ch
Feedback
Orif Tolib

Orif Tolib

前往频道在 Telegram

Soʻz. Tahrir. Savodxonlik. Reklama boʻyicha: 👉 https://is.gd/elonlar Sahifalarimiz: 👉 https://taplink.cc/oriftolib Muallif haqida: 👉 https://oriftolib.uz/?p=575 Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.

显示更多

📈 Telegram 频道 Orif Tolib 的分析概览

频道 Orif Tolib (@oriftolib) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 15 763 名订阅者,在 书籍 类别中位列第 2 325,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 5 173

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 15 763 名订阅者。

根据 08 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -1 270,过去 24 小时变化为 -13,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 45.40%。内容发布后 24 小时内通常能获得 16.77% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 7 153 次浏览,首日通常累积 2 642 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 94

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik. Reklama boʻyicha: 👉 https://is.gd/elonlar Sahifalarimiz: 👉 https://taplink.cc/oriftolib Muallif haqida: 👉 https://oriftolib.uz/?p=575 Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.

凭借高频更新(最新数据采集于 09 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 书籍 类别中的关键影响点。

15 763
订阅者
-1324 小时
-207
-1 27030
帖子存档
“Yoziw 4indan” qiyinlashganda: alifbo islohoti nega muhim? Qariyb oʻttiz yildan beri ikki alifbo – kirill va lotin arosatida yashayapmiz. Alifboni takomillashtirish boʻyicha qonun loyihasi nihoyat Qonunchilik palatasida qabul qilinib, Senatga yuborildi. Bu hujjat ana shu uzoq yillik muammoga nuqta qoʻyishi kutilyapti. Biroq jamoatchilikda bu boʻyicha turlicha fikr-qarashlar, eʼtirozlar, xavotirlar ham yoʻq emas. “Daryo” nashridagi maqolamda oʻzgarishlarning amaliy ahamiyati haqida toʻxtaldim va koʻpchilikda tugʻilgan baʼzi mulohazalarga javob berishga harakat qildim. 👉 https://daryo.uz/xPodjmLDR @oriftolib | Sahifalarimiz

“Emoji” va “heshteg” oʻzbekchada qanday aytiladi?   Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi chet tillaridan kirib kelgan bir nechta ommabop soʻzlarning rasmiy oʻzbekcha muqobillarini eʼlon qildi. Ushbu roʻyxatdan juda qiziqarli va kutilmagan tarjimalar joy olgan.   Eng koʻp ishlatiladigan soʻzlarning oʻzbekcha muqobillari bilan tanishing:   Emoji (emoji) – hisbelgi   Heshteg (hashtag) – kalitsoʻz   Frilanser (freelancer) – erkin ishchi   Dedlayn (deadline) – soʻngmuddat   Brend (brand) – xosnom   Breket (bracket) – tishsim   Hostel (hostel) – qoʻnoquy   Vebinar (webinar) – vebyigʻin   Suflyor (souffleur) – shivirchi  
Hisbelgi soʻzini 2020-yili men taklif qilganim, soʻng u darsliklarga kiritilgani sabab ommalashib ketgani haqida oldinroq yozgan edim. Endi bu soʻz rasmiy atama maqomiga ham ega boʻldi.
  Tilimizni begona oʻzlashmalardan tozalash va ularning oʻzbekona muqobillarini yaratish quvonarli holat, albatta. Biroq bu yangi atamalar rasmiy hujjatlar doirasidan tashqariga chiqib, jonli muloqotga singib ketishi biroz vaqt talab qiladi.   Sizningcha, bu roʻyxatdagi qaysi atama eng omadli yasalgan?   🔥 hisbelgi va kalitsoʻz juda mos tushgan  😎 xosnom va shivirchi yaxshi topilgan   @oriftolib | Sahifalarimiz

