en
Feedback
Sport vazirligi

Sport vazirligi

Open in Telegram

📈 Analytical overview of Telegram channel Sport vazirligi

Channel Sport vazirligi (@minsportuz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 21 433 subscribers, ranking 3 250 in the Sports category and 3 761 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 21 433 subscribers.

According to the latest data from 07 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -398 over the last 30 days and by -11 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Verified (Officially confirmed by Telegram)
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 13.16%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 11.15% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 2 786 views. Within the first day, a publication typically gains 2 360 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 8.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Veb-sayt:https://gov.uz/sport/ Facebook:fb.com/MinistrySportUz Instagram:instagram.com/minsport.uz Youtube:bit.ly/30pICdW Linkedin:https://www.linkedin.com/in/sport-uz/ Twitter:https://x.com/sportvazirligi Telefon: +998(55) 520-90-07 E-mail: info@spo...

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 08 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Sports category.

21 433
Subscribers
-1124 hours
+277 days
-39830 days
Posts Archive
Karatechilarimiz Yaponiyaga yo’l olishdi Karate WKF bo’yicha milliy terma jamoamiz XX Osiyo o’yinlarida ishtirok etish uchun
Karatechilarimiz Yaponiyaga yo’l olishdi Karate WKF bo’yicha milliy terma jamoamiz XX Osiyo o’yinlarida ishtirok etish uchun jo’nab ketdi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi. — Президент Шавкат Мирзиёев награжден высшей государственной наградой Сербии. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublika
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. — Состоялась церемония награждения Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева высшей государственной наградой Сербии – Орденом Республики Сербия на Большой цепи. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #mukofot Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston va Serbiya Prezidentlari Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida deklaratsiyani imzoladilar. — Президенты Узбекистана и Сербии подписали Декларацию об установлении отношений стратегического партнерства. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🖐 Andijon temir yo‘l vokzalida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi kubogi” uchun qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha Respublika bosqichi musobaqalarida ishtirok etuvchi jamoalar tantanali kutib olindi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Sport vazirligi ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasida raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligi
+9
Sport vazirligi ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasida raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligini o‘rganishni davom ettirmoqda Ishchi guruh a’zolari bugun Amudaryo, Qo‘ng‘irot, To‘rtko‘l, Mo‘ynoq, Bo‘zatov va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib, sport maktablaridagi “ERP sport” axborot tizimi va uning tegishli modullaridan foydalanish holati, trener va sportchilarning “Face–ID” orqali davomatini qayd etish va tizimdan foydalanishda trenerlar, yo‘riqchi-uslubchilar va boshqa mas’ul xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan texnik hamda tashkiliy muammolarni aniqlashtirib tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ishchi guruh a’zolarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi barcha tuman va shahar sport maktablaridagi o‘rganishlari davom etmoqda. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

