es
Feedback
Sport vazirligi

Sport vazirligi

Ir al canal en Telegram

📈 Análisis del canal de Telegram Sport vazirligi

El canal Sport vazirligi (@minsportuz) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 24 078 suscriptores, ocupando la posición 2 901 en la categoría Deportes y el puesto 3 361 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 24 078 suscriptores.

Según los últimos datos del 13 septiembre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 2 296, y en las últimas 24 horas de 325, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: Verificado (confirmado oficialmente por Telegram)
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 11.58%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 12.55% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 2 748 visualizaciones. En el primer día suele acumular 2 978 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 7.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Veb-sayt:https://gov.uz/sport/ Facebook:fb.com/MinistrySportUz Instagram:instagram.com/minsport.uz Youtube:bit.ly/30pICdW Linkedin:https://www.linkedin.com/in/sport-uz/ Twitter:https://x.com/sportvazirligi Telefon: +998(55) 520-90-07 E-mail: info@spo...

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 14 septiembre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Deportes.

24 078
Suscriptores
+32524 horas
+2 5497 días
+2 29630 días
Archivo de publicaciones

Futzal sport turi bo‘yicha Toshkent yig‘ini yakunlandi. Endi navbat Yevropa safariga Xose Mariya Mendes boshchiligidagi terma
+6
Futzal sport turi bo‘yicha Toshkent yig‘ini yakunlandi. Endi navbat Yevropa safariga Xose Mariya Mendes boshchiligidagi terma jamoamiz a’zolari Budapeshtda Vengriya, Amsterdamda esa Niderlandiya milliy terma jamoalariga qarshi ikkitadan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. Yevropa safari oldidan O‘FA tasarrufidagi Milliy terma jamoalar markazida o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bugun yakuniga yetdi. Yig‘in davomida murabbiylar shtabi futzalchilarning jismoniy holatini yana bir bor ko‘zdan kechirib, “Ko‘hna qit’a”da o‘tkaziladigan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadigan 14 nafar futbolchini saralab oldi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15-sentabr kuni tongda Yevropaga uchib ketadi. Vengriya terma jamoasiga qarshi uchrashuvlar 17 va 19-sentabr kunlari Budapesht shahrida, Niderlandiya terma jamoasiga qarshi bahslar esa 21 va 22-sentabr kunlari Amsterdam yaqinidagi Zeyst shahrida o‘tkaziladi. Terma jamoamizga Yevropa safarida omad va munosib natijalar tilaymiz! Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

⚽️ O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida medallar uchun kurashadi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh mura
⚽️ O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida medallar uchun kurashadi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo o‘yinlari oldidan o‘tkazilgan Yaponiyada o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoaning tayyorgarligi va musobaqadagi maqsadlari haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchilar ushbu nufuzli turnirga yil davomida tayyorgarlik ko‘rgan. Asosiy maqsad Vatanimiz sharafini munosib himoya qilish va sovrinli o‘rinlar uchun kurashish. Terma jamoa Yaponiyadagi sharoitlarga moslashishni Toshkentda boshlagan. Vaqt farqi hisobga olinib, futbolchilarning kun tartibi va mashg‘ulotlari shunga moslashtirilgan. Tayyorgarlikning keyingi bosqichi Xitoyning Dalyan shahrida davom ettirilib, u yerda nazorat uchrashuvi ham o‘tkazilgan. Haydarov futbolchilarning vaqt farqi va iqlim sharoitiga moslashib bo‘lganini qayd etdi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 15-sentyabr kuni Filippinga qarshi bahs bilan Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshlaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 11:30 da Nagoyadagi «Minato Soccer Field» maydonida bo‘lib o‘tadi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Samarqand Olimpiadasi sari: Hindistonda mash’ala estafetasi bo‘lib o‘tdi! Hindistonda an’anaviy Mash’ala estafetasi marosimi
Samarqand Olimpiadasi sari: Hindistonda mash’ala estafetasi bo‘lib o‘tdi! Hindistonda an’anaviy Mash’ala estafetasi marosimi o‘tkazildi. Unda FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi Vishvanatan Anand va Hindiston shaxmat federatsiyasi prezidenti Nitin Narang olimpiada olovini olib keluvchi mash’alani hamyurtimiz Javohir Sindarovga tantanali ravishda topshirishdi. Endilikda ushbu ramziy olov Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga yetkaziladi.
Eslatib oʻtamiz, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 2 kun qoldi
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Repost from Rasmiy axborot
✏️Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkor
✏️Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" maqolasi e’lon qilindi Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — "The Chosun Daily"da Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi. Maqolada O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investisiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan. ❗Maqolada qayd etilganidek– 🔵so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan; 🔵Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investisiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshgan; 🔵Ayni paytda mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida 700 dan ziyod qo‘shma korxona va loyihalar amalga oshirilmoqda; 🔵KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollardan ortiq; 🔵2025 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshgan. Prezident ikki mamlakat iqtisodiyotining o‘zaro to‘ldiruvchanligi yangi o‘sish drayverlarini yaratish uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidlab, hamkorlikni umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirish darajasiga olib chiqish muhimligini ta’kidladi.
"Ishonchim komilki, aynan shu asosda hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz — alohida sohalardagi muvaffaqiyatli hamkorlikdan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o‘tishimiz mumkin. Bu esa mamlakatlarimiz barqaror va uzoq muddatli farovonligining yanada mustahkam poydevorini barpo etadi".
Maqolada sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar, robototexnika, elektr transport vositalari, biofarmasevtika, aqlli qishloq xo‘jaligi va “aqlli shaharlar” istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Shuningdek, ta’lim va inson kapitaliga investisiya kiritish, akademik almashinuv va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi e’tirof etgan. Prezident, shuningdek, Markaziy Osiyo-Koreya Respublikasi sammiti O‘zbekiston va Koreya munosabatlari bilan bir qatorda, butun mintaqa bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydon ekaniligiga alohida urg‘u berdi.
"...O‘zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surish niyatida. Bu tashabbuslar “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yo‘naltirilgan mexanizmga aylantirishga qaratilgan".
Prezident maqolasida qayd etilganidek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni, balki Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, innovatsiya va umumiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
"Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o‘zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantira olishiga chin dildan ishonaman"- deydi Davlatimiz Rahbari maqolada.
🔥 Ma’lumot o‘rnida: The Chosun Daily — 1920 yilda tashkil etilgan «Chosun Ilbo» mediaguruhi tarkibidagi nashr bo‘lib, Koreya Respublikasidagi yirik axborot platformalaridan biri hisoblanadi. Nashr siyosat, iqtisodiyot, jamiyat va xalqaro munosabatlarga oid dolzarb voqealarni keng yoritib boradi. Unda O‘zbekiston Prezidentining maqolasi e’lon qilinishi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikka bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir ifodasidir. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
+3
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida Seulning markaziy ko‘chalari hamda Seul minorasi mamlakatimiz bayrog‘i va davlat ramzlari bilan burkandi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

O‘zbekiston sport delegatsiyalarini Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga tantanali kuzatish tadbiri tafsilotlari “Sevimli” telekalali “Zamon” informatsion dasturi nigohida Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Shaxrillo Maxmudovni tabriklaymiz! Bugun Sport vazirining oʻrinbosari Shaxrillo Maxmudov tavallud topgan kun. Shaxrillo Maxmu
Shaxrillo Maxmudovni tabriklaymiz! Bugun Sport vazirining oʻrinbosari Shaxrillo Maxmudov tavallud topgan kun. Shaxrillo Maxmudov mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari, Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi va Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi a’zosi sifatida mamlakatimizda ogʻir atletika sporti rivojiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Uning samarali xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib e’tirof etilib, “Mehnat shuhrati” va I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordenlari, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi jamoasi nomidan Shaxrillo Sharipovichni bugungi sana bilan samimiy muborakbod etamiz. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘ini bo‘lib o‘tmoqda Poytaxtimizdagi Milliy terma jamoalar markazi sport
+4
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘ini bo‘lib o‘tmoqda Poytaxtimizdagi Milliy terma jamoalar markazi sport zalida futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Yevropa safari oldidan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda. Mamlakat chempionati – Oliy liganing 1-turidan so‘ng yig‘inga jalb etilgan futzalchilar mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Murabbiylar shtabi tomonidan kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar tashkil etilib, unda jamoaviy o‘yinni shakllantirish, o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash va futzalchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yig‘in doirasidagi tayyorgarlik jarayonidan so‘ng terma jamoa 15-sentabr kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahriga yo‘l oladi. 17–19-sentabr kunlari Vengriya, 21–22-sentabr kunlari esa Amsterdam shahrida Niderlandiya milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkaziladi. Mazkur bahslar O‘zbekiston milliy terma jamoasining xalqaro tajribasini oshirish hamda bo‘lajak musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishida muhim ahamiyat kasb etadi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Mahoratli triatlonchilar Samarqandda bellashmoqda Samarqand xalqaro turizm markazida triatlon bo‘yicha “Challenge Samarkand-2
+9
Mahoratli triatlonchilar Samarqandda bellashmoqda Samarqand xalqaro turizm markazida triatlon bo‘yicha “Challenge Samarkand-2026” xalqaro sport festivali bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning 40 mamlakatidan 1450 nafardan ziyod atlet mahoratini ko‘rsatmoqda. Kecha bo‘lib o‘tgan ayollar o‘rtasidagi bahslar 750 metr suzish, 19 kilometr velopoyga va 5 kilometr yugurish bosqichlaridan iborat bo‘lib, unda professional sportchilar bilan birga havaskorlar ham o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi. Bellashuvlar bugun professional sportchilarning 1,9 kilometr suzish, 88 kilometr velopoyga hamda 21,5 kilometr yugurish bosqichi bilan yakunlanadi. Havaskor triatlonchilar esa 750 metr suzish, 19 kilometr velopoyga va 5 kilometr yugurish bosqichlarini bosib o‘tishadi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Kurash bo‘yicha I Jahon harbiy chellenjining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchas
+9
Kurash bo‘yicha I Jahon harbiy chellenjining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasining Yakkakurash sport turlari majmuasida sportning kurash turi bo‘yicha harbiylar o‘rtasidagi I Jahon harbiy chellenjining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Shuxrat Xalmuxamedov, Sport vaziri Adkham Ikramov, Bosh prokurorining o‘rinbosari - Harbiy prokuror Qahramon Isroilov, CISM o‘yinlar menejeri Reza Bagheri Koli, CISM Bosh kotibi Roberto Recchia, Eron CISM tashkiloti rahbari, CISM Osiyo kengashi a’zosi Jamshid Fouladi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Ziyoviddin Xodjiniyazov ishtirok etdi. Tadbir doirasida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda taniqli san’atkorlar ishtirokida milliy va sharqona kuy-qo‘shiqlarni o‘zida mujassam etgan konsert dasturi namoyish etildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, mehmonlar va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Musobaqada turli davlatlardan tashrif buyurgan harbiy sportchilar kurash bo‘yicha o‘zaro kuch sinashib, yuqori sport natijalari uchun bahs olib boradi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Avstraliya sport tizimining ilg‘or tajribalari o‘rganilmoqda O‘zbekiston davlat sport akademiyasi delegatsiyasi sport ta’limi
+5
Avstraliya sport tizimining ilg‘or tajribalari o‘rganilmoqda O‘zbekiston davlat sport akademiyasi delegatsiyasi sport ta’limi, ilmiy-tadqiqot faoliyati va sportchilarni tayyorlashning zamonaviy usullarini o‘rganish, shuningdek, ilg‘or xalqaro tajribani Akademiya faoliyatiga tatbiq etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Avstraliya Sport Institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ikki tomon vakillari ishtirokida ilmiy-amaliy uchrashuv o‘tkazilib, sport sohasida zamonaviy yondashuvlar, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga joriy etish va sportchilar tayyorgarligini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Avstraliya Sport Instituti tomonidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi: 🧢Avstraliya Sport Komissiyasi va Avstraliya Sport Institutining (AIS) yuqori mahoratli hamda ommaviy sportni rivojlantirishdagi tuzilmasi va strategik roli. 🧢Yuqori natijalarga yo‘naltirilgan sport tizimlari. 🧢Sport ilm-fani va ilmiy tadqiqotlarni sportchilar tayyorgarligi jarayoniga integratsiya qilish. 🧢Murabbiylarni tayyorlash hamda ularning kasbiy rivojlanishini ta’minlash tizimlari. 🧢Laboratoriya va ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi. Uchrashuvning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tomonidan ham Akademiyaning faoliyati, tuzilmasi va sport sohasidagi ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi. Jumladan: 🧢O‘zbekiston davlat sport akademiyasining (O‘zDSA) roli va tuzilmasi. 🧢O‘zbekistonda olimpiyaviy va parasport yo‘nalishlaridagi yuqori natijalarga yo‘naltirilgan sport tizimlari. 🧢2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan IBSA Jahon o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonlari va rejalari. Taqdimotlar yakunida tomonlar o‘zaro tajriba almashish, sport ilm-fani va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy ishlanmalarni sportchilar tayyorgarligi jarayoniga joriy etish hamda murabbiy va mutaxassislarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Mazkur tashrif O‘zbekiston davlat sport akademiyasi uchun Avstraliya sport tizimining ilg‘or tajribalarini o‘rganish, ularning O‘zbekiston sharoitiga mos jihatlarini aniqlash va kelgusidagi ilmiy-amaliy hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Xalqaro universitet sporti federatsiyasi (FISU) Prezidenti Leonz Eder Oʻzbekistonga tashrif buyuradi 2026-yil 29-sentabrdan 2
Xalqaro universitet sporti federatsiyasi (FISU) Prezidenti Leonz Eder Oʻzbekistonga tashrif buyuradi 2026-yil 29-sentabrdan 2-oktabrgacha Xalqaro universitet sporti federatsiyasi (FISU) Prezidenti Leonz Eder Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekistonda talabalar sportini rivojlantirish modelini, uning tashkiliy mexanizmlari va amaliy natijalarini oʻrganish, shuningdek, mazkur ilgʻor tajribani Markaziy Osiyo davlatlarida joriy etish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat. Tashrif doirasida I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi oʻtkaziladi. Unda mintaqada talabalar sportini rivojlantirish, oʻzaro hamkorlikni kengaytirish hamda ilgʻor tajribalarni ommalashtirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, Leonz Eder talabalar oʻrtasida oʻtkaziladigan Besh tashabbus” olimpiadasi sport musobaqalarida ham ishtirok etadi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Sport vaziri o‘rinbosari Andijonda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan sport inshootlarini o‘rgandi O‘zbekiston
+9
Sport vaziri o‘rinbosari Andijonda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan sport inshootlarini o‘rgandi O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Avaz Karimov sport sohasidagi infratuzilmani rivojlantirish, mavjud obyektlarni zamonaviy talablar asosida ta’mirlash va yangi inshootlarni barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Andijon viloyatida bo‘ldi. Tashrif davomida viloyatdagi sport obyektlarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirilib, ularning sifati, bajarilish holati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi o‘rganildi. Shuningdek, sport obyektlarini zarur infratuzilma bilan ta’minlash, yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash va ishlarni sifatli tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli davom ettirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyalarining ishtirokiga bag‘ishlangan matbuo
+9
Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyalarining ishtirokiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston sport delegatsiyalarini joriy yilning sentyabr-oktyabr oylari davomida Aichi-Nagoya-2026 yozgi XX yozgi Osiyo hamda V yozgi Paraosiyo o‘yinlaridagi ishtirokiga bag‘ishlangan tantanali kuzatish marosimidan soʻng ushbu nufuzli musobaqalarda O‘zbekiston sport delegatsiyalarining ishtirokiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanida Sport vaziri oʻrinbosari Shaxrillo Maxmudov, Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Hikmat Toshmatov, sportchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, joriy yilning 19-sentyabr – 4-oktyabr kunlari o‘tkaziladigan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 42 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etadi. Shundan 36 tasi olimpiya, 6 tasi noolimpiya sport turlaridir. Musobaqalarda 224 nafar erkak va 172 nafar ayol – jami 396 nafar sportchi mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlarida sohil voleyboli, voleybol, yelkanli sport, skvosh va MMA bo‘yicha ilk bor ishtirok etadi. Bellashuvlar sportchilarimiz uchun Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonidagi muhim xalqaro startlardan biri bo‘ladi. Shuningdek, o‘yinlar davomida kamondan otish, chim ustida xokkey, tennis, serfing, triatlon va skvosh bo‘yicha Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar o‘ynaladi. 18–24-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan V Paraosiyo o‘yinlarida esa O‘zbekiston delegatsiyasi 11 ta sport turi bo‘yicha 153 nafar sportchi bilan qatnashadi. Ularning 79 nafari ayollar, 74 nafari erkaklardir. O‘zbekiston para sportchilari Paraosiyo o‘yinlari tarixida ilk bor para qilichbozlik, bokscha va para kamondan otish sport turlarida ishtirok etadi. Para o‘q otish bo‘yicha Los-Anjeles-2028 Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmalar ham o‘ynaladi. Matbuot anjumani davomida jurnalistlarni mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar qaytarildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

O‘zbekiston sport delegatsiyalarini Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi Olimpiya va Paralimpiya sho
+9
O‘zbekiston sport delegatsiyalarini Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston sport delegatsiyalarini Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida joriy yilning sentyabr-oktyabr oylari davomida bo‘lib o‘tadigan XX yozgi Osiyo hamda V yozgi Paraosiyo o‘yinlaridagi ishtirokiga bag‘ishlangan tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Sport vaziri Adkham Ikramov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev hamda sport jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi. Marosimda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar va murabbiylarning tayyorgarlik jarayonlarini aks ettiruvchi “Bizni qarshi ol, Nagoya!” shiori ostidagi videorolik namoyish etildi. Tadbirda dzyudo boʻyicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari sovrindori Muzaffarbek Toʻraboyev, yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionatlari sovrindori, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, terma jamoa bosh murabbiyi Rustam Assakalov hamda Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlari va jahon chempionati mutlaq g‘olibi, para yengil atletikachi Nurxon Qurbonova so‘zga chiqdi. Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari sovrindori, og‘ir atletika bo‘yicha uch karra jahon chempioni Akbar Jo‘rayev hamda para velosport bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati mutlaq g‘olibi Marjona Pardaboyevaga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tantanali ravishda topshirildi. Marosim davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoalari tasdiqlangan rejaga muvofiq tayyorgarlikning yakuniy bosqichini olib bormoqda. Sportchilar uchun mahalliy va xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etilib, terma jamoalar zamonaviy sport inventarlari va zarur jihozlar bilan ta’minlandi. Tantanali tadbirda so‘zga chiqqan sportchilar mamlakatimizda sportni rivojlantirish, sportchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, ko‘rsatilayotgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlash uchun Davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirishdi. Sportchilar xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