Bor-yoʻgʻi toʻrttagina harf oʻzgaryapti, qulaylashyapti. Bu ertaga oʻzbek tilining internet tiliga aylanishiga ham katta taʼs
+1
Bor-yoʻgʻi toʻrttagina harf oʻzgaryapti, qulaylashyapti. Bu ertaga oʻzbek tilining internet tiliga aylanishiga ham katta taʼsir koʻrsatadi. Bittagina Oʻ / Gʻ ning belgisi dasturchilarga, raqamlashtirish bilan shugʻullanadiganlarga qanaqa muammolar tugʻdirishini shu sohaga yaqin yurgan har qanday odam biladi. Sohadan xabarsiz kishi muammo nimadaligini his qilmaydi, albatta. Klaviaturada harf terish ham oʻta qulay boʻladi. Bitta belgini bosganda chiqadi harflar. Klaviaturada yoʻq-ku deb hayron boʻlmaslik kerak. Kirilchadagi ў, қ, ғ, ҳ harflari ham klaviaturada yoʻq aslida. Ahamiyati kamroq belgilar oʻrniga joylab qoʻyilgan xolos. Qulaylashayotgan lotin harflari ham shunaqa usulda bitta belgiga joylanadi. Bitta harfni chiqarish uchun toʻrt-beshta klaviaturani bosish kerak boʻlmay qoladi. Bunaqa terilmani yasab olish – uzogʻi oʻn daqiqalik ish. Oʻzgarishlar menga maʼqul. Ortiqcha xarajat boʻlmasligi ham belgilab qoʻyilyapti ekan. Buni albatta qoʻllab-quvvatlash kerak. @oriftolib | Sahifalarimiz

Nihoyat! Alifbo loyihasi Senatga yuborildi   Qonunchilik palatasi oʻzbek alifbosini takomillashtirishga oid qonunni qabul qilib, Senatga yubordi. Loyihadagi eng muhim yangiliklar:   Tarkib: alifboda 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi oʻrniga 28 ta harf hamda 1 ta tutuq belgisi boʻladi.   Hujjatlar: eski hujjatlar, milliy valyuta, muhr va peshlavhalar oʻz kuchida qoladi. Ularni zudlik bilan almashtirish talab etilmaydi.   Xarajat: davlat byudjetidan ortiqcha pul sarflamaslik uchun barcha oʻzgarishlar sekin-asta, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.   @oriftolib | Sahifalarimiz

Muharrir o‘kinchi Birovlarning tahoratiga suv isitish bilan umrimiz o‘tibdi-yu, o‘zimizning namozni o‘qigani vaqtimiz qolmabd
Muharrir o‘kinchi
Birovlarning tahoratiga suv isitish bilan umrimiz o‘tibdi-yu, o‘zimizning namozni o‘qigani vaqtimiz qolmabdi.
Vahob Ro‘zimatov Manba: Farrux Jabborbek Maʼlumot uchun: Vahob Roʻzimatov – jurnalist va tarjimon, “Guliston” jurnali tahrir maktabi dargʻalaridan. Mendan eskartma: Muharrirlik – oʻzingni boy berish. Koʻp hollarda shunday. Shu sabab bu yumush ijodkor odamning asosiy mashgʻulotiga aylanmasligi, aylangan taqdirda ham, qalami bor har qanday muharrir hech yoʻqsa tahrir haqida kitoblar yozishi kerak deb oʻylayman. Katta-katta muharrirlarning ish tajribasi, yigʻgan bilim-koʻnikmalari kitoblarga koʻchib, keyingi avlodlarga uzatilganda, katta xazinaga ega boʻlardik. Afsus, bunday kitob-qoʻllanmalar yaratilmadi. Endi bugungi avlod shunga qoʻl urishi, bunga toqat va ishtiyoq topishi kerak. @oriftolib | Sahifalarimiz

“Rosmana kanikul” qachon?   Shimoliy yarimsharda “kuchuk kunlari” odatda 3-iyuldan 11-avgustgacha davom etadi. Bu – roppa-rosa qirq kun degani. Bizning iqlimda ham yozning eng issiq 40 kunlik davri chilla deb ataladi. U 25-iyundan 5-avgustgacha davom etadi va qadimgi rimliklarning dies caniculares davriga deyarli mos tushadi.   Tilimizda yoz issigʻini ifodalaydigan saraton tushunchasi ham bor. Shamsiy taqvimga xos boʻlgan bu oy 22-iyundan 22-iyulgacha davom etadi.   @oriftolib | Sahifalarimiz

“Kanikul”ning itlarga qanday aloqasi bor? Yoz kelib, oʻquvchilar, talabalar dam olishga chiqdi. Bu mavsumni soʻzlashuv tilida
“Kanikul”ning itlarga qanday aloqasi bor?   Yoz kelib, oʻquvchilar, talabalar dam olishga chiqdi. Bu mavsumni soʻzlashuv tilida kanikul deb ataymiz. Oʻzida ham, soʻzida ham joziba bor. Ammo uning asl maʼnosi bunchalik romantik emas: bu atama lotincha canicula, yaʼni kuchukcha degan maʼnoni anglatadi.   Xoʻsh, dam olishning itlarga nima aloqasi bor? Qadimgi Rimda iyul va avgust oylarining eng jazirama pallasida osmonda Katta Koʻppak yulduz turkumining asosiy yulduzi – Sirius yaqqol koʻringan. Rimliklar Katta Koʻppak yulduz turkumini Orionning iti deb hisoblashgan va bu issiq davrni dies caniculares (“kuchuk kunlari”) deb atashgan.   Iyul-avgust oylarida jazirama tufayli davlat ishlari va oʻqish toʻxtatilib, hamma dam olishga chiqqan. Vaqt oʻtib, bu ibora butun Yevropa va rus tili orqali faqat dam olish maʼnosida bizgacha yetib kelgan.   Hozirgi adabiy tilimizda bu soʻzning oʻrnini taʼtil toʻliq egallagan. Uning lugʻaviy maʼnosi – ishni toʻxtatish, boʻsh qoldirish. Ammo koʻpchilik jonli tilda hamon kanikul soʻzini ishlatyapti.   Siz koʻproq qaysi soʻzni ishlatasiz?   🔥 – taʼtil  😎 – kanikul   @oriftolib | Sahifalarimiz

Xaspoʻshi va xaspoʻshlash Tilimizda kimdir oʻzining xato va kamchiliklarini yashirishini, aybini sezdirmaslikka harakat qilis
Xaspoʻshi va xaspoʻshlash   Tilimizda kimdir oʻzining xato va kamchiliklarini yashirishini, aybini sezdirmaslikka harakat qilishini yoki shunga oʻxshash urinishlarni xaspoʻshlash degan soʻz bilan ifodalaymiz. Qizigʻi shundaki, janubiy viloyatlarimizda qadimda usti qurigan xashak bilan yopilgan vaqtinchalik turarjoy, kapa xaspoʻshi deb atalgan.   Xaspoʻshini hozirgacha baʼzi joylarda uchratib qolish mumkin. Umuman, bu soʻzning tub ildizi xas-xashak bilan yopish degan maʼnoni anglatgan. Aybini xaspoʻshlayotgan odam ham aybi ustiga ramziy maʼnoda xas-xashak yopishga urinadi.   Eshqobil Shukur   @oriftolib | Sahifalarimiz

Repost from Mutolaa
😊 Bugun bayram! 🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsu
😊 Bugun bayram! 🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus koʻrgazmada “Mutolaa” loyihasi taqdimoti bilan tanishmoqda! Mutolaa ilovasini yuklab oling

Bayram bayramdek boʻlsin deyishibdi. Eʼtibor va eʼtirof uchun tashakkur. Reytinglar nisbiy, albatta. Bu roʻyxatdan joy olmaga
Bayram bayramdek boʻlsin deyishibdi. Eʼtibor va eʼtirof uchun tashakkur. Reytinglar nisbiy, albatta. Bu roʻyxatdan joy olmagan, lekin ishining ustasi boʻlgan muharrirlar koʻp. Reyting tuzilishida mutaxassislar oʻzi birga ishlagan yoki tanigan-bilganlarini eʼtirof etgan. Shuning uchun bugungi muharrirlarga, matn bilan ishlaydigan boshqa mutaxassislarga aytar soʻzim: ijtimoiy tarmoqlarda ham faol boʻling, sohaga oid maqolalar, kitoblar yozing. Borligingiz bilinadi, ishingiz koʻrinadi va boshqalar ham bundan foyda oladi. Bu avvalo oʻzimga nasihat 😎 @oriftolib | Sahifalarimiz

Eng koʻp uchraydigan probel xatolari Probel bilan bogʻliq eng koʻp uchraydigan xatolar: 1️⃣ Initsial va familiya orasida: ❌ A
Eng koʻp uchraydigan probel xatolari   Probel bilan bogʻliq eng koʻp uchraydigan xatolar:   1️⃣ Initsial va familiya orasida:   ❌ A.Oripov, T.S. Abdullayev  ✅ A. Oripov, T. S. Abdullayev   2️⃣ Qisqartmalarda:   ❌ sh.k., v.b.  ✅ sh. k., v. b.   3️⃣ Tinish belgilaridan keyin:   ❌ Doʻstim,yaxshimisan?  ✅ Doʻstim, yaxshimisan?   4️⃣ Raqam va oʻlchov birligi orasida:   ❌ 10kg, +25°C10 kg, +25 °C   5️⃣ Tire va defisda:   ❌ Til–millat koʻzgusi, kecha - kunduzTil – millat koʻzgusi, kecha-kunduz  
Siz koʻproq qaysi birida xatoga yoʻl qoʻyasiz?
  🔥 – initsial yoki qisqartmalarda  😎 – hamma qoidani bilaman   @oriftolib | Sahifalarimiz

Nega oʻquvchilar nazariy qoidalarni yoddan bilsa-da, matn yoki esse yozishda imlo xatolariga koʻp yoʻl qoʻyadi? Bu haqida “Oʻ
Nega oʻquvchilar nazariy qoidalarni yoddan bilsa-da, matn yoki esse yozishda imlo xatolariga koʻp yoʻl qoʻyadi?   Bu haqida “Oʻquvchilar qoidani biladi, lekin nega xato yozadi?” sarlavhali maqolamda oʻqishingiz mumkin. Maqola “Til va adabiyot taʼlimi” jurnalining 2026-yil 1-sonida chop etildi.   @oriftolib | Sahifalarimiz

Ilmiy matnlardagi jiddiy nuqson – balandparvozlik Tahliliy maqolalar, tadqiqotlar va ilmiy maqolalarda baʼzan hissiyotga beri
Ilmiy matnlardagi jiddiy nuqson – balandparvozlik   Tahliliy maqolalar, tadqiqotlar va ilmiy maqolalarda baʼzan hissiyotga berilish holatlari uchraydi. Buni publitsistik uslub taʼsiri yoki balandparvozlik deyish mumkin. Muallif matn uslubini bilmaganidan yoki jumla ifodasini jozibali qilaman deb bunday xatoga yoʻl qoʻyadi.   Ilmiy, tahliliy uslubning bosh mezoni – xolislik va mantiqiy asosdir. Bu yerda pafos yoki badiiy bezakka oʻrin yoʻq. Solishtirib koʻring:   ❌ Tarixiy faktlarni oʻrganish oʻquvchilarda vatanparvarlikni shakllantiradi va komil inson qilib tarbiyalaydi. Bu, albatta, bizning muqaddas vazifamizdir.   ✅ Tarixiy faktlarni tahliliy oʻrganish milliy ongning shakllanishiga zamin yaratib, oʻzlikni anglashning muhim omili sifatida xizmat qiladi.   Birinchi misolda hissiyot va klishe ustun boʻlsa, ikkinchisida ilmiy ifoda yetakchilik qiladi. Matn turiga qarab uslubni toʻgʻri tanlash uning taʼsir kuchini belgilaydi. Yana bir eʼtiborli jihat: olim oʻlchash mumkin boʻlmagan yoki amalda tadqiqot bilan isbotlanmagan fikrni fakt sifatida talqin qilmasligi kerak. Birinchi jumlaga eʼtibor bering: tarixiy faktlarni oʻrganish vatanparvarlikni shakllantirishi va komil inson qilib tarbiyalashi oʻlchab boʻladigan jihatmi? Komil inson – bu falsafiy-maʼnaviy tushuncha, uni tajriba yoʻli bilan oʻlchash, tajriba guruhida uning koʻrsatkichini aniqlash imkonsiz. Ilmiy tilda buning oʻrniga oʻlchash va tekshirish mumkin boʻlgan aniqroq atamalar – tahliliy fikrlash, tarixiy ong, ijtimoiy masʼuliyat kabi tushunchalar ishlatilishi kerak.   Hatto publitsistik matnlarda ham bunday qoliplashgan ifodalar, dalillanmagan fikrlarni masʼuliyatsizlarcha ishlatib ketavermaslik kerak. Bunday ifodalar sifatli publitsistikaga ham xos emas.   Ilmiy va tahliliy matnlarda men ham bunday jumlalarga duch kelib turaman – 🔥   @oriftolib | Sahifalarimiz

#reyting #muharrir Nurilloh Muhammad Raufxon nazdida eng yaxshi muharrirlar (alifbo tartibida): Abdug‘afur Iskandar Erkin A’z
#reyting #muharrir Nurilloh Muhammad Raufxon nazdida eng yaxshi muharrirlar (alifbo tartibida): Abdug‘afur Iskandar Erkin A’zam Farrux Jabborbek Murtazo Qarshiboy Sanjar Nazar Orif Tolib Orziqul Ergash Ozod Munavvar Qulman Ochil Xayriddin Sulton Shahnoza Soatova 🌐 Sayt  ✈️  TelegramMurojaat  ♾Muhokama 🌐Instagram

Koʻnikma, malaka va kompetensiya: farqi nimada? Biz bu soʻzlarni koʻpincha maʼnodosh sifatida ishlataveramiz. Baʼzan hatto ta
Koʻnikma, malaka va kompetensiya: farqi nimada?   Biz bu soʻzlarni koʻpincha maʼnodosh sifatida ishlataveramiz. Baʼzan hatto tadqiqotchilar ham ularning farqiga bormaydi. Bu atamalarning maʼno-mohiyatini aniq bilib olish ilm ahli uchun ham, ziyoli kitobxonlar uchun ham foydali.   Farqni velosiped haydash misolida tushuntirib beraman.   Koʻnikma – qoidalarni eslab, butun diqqatni jamlab velosiped haydash. Bunda harakatlar ongli nazorat qilinadi, fikr-u zikringiz muvozanatni saqlashda boʻladi.   Malaka – koʻp mashq qilish ortidan harakatlarning avtomatlashuvi. Endi siz pedallarni qanday aylantirishni oʻylamaysiz, bemalol atrofni tomosha qilib, suhbatlashib ketaverasiz.   Kompetensiya – shu malakani kutilmagan, murakkab vaziyatlarda toʻgʻri qoʻllay olish. Masalan, tirband koʻchada, yomgʻirda yoki kutilmaganda toʻsiq chiqib qolganda sarosimaga tushmay, tez va toʻgʻri qaror qabul qilib harakatlanish layoqati.   Qisqasi, koʻnikma – oʻylab qilinadigan harakat, malaka – avtomatlashgan odat, kompetensiya esa har qanday sharoitda masalani muvaffaqiyatli hal etish mahoratidir.   @oriftolib | Sahifalarimiz

“Mutolaa”ning veb talqini ishga tushdi! Uzoq kutilgan va koʻpchilik soʻrayotgan imkoniyatdan endi foydalanish mumkin! Endi ki
+4
“Mutolaa”ning veb talqini ishga tushdi!   Uzoq kutilgan va koʻpchilik soʻrayotgan imkoniyatdan endi foydalanish mumkin! Endi kitoblarni kompyuterda ham oʻqishingiz va tinglashingiz mumkin. Buning uchun mutolaa.com manzili orqali hisobingizga kirishingiz kifoya. Veb talqin va ilova sinxronlashgan. Ilovada biror kitobni oʻqishni boshlagan boʻlsangiz, veb talqinda davom ettirishingiz mumkin.   Elektron kitobni oʻqishda beshta shrift ichidan oʻzingizga maʼqulini tanlashingiz, shrift hajmini oʻzgartirishingiz, tun rejimiga oʻtkazishingiz, sahifani butun ekranga chiqarishingiz, mundarijadan kerakli bobni oʻtishingiz mumkin.   Sinab koʻring:  👉 mutolaa.com   @oriftolib | Sahifalarimiz

Davlat va poytaxtlar nomi imlosi boʻyicha muhim qadam! Koʻpdan buyon yechimini kutayotgan, tilimizdagi ogʻriqli muammolardan
Davlat va poytaxtlar nomi imlosi boʻyicha muhim qadam!   Koʻpdan buyon yechimini kutayotgan, tilimizdagi ogʻriqli muammolardan birining yechimiga qoʻl urilibdi. Davlatlar va ularning poytaxtlari nomlarini rasmiy isteʼmolga kiritish boʻyicha loyiha jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Jamoatchilik bildirgan fikr va takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi organi – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari koʻrib chiqadi.   Tashabbus juda oʻrinli! Ayniqsa, mutaxassislarning qator jasoratli qarorlari meni quvontirdi. Masalan, GruziyaGurjiston, MongoliyaMoʻgʻuliston deya oʻzgartirilgani, Yunoniston, Urdun kabi nomlarning tiklangani, sunʼiy tiqishtirilgan -iya qoʻshimchasidan voz kechilib, Shved Qirolligi, Norveg Qirolligi, Finland, Irland shakllari tanlangani oʻzbek tili tabiatiga mos ish boʻlibdi. Shri-Lanka, Kosta-Rika kabi yuzlab nomlardan asossiz defislar olib tashlangani – oqilona qaror. Oʻzim ham bu haqda bir necha chiqishlar qilgan edim, eʼtiborga olinganidan xursandman.   Biroq roʻyxatda hali ham tahrirtalab oʻrinlar bor. Loyihani yanada pishiq qilish uchun taklif va mulohazalarimni sanab oʻtaman:   1️⃣ Oʻzbekchadagi shakllarga tayangan afzal   Oʻzbek tilida qoʻllanib kelgan tarixiy toponimlarni qoʻllash tarafdoriman. Masalan, roʻyxatda Kipr deb berilgan, buni tarixiy anʼanamizga moslab Qibris deb oʻzgartirish kerak. Mongoliya Moʻgʻuliston, Gruziya Gurjiston boʻlgani singari Vengriya ham Mojariston boʻlishi toʻgʻriroq, menimcha.   2️⃣ Oʻrinsiz g harfidan voz kechish kerak   Rus tilida h tovushi boʻlmagani sababli ular lotin yozuvidagi h bilan boshlanadigan toponimlarni g bilan yozishadi. Oʻzbek tilida esa h tovushi bor! Toʻgʻri, Honduras, Havana (ispancha) yoki Haiti (fransuzcha) soʻzlarida asliyatda h harfi yozilsa-da, talaffuzda tushib qoladi (Onduras, Aiti kabi oʻqiladi). Ingliz tilida esa h bilan aytiladi. Ammo ularni g bilan talaffuz qilishga asos yoʻq! Shunday ekan, xalqaro darajadagi imlosi va mantiqqa tayangan holda bu soʻzlarni g bilan emas, h bilan yozganimiz toʻgʻri:   ▫️     Gaiti emas – Haiti   ▫️     Gonduras emas – Honduras   ▫️     Gavana emas – Havana   ▫️     Kopengagen emas – Kopenhagen (dancha: København, inglizcha: Copenhagen)   3️⃣ Imlo, defis va talaffuzga doir tuzatishlar   Roʻyxatdagi quyidagi nomlarni tahrirlashni taklif qilaman:   ▫️     Andorra la-Vella – Andorra la Vella (asliyatda ham, imlo qoidalari boʻyicha ham defis boʻlmasligi kerak)   ▫️     Bagama Orollari Hamdoʻstligi – Bahama Orollari Hamdoʻstligi   ▫️     Bagam Orollari – Baham Orollari   ▫️     Bermud Orollari – Bermuda Orollari   ▫️     Rozo – Roso (Dominika poytaxti)   ▫️     Papeiyete – Papeete (murakkab talaffuzni oʻzbekchada aks ettirish zarurati yoʻq, talaffuzga qulay va keng tarqalgan imloga asoslanish afzal)   ▫️     Lubnan – Lubnon (talaffuzda shunday ommalashgan, tilga moslashish inobatga olinishi kerak)   4️⃣ Kuvayt masalasi   Al-Kuvayt davlatining qisqa yozilishida Kuveyt shakli ketib qolibdi, buni Kuvayt shaklida toʻgʻrilash kerak. Qolaversa, Al-Kuvayt nomi Al-Quvayt shakliga oʻtkazib yuborilsa ham yaxshi boʻlardi, chunki talaffuzimizda shu shakl ommalashgan va turli matnlarda shu shakli koʻp uchraydi.   5️⃣ Texnik xatolar   Soʻrovnomada baʼzi oʻrinlarga ortiqcha html kodlari ( ) va tutuq belgilari (ʼ) tushib qolgan. Ularni tozalab yuborish kerak.   Hurmatli obunachilar, tilimizga befarq boʻlmang!   Havola orqali kirib, siz ham roʻyxat bilan tanishing va takliflaringizni bildiring. Men bergan takliflar sizga ham maʼqul boʻlsa, “Boshqa” (Boshqa javob) bandiga yozib qoldirishingiz mumkin.   🔗 Taklif qoldirish uchun havola:   https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfjaqAyLYlQur3lESMoqAR9DXXgdYdsi2ky44fiwhy7TW-1sg/viewform?pli=1   @oriftolib | Sahifalarimiz

Qizil dengiz qayerda-yu, Qora dengiz qayerda? “Yosh kitobxon” tanlovining hakam­laridan biriman. Yaqinda Namangan viloyati bo
Qizil dengiz qayerda-yu, Qora dengiz qayerda?   “Yosh kitobxon” tanlovining hakam­laridan biriman. Yaqinda Namangan viloyati bosqichida 1980-yili nashr etilgan kitobdagi shu kunga dovur tuzatilmasdan kelayotgan bir xato zukko bir kitobxon o‘quvchini 1-o‘rindan mahrum etishiga sal qoldi.   Tezkor savol-javob shartida o‘sha yosh kitobxonga shunday savol tushdi:  
Mark Tvenning “Tom Soyyerning yangi sarguzashtlari” asarida keltiri­lishicha, fir’avn isroilliklarni quvlab qaysi dengiz ostida qolib ketgan edi?
  O‘quvchi ikkilanmasdan “Qizil dengiz” deb javob berdi. Savollarni o‘qi­yotgan tanlov eksperti “Noto‘g‘ri” dedi. Chunki uning qo‘lidagi javob Qora dengiz edi...   Chunki 1980-yili “Yosh gvardiya” nashriyotida chop etilgan “Tom Soyyer­ning yangi sarguzashtlari” kitobi 93-betida shunday yozilgan. Qissani o‘ris tilidan Abduvoris Abdumajidov tarjima qilgan. Aftidan, tarjimon o‘rischa variantdagi Чермное мореni Чeрное море deb o‘ylagan va Qora dengiz deya o‘girgan. Aslida esa Чермное море – Qizil dengizning rus sinodal Injilida qo‘llangan nomi.   Agar kitob muharriri geografiyadan yaxshi xabardor bo‘lganida, xayolidan “Misr qayerda-yu, Qora dengiz qayerda?” degan fikr o‘tar edi. Agar kitob muharriri tarixdan yaxshi xabardor bo‘lganida, Qur’oni karimni o‘qigan bo‘lganida, Muso alayhissalom va fir’avn o‘rtasidagi ziddiyatlardan xabardor bo‘lganida, bu voqea Qizil dengizda ro‘y berganini bilar edi.   Agar kitob muharriri o‘ris tilidan yaxshi xabardor bo‘lganida asarning o‘rischa matnini qidirib topib, “Черное море” emas, “Чермное море” deb yozilganini bilar va tarjimonning xatosini to‘g‘rilar edi...   Husan Karvonli   @oriftolib | Sahifalarimiz

Tushunarsiz yozish ilmiylik belgisi emas Baʼzi tadqiqotlarni koʻrib, hayron qolasan: soha mutaxassislari ham qiynaladigan dar
Tushunarsiz yozish ilmiylik belgisi emas   Baʼzi tadqiqotlarni koʻrib, hayron qolasan: soha mutaxassislari ham qiynaladigan darajada atamabozlik qilingan boʻladi. Qancha murakkab boʻlsa, shuncha ilmiy koʻrinadi degan qarash matnni oʻqib boʻlmas holga keltiradi. Aslida esa, atamalarni qalashtirish matnni ilmiy qilib qoʻymaydi.   Tajribali olimlar bu holatning boshqa sababini ham koʻrsatishadi: murakkab atamalar orqali plagiatni yashirish. Masalan, internetda gap qurilishi oʻzgarmay, faqat atamalari almashtirilgan maqolalar uchraydi. Unda, deylik, pedagogika soʻzi taʼlimga, psixologiya esa ruhiyatga oʻzgartiriladi xolos. Bu shunchaki koʻchirmakashlikni xaspoʻshlaydi.   Yana bir qusur – maʼlum atamalar bilangina ilmiy matn yaratishga urinish. Vaholanki, retsepiyent, adresant, paradigma yoki verifikatsiya kabi oʻzlashma soʻzlarni qoʻllash bilangina ilmiy matn yaratilib qolmaydi. Ammo masalaning boshqa tomoni ham bor: koʻpincha tadqiqotchidan shunday yozish talab qilinadi.  
Ravon yozish joʻn yozish degani emas. Haqiqiy olim fikr teranligi va aniqlikni saqlab, murakkab tushunchani ham ravon tilda yetkazadi.
  Siz koʻproq qanday ilmiy matnlarga duch kelasiz?   🔥 – ravon va tushunarli  😎 – ogʻir va murakkab   @oriftolib | Sahifalarimiz

Nizomlar jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilishi kerak Davlat rahbarining yaqinda qabul qilingan PF-98-sonli farmoni ijrosi boʻyicha Oliy attestatsiya komissiyasi amaldagi nizomlarni yangilab, bir necha yangi meʼyoriy hujjatlar qabul qilsa kerak. Ilmiy tadqiqot jarayoniga taʼsir qiladigan bunday hujjatlar jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilishi, ilmiy hamjamiyatning taklif va fikrlari albatta inobatga olinishi zarur. Shaffoflik, adolat, hisobdorlik kabilar eng birinchi galda hujjatlarda aks etsin. Undan keyingi qadam – amaliyot. @oriftolib | Sahifalarimiz