORASIDAGI ISHLAR IZCHIL DAVOM ETMOQDA
Yangiyo‘l tumanida elektr ta’minotini yaxshilash, mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish hamda aholi uchun yanada barqaror elektr ta’minotini yaratish borasidagi ishlar jadal davom etmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida tumandagi mahallalarda elektr tarmoqlari bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinmoqda.
Xususan, hududdagi elektr tarmoqlari daraxt shoxlaridan tozalanib, eskirgan tayanchlar zamonaviy temir-beton tayanchlarga almashtirilmoqda. Shuningdek, transformator punktlarida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Elektr kuchlanishi past bo‘lgan mahallalarda esa yangi transformatorlar o‘rnatilib, zamonaviy SIP kabellari tortilmoqda. Natijada elektr tarmoqlarining ishonchliligi oshib, iste’molchilarga elektr energiyasini barqaror yetkazib berish imkoniyati kengaymoqda.
Ushbu sa’y-harakatlarning bosh maqsadi — aholini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr ta’minotidagi muammolarni manzilli hal etish hamda hudud energetika tizimini zamonaviy talablarga moslashtirishdan iborat.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 3 534 |
| 4 | 📌📌📌📌📌📌
Saida Mirziyoyeva, Prezident Administratsiyasi rahbari:
Prezident uchun eng muhimi – xalq, inson qadri. Har bir insonning muammosi bo‘lmasligi...
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 3 774 |
| 5 | Sirdaryoda elektr uzilishlarining oldini olishga qaratilgan ishlar davom etmoqda
Mirzaobod tumanida kuz-qish mavsumida elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish maqsadida 111 kilometr elektr uzatish tarmog‘i va 36 ta transformator punkti mukammal ta’mirlandi. Yana 180 kilometr elektr tarmog‘i hamda 79 ta transformator punkti joriy ta’mirdan chiqarildi.
👉https://uza.uz/posts/908519
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 5 112 |
| 6 | 📌📌📌📌📌📌
35 yil — 35 natija: Qoraqalpog‘istonning birinchi va ikkinchi yirik quvvatli shamol elektr stansiyalari hamda birinchi energiya saqlash tizimi
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 4 515 |
| 7 | 📌📌📌📌📌📌
Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" maqolasi e’lon qilindi
Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — "The Chosun Daily"da Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.
Maqolada O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investisiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.
Maqolada qayd etilganidek–
— so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan;
— Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investisiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshgan;
— Ayni paytda mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida 700 dan ziyod qo‘shma korxona va loyihalar amalga oshirilmoqda;
— KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollardan ortiq;
— 2025 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshgan.
Prezident ikki mamlakat iqtisodiyotining o‘zaro to‘ldiruvchanligi yangi o‘sish drayverlarini yaratish uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidlab, hamkorlikni umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirish darajasiga olib chiqish muhimligini ta’kidladi.
"Ishonchim komilki, aynan shu asosda hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz — alohida sohalardagi muvaffaqiyatli hamkorlikdan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o‘tishimiz mumkin. Bu esa mamlakatlarimiz barqaror va uzoq muddatli farovonligining yanada mustahkam poydevorini barpo etadi".
Maqolada sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar, robototexnika, elektr transport vositalari, biofarmasevtika, aqlli qishloq xo‘jaligi va “aqlli shaharlar” istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Shuningdek, ta’lim va inson kapitaliga investisiya kiritish, akademik almashinuv va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi e’tirof etgan.
Prezident, shuningdek, Markaziy Osiyo-Koreya Respublikasi sammiti O‘zbekiston va Koreya munosabatlari bilan bir qatorda, butun mintaqa bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydon ekaniligiga alohida urg‘u berdi.
"...O‘zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surish niyatida. Bu tashabbuslar “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yo‘naltirilgan mexanizmga aylantirishga qaratilgan".
Prezident maqolasida qayd etilganidek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni, balki Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, innovatsiya va umumiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
"Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o‘zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantira olishiga chin dildan ishonaman"- deydi Davlatimiz Rahbari maqolada.
Ma’lumot o‘rnida: The Chosun Daily — 1920 yilda tashkil etilgan «Chosun Ilbo» mediaguruhi tarkibidagi nashr bo‘lib, Koreya Respublikasidagi yirik axborot platformalaridan biri hisoblanadi.
Nashr siyosat, iqtisodiyot, jamiyat va xalqaro munosabatlarga oid dolzarb voqealarni keng yoritib boradi. Unda O‘zbekiston Prezidentining maqolasi e’lon qilinishi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikka bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir ifodasidir.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 10 685 |
| 8 | 📌📌📌📌📌📌
ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTINI YAXSHILASH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR
Jizzax viloyatida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda iste’molchilar uchun yanada qulay sharoit yaratish borasida keng kо‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mavjud muammolarni bartaraf etish va iste’molchilar uchun yanada qulay sharoit yaratish borasidagi ishlar haqida Sevimli telekanalining “Zamon” axborot dasturida lavhani kuzatishingiz mumkin.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 5 732 |
| 9 | 📌📌📌📌📌📌
YANGI PODSTANSIYALAR VA ELEKTR TARMOQLARI QURILISHI JADALLASHMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, Sirdaryo viloyatining Sayxunobod, Boyovut va Mirzaobod tumanlarida umumiy uzunligi 75 kilometr bo‘lgan 35–110 kVli elektr uzatish tarmoqlari hamda 2 ta 110 kVli podstansiya qurilishi belgilangan.
Bugungi kunda Boyovut tumani Yangi avlod mahallasi hamda Guliston shahri Yangi hayot mahallasidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan 110/35/10 kVli podstansiyada va Sayxunobod tumanidagi kichik sanoat zonasini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga mo‘ljallangan 110/35/10 kVli podstansiyada qurilish-montaj ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Mazkur loyihalar hududlarda elektr ta’minoti barqarorligini yanada oshirish, yangi turar joy massivlari va sanoat zonalarining elektr infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz | 7 562 |
| 10 | 📌📌📌📌📌📌
35 yil — 35 natija: Xorazm viloyatiningbirinchi yirik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi.
📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz | 7 787 |
| 11 | 📌📌📌📌📌📌
QASHQADARYODA ELEKTR TARMOQLARIDAGI KAMCHILIKLAR ANIQLANDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Shartnomaviy xizmatlar va mahsulot ishlab chiqarishni monitoring qilish boshqarmasi tomonidan Qashqadaryo viloyati ishlab chiqarish sexida temir-beton tayanchlarini sifatli ishlab chiqarish, shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron tizimga kelib tushayotgan murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida Qashqadaryo viloyatidagi filialning tuman va shahar ETK xodimlari tomonidan obyektlarda bajariladigan ishlar bo‘yicha tegishli shartnomalar rasmiylashtirilmasdan hamda loyiha hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgani, shuningdek, O‘zenergoinspeksiyaning tegishli ruxsatisiz elektr tarmoqlariga ulanish holatlari aniqlangan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan belgilangan tartibda tegishli huquqiy choralar ko‘rilmoqda. Shuningdek, xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilib, o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 9 186 |
| 12 | 📌📌📌📌📌📌
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishining borishi hamda Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi. Davlatimiz rahbari aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini Olmazor tumani misolida o‘rganish yuzasidan videoselektor yig‘ilishini ham o‘tkazadi.
📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz | 6 824 |
| 13 | 📌📌📌📌📌📌
JALAQUDUQ TUMANIDAGI MAHALLALARDA ELEKTR INFRATUZILMASI YANGILANMOQDA
Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi “og‘ir” toifadagi mahallalarda elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, Jalaquduq tumanidagi “G‘ozichegi” MFYda 203 ta temir-beton tayanch hamda 2 ta transformator punkti o‘rnatildi. Ayni paytda 6,5 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlarini qurish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunga qadar 1,4 kilometr elektr tarmog‘i tortildi.
Shuningdek, tumandagi “A. Rahmonov” MFYda 185 ta temir-beton tayanch o‘rnatish va 1 ta transformator punkti barpo etish belgilangan. Hozirga qadar 90 ta temir-beton tayanch o‘rnatildi.
Mazkur yangilanishlar mahallalarda elektr ta’minotining barqarorligini oshirish, xonadonlar hamda tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Mahalla ahli yaratilayotgan sharoitlardan mamnunligini bildirib, amalga oshirilayotgan ezgu o‘zgarishlar uchun shukronalik va minnatdorlik tuyg‘ularini izhor etmoqda.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 7 632 |
| 14 | 📌📌📌📌📌📌
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” JAMOASI XALQARO MUSOBAQAGA TAYYORLANMOQDA
Joriy yilning 21–25-sentabr kunlari Turkiyaning Anqara shahri Go‘lboshi tumanida joylashgan TEDAŞ o‘quv poligonida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar elektr taqsimlash tarmoqlari mutaxassislari o‘rtasida mahorat musobaqasi o‘tkaziladi.
Musobaqada ishtirok etadigan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi hozir Samarqand shahridagi o‘quv-mashg‘ulot poligonida tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Jamoa a’zolari musobaqa shartlarini yuqori saviyada bajarish, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, kasbiy mahoratini oshirishga e’tibor qaratmoqda.
Ta’kidlash joizki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi o‘tgan yili Samarqand shahrida o‘tkazilgan Turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar energetiklari musobaqasida barcha shartlar bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etib, 1-o‘rinni egallagandi.
Jamoa bu yilgi musobaqada ham muvaffaqiyatni davom ettirib, yurtimiz sharafini himoya qilish va yuqori natija qayd etishni maqsad qilgan.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 7 185 |
| 15 | 📌📌📌📌📌📌
35 yil — 35 natija: O‘zbekistonning ikkinchi, Samarqandningbirinchi yirik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi.
📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz | 6 029 |
| 16 | 📌📌📌📌📌📌
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 7 384 |
| 17 | 📌📌📌📌📌📌
“IPAKCHI” MAHALLASIDA ELEKTR TARMOQLARI MODERNIZATSIYA QILINMOQDA
Poytaxt energetiklari tomonidan Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik kо‘rish hamda aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Shayxontohur tumanining “Ipakchi” mahallasida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari jadal davom etmoqda.
Ayni paytda mahallaning Uyg‘un va Oqibat kо‘chalari hududida eskirgan 0,4 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari tо‘liq yangilanib, 2 kilometrdan ortiq zamonaviy SIP kabel tarmog‘i tortilmoqda.
Mazkur ishlar natijasida mahallada elektr ta’minotining ishonchliligi va barqarorligi yanada oshirilishi kо‘zda tutilgan.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 7 832 |
| 18 | 📌📌📌📌📌📌
MAHALLALARDA ELEKTR UZATISH TARMOQLARI VA TRANSFORMATOR PUNKTLARI YANGILANMOQDA
Iste’molchilarni barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida hududlarda elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Asosiy maqsadi — aholini ishonchli va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, tarmoqlarning barqarorligini oshirish va iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 5 451 |
| 19 | 📌📌📌📌📌📌
BО‘KA TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH BО‘YICHA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
Bо‘ka tumanida elektr tarmoqlarining barqarorligini ta’minlash, iste’molchilarga sifatli va ishonchli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida keng kо‘lamli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, tuman hududidagi elektr uzatish tarmoqlariga yaqinlashib qolgan daraxt shoxlari tartibga keltirilib, tarmoqlarning xavfsiz va barqaror ishlashi ta’minlanmoqda. Shu bilan birga, eskirgan yog‘och tayanchlar bosqichma-bosqich zamonaviy temir-beton tayanchlarga almashtirilmoqda.
Shuningdek, elektr tarmoqlarida zamonaviy SIP kabellari tortilib, mavjud tarmoqlarning texnik holati yaxshilanmoqda. Bu esa elektr ta’minotidagi uzilishlarni kamaytirish, tarmoqlarning ishonchliligini oshirish hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish imkonini beradi.
📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz | 6 643 |
| 20 | 📌📌📌📌📌📌
35 yil — 35 natija: O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi ikkinchi va uchinchi eng yirik quvvatli shamol elektr stansiyalari — 1000 MVt.Birinchisi Navoiy viloyatida — 500 MVt.
📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz | 6 539 |