photo content
+9

Oybek Kasimov sport tashkilotlarini boshqarish boʻyicha xalqaro dasturni muvaffaqiyatli yakunladi Oʻzbekiston Milliy Olimpiya
+9
Oybek Kasimov sport tashkilotlarini boshqarish boʻyicha xalqaro dasturni muvaffaqiyatli yakunladi Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining “Olympic Solidarity” dasturi asosida amalga oshiriladigan MEMOS (Executive Masters in Sport Organisations Management) xalqaro ta’lim dasturini muvaffaqiyatli yakunladi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Triatlon bo'yicha “Challenge Samarkand-2026” xalqaro musobaqasiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi 12-13 sentyabr
+9
Triatlon bo'yicha “Challenge Samarkand-2026” xalqaro musobaqasiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi 12-13 sentyabr kunlari Samarqandda triatlon bo‘yicha “Challenge Samarkand-2026” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa to‘rt yildan beri ko‘hna kentda muhim sport tadbiriga aylangan. O‘zbekiston triatlon federatsiyasi, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, viloyat hokimligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar ko‘magida tashkil etilayotgan mazkur nufuzli sport tadbiri oldidan  musobaqa tashkiliy qo‘mitasi a’zolari va triatlon yulduzlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda jahon toifasidagi professional triatlonchilar – Nikole Van der Kaay, Sam Laidlov, Sara Perez Sala, Daisy Daviyes, Emil Holm, mamlakatimiz vakili Kamron Xodjayev va boshqa taniqli sportchilar ishtirok etib, musobaqa haqida fikrlarini bildirdi. Jumladan, Kamron Xodjayev “Challenge Samarkand-2026”da professional sportchilar qatorida ishtirok etish mas’uliyati va hayajonli bo‘layotganini qayd etdi. Anjumanda ta’kidlanishicha, turnirda 40 ta mamlakatdan 1450 nafar triatlonchi ishtirok etadi. Musobaqada o‘rta (Middle Distance) va sprint masofalari, Women’s Run ayollar yugurishi va Kids Run bolalar yugurishi, shuningdek, ko‘ngilochar dastur va turli ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tadi. Bugun, 11 sentyabr kuni U-23 yosh toifasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. 12 sentyabr kuni dastlab sprint yo‘nalishida havaskorlar bellashuvlari start oladi. Keyin bolalar va ayollar poygasi  tashkil etiladi. Turnirning asosiy bahslarida professional sportchilar o‘rta masofaga 1,9 kilometr suzish, 88 kilometr velosiped poygasi, 21,5 kilometr yugurish bellashuvlarida mahoratini ko‘rsatadi. Sprint yo‘nalishida esa 750 metrga suzish, 19 kilometr velepoyga va 5 kilometrga yugurish bahslari o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar turnir davomida “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazi hududi, eshkak eshish kanali, shuningdek, “Boqiy shahar” majmuasi va Samarqand shahrining tarixiy maskanlari bo‘ylab belgilangan masofani bosib o‘tadi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi gandbol musobaqasining respublika bosqichi erkaklar jamoalari o‘rtasidagi final bahs
+9
"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi gandbol musobaqasining respublika bosqichi erkaklar jamoalari o‘rtasidagi final bahsi bilan o‘z yakuniga yetdi. Hal qiluvchi uchrashuvda mezbon Toshkent shahri jamoasi Farg‘ona viloyati vakillariga qarshi maydonga tushdi. Yuqori shiddatda kechgan final bahsida Toshkent shahri jamoasi 18:12 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning respublika bosqichida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi! 🥇Toshkent shahri — 1-oʻrin 🥈 Fargʻona viloyati — 2-oʻrin 🥉 Samarqand viloyati — 3-oʻrin Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube