UzA | Tezkor xabarlar
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal: @uza_uz Sayt: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •lotin yozuvida: @uzauzlot
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel UzA | Tezkor xabarlar
Channel UzA | Tezkor xabarlar (@uzauz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 26 373 subscribers, ranking 9 108 in the News & Media category and 3 045 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 26 373 subscribers.
According to the latest data from 04 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -464 over the last 30 days and by -23 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Verified (Officially confirmed by Telegram)
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 18.15%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 13.35% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 4 789 views. Within the first day, a publication typically gains 3 521 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 0.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi
Asosiy telegram kanal: @uza_uz
Sayt: www.uza.uz
•facebook.com/uzauz
•instagram.com/uza.uz
•twitter.com/uzauz
•lotin yozuvida: @uzauzlot”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 05 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the News & Media category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 05 September | +4 | |||
| 04 September | +5 | |||
| 03 September | +16 | |||
| 02 September | +30 | |||
| 01 September | +5 |
| 2 | 🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️
Xavfsizlik va salomatlik yo‘lida qat’iy choralar
Jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, aholi salomatligiga tahdid soluvchi illatlarning oldini olish, ayniqsa, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
1️⃣ “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida DXX Chegara qo‘shinlari va Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Xususan, Buloqboshi tumani hududida harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, 1978 va 1985-yillarda tug‘ilgan 2 nafar mahalliy fuqaroning yonida 470 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu taqiqlangan modda qo‘shni davlatdan kontrabanda qilinganligi ma’lum bo‘ldi.
2️⃣ Boshqa holatda esa DXX Chegara qo‘shinlari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, ushbu manzildan quritilgan holatda saqlanayotgan 482 gr ko‘knori giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz | 3 249 |
| 3 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Timur Nuryigitovich Butunbayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv islohotlari bo‘yicha o‘rinbosari – Huquqiy ekspertiza departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz | 3 295 |
| 4 | 💼💼💼
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Alisher Baxadirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
—
Kanalga ulanish:
➖@uzauz | 3 367 |
| 5 | Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz | 4 264 |
| 6 | Prezidentimiz Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi bilan tanishdi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz | 4 052 |
| 7 | No text... | 3 945 |
| 8 | O‘zbekistonda dollar kursi pastladi
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7 sentyabrdan amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra:
• dollar -9.7 so‘mga tushib, 11785,30 so‘m bo‘ldi;
• yevro -3.01 so‘mga tushib, 13695,70 so‘m bo‘ldi;
• rubl ham +0.33 so‘mga ko'tarilib, 136,13 so‘mni tashkil etdi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz | 3 842 |
| 9 | 🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️
Uch hududda ushlangan narkosavdogarlardan jami 12,7 kg giyohvandlik vositalari olindi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi, 2000 y.t. shaxs o‘zining boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport vositasida tadbir ishtirokchilarining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan qochishga urinib, avtomashina salonida bo‘lgan 2 dona o‘ramdagi shubhali moddalarni uloqtirib yuboradi.
So‘ngra, transport vositasi to‘xtatilib, uning salonidan qo‘shimcha yana 2 dona hamda mazkur shaxs qabul qilib olishi kerak bo‘lgan geolokatsiyadan esa 1 dona o‘ramdagi shubhali moddalar olindi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan moddalar “gashish” giyohvandlik vositasi hisoblanib, ularning jami og‘irligi 5 kg.ni tashkil etadi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi sintetik narkotiklar fosh etildi.
2005 y.t. xorijiy davlat fuqarosi to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonida zip-paketga solingan kukunsimon modda borligi ma’lum bo‘ldi hamda u vaqtincha yashayotgan xonadon ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, turli oziq-ovqat mahsulotlari nomi ostida qadoqlangan paketlar ichida 4 kg 133 gr “3-xlorometkatinon”, 403 gr “Amfetamin”, 720 gr “MDMA” va 20 gr “kokain” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Chegara qo‘shinlari hamda Bojxona organlari hamkorligida Uchqo‘rg‘on tumanidagi chegara-bojxona postida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘shni davlatdan mamlakatimizga kirib kelgan – Chortoq tumanida yashovchi, 2000 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasi tekshirildi.
Natijada uning yoqilg‘i baki ichiga 2 kg 513 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasi yashirilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, mazkur shaxs bilan chegara-bojxona postigacha birga kelib, postni piyoda kesib o‘tib, respublikamiz hududida uni kutib turgan 2005 y.t. chortoqlik sherigi ham ushlandi.
Hozirda har uchala holat yuzasidan narkosavdogarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz | 3 652 |
| 10 | Glinka ko‘chasidagi hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Dastlabki o‘rganishlar davomida diametri 219 millimetr bo‘lgan yerosti gaz quvuridan sizib chiqqan gaz issiqlik tarmog‘i kamerasida to‘planib, avariya holatini yuzaga keltirgani aniqlandi.
Mutaxassislar tomonidan olib borilgan tekshiruvlarda gaz quvurining taxminan 375 kvadrat santimetr, ya’ni 15×25 santimetr maydonidagi bir nechta nuqtadan gaz sizib chiqayotgani qayd etildi.
Ayni paytda tegishli soha mutaxassislari hodisaning kelib chiqish sabablari va barcha tafsilotlarini batafsil o‘rganishda davom etmoqda. Tekshiruv ishlari yakunlangach, hududdagi yo‘l qoplamasini tiklash ishlari davom ettiriladi va yo‘l yaqin vaqt ichida transport harakati uchun qayta ochilishi rejalashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakunlariga ko‘ra, holatga aloqador shaxslarning xatti-harakatlariga belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz | 3 305 |
| 11 | Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurib, ushbu noyob madaniyat muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz | 3 379 |
| 12 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Jorjа Meloniga maktub yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari Jorja Melonini Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimida shu vaqtga qadar eng uzoq muddat faoliyat yuritgan Hukumat rahbari sifatida tarix sahifalaridan munosib joy olgani bilan samimiy muborakbod etdi.
Prezidentimiz ushbu natija Jorja Melonining siyosiy irodasi va qat’iyati, davlatchilik mas’uliyatini chuqur his etishiga Italiya xalqi tomonidan bildirilgan yuksak ishonchning yaqqol tasdig‘i ekanini ta’kidladi.
Hozirgi o‘ta murakkab va tez o‘zgarayotgan sharoitda Italiyaning milliy manfaatlarini qat’iy himoya qilish, mamlakatning Yevropa Ittifoqi va xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori hamda nufuzini yanada mustahkamlash borasida Jorja Meloni olib borayotgan sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi.
Prezidentimiz Italiya Hukumati rahbarining O‘zbekistonga nisbatan do‘stona munosabati va ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni izchil kengaytirishga qaratayotgan doimiy e’tibori uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston Italiya bilan o‘rnatilgan strategik sheriklik munosabatlarini yuksak qadrlashi ta’kidlandi. Bugungi kunda siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, madaniy-gumanitar aloqalar tobora sermazmun tus olib, ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Maktub yakunida davlatimiz rahbari Jorja Meloniga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, do‘st Italiya xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz | 3 633 |
| 13 | 🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️
Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi
DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, muqaddam sudlangan 44 yoshli fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yerto‘lasida 782 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Boshqa holatda esa 1975 y.t. shaxsning yashash xonadonida 758 gr “gashish” moddasi, giyohvandlik vositalari qoldiqlari bo‘lgan 6 dona pichoq va 4 dona elektron tarozi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Farg‘ona – Namangan” yo‘nalishida harakatlanayotgan "Lasetti" rusumli avtotransport vositasi Namangan tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Natijada, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi, 1998 y.t. shaxs boshqaruvidagi ushbu avtomashina salonidan 465 gr “gashish” moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz | 4 390 |
| 14 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan:
Muxsinxo‘ja Tursunxo‘jayevich Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori lavozimiga tayinlandi;
Bexzod Anvarovich Musayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz | 4 398 |
| 15 | 💼💼💼
Muxammadiyev Nu’mon Usmonovich adliya vaziri o‘rinbosari — Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz | 4 271 |
| 16 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Kongressi senatori, Senatdagi Markaziy Osiyo boʻyicha kokus hamraisi Stiv Deynsni qabul qildi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz | 4 486 |
| 17 | Doha | sentabr, 2026-yil
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz | 4 199 |
| 18 | Toshkent shahrining Shahrisabz ko‘chasidagi BRT yo‘lagi foydalanishga topshirildi
Toshkent shahrida jamoat transportiga ustuvorlik berish, avtobuslar harakatini tezkor va barqaror tashkil etish maqsadida Shahrisabz ko‘chasidagi BRT yo‘lagining birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi.
Loyihaning mazkur bosqichi Shahrisabz, Mirobod va Shota Rustaveli ko‘chalari tutashgan aylanma chorrahadan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmagacha bo‘lgan 1,2 kilometrlik uchastkani qamrab oldi.
BRT infratuzilmasi doirasida 5 ta yangi avtobus bekati tashkil etilib, jamoat transporti uchun alohida harakat yo‘lagi shakllantirildi.
Umumiy loyiha doirasida Shahrisabz ko‘chasining qariyb 3 kilometrlik qismida BRT yo‘lagini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz | 4 286 |
| 19 | Glinka ko‘chasidagi hodisa yuzasidan ma’lumot
Glinka ko‘chasida yo‘l qoplamasining bir qismi shikastlangani aniqlandi. Mazkur holat Toshkent shahar hokimligi tomonidan alohida nazoratga olindi.
Ayni paytda hodisa joyida tegishli mutasaddi tashkilotlar va soha mutaxassislari ish olib bormoqda. Hodisa sabablarini aniqlash, uning oqibatlarini bartaraf etish hamda shikastlangan qismni tiklash ishlari ular tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi barcha jalb etilgan xizmatlarning o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirib, hududda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va aholi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarni imkon qadar kamaytirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda. Vaziyat va olib borilayotgan ishlarning har bir bosqichi doimiy nazoratda.
Hodisaning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda. Tekshirilgan va tasdiqlangan ma’lumotlar asosida Toshkent shahar hokimligi jamoatchilikni vaziyat hamda ko‘rilayotgan choralar haqida muntazam xabardor qilib boradi.
Glinka ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Haydovchilardan o‘z yo‘nalishlarini rejalashtirishda ushbu cheklovni inobatga olishlarini so‘raymiz.
Hodisa oqibatida bir nafar shaxs yengil tan jarohati olganligi aniqlandi va unga o'z vaqtida tez tibbiy yordam ko'rsatildi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Kanalga ulanish:
➖@uzauz | 4 342 |
| 20 | Slovakiyaga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi
Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Chilonzor tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda mahalliy turistik firma menejeri xorijga ishga jo‘natish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmasada, Samarqand viloyatida yashovchi fuqaroni Slovakiyaga ishga yuborish hamda unga viza rasmiylashtirib berish evaziga 3 ming AQSH dollari va 2,5 mln so‘m talab qilib, shundan 1 ming dollar va 2,5 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz | 3 749 |