🖐 Andijon temir yo‘l vokzalida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “O‘zbekiston Mahallalari Uyushmasi kubogi” uchun qiz b
+9
🖐 Andijon temir yo‘l vokzalida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “O‘zbekiston Mahallalari Uyushmasi kubogi” uchun qiz bolalar o‘rtasida gandbol sport musobaqasining Respublika bosqichida ishtirok etuvchi jamoalar tantanali tarzda kutib olindi. 📝 Ishtirokchilarni kutib olish jarayonida ularga musobaqada munosib ishtirok etish, yuqori natijalarga erishish hamda sport maydonlarida o‘z mahoratlarini namoyon etishlarida muvaffaqiyat tilandi. ✅ Mazkur musobaqada hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar o‘zaro kuch sinashib, Respublika bosqichida munosib natija qayd etish uchun bahs olib boradilar. ✔️ Yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va gandbol sport turini ommalashtirishda mazkur musobaqaning ahamiyati katta. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Namanganda zamonaviy kamondan otish majmuasi foydalanishga topshirildi. Davlatimiz Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlan
+9
Namanganda zamonaviy kamondan otish majmuasi foydalanishga topshirildi. Davlatimiz Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanayotgan ayni kunlarda Davlatobod tumanida sport sohasi uchun yana bir muhim obyekt zamonaviy kamondan otish majmuasi foydalanishga topshirildi. Mazkur majmua Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi qoshida barpo etildi. Loyiha Davlat dasturi asosida ajratilgan 2,4 milliard so‘m mablag‘ hisobidan amalga oshirildi. Yangi majmuaning foydalanishga topshirilishi viloyatimiz sport infratuzilmasini yanada boyitish bilan birga, kamondan otish sport turiga qiziqayotgan yoshlar uchun yangi imkoniyat va istiqbollarni ochib beradi. Zamonaviy sharoitlarda mashg‘ulot olib borish sportchilarning mahoratini oshirish, ularni nufuzli respublika va xalqaro musobaqalarga puxta tayyorlash hamda yuqori natijalarga erishishiga xizmat qiladi. Tadbirda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov, Milliy gvardiyaning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Nurillo Tursunov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Akramjon Dedabayev, Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tadjimirzayev, sportchilar hamda sport sohasi vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida mamlakatimizda sportni ommalashtirish, yoshlarni sportga keng jalb etish, olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Adaptiv sport yo‘nalishlarida malaka oshirish kurslari boshlandi Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tay
+2
Adaptiv sport yo‘nalishlarida malaka oshirish kurslari boshlandi Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan sentabr oyidagi navbatdagi offline malaka oshirish kurslariga start berildi. Unda respublikamizning barcha hududlaridan 75 nafar murabbiy, jumladan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi 90 ta maxsus maktab-internat mutaxassislari ishtirok etmoqda. Tinglovchilar adaptiv sportning 18 ta yo‘nalishi bo‘yicha jami 144 soatlik o‘quv kursida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshiradilar. Mazkur kurs murabbiylarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, adaptiv sport yo‘nalishlarida zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda hududlarda sportchilarni tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu malaka oshirish kursi joriy yilning 3-oktabriga qadar davom etadi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Toshkentda Asia Auto Gymkhana Championship 2026 musobaqasining ikkinchi bosqichi yakunlandi Toshkent shahrida Asia Auto Gymkh
+3
Toshkentda Asia Auto Gymkhana Championship 2026 musobaqasining ikkinchi bosqichi yakunlandi Toshkent shahrida Asia Auto Gymkhana Championship 2026 musobaqasining ikkinchi bosqichi yakunlandi. Unda 8 mamlakatdan 32 nafar sportchi ishtirok etdi. Musobaqaning barcha bahslari Chevrolet Onix avtomobillarida o‘tkazilib, ishtirokchilar uchun teng texnik sharoit yaratildi. Musobaqa yakuni bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari bir qator sovrinli o‘rinlarni egalladi. Jumladan, Otabек Madaliyev erkaklar o‘rtasida 2-o‘rin, Saminaхон Ahmadjonova ayollar o‘rtasida 1-o‘rin, Sabina Yusupova esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Juftlik bahslarida ham vakillarimiz muvaffaqiyatli qatnashib, erkaklar juftligida 3-o‘rin, ayollar juftligida 2-o‘rin va aralash juftlikda 2-o‘rinni egalladi. Shuningdek, musobaqa yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi jamoaviy hisobda eng ko‘p ochko jamg‘arib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Navbatdagi, uchinchi bosqich Gonkongda bo‘lib o‘tadi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

photo content
+3

Para velosportchilarimiz Jahon chempionatida 4 ta medal qo'lga kiritishdi AQSHning Hantsvillda shahrida para velosportning sh
+6
Para velosportchilarimiz Jahon chempionatida 4 ta medal qo'lga kiritishdi AQSHning Hantsvillda shahrida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionati o'tkazildi. E’tiborlisi, ayollar o‘rtasidagi T1 klassi bellashuvlarida hamyurtimiz Marjona Pardaboyeva oltin medalga sazovor bo‘ldi. 27.6 km masofaga kechgan poygada Marjona barcha raqiblarini ortda qoldirib, ikki karra Jahon chempioniga aylandi. 🥇Marjona Pardaboyeva (O'zbekiston) 🥈Quan Shiqi (Xitoy) 🥉Pavlina Veyvodova (Chexiya). Shuningdek, H1 toifasida 13.8 km masofada o‘tkazilgan bahslarda Pokiza Ahmadbekova shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. 🥇Manuela vos van den Bouxyuysen (Ispaniya) 🥈Pokiza Ahmadbekova (O'zbekiston). Ta’kidlash lozim, avvalroq, har ikki sportchimiz musobaqaning vaqt uchun o‘tkazilgan poygalarida oltin medallarga ega chiqishgandi. Shu tariqa, hamyurtlarimiz Jahon chempionatida 3 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo'lga kiritdi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun gandbol sport musobaqasining Respubl
+6
🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun gandbol sport musobaqasining Respublika final bosqichida ishtirok etuvchi yigitlar jamoalari Toshkent Janubiy vokzalida tantanali ravishda kutib olindi. Musobaqalar Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boʻlib oʻtadi. Shiddatli bahslarda barcha ishtirokchilarga omad yor boʻlsin. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Chempionlik sari qadam: “Maktab ligasi”da o‘z iqtidoringizni namoyon eting! “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida maktab o‘q
Chempionlik sari qadam: “Maktab ligasi”da o‘z iqtidoringizni namoyon eting! “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida sportni ommalashtirish va iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida 10 ta sport turi bo‘yicha “Maktab ligasi” musobaqalariga start berilmoqda. Musobaqada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari 10-sentyabrdan e’tiboran 5tashabbus.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. Aziz o‘quvchilar! O‘z sinfingiz hamda maktabingiz sharafini munosib himoya qiling, sportdagi iqtidoringizni namoyon eting va chempionlik sari dadil qadam tashlang! Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi va "Kapitalbank" kibersport (CS2) bo‘yicha 65 million so‘m mukofot jamg‘armasiga ega yirik turnir e’lon qiladi O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi hamda "Kapitalbank" ATB hamkorligida tijorat tashkilotlari va bank xodimlari o‘rtasida kibersport bo‘yicha keng ko‘lamli turnir tashkil etilmoqda. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 65 000 000 so‘mni tashkil etadi. Musobaqa 2026-yil 24-oktyabr kuni Jizzaxdagi "Jizzax Cyber Arena"da CS2 bo‘yicha tijorat tashkilotlari va bank jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi. Arizalar joriy yilning 21-sentyabr sanasiga qadar qabul qilinadi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

🤾"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida gandbol sport turi bo‘yicha “O‘zbekiston mahallal
🤾"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida gandbol sport turi bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” respublika bosqichiga start berilmoqda 🇺🇿 Respublika bosqichida hududiy saralashlarda munosib natija qayd etgan yosh sportchilar ishtirok etib, gandbol bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etadilar. Musobaqa 8–12-sentabr kunlari quyidagi manzillarda tashkil etiladi: 📍 O‘g‘il bolalar o‘rtasida — Toshkent shahrida; 📍 Qiz bolalar o‘rtasida — Andijon viloyatida. Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat va g‘alaba tilaymiz! Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Sport vazirligi ishchi guruhi Nukus shahrida xizmat safarida bo‘lib, tizimni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishla
+4
Sport vazirligi ishchi guruhi Nukus shahrida xizmat safarida bo‘lib, tizimni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligini o‘rganmoqda Unda asosan ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar va tuman sport maktablaridagi “ERP sport” axborot tizimi va uning tegishli modullaridan foydalanish holati, trener va sportchilarning “Face–ID” orqali davomatini qayd etish va tizimdan foydalanishda trenerlar, yo‘riqchi-uslubchilar va boshqa mas’ul xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan texnik hamda tashkiliy muammolarni aniqlashtirib tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ishchi guruh a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar va tuman sport maktablariga borib, muammolarni o‘z joyida o‘rganadi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Sport vaziri Adkham Ikramov boks bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari bilan uchrashdi Sport vaziri Adkham Ikramov Aichi-Nagoy
+4
Sport vaziri Adkham Ikramov boks bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari bilan uchrashdi Sport vaziri Adkham Ikramov Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi vakillari bilan uchrashdi. Muloqot davomida sportchilarimizning mazkur nufuzli musobaqaga tayyorgarlik jarayoni, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining borishi va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Bokchilarimiz ushbu nufuzli musobaqada 6 ta vazn toifasida bahs olib boradi. Ta’kidlanganidek, milliy terma jamoa a’zolari 7-sentyabr kuni Yaponiyaga jo‘nab ketib, Osiyo o‘yinlari boshlangunga qadar ushbu mamlakatda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi. Uchrashuvda bokschilarning jismoniy va sport formasini yanada yaxshilash, tayyorgarlik jarayonini yuqori saviyada tashkil etish hamda Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarida munosib natijalar qayd etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. Musobaqalar oldidan sport faxriylari tomonidan bokchilarimizga muvaffaqiyat tilab ezgu duolar qilindi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan yig'ilish o'tkazildi Toshkent viloyati Nurafshon shahrida
+9
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan yig'ilish o'tkazildi Toshkent viloyati Nurafshon shahrida Sport vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat bo‘limi tomonidan korrupsiyaning oldini olish, tizimda shaffoflikni ta’minlash hamda mavjud muammolarni tanqidiy tahlil qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda Sport vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat bo‘limi boshlig‘i Dilshod Buxarov, viloyat prokuraturasi vakili Abduraxim Abdujabborov, Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Rustam Bobokulov hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi. Tadbir davomida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish, qonunchilik talablariga rioya qilish, tizimda halollik va ochiqlik tamoyillarini yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni samarali bajarish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

“Inson uchun” inklyuziv yug‘ish marafoni o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “In
+9
“Inson uchun” inklyuziv yug‘ish marafoni o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Inson uchun” inklyuziv yugurish marafoni tashkil etildi. Unda 1 ming 100 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Ularning qariyb 30 foizini xotin-qizlar tashkil etdi. Turli yosh va ijtimoiy guruh vakillari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar bir safda jam bo‘lib, 1 kilometr masofani bosib o‘tdi. Tadbirning asosiy mezoni yuqori natija emas, balki ishtirok etish, faol harakat qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Marafonda yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar munosib taqdirlandi. 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblariga diplom hamda pul mukofotlari topshirildi. Mazkur tashabbus jamiyatda inklyuziv muhitni rivojlantirish, barcha uchun teng imkoniyatlar yaratish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda sog‘lom va faol turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube