Orif Tolib
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik. Reklama boʻyicha: 👉 https://is.gd/elonlar Sahifalarimiz: 👉 https://taplink.cc/oriftolib Muallif haqida: 👉 https://oriftolib.uz/?p=575 Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Orif Tolib
Channel Orif Tolib (@oriftolib) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 15 763 subscribers, ranking 2 325 in the Books category and 5 173 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 15 763 subscribers.
According to the latest data from 08 July, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -1 270 over the last 30 days and by -13 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 45.40%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 16.77% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 7 153 views. Within the first day, a publication typically gains 2 642 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 94.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.
Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar
Sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib
Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575
Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 July, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Books category.
Hisbelgi soʻzini 2020-yili men taklif qilganim, soʻng u darsliklarga kiritilgani sabab ommalashib ketgani haqida oldinroq yozgan edim. Endi bu soʻz rasmiy atama maqomiga ham ega boʻldi.Tilimizni begona oʻzlashmalardan tozalash va ularning oʻzbekona muqobillarini yaratish quvonarli holat, albatta. Biroq bu yangi atamalar rasmiy hujjatlar doirasidan tashqariga chiqib, jonli muloqotga singib ketishi biroz vaqt talab qiladi. Sizningcha, bu roʻyxatdagi qaysi atama eng omadli yasalgan? 🔥 – hisbelgi va kalitsoʻz juda mos tushgan 😎 – xosnom va shivirchi yaxshi topilgan @oriftolib | Sahifalarimiz
Birovlarning tahoratiga suv isitish bilan umrimiz o‘tibdi-yu, o‘zimizning namozni o‘qigani vaqtimiz qolmabdi.Vahob Ro‘zimatov Manba: Farrux Jabborbek Maʼlumot uchun: Vahob Roʻzimatov – jurnalist va tarjimon, “Guliston” jurnali tahrir maktabi dargʻalaridan. Mendan eskartma: Muharrirlik – oʻzingni boy berish. Koʻp hollarda shunday. Shu sabab bu yumush ijodkor odamning asosiy mashgʻulotiga aylanmasligi, aylangan taqdirda ham, qalami bor har qanday muharrir hech yoʻqsa tahrir haqida kitoblar yozishi kerak deb oʻylayman. Katta-katta muharrirlarning ish tajribasi, yigʻgan bilim-koʻnikmalari kitoblarga koʻchib, keyingi avlodlarga uzatilganda, katta xazinaga ega boʻlardik. Afsus, bunday kitob-qoʻllanmalar yaratilmadi. Endi bugungi avlod shunga qoʻl urishi, bunga toqat va ishtiyoq topishi kerak. @oriftolib | Sahifalarimiz
Siz koʻproq qaysi birida xatoga yoʻl qoʻyasiz?🔥 – initsial yoki qisqartmalarda 😎 – hamma qoidani bilaman @oriftolib | Sahifalarimiz
Mark Tvenning “Tom Soyyerning yangi sarguzashtlari” asarida keltirilishicha, fir’avn isroilliklarni quvlab qaysi dengiz ostida qolib ketgan edi?O‘quvchi ikkilanmasdan “Qizil dengiz” deb javob berdi. Savollarni o‘qiyotgan tanlov eksperti “Noto‘g‘ri” dedi. Chunki uning qo‘lidagi javob Qora dengiz edi... Chunki 1980-yili “Yosh gvardiya” nashriyotida chop etilgan “Tom Soyyerning yangi sarguzashtlari” kitobi 93-betida shunday yozilgan. Qissani o‘ris tilidan Abduvoris Abdumajidov tarjima qilgan. Aftidan, tarjimon o‘rischa variantdagi Чермное мореni Чeрное море deb o‘ylagan va Qora dengiz deya o‘girgan. Aslida esa Чермное море – Qizil dengizning rus sinodal Injilida qo‘llangan nomi. Agar kitob muharriri geografiyadan yaxshi xabardor bo‘lganida, xayolidan “Misr qayerda-yu, Qora dengiz qayerda?” degan fikr o‘tar edi. Agar kitob muharriri tarixdan yaxshi xabardor bo‘lganida, Qur’oni karimni o‘qigan bo‘lganida, Muso alayhissalom va fir’avn o‘rtasidagi ziddiyatlardan xabardor bo‘lganida, bu voqea Qizil dengizda ro‘y berganini bilar edi. Agar kitob muharriri o‘ris tilidan yaxshi xabardor bo‘lganida asarning o‘rischa matnini qidirib topib, “Черное море” emas, “Чермное море” deb yozilganini bilar va tarjimonning xatosini to‘g‘rilar edi... Husan Karvonli @oriftolib | Sahifalarimiz
Ravon yozish joʻn yozish degani emas. Haqiqiy olim fikr teranligi va aniqlikni saqlab, murakkab tushunchani ham ravon tilda yetkazadi.Siz koʻproq qanday ilmiy matnlarga duch kelasiz? 🔥 – ravon va tushunarli 😎 – ogʻir va murakkab @oriftolib | Sahifalarimiz
