cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

STIPENDIAT

Iqtidorli talabalar va iste'dodli yoshlar uchun tashkil etilgan "STIPENDIAT" klubining rasmiy kanali Kanalning rasmiy guruhi: @stipendiatuz Hamkor kanal: @TERSU_IELTS

Show more
Uzbekistan32 532The language is not specifiedLinguistics14 483
Advertising posts
236
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-1230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from N/a
Barakalla, yigitlar! "Qanday qilib biz o‘zbekcha grammatika tekshiruvini yaratdik | Tahrirchi" https://tahrirchi.uz/grammatika-tekshiruvi Azizbek Esanov
Show all...
Matn tekshiruvi | Tahrirchi

O‘zbek tilida xatosiz yozishni boshlang! Imlo va grammatika tekshiruvi mutlaqo bepul. Bugunoq ro‘yxatdan o‘ting.

👏 2🤩 2
Repost from Huquqiy axborot
#Диққат_танлов 🇺🇿 Умуммиллий Конституция имтиҳони ўтказилади Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 31 йиллиги муносабати билан Адлия вазирлиги томонидан Умуммиллий Конституция имтиҳони ўтказилади. ✅ Имтиҳонда барча иштирок этиши мумкин. 📝 Танловда иштирок этиш учун 8-dekabr.adliya.uz сайтида рўйхатдан ўтилади (15 ноябрдан 25 ноябрь 23:59 гача). 🔰 Танлов қуйидаги 2 босқичда 3 та тоифа учун алоҳида ташкил этилади: 1️⃣-босқич – тест синовлари: ▫️ умумтаълим мактаб, академик лицей ва техникум ўқувчилари учун – 27 ноябрь соат 9:00 дан 14:00 гача; ▫️ ҳуқуқшунослар ва олий таълим муассасаларида ҳуқуқшунослик мутахассислиги бўйича ўқиётган талабалар учун – 28 ноябрь соат 9:00 дан 14:00 гача; ▫️ бошқа барча фуқаролар учун – 29 ноябрь соат 9:00 дан 14:00 гача; 2️⃣-босқич – суҳбат. ➡️ Тест синовида 8-dekabr.adliya.uz сайти орқали онлайн тарзда иштирок этилади. ☑️ Тест синови янги Конституция асосида тузилган 20 та тест саволи ва 1 та ижодий саволдан иборат. Тест саволларига энг қисқа муддатда тўғри жавоб берган иштирокчилар орасидан 30 нафари танлаб олиниб, уларнинг ижодий саволга жавоблари кўриб чиқилади. ❕Баҳолаш натижасига кўра, энг юқори балл тўплаган 10 нафар иштирокчи кейинги босқичга ўтади. ⏩ Иккинчи босқич (суҳбат) 8 декабрь – Конституция байрами арафасида ташкил этилади. 🖥 Суҳбат жараёнлари онлайн трансляция қилинади. 🎁 Ғолиблар диплом ва қимматбаҳо совғалар билан тақдирланади. ⚠️ Танловда фақат битта аккаунтдан иштирок этишга рухсат этилади. ❗️Иштирокчи кейинги босқичга ўтиш вақтида турли аккаунтлардан қатнашган ҳолатлар аниқланган тақдирда, натижасидан қатъи назар, имтиҳондан четлаштирилади. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
Show all...
Умуммиллий Конституция имтиҳони

⚡️ "Yil talabasi – 2023" tanlovining buyrug'i va nizomi Talabalar va ilmiy doiralarga yetkazib qo'ying iqtidorni namoyon qilish uchun imkoniyatdan foydalanish zarur. Yana bir muhim narsani aytib o'tamiz "Bu tanlov bo'yicha kimga murojaat qilishimiz kerak?" degan savolga. Universitetingiz yoki fakultetingiz Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin. Manba © "STIPENDIAT" klubi
Show all...
Yaqinda GrantGO jamoasi "Filologlar xorijda o‘qishi uchun qanday yo‘nalish va grantlar bor?" mavzusida ajoyib taqdimot va webinar oʻtkazishgan ekan. Bunda nafaqat grant va ularning turlari, grabtlarni yutish uchun kerak boʻladigan strategiyalar, balki filologiya sohasi haqida ham batafsil maʼlumot berilgan. Mazkur video suhbat orqali filologiya sohasi misolida siz oʻzingizning kelgusidagi sohangiz va ilmiy faoliyat yoʻnalishingiz borasida ancha tushunchaga ega boʻlasiz. Quyidagi havola orqali tanishib chiqingizlar, albatta foydali boʻladi, xudo xohlasa😊 — Video havolasi — Taqdimot havolasi Kanalning rasmiy linki: @grantgouz Manba: @komp_ling_uz "STIPENDIAT" klubi
Show all...
Repost from Ibrat Farzandlari
Surxandaryolik yoshlar! Biz keldik! 🎉 Va nihoyat «IBRAT Farzandlari» loyihasi Surxandaryoga yetib keldi va surxandaryolik til ixlosmandlari bilan uchrashishga tayyor! Xorjiy til ixlosmandlari va "IBRAT Camp" ishtirokchilarini ertaga, 3-noyabr kuni soat 15:00da quyidagi manzilga kelavering) 📍 Manzil: Termiz shahri Yoshlar markazi (Joylashuv) 📞 Tel: +998 93 546 98 17 P. S. Kimlar keladi? Izohlarda bildirib qo'ying-chi... 👍 @ibratfarzandlari
Show all...
Объявляется стипендиальная программа на 2023-2024 учебный год В конкурсе могут принять участие студенты 3-4 курсов бакалавриата и 1-2 курсов магистратуры, обучающиеся в высших образовательных учреждениях технического направления. 👉Подробно ___ ⚡️2023/2024-o‘quv yili uchun stipendiyalar dasturi e’lon qilinadi Tanlovda texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining 3-, 4-bosqich bakalavr va 1-, 2-bosqich magistr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin. 👉Batafsil Manba: uzintern "STIPENDIAT" klubi
Show all...
O‘zbek tili bayrami bilan! Har doim 21-oktabrda ustozim filologiya fanlari doktori, professor Aziz Jo‘rayevni eslayman. Men o‘zbek tilini ularchalik yaxshi ko‘rgan, ular darajasida qayg‘urgan boshqa insonni bilmayman. Til bayrami munosabati bilan post yozish o‘rniga ularning “Standart o‘zbek tili” (Toshkent, 2017) risolasidan parcha e’lon qilishga qaror qildim: Standart o‘zbek tilining (og‘zaki va yozma lingvodidaktik namunaning) vujudga kelishi va shakllanishini o‘zbek tilining maorif tizimiga kiritilishi, maktabda fan sifatida o‘qitilishi bilan, ya'ni XX asrning boshi bilan, bog‘lashimiz mumkin ( yana qiyoslang: "1930 yilgacha o‘rta maktablarda o‘zbek tilidagi ta'lim tajribaviy xarakterda edi" Arxangel'skiy, 1962, 348, sn. 1). Deyarli bir asr davomida o‘zbek yozuvi va imlosini isloh qilish yoki almashtirish bilan bog‘liq tadbirlar (1922, 1929, 1934, 1940, 1956, 1993, 1995) yozma o‘zbek tilini surunkali beqarorlikka duchor etdi. Buning oqibatida madaniyatimizda matn tanazzuli hodisasi yuz berdi. Islohotlar oralig‘ida yaratilgan lingvodidaktik matnlar orasida yozuv, imlo, talaffuz, punktuatsiya va uslub jihatidan ilgari shakllangan yoki shakllanayotgan uyg‘unlik uzluksiz ravishda buzilib bordi (bu haqda qarang: Aziz B.Džuraev, 2001, 299-300; Aziz B. Djuraev, 2001, 20-29; Djuraev, 2006, 30-33). Alifboning imlo bilan, imloning talaffuz (orfoepiya) bilan, oxirgi ikkalasining matn an'analari bilan, matn an'analarining ritorika bilan, ritorikaning esa uslublar bilan bog‘liqligi har islohotda murakkab o‘zgarishlar zanjirini keltirib chiqaraverdi. Har safar lingvodidaktik namuna sindirilib, yangisini yaratish uchun vaqt, mehnat va pul sarf qilinaverdi. Har safar o‘zbeklar lisoniy ongiga o‘zgartirish kiritilib, ongning kodifikatsiyalangan normani his qilish, saralash va nazorat qilish qobiliyati qayta shakllantirilaverdi. Bu hol standart o‘zbek tilining (yozma va og‘zaki lingvodidaktik namunaning) mavjudlik shakliga ta’sir etmay qolmadi. Uning hech bir davrda to‘laqonli rivoj topa olmagani ham shundandir. O‘zbekcha lingvodidaktik namuna tarixidagi murakkabliklar faqat shu bilangina cheklanmaydi. Bu o‘rinda o‘zbek tili tarqalgan asosiy hududning (O‘zbekistonning) kech markazlashishi, o‘zbek tilining lingvodidaktikaga kech kiritilishi, ko‘p shevalilik, ruslashtirish siyosati, aholi etnik integratsiyasining zaifligi, urbanizatsiyaning rivoj topmagani, qashshoqlik, va, nihoyat, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar orasida funksional savodning pastligi tilning standartlashishiga jiddiy to‘g‘anoq bo‘lganini eslatib o‘tish kerak. Standart o‘zbek tili (lingvodidaktik namuna sifatida) XX asr davomida didaktik ratsionalizatsiyalashtirish va davlat miqyosida rasmiylashtirishga urinishning turli shakllarini boshidan kechirdi. Jo‘rayev A. Standart o‘zbek tili. Toshkent, 2017. 8-9. @psixolingvist
Show all...
⚡️ “Иқтидорлар мактаби”нинг навбатдаги ўқув курсига старт берилди Сиз “Ишонч” телерадиокомпанияси қошида ташкил этилган “Иқтидорлар мактаби”да бошловчилик, мухбирлик, операторлик, режиссёрлик, монтаж устаси, қолаверса, мобилограграфика йуналишлари бўйича 3 ой давомида таҳсил олишингиз мумкин. ❗️Қабул жараёнлари 2023 йилнинг 25 октябрь куни соат 9:00да бошланади. Қулай имкониятни қўлдан бой берманг! ☎️ Мурожаат учун телефонлар: (95) 773-57-59 (76) 223-70-18 🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Show all...
Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlarni qanday tekshirish mumkin? 1. IELTS sertifikatini tekshirish https://ielts.ucles.org.uk/ielts-trf/ sayti orqali amalga oshiriladi. (Faqat vakolatga ega bo'lgan rasmiy tashkilotlar tekshira oladi.) Agar IDP dan olingan bo'lsa https://ielts.idp.com/results/check-your-result sayti orqali tekshirish mumkin. 2. Milliy sertifikat (Multi-level) ni Bilimni baholash agentligining https://sertifikat.uzbmb.uz sayti orqali tekshirishingiz mumkin boʼladi. Yoki sertifikat ostidagi QR kodi skaner qilinadi. Agar app.uzbmb.uz yoki app.dtm.uz saytlaridan yuklansa sertifikat haqiqiy hisoblanadi. 3. APTIS sertifikatini tekshirish ikki yoʼlda amalga oshiriladi: a) British council ning [email protected] elektron manziliga sertifikat egasining ism familiyasi, sertifikat olingan sana va maxsus kod koʼrsatilgan rasmiy xat yoʼllagan holda; b) APTIS sertifikatlari ASSESSMENT CENTER tomonidan berilgan boʼlsa u holda https://certificate.assessment.uz/ sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. 4. LINGUASKILL sertifikatini tekshirishdan oldin muhim narsani bilish kerak. Eng avvalo, O'zbekiston hududida tan olingan imtihon markazlar tomonidan olingan bo'lishi kerak. UZ050, UZ026, UZ004 kod bilan ro'yxatdan o'tgan tashkilotlarning natijalari ishonchli hisoblanib, ularni tekshirish uchun https://results.linguaskill.com/results-check saytiga sertifikatdagi tegishli maʼlumotlarni kiritib, haqiqiy ekanligini tekshirsangiz boʼladi. Ayrim o'quv markazlar, yoki onlayn servislar tomonidan olingan sertifikatlar ham ushbu saytda haqiqiy sifatida ko'rsatilishi mumkin, lekin ularning aynan qanday olinganini tekshirish imkoni yo'qligi uchun yuqoridagi 3ta tashkilotdan boshqasini natijalarini haqiqiy deb bo'lmaydi. 5. TOEFL IBT sertifikatini tekshirish uchun https://www.ets.org/toefl/score-users/scores-admissions/become sayti orqali amalga oshiriladi. (Rasmiy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazib, rasmiy so'rov yuborish kerak.) 6. TOEFL ITP sertifikatini tekshirish uchun [email protected] elektron manziliga sertifikat nusxalarini yuborish orqali tekshirishingiz mumkin. 7. TESOL, TEFL - Ushbu sertifikatlarni beruvchi tashkilotlar juda ham ko'p. Hammasini ham tekshirish imkoni yo'q. Tegishli qarorga ko'ra, maktabgacha va maktab ta'limi tizimida TESOL sertifikatining faqatgina ESN loyihasi ( International Assosiation TCCP Course) orqali olingani tan olinadi. Qolgan sertifikatlar xoh onlayn xoh offlayn olingan bo'lsin, qaror ro'yxatida berilmagan. Shuning uchun tan olinmaslik ehtimoli yuqori. Bundan tashqari soxta sertifikatlar, sertifikatning o'zidagi xatolar, shriftlarning birini ikkinchisidan farqlanishi kabi mayda detallar va QR kodni soxta saytlarga yo'nalgan bo'lishi bilan aniqlanishi ham mumkin. Manba © "STIPENDIAT" klubi
Show all...
Check your IELTS results | IDP IELTS

Check your IELTS results here. Find out how and when you will receive your TRF for the IELTS on paper and IELTS on computer, and the IELTS Life Skills test.

👏 2