fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید 👈

Sport vazirligi

Sport vazirligi

رفتن به کانال در Telegram

📈 تحلیل کانال تلگرام Sport vazirligi

کانال Sport vazirligi (@minsportuz) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 29 123 مشترک است و جایگاه 2 379 را در دسته ورزش و رتبه 2 728 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 29 123 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 08 اکتبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 7 735 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر 20 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید شده (به صورت رسمی توسط تلگرام)
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 14.92% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 12.51% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 4 352 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 3 649 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 17 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
“Veb-sayt:https://gov.uz/sport/ Facebook:fb.com/MinistrySportUz Instagram:instagram.com/minsport.uz Youtube:bit.ly/30pICdW Linkedin:https://www.linkedin.com/in/sport-uz/ Twitter:https://x.com/sportvazirligi Telefon: +998(55) 520-90-07 E-mail: info@spo...”

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 09 اکتبر, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته ورزش تبدیل کرده‌اند.

29 123
مشترکین
+2024 ساعت
-4217 روز
+7 73530 روز
آرشیو پست ها
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlar
+9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda milliy taomlar festivaliga tashrif buyurdi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с главами делегаций стран Содружества Независимых Государств посетил Фестиваль национальных блюд. #Mirziyoyev #sammit #MDH #festival Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida suzish bo‘yicha “World Aquatics” Jahon kubogi bosqichining tantanali ochilish marosimi
+9
Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida suzish bo‘yicha “World Aquatics” Jahon kubogi bosqichining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi Mazkur nufuzli xalqaro musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 4-noyabrdagi “Suv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-382-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida, mamlakatimizda suzish sportini yanada ommalashtirish, sportchilarning mahoratini oshirish hamda xalqaro sport hamkorligini mustahkamlash maqsadida tashkil etilmoqda. 8–10-oktyabr kunlari o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqada dunyoning 40 ta mamlakatidan tashrif buyurgan 230 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi sharafini 51 nafar sportchi himoya qilmoqda. Musobaqaning tantanali ochilish marosimida World Aquatics prezidenti Husayn al-Musallam, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Ijtimoiy himoya Milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, World Aquatics Ijroiya qoʻmitasi Byurosining aʼzosi Shahnoza Mirziyoyeva, OOK vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo'yicha vakili Odil Abduraxmanov va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi, Uzbekistan aquatics federatsiyasi rahbari Qudratilla Rafikov ishtirok etdi. Tadbir davomida nufuzli musobaqaning mamlakatimizda ilk bor Olimpiya shaharchasida o‘tkazilayotgani alohida ta’kidlandi. Mazkur musobaqa O‘zbekistonning xalqaro sport maydonidagi nufuzini yanada mustahkamlash, mamlakatimiz sportchilari uchun esa kuchli raqobat muhitida o‘z mahoratini namoyish etish imkonini bermoqda. Jahon kubogi bosqichida ishtirok etayotgan sportchilar uch kun davomida suzishning turli yo‘nalishlarida bahs olib borib, eng yuqori natijalar uchun kurashadi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

