UzA | Tezkor xabarlar
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal: @uza_uz Sayt: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •lotin yozuvida: @uzauzlot
Больше📈 Аналитический обзор Telegram-канала UzA | Tezkor xabarlar
Канал UzA | Tezkor xabarlar (@uzauz) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 26 152 подписчиков, занимая 9 182 место в категории Новости и СМИ и 3 027 место в регионе Узбекистан.
📊 Показатели аудитории и динамика
С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 26 152 подписчиков.
Согласно последним данным от 04 октября, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -236, а за последние 24 часа — -3, при этом общий охват остаётся высоким.
- Статус верификации: Верифицирован (официально подтверждён Telegram)
- Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 15.92%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 11.80% реакций от общего числа подписчиков.
- Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 4 163 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 3 085 просмотров.
- Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 0.
📝 Описание и контентная политика
Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi
Asosiy telegram kanal: @uza_uz
Sayt: www.uza.uz
•facebook.com/uzauz
•instagram.com/uza.uz
•twitter.com/uzauz
•lotin yozuvida: @uzauzlot”
Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 05 октября, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Новости и СМИ.
Загрузка данных...
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 05 октября | +11 | |||
| 04 октября | +8 | |||
| 03 октября | +11 | |||
| 02 октября | +14 | |||
| 01 октября | +6 |
| 2 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Kanalga ulanish:
🏫@uzauz | 2 172 |
| 3 | 🟡Maxsus komissiya ogohlantiradi
Maxsus komissiya bugun yomg’irdan oldin poytaxtda qisqa muddatli chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
Global ob-havo modellari hamda O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, bugun Toshkent shahri hududida nam havo massalari kirib kelishi oldidan qisqa muddatli chang-to‘zon hodisalari kuzatilishi mumkin. Prognozlarga ko‘ra, shamol tezligi 3–8 m/s gacha, ayrim hududlarda esa 10–14 m/s gacha kuchayishi ehtimoli mavjud. Kuchaygan shamol ta'sirida ayrim joylarda chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin.
Ushbu jarayonlar natijasida atmosfera havosida chang zarrachalari miqdori, ayniqsa, PM10 konsentratsiyasi qisqa muddatga ortishi kuzatiladi.
Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.
Kanalga ulanish:
🏫@uzauz | 4 635 |
| 4 | "Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan ko‘zlagan asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat:
– Ta’lim va ilm-fan vazirligi barcha bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘lishi, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shug‘ullanishi kerak;
– Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar Prezidentimiz belgilab bergan "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti"ga tayangan holda olib boriladi;
– Prezident Administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi;
– oliy ta’limda davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratish lozim, qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi ko‘rsatishi kerak.
Kanalga ulanish:
🏫@uzauz | 4 815 |
| 5 | Prezidentimiz Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolar ekanlar, ta’lim sifatini oshirish va sohani yangi bosqichga olib chiqish uchun yangicha yondashuvlarni qo‘llash, bozor talablariga mos ta’limni, raqobatni hamda xususiy sektor ishtirokini rivojlantirish vazifasini qo‘ydi.
Shu maqsadda Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Unga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi.
Guruh tarkibiga ta’lim muassasalarini yo‘lga qo‘yish va samarali tizimlar yaratishda tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi.
Kanalga ulanish:
🏫@uzauz | 4 368 |
| 6 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Kamoliddin Karamiddinovich Mardonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Kanalga ulanish:
🏫@uzauz | 4 300 |
| 7 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Obid Arzikulovich Xakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari hamda o‘rindoshlik asosida "Yangi O‘zbekiston" universiteti rektori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Kanalga ulanish:
🏫@uzauz | 4 193 |
| 8 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni va qarori bilan Ilxom Toxirovich Siradjev O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Kanalga ulanish:
🏫@uzauz | 4 317 |
| 9 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat.
Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.
Kanalga ulanish:
🏫@uzauz | 5 256 |
| 10 | 🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️
Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax va Namangan viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari hamda Bojxona organlari hamkorligida Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki 20 ming, 50 ming, 100 ming va 200 ming so‘m nominaldagi banknotlarni tayyorlab, sotish holati fosh etildi.
Tadbir davomida Pop tumanida yashovchi, 1989 y.t. va Izboskan tumanida istiqomat qiluvchi, 1999 y.t. 2 nafar shaxs jami 37,4 mln so‘m qalbaki pullarni shartli xaridorga 7,5 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, ularni shaxsiy tintuv qilish jarayonida hamda boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashina salonida ham qalbaki 6,4 mln so‘m borligi ma’lum bo‘ldi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, izboskanlik fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, ushbu manzildan qalbaki 7,7 mln so‘m, 145 dona oq qog‘ozga chop etilgan turli xil kupyuralar, kompyuter, rangli printer va boshqa ashyolar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Kanalga ulanish:
🏫@uzauz | 4 891 |
| 11 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan Bahodir Maxsutovich Yunusov O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi.
Kanalga ulanish:
🏫@uzauz | 5 603 |
| 12 | 🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️
“Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinish holati aniqlandi
🔹Samarqand shahrida yashovchi, 1956 y.t., muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs “Umra” ziyoratini tashkil etishga vakolati bo‘lmasada, Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga muborak safarga yuborishni va’da qilib, evaziga 4800 AQSH dollari talab qilgan.
🔹 Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan 3000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
🔹 Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
⏰
Kanalga ulanish:
🏫@uzauz | 5 692 |
| 13 | 🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️
Andijon va Farg‘onada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi
1️⃣ Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Chegara qo‘shinlari hamda viloyat Bojxona boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamkorligida Izboskan tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Toshkent shahri tomon harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, tekshirildi.
Natijada Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs boshqaruvida bo‘lgan ushbu avtomashina salonida 1400 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.
2️⃣ Davlat xavfsizlik xizmatning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Bojxona va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mahalliy fuqaroning sumkasidan 1092 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari hamda 200 gr “gashish” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
3️⃣ Boshqa holatda esa “Marg‘ilon – Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanayotgan “VAZ 21017” rusumli avtotransport vositasi Uchko‘prik tumani hududida to‘xtatilib, tekshirildi.
Natijada Qo‘qon shahrida yashovchi shaxs boshqaruvidagi avtomashina salonida 99 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda har uchala holat bo‘yicha ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz | 1 |
| 14 | Yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda "korxona – oliygoh – maqsadli kadr" tamoyili joriy etiladi
"Oliy ta’limda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF–209-son, 29.09.2026 y.) qabul qilindi.
➖Farmonga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda ish beruvchi korxonalarning buyurtmalari asosida va bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashning tizimi joriy etiladi. Bunda,
🔹 dual ta’lim shakliga qabul amalga oshiriladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda OTM tomonidan belgilanadi;
🔹 dual ta’lim shakliga qabul ish beruvchi korxona buyurtmasiga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida har yili 1-oktyabrga qadar amalga oshiriladi.
🔹Dual ta’lim OTM, korxona va talaba o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan tashkil etiladi:
🔹korxona zimmasiga talabaga o‘qish davri davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda oylik ish haqi to‘lash;
🔹talabaning zimmasiga bitirgandan so‘ng kamida 2-yil mazkur korxonada ishlab berish majburiyatlari yuklanadi.
Kanalga ulanish:
🏫@uzauz | 5 404 |
| 15 | Tezkor gidrometeorologik axborot!
Joriy yilning 3-oktyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-5-oktyabr kunlari respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
🔷3-4-oktyabrda shimolda va cho‘l hududlarda, 4-5-oktyabrda respublikaning qolgan hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda qorga aylanadi.
🔷Havo harorati asta-sekin kunduz kunlari 15-20 darajagacha, kechalari 5-10 darajagacha, shimolda kunduz kunlari 12-17 darajagacha, kechalari 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.
🔷3-4-oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda ba’zida chang-to‘zonlar bilan 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
🔷5-6-oktyabrda respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Kanalga ulanish:
🏫@uzauz | 8 095 |
| 16 | Нет текста... | 5 108 |
| 17 | O'zbekiston o'qituvchi va murabbiylariga
Batafsil: https://uza.uz/posts/915730
Kanalga ulanish:
🏫@uzauz | 6 133 |
| 18 | Нет текста... | 5 696 |
| 19 | Bugun mamlakatimizda 32 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Prezidentimiz endi dunyoning eng kuchli 300 universiteti filiallarini tashkil etish asosiy vazifa bo‘lishini ta’kidladi.
Nufuzli universitetlar franshizasini olib kelgan xususiy oliygohlarning laboratoriya va jihozlarga sarflagan mablag‘i, shuningdek, brend uchun to‘lovining 50 foizigacha qismi qoplanadi.Kampus qurish xarajatining 30 foizigacha kompensatsiya qilinadi, sarmoya qaytishini ta’minlashga xizmat qiladigan davlat granti o‘rinlari ajratiladi.
Muhandislik, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, sun’iy intellekt hamda tibbiyot kabi iqtisodiyot uchun muhim sohalarga ustuvor ahamiyat beriladi.
Davlatimiz rahbari pedagoglar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarni eshitdi.
Uchrashuv yakunida Prezidentimiz
“Ustozni e’zozlash – bir kasb egasini emas, butun bir millat kelajagini e’zozlashdir”,
– dedi hamda pedagoglarga shogirdlari yutug‘i, ota-onalar duosi va el-yurt hurmati hamisha hamroh bo‘lishini tilab, O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabrikladi.
Kanalga ulanish:
🏫@uzauz | 4 940 |
| 20 | Prezidentimiz oliygohlarda dual ta’limni yangicha yondashuv asosida yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Kelasi yildan “korxona – oliygoh – maqsadli kadr” tizimi 75 ta oliy ta’lim muassasasida, 2028-yildan barcha oliygohlarda amal qiladi.
Ish beruvchi o‘ziga kerak nomzodni o‘qitish bo‘yicha oliygohga buyurtma beradi; nomzod testsiz, suhbat asosida qabul qilinadi. Ishga olingan talabaga to‘langan maoshning yarmini davlat qoplaydi.
Korxona tomonidan biriktirilgan ustozga oliygoh pedagoglar oyligiga teng miqdorda qo‘shimcha haq to‘laydi. Korxona oliygoh yoki talaba yashaydigan joydan uzoq bo‘lsa, ijara xarajati qoplanadi. O‘qish va ishda yaxshi natija ko‘rsatgan talabalar ikkinchi kursdan davlat grantiga o‘tadi.
Rektorlar dual ta’lim bo‘limlarini ochadi, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlar asosiy vaqtini shu yo‘nalishga ajratadi. Tizimni namunali tashkil qilgan uchta eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi va hamkor korxonaning har biri 1 milliarddan 3 milliard so‘mgacha mukofot oladi. Oliygohga berilgan mukofotning yarmi bu ishga hissa qo‘shgan pedagoglarni rag‘batlantirishga sarflanadi.
Kanalga ulanish:
🏫@uzauz | 3 781 |
