cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

NeoJadid

Dunyoga o'zbekona nazar. Aloqa: @NeojadidBot

Show more
Advertising posts
1 444
Subscribers
-424 hours
-117 days
-830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Urg'uni to'g'ri beraylik. Parlament kuni-kecha "bolani noqonuniy diniy ta’lim olishga jalb qilganlik" uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini birinchi o'qishda ma'qulladi. Buning oqibatlari qanday bo'lishini, zulm yanada kuchayishini sezayotgan dindorlar qo'lidan kelgancha e'tiroz bildiryapti. Biroq, dindorlar hissiyotga berilib, baxs-munozarani avvaldan yutkazib qo'ymoqda. Ushbu qonun loyihasiga qarshi bo'lish dindorlar ustidan nazoratni kuchaytirib, erkini bo'g'ib, ularni ikkinchi sort, johil va baqiroq qatlam sifatida ushlab turishni istayotganlarning ayni manfaatidadir. Qaysi aqli raso bo'lgan odam "noqonuniy diniy ta'lim olish" tarafdori bo'lishi mumkin? Undan ko'ra, dindorlar, diniy ta'lim masalasi ko'tarilgan ekan, fursatdan foydalanib, barcha uchun QONUNIY diniy ta'lim imkonini talab qilishi lozim. Hozirda O'zbekistonda dindor uchun qonun doirasida diniy ta'lim olishning imkoni mutlaqo mavjud emas. Diniy sohadagi eng asosiy qonun, Abror Muxtor Ali kabi nusxalarning "informatsiyon ko'magida" 2021 yilda yanada qat'iylashtirilgan "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar" to'g'risidagi qonunda fuqarolarining dunyoviy ta’lim olish huquqi, ularning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar, ta’minlanishi aytilgan. Bunga qo'shilamiz, zaruriy talab. Biroq, dindorlarga diniy ta'lim olish mutlaqo kafolatlanmagan va hatto mumkin emas. Dindor o'z bolasiga faqatgina "diniy ta’lim muassasalarida" (madrasada) faqatgina "professional diniy ta’lim" berish huquqiga ega. Bu degani, bola 18 yoshga to'lgandagina (ya'ni, bola bo'lishdan to'xtaganda) oz sonli, qabuli o'ta cheklangan madrasaga kirib, 22 yoshida professional rohib bo'lishigina mumkin. Ko'rib turibmizki, professional saroy mullasi bo'lishni istamagan, lekin dinini mukammal o'rganishni istaganlar uchun barcha yo'llar yopiq. Bu vaziyat Konstitutsiyaga va O'zbekiston imzo qo'ygan xalqaro shartnomalar, hususan "Bola huquqlari to'g'risidagi" konvensiya va "Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to'g'risidagi" xalqaro paktga zid. Ushbu paktning 18-moddasida shunday deyiladi: 1. Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Ushbu huquq o‘z ixtiyori bilan o‘ziga ma’qul dinni qabul qilish va e’tiqod qilish erkini, yakka holda, shuningdek boshqalar bilan birgalikda, oshkora yoki xususiy tartibda ibodat qilish, diniy va boshqa urf-odatlarni va marosimni bajarish erkini ham o‘z ichiga oladi. 4. Davlatlar ota-onalarning o‘z bolalarini o‘z shaxsiy e’tiqodlariga muvofiq diniy va axloqiy tarbiyalash erkini hurmat qilish majburiyatini oladilar. Demak, urg'uni mana shu g'ayritabiy vaziyatni o'nglashga berish kerak. Bu esa jiddiylashishni, kerak bo'lsa, siyosiylashishni, va muayyan qurbonliklarni, talab etadi. Boshqa yo'li yo'q,pushti rang ko'zoynaklarni yechib, jannatga birovning bukrida kirish xom-hayolidan voz kechish davri allaqachon kelgan. P.s. Ba'zi ahmoqlar "jiddiylashishni" fuqarolik urushiga da'vat deb qabul qilmoqda. Aslida, konstitutsiya doirasida o'z e'tirozlarini bildirayotgan va erkinligi uchun kurashayotgan dindorlar barchani, jumladan bu ahmoqlarni ham qullikdan ozod qilyapti.
Show all...
Проект конституции Юдина-Магуна-Рощина со всеми своими очевидными, сомнительными и экстравагантными пунктами мне понравился по одной причине. Он отчасти отсылает к тому, чем я в своей жизни болею уже много лет — к проекту радикального гражданства, когда от любого, кто хочет считать себя полноценным гражданином, требуется, по моим представлениям, участвовать в профсоюзных инициативах либо в местном самоуправлении плюс регулярно выходить на уличные акции. И ничем эту гражданскую работу заменить нельзя — ни выборами раз в четыре года, ни самой прекрасной и полезной профессиональной деятельностью, ни добропорядочной частной жизнью. Дальше проблема понятная — такую модель нельзя навязывать обществу силой, да это и просто невозможно. Поэтому вопрос, какое тут может быть реалистичное сочетание минимального принуждения (типа обязательных выборов разных уровней, как в Бразилии или Бельгии), облегчения и поощрения гражданского участия со стороны государства, грамотного прививания гражданской этики в школе, и наконец, самой этой этики, которая, очевидно, может родиться только из большого общественного подъема, и прямо скажем, революционного разрыва с существующим порядком. Интересно еще вот что — если один из республиканских постулатов гласит, что свобода, суверенитет гражданина несовместимы с уязвимостью перед произволом хозяина, то левое республиканство понимает под хозяином в том числе работодателя. И отсылает к словам Маркса в «Критике готской программы». «Человек, не обладающий никакой другой собственностью, кроме своей рабочей силы, во всяком общественном и культурном состоянии вынужден быть рабом других людей, завладевших материальными условиями труда. Только с их разрешения может он работать, стало быть, только с их разрешения — жить». Для тех, кто скажет, мол, все эти ваши республиканские программы и добродетели — утопия и маниловщина, ответ простой — сегодня утопией кажется то, что тридцать лет назад казалось самым что ни на есть здравым смыслом. Типа уверенности в том, что сейчас мы наконец построим тут что-то хорошее на основе нового класса собственников и кое-как импортированных буржуазных институтов. Это не сработало и любые подобные иллюзии в нашей полупериферии приведут к тому, что жадная провинциальная буржуазия, силовики и чиновники снова соберут автомат отвратительную систему эксплуатации и подавления. В итоге задача общая — как-то попытаться сделать так, чтобы все это скептическое дистанцирование от ежедневной политики, вся эта выученная и умудренная беспомощность начала восприниматься не как здравый смысл, а наоборот. Тут без республиканского прыжка не обойтись. Так что спасибо за попытку.
Show all...
Quydagi post bizning muammolar haqida ham...
Show all...
00:58
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Уруғ-аймоқчилик сиёсий миллатга айланишга халақит берадими? Замонавий дунёда уруғ-аймоқчилик керакми ё йўқ? Ishonch.uz нинг бу галги кўрсатуви  уруғ-аймоқчилик мавзусига бағишланди. XXI асрда бу тушунча ўзбек жамияти учун нимани англатмоқда? Миллий ўзликни шакллантириш ёки қайта шакллантиришда уруғчиликка таяниш наф берадими? Унинг замонавий шакли қандай? Ва нега хавфли? Биз шу ва бошқа саволлар юзасидан изланиш олиб бордик. You Tube да тўлиқ кўрсатувни кўринг: https://www.youtube.com/watch?v=w5JTtNWLZps Каналга уланиш: @ishonchuz_official
Show all...
ss.mp44.06 MB
Bugungi suhbatimiz mehmoni markaziy Osiyo tarixi va madaniyati sohasida taniqli olim, ajoyib tarixchi va mutaxassis — Adib Xolid. Professor Xolidning tadqiqotlari markaziy Osiyo tarixiga, ayniqsa, 1860-yillarda Rossiyaning bosib olishi davridan hozirgi kungacha bo'lgan madaniy va identifikatsion o'zgarishlarga qaratilgan. Uning ilmiy ishlari musulmon va rus/sovet dunyolarining kesishish nuqtasini chuqur tahlil qilib, xususan, Markaziy Osiyoda Islom dinining tsarist va sovet boshqaruvi ostidagi taqdiri haqida muhim ma'lumotlarni beradi. Xolid madaniyat va madaniy o'zgarishlar, imperiya va mustamlakachilik hamda milliylik masalalari haqida yozib keladi. Xolid Guggenheim Jamg'armasi, Carnegie Korporatsiyasi, Milliy Gumanitar Fanlar Jamg'armasi kabi bir qator nufuzli tashkilotlar grantlari sovrindori. Shuningdek, Parijdagi Inson Fanlari Uyi va Vashingtondagi Kongress Kutubxonasidagi Kluge Markazi tadqiqotchi lavozimlarida ishlagan. Xolid to'rtta nufuzli kitobning muallifi: “Musulmon madaniyati islohoti siyosati: Markaziy Osiyoda Jadidizm,” “Kommunizmdan Keyin Islom: Markaziy Osiyoda Din va Siyosat,” “O'zbekiston tavalludi” va “Markaziy Osiyo. Imperatorlik istilolaridan hozirgi kungacha bo'lgan yangi tarix.” Uning so'nggi kitobi Markaziy Osiyoning “rus” va “xitoy” qismlarining integratsiyalashgan hikoyasini taqdim etadi va bir nechta tillarga tarjima qilingan, bu uning global ta'sirini ko'rsatadi. Ko'plab mukofotlari orasida “Kommunizmdan Keyin Islom” 2008 yilda Veyn S. Vucinich Kitob Mukofotini qo'lga kiritgan, “O'zbekiston tavalludi” esa 2016 yilda Reginald Zelnik Tarix Kitob Mukofotini olgan. Ushbu mukofotlar Dr. Xolidning rus, Yevrosiyo va sharqiy Yevropa tadqiqotlari sohalariga qo'shgan ulkan hissasini ko'rsatadi. Professor Adib Xolid Panjob Universiteti (Lahor)da bakalavr darajasini, McGill Universiteti (Monreal)da yana bir bakalavr darajasini va Viskonsin-Medison Universitetida magistratura va doktorlik darajalarini olgan. 1993 yildan beri u Karleton Kolleji ilmiy jamoasining muhim a'zosi bo'lib kelmoqda. https://youtu.be/dEleU_5RKEQ?si=EtW6ydwUWNzLNkHV
Show all...
Adeeb Khalid - Central Asian Borders, Making Uzbekistan and ideology of Jadids

I had the incredible honor of hosting Dr. Adeeb Khalid, a distinguished historian and scholar whose extensive work significantly shaped our understanding of modern Central Asia. Dr. Khalid held a BA from the University of Punjab, Lahore, a BA from McGill University, and an MA and PhD from the University of Wisconsin, Madison. Since 1993, he had been a professor at Carleton College. Dr. Khalid's research delved deep into the history of Central Asia, focusing on the region's cultural and identity transformations from the Russian conquest of the 1860s to the present day. His work intricately explored the intersection of the Muslim and Russian/Soviet worlds, with a particular emphasis on the fate of Islam under Tsarist and Soviet rule. His interests spanned culture and cultural change, empire and colonialism, and nationhood in its various forms. Over the years, Dr. Khalid was the recipient of numerous prestigious grants from foundations such as the Guggenheim Foundation, the Carnegie Corporation, and the National Endowment for the Humanities, among others. He also held esteemed visiting research positions at the Maison des Sciences de l’Homme in Paris and the Kluge Center for Scholars at the Library of Congress in Washington, DC. Dr. Khalid was the author of four influential books: "The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia," "Islam after Communism: Religion and Politics in Central Asia," "Making Uzbekistan: Nation, Revolution, and Empire in the Early USSR," and "Central Asia: A New History from the Imperial Conquests to the Present." His latest book offered an integrated narrative of both the "Russian" and "Chinese" parts of Central Asia and had been translated into multiple languages, reflecting its global impact. Among his many accolades, "Islam after Communism" won the 2008 Wayne S. Vucinich Book Prize, and "Making Uzbekistan" received the Reginald Zelnik Book Prize in History in 2016. These awards highlighted the profound contributions Dr. Khalid made to the fields of Russian, Eurasian, and East European studies. Here are the links to Dr. Khalid's books on Amazon: The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia

https://www.amazon.com/Politics-Muslim-Cultural-Reform-Jadidism/dp/0520213551

Islam after Communism: Religion and Politics in Central Asia

https://www.amazon.com/Islam-after-Communism-Religion-Politics/dp/0520282157

Making Uzbekistan: Nation, Revolution, and Empire in the Early USSR

https://www.amazon.com/Making-Uzbekistan-Nation-Revolution-Empire/dp/080145409X

Central Asia: A New History from the Imperial Conquests to the Present

https://www.amazon.com/Central-Asia-History-Imperial-Conquests/dp/0691161399

Islom Sivilizatsiyasi markaziga rahbarlikka media bo'yicha mutaxassis tayyinlanibdi. Bu, "elitamiz" Islomga nisbatan o'z nuqtai qarashini uzil-kesil shakllantirib, aniqlashtirib olganini anglatadi. Islomga O'zbekistonda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda muayyan rol o'ynashi mumkin bo'lgan tirik ta'limot emas, ustiga naftalin sepilgan muzey eksponati sifatida qaralmoqda. Muzey artifaktini Parij va Italiyaning galereyalarida eng maqbul usulda media va marketing bo'yicha mutaxassis taqdim qiloladi, ahli ilm emas. Ya'ni, 2016 yildan keyin kuzatilgan dindorlar bilan o'ynashish davri tugab, uzil-kesil Karimovning diniy sohadagi siyosatiga qaytildi, shu ma'qul deb topildi. Bu yondashuv qisqa muddatda "tepadagilarga" rohat va xavfsizlik hissini berar, lekin uzoq muddatda ham jamiyatga, ham davlatchilikka ziyon keltiradi. Biroq... qirol Lui XV aytganidek, "mendan keyin olamni suv bosmaydimi".
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Ikkita mergan Pushkinga qo'yilgan haykalni oldidan o'tib ketayotib,biri ikkinchisiga aytayotganmish: "Qara, qanday nohaqlik. Duelda nishonni Dantes poylagan, haykalni esa Pushkinga qo'yishibdi". Yurtimizda yangi haykallar ochilsa, shu anekdot esimga tushib ketaveradi. Zamonaviy o'zbek millatining g'oyaviy "doyalari" jadidlar, hususan, Abdurauf Fitrat va Fayzulla Ho'jayevlar bo'lgan. Lekin haykalni Sovet davri odamlariga (Sharof Rashidov, Botir Zokirov va hkz)ga qo'yishayapti. Aslida, bu tanlovda ham muayyan mantiq bor. Birini ko'tarib, ikkinchisini umuman eslamaslikka harakat qilish ko'p narsadan dalolat beradi. Musulmon modernist ziyolilarining harakati bo'lmish "Jadidlar" bilan timsoli Sharof Rashidov yoki Botir Zokirov bo'lgan "yangi sovet odami" diskursi ortida fundamental ravishda farqli ikki dunyoqarash va o'zbek millatining tarixi, buguni va kelajagi haqidagi tasavvur yotibdi. Jadidlarni o'zbek millatini o'z an'analariga va ruhiyatiga mos holda Zamonaviylikni (Modernityni) paypaslab topish, unga moslashishning milliy harakati deb olsak, Sharof Rashidov (va eski ziyolilalarni qirgandan so'ng kechagi dehqonlardan sun'iy yaratilgan "yangi sovet ziyolilari") bizga rus bolsheviklari orqali tayyor holda kirib kelgan yevropacha Modernity'ni aks etadi. 1920-30 yillar bir-biriga raqobatda bo’lgan bu ikki Zamonaviylik (Modernity) loyihasini o'rtasidagi kurash davri bo'lgan va bu kurashda Bolsheviklar yutib chiqqan edi. Lekin 90-yillarga kelib, ham G'arbiy liberal kapitalism, ham Sovet sotsializmi ko'rinishidagi Yevropacha Modernity yevropalik bo'lmagan jamiyatlarga to'g'ri kelmasligi ayyon bo'ldi. Olimlar "Zamonaviylik" faqat Yevropacha emas, turli ko'rinishda bo'lishi mumkinligi haqida gapirayapti (multiple modernities). Qaysidir ma'noda, kalendarda 2017 yil bo'lsa ham, o'zbek millati uchun ko'chada yana 1917 yil. Yana, yo'l qidirish, tanlash majburiyati oldida turibmiz. Lekin ayrim mafkurachilarimiz tarixdan saboq olish, voqelik bilan hisoblashish o'rniga, o'zini diskreditatsiya qilgan tayyor (neo-sovet) modellarni bizga suqishdan voz kecholmayapti. Bunga ikki sabab bor. Birinchisi, o'zi "yangi sovet ziyolisi" bo'lgani va muqobil dunyoqarash haqqidagi tasavvurga ega emasligi. Ikkinchisi esa, rus neo-imperial doiralarning "evraziystvo, russkiy mir" kabi neo-sovet g'oyalar orqali O'zbekistonni yana Rossiya orbitasiga tortilishi. Q.s. Kommunist Partiyasining birinchi kotibi Sharof Rashidov 1962 yil 25 yanvarda O‘zbekiston ziyolilarining 3- qurultoyida shunday degan edi: “Bazi kishilar shaxsga qarshi kurash bilan birga jadidchilik va uning g‘oyasini ham himoya qilmoqni istaydilar. Biz bunga xayrixohlik ko‘rsata olmaymiz va yo‘l ham qo‘ymaymiz.” Shaxsga sig‘inish vaqtida bazi bir jadidchilar va bularga yaqin bo‘lgan o‘qituvchilar, yozuvchilar va jurnalistlar tazyiq ostida qoldirilgan edi. Keyingi vaqtlarda bular oqlandi. Lekin teskarichi va aksilinqilobchi bo‘lgan jadidchilik oqlanmadi. Pan- Islomchilik va Pan-Turkchilik jadidchilikning asosiy g‘oyasi edi. Sovet hokimiyatiga qarshi kurashgan bosmachilik harakati mana shu jadidchilar, pan- islomchilar va pan-turkchilar tarafidan muhofaza etilgan edi. Kimki jadidchilikni himoya etish harakatida bo‘lsa, u dushmanni himoya etadi.” [Pravda Vostoka, 26. 2. 1962 yil] P.s. Eski post.
Show all...
Berilgan erkinlik... WTF. O'zini kim deb o'ylaydi bular?
Show all...
Kuratorlardan tushurilgan mujdaga ko'ra, so'z erkingli reytinglarida Mirziyoyev hokimiyatga kelgan 2016-yildan buyon eng past ko‘rsatkichga asosiy uch sabab: 1) Berilgan erkinlikni sui'stemol qilgan blogerlar. 2) Berilgan erkinlikdan unumli foydalanmayotgan, o'zini senzuralayotgan qo'rqoq jurnalistlar. 3) Berilgan erkinliklarni tushunmagan johil xalq. Rafik esa, doimgidek., "соувсем неуиновен".
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.