photo content
+9

photo content
+9

Fargʻonada yosh sportchilar bilan muloqot oʻtkazildi Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida Farg‘ona viloyati Sport bosh
+9
Fargʻonada yosh sportchilar bilan muloqot oʻtkazildi Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida Farg‘ona viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Hakimov ishtirokida sportchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda yosh sportchilarning joriy kungacha respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda, jumladan, olimpiyada va jahon chempionatlarida erishgan natijalari tahlil qilinib, ularning sportdagi yutuqlari sarhisob qilindi. Shuningdek, sportchi yoshlarning kelgusida nufuzli xalqaro musobaqalar va olimpiyada o‘yinlarida munosib ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, mashg‘ulot jarayonlarini takomillashtirish hamda sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muloqot davomida yosh sportchilar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar, shuningdek, mavjud muammolar va ularni hal etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Xorazmda sport sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi Xorazm viloyatida sport ta’limi muassasalar
+6
Xorazmda sport sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi Xorazm viloyatida sport ta’limi muassasalari rahbarlari va viloyat sport boshqarmasi xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish, qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Sport vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat bo‘limi boshlig‘i Dilshod Buxarov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Nodira Djumaniyazova hamda Xorazm viloyati prokuraturasining mas’ul xodimi Bahodir Yuldashevlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda sport sohasida korrupsion xavflar va ularning oldini olish choralari tahlil qilindi. Shuningdek, qonunchilik talablariga rioya etish, faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsion holatlarni barvaqt aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Qoraqalpogʻistonda sportchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri E.Qutibaev Mo
+4
Qoraqalpogʻistonda sportchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri E.Qutibaev Mo‘ynoq tumanida yosh sportchilar bilan ochiq muloqot olib borib, ularning yutuqlari, muammolari va kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashdi. Vazir yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlarni yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tegishli soha mutaxassislariga topshiriqlar berildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism): 📌Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurish, energiyani saqlashning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish va yangi energetika yo‘laklarini yaratishni yaxshiroq muvofiqlashtirish imkonini beruvchi kam uglerodli energetika salohiyati bo‘yicha qo‘shma konsepsiyani tayyorlash taklifi bildirildi; 📌Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha Amaliy chora-tadbirlar o‘n yilligi to‘g‘risidagi umumiy tashabbusni to‘liq amalga oshirish muhimligi qayd etildi; 📌O‘zbekiston Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasida raislik davridan Jamg‘arma ishini yanada samarali tashkil etish, yangi ekologik loyihalarni ishga tushirish va qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni jalb qilish uchun foydalanish niyatida; 📌Suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha Afg‘oniston bilan muloqotga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu muloqot doimiy va aniq mazmunga ega bo‘lishi, mintaqadagi barcha mamlakatlarning manfaatlarini hisobga olishi shart; 📌O‘zbekistonning Muhim minerallar bo‘yicha mintaqaviy alyansni tashkil etish borasidagi tashabbusiga muvofiq ishlarni faollashtirish taklif qilindi. Markaziy Osiyoning muhim minerallar zaxiralarining yagona raqamli xaritasini yaratish bu borada birinchi qadamlardan biri bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi; 📌Mamlakatlarning imkoniyatlarini birlashtirish va Umumiy hisoblash infratuzilmasini yaratishni boshlash taklif qilindi; 📌Talab yuqori bo‘lgan kasblar va kompetensiyalarning mintaqaviy atlasini ishlab chiqish taklif etildi. Unda bugungi kunda mutaxassislar tanqisligi sezilayotgan va yaqin yillarda talab o‘sib boradigan yo‘nalishlar bo‘yicha mamlakatlarning prognoz ma’lumotlarini birlashtirish mumkin; 📌“So‘nggi yillarda biz ko‘p narsaga erishdik. Endi bu o‘zgarishlarni mustahkamlash va hamkorligimizni kelgusi o‘n yilliklar davomida barqaror qilish muhimdir. Formula oddiy: taraqqiyot va xavfsizlik yo‘lida birdamlik va ishonch”; 📌“Kelgusi avlodlarga qanday mintaqa qoldirishimiz uchun javobgarmiz. U tinch, xavfsiz, iqtisodiy jihatdan kuchli bo‘lishi va odamlarga munosib yashash, mehnat qilish, o‘qish hamda farzandlarni voyaga yetkazish imkoniyatlarini berishi kerak”. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar (birinchi qism): 📌So‘nggi yillarda Markaziy Osiyodagi munosabatlarning muhiti o‘zgardi, yetakchilar tez-tez uchrashib, masalalarni ochiq muhokama qilib, yechimlar topib, bir-birini qo‘llab-quvvatlay boshladi; 📌XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani tuzish jarayonlarining yakunlanishi tarixiy voqea bo‘ldi; 📌Mintaqa xalqaro maydonda ancha ishonchli va sezilarliroq tarzda namoyon bo‘lmoqda; 📌Markaziy Osiyo va qo‘shni mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikning navbatdagi bosqichini belgilab olish kerak. Bugun ularni yanada mustahkamlash va aniq mazmun bilan boyitish imkoniyati paydo bo‘lmoqda; 📌Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish taklif etildi; 📌Iqtisodiy hamkorlik yangi darajaga ko‘tarilishi kerak. O‘zaro savdo va investitsiyalar hajmining o‘sishi bo‘yicha jiddiy maqsadlar qo‘yilgan. Endi bu o‘sish nimaning hisobiga ta’minlanishini belgilab olish zarur; 📌Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 2035-yilgacha mo‘ljallangan keng qamrovli mintaqaviy dastur umumiy geografiyamizdan foydalanishda yordam beradigan amaliy vositaga aylanishi kerak; 📌Davlatlar bilan odatdagi savdo-sotiq qilish endi yetarli emas, birgalikda yakuniy mahsulot yaratish lozim. “Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” formulasi qanday marraga intilish kerakligini yaxshi ifodalaydi. Bu boradagi ishlarni rivojlantirish uchun 2027-yilda Xiva shahrida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon biznes forumini o‘tkazish taklif etildi; 📌Qo‘shma investitsiya loyihalarini moliyaviy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus platforma yaratish muhimligi ta’kidlandi; 📌Mintaqa global savdoning quruqlikdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biriga va ayni paytda iqtisodiy faollikning yirik markaziga aylanishi mumkinligi qayd etildi; 📌Bunday muvofiqlashtiruv uchun Infratuzilmaviy rivojlanish bo‘yicha kengash tuzishni tezlashtirish va uning birinchi majlisini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif etildi. Facebook|Instagram|X

Shaxmat aql, tafakkur va yuksak mahorat sporti Termiz shahridagi Yoshlar markazida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosim
+9
Shaxmat aql, tafakkur va yuksak mahorat sporti   Termiz shahridagi Yoshlar markazida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Samarqand shahrida o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etgan, xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan iste’dodli shaxmatchi Shamsiddin Vohidov bilan uchrashdi.   Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yosh shaxmatchining sportdagi faoliyati, xalqaro musobaqalardagi ishtiroki va erishayotgan natijalari haqida so‘z yuritilib, chempionga zarrin to’n kiydirildi.   Tadbirda Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Ravshanbek Mahmudov, sport faxriylari, tajribali murabbiylar, yosh sportchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.   Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Sportchi yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi Bugun Yoshlar kuni munosabati bilan Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlari
+6
Sportchi yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi Bugun Yoshlar kuni munosabati bilan Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Nodira Djumaniyazova markazda parasport turlari bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilar bilan uchrashib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Muloqot davomida yoshlarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilinib, tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Xorazm viloyati Xayrobod mahallasida yangi “Universal” sport maydonchasi foydalanishga topshirildi Qo‘shko‘pir tumanidagi “Xa
+4
Xorazm viloyati Xayrobod mahallasida yangi “Universal” sport maydonchasi foydalanishga topshirildi Qo‘shko‘pir tumanidagi “Xayrobod” mahallasida “Universal” sport maydonchasi foydalanishga topshirildi. Mazkur sport maydonchasi "Tashabbusli sport" loyihasining 2026-yilgi mavsumida g‘olib bo‘lib Sport vazirligi tomonidan barpo etildi hamda mahalla aholisiga tuhfa qilindi. Ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari, tuman sport maktabi mutasaddilari, yoshlar, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Yangi sport inshooti mahalla yoshlari va aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Poytaxtimizning bir qator tumanlarida 30 yoshdan 70 yoshgacha va undan yuqori bo‘lgan aholi o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik
+9
Poytaxtimizning bir qator tumanlarida 30 yoshdan 70 yoshgacha va undan yuqori bo‘lgan aholi o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi”ni baholash bo‘yicha sport sinovlari o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi turli sport mashqlari orqali baholanib, aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportga qiziqishni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida ilk bor “World Aquatics” Jahon kubogi bosqichiga start berildi 8-10-oktyabr kunlari ta
+4
Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida ilk bor “World Aquatics” Jahon kubogi bosqichiga start berildi 8-10-oktyabr kunlari tashkil qilinadigan suzish boʻyicha Jahon kubogi bosqichida 40 ta mamlakatdan 230 nafar sportchi gʻoliblik uchun bahs olib bormoqda. Musobaqa davomida terma jamoamiz sharafini 51 nafar sportchi himoya qilmoqda. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

photo content
+9

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida "Avaza" majmuasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Ma
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida "Avaza" majmuasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi o‘z ishini boshladi. Yig‘ilishdan avval davlatimiz rahbarini Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov kutib oldi. — В комплексе «Аваза» с участием Президента Шавката Мирзиёева начала свою работу восьмая Консультативная встреча глав государств Центральной Азии и Азербайджана. Перед началом заседания главу нашего государства приветствовал Президент Туркменистана Сердар Бердымухамедов. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish va jismoniy reabilitatsiya tizimini takomillashtirish masalalari muhokamada
+8
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish va jismoniy reabilitatsiya tizimini takomillashtirish masalalari muhokamada Bugun Ijtimoiy himoya milliy agentligi binosida, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy reabilitatsiyasini kuchaytirish va adaptiv sportni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig’ilish o’tkazildi. 👥 Yig‘ilishda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari, O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Isroil Adxamov, Agentlik va Assotsiatsiyaning hududiy boshqarma boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari, Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori, shuningdek, adaptiv sport federatsiyalari vakillari ishtirok etdi. 💻 Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda sohada mavjud muammolar va aniqlangan kamchiliklar muhokama qilindi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni kengaytirish hamda jismoniy reabilitatsiya jarayonida adaptiv sportning rolini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🖋 Yig‘ilish davomida mas’ullarga quyidagi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi: ⏺xalqaro va mahalliy sport musobaqalarining yillik taqvim rejasini ishlab chiqish; ⏺adaptiv sport yo‘nalishlari bo‘yicha boshlang‘ich klassifikatorlar va hakamlarni tayyorlash ishlarini yo‘lga qo‘yish; ⏺faoliyat samaradorligini oshirish va har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ul kuratorlarni belgilash; ⏺hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish. 🤝Yig‘ilish yakunida mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va yagona adaptiv sport tizimini yo‘lga qo‘yish belgilandi Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Davlatimiz rahbari amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi. — Глава нашего государства прибыл с рабочим визитом в Туркменистан. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshkent City Mall’da “Karate kuni” tadbiri yuqori kayfiyatda o‘tkazildi Bugun Toshkent shahridagi Tashkent City Mall majmuas
+3
Toshkent City Mall’da “Karate kuni” tadbiri yuqori kayfiyatda o‘tkazildi Bugun Toshkent shahridagi Tashkent City Mall majmuasida sport ixlosmandlari uchun ko‘tarinki ruhda “Karate kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida karate sportining ommaviyligini oshirish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar va mehmonlarga karate sportining jozibasi, kuchi va tarbiyaviy ahamiyatini namoyon etuvchi chiqishlar taqdim etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov ham ishtirok etib, sportchilar va tadbir qatnashchilariga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. Bayramona va yuqori kayfiyatda o‘tgan “Karate kuni” yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, karate sportini ommalashtirish hamda sog‘lom va faol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

🥲 “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari o‘tkazildi 🔍Bugun Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 30 yoshdan 7
+9
🥲 “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari o‘tkazildi 🔍Bugun Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 30 yoshdan 70 yoshgacha va undan yuqori bo‘lgan aholidan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari qabul qilindi. 📑 Mazkur tadbirda mahallalardan 30 yoshdan 70 yoshgacha va undan katta yoshdagi fuqarolar, shuningdek, mahalla tizimi xodimlari ixtiyoriy ravishda ishtirok etishdi. 🫥 Sport sinovlarida qatnashgan ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi, chidamlilik va epchillik kabi sifatlarini amaliy tarzda sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube