en
Feedback
Intellektual mulk yangiliklari

Intellektual mulk yangiliklari

Open in Telegram

Adliya vazirligining rasmiy kanali Kontrafakt mahsulotlar, Mualliflik huquqi, Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling

Show more
3 363
Subscribers
+424 hours
-17 days
+3030 days
Posts Archive
Ba’zi san’atkorlarga farosat kerak – Shoira Nega shoirlar bugun qiyin ahvolda yashayapti? Ularning daromadi qayerdan keladi? Aslida ijodkorning mehnati qanday qadrlanishi kerak? Shoirlar qachon maddoh bo‘ladi? “Qaroqchi”da bugun adabiyotni tijoratga aylantiayotganlar, “o‘tinchi” shoirlar va bugungi adabiyotning muammolari haqida shoira Farida Afruz bilan ochiq suhbat. Videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/FmgFcjm0ABk

#Men_bilgan_adliya ✅Adliya vazirligining intellektual mulk sohasiga oid huquqiy madaniyatni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratilgan “Qaroqchi” lloyihasi haqida qanday fikrdasiz? 🔵Ushbu savolga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, shoira va yozuvchi Farida Afro'z javob berdi. 🔹 Batafsil 👉 videoda "Qaroqchi" loyihasining navbatdagi mehmoni Farida Afroʻz bilan to‘liq suhbatni tez orada tomosha qilishingiz mumkin. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

#Intellektual_mulk ⚔️ Intellektual mulk nizolarini sudgacha, tezkor va kelishuv asosida hal etish imkoniyati kengaymoqda Adliya vazirligi, Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti hamda Toshkent mediatsiya markazi hamkorligida respublika bo‘ylab “IP Mediation” loyihasiga start berilmoqda. ⚖️ Loyiha intellektual mulk bilan bog‘liq nizolarni tomonlar uchun qulay, tezkor va o‘zaro kelishuv asosida hal etishga xizmat qiladi. ✅ Bu esa huquq egalari va tadbirkorlar uchun nizolarni ortiqcha vaqt va xarajatlarsiz, murosaga asoslangan tartibda hal etishning yana bir samarali mexanizmini yaratadi. 🎥 “IP Mediation” qanday ishlaydi? Batafsil — videoda. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

“Buxoro sho‘rdanaklari” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi 📌 Buxoro sho‘rdanaklari — ko‘p asrlik o
“Buxoro sho‘rdanaklari” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi 📌 Buxoro sho‘rdanaklari — ko‘p asrlik o‘zbek milliy pazandachilik va dehqonchilik an’analari bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘ziga xos ta’mi, sifati va tayyorlash usuli bilan ajralib turadigan an’anaviy mahsulotlardan biridir. Sho‘rdanak tayyorlash madaniyati Buxoro vohasida avloddan-avlodga o‘tib, bugungi kungacha saqlanib kelmoqda. 🌿 “Buxoro sho‘rdanaklari”ning o‘ziga xos xususiyatlari hududning tabiiy-iqlim sharoiti, mahalliy xomashyo hamda uni tayyorlashning an’anaviy usullari bilan chambarchas bog‘liq. Tarixan ushbu mahsulot Buxoro vohasida tayyorlanib, turli hududlarga keng tarqalgan. ⚖️ “Buxoro sho‘rdanaklari” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ushbu nomning huquqiy muhofazasini ta’minlaydi. 🔒 Natijada: ✅ mahsulotning Buxoro hududiga mansubligi va o‘ziga xos xususiyatlari himoya qilinadi; ✅ iste’molchilar uchun mahsulotning kelib chiqishi va haqiqiyligini aniqlash imkoniyati oshadi; ✅ Buxoro sho‘rdanaklarini mahalliy va xalqaro bozorlarda targ‘ib qilish uchun huquqiy asos mustahkamlanadi. 📈 Mazkur geografik ko‘rsatkichning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi Buxoro viloyatining milliy gastronomik merosini asrash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, hududiy brendni rivojlantirish hamda mahsulotning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. 📚 Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan geografik hududga mansubligini hamda uning sifati, obro‘si yoki boshqa xususiyatlari aynan shu hududga xos tabiiy sharoitlar yoki inson omillari bilan bog‘liqligini ifodalovchi intellektual mulk obyektidir. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

#Adliya_xabari ⚔️ Muallif huquqini himoya qilish — millat ijodiy salohiyatini himoya qilishdir! ✅ Har bir qo‘shiq, she’r, kitob, musiqa yoki boshqa ijodiy asar ortida muallifning mehnati, iste’dodi va intellektual salohiyati turadi. Muallif o‘z asaridan foydalanish va buning uchun haq olish huquqiga ega. 📊 2025–2026-yillar davomida: 🔹 300 dan ortiq muallifning huquqlari himoya qilindi; 🔹 ularning foydasiga 1,5 milliard so‘mdan ortiq tovon puli undirildi. ⚖️ Bugungi huquqiy himoya tizimi mashhur ijodkorga ham, xalq artistiga ham, oddiy muallifga ham birdek ishlashi kerak. Chunki asosiy maqsad faqat huquqbuzarni jazolash emas, balki jamiyatda muallif mehnati va huquqlariga hurmat madaniyatini shakllantirishdir. ✍️ Muallifning qalamiga hurmat — uning mehnatiga hurmat. Muallif mehnatiga hurmat esa milliy ijod va madaniyatga hurmatdir. 🎥 Mualliflik huquqlari qanday himoya qilinmoqda? Batafsil — videoda. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

#Adliya_xabari 📍 Mahsulotning “manzili” ham uning qadrini belgilaydimi? ✅Albatta. Chunki ayrim mahsulotlarning sifati va obro‘si aynan u yetishtirilgan hududning tabiati, iqlimi, an’analari va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan tajribasi bilan chambarchas bog‘liq. ❗️ Bunday mahsulot nomlarini geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ularning huquqiy himoyasini ta’minlaydi. ✅Xo‘sh, bundan xalqqa nima foyda? ✅ hududga xos mahsulotlarning nomi va obro‘si huquqiy himoyaga olinadi; ✅ mahsulot nomidan noqonuniy foydalanishning oldi olinadi; ✅ mahalliy ishlab chiqaruvchilarning manfaatlari himoya qilinadi; ✅ iste’molchi mahsulotning haqiqiy kelib chiqishi va o‘ziga xos sifatiga ishonch hosil qiladi; ✅ mahalliy mahsulotlarni milliy brendga aylantirish va xalqaro bozorlarga olib chiqish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi. 🇺🇿 Bugun hududlarimizga xos mahsulotlarni geografik ko‘rsatkich sifatida huquqiy himoyaga olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. 🎥 Ayni shu yo‘nalishda qanday ishlar amalga oshirildi va buning oddiy ishlab chiqaruvchi hamda iste’molchi uchun qanday foydasi bor? Batafsil — videoda. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Internet orqali xarid qilish tajribasini o‘rganish bo‘yicha SO‘ROVNOMA 🛒📱 📣 Hurmatli fuqarolar! Bugungi kunda internet say
Internet orqali xarid qilish tajribasini o‘rganish bo‘yicha SO‘ROVNOMA 🛒📱 📣 Hurmatli fuqarolar! Bugungi kunda internet saytlari, mobil ilovalar, internet-do‘konlar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tovar va xizmatlar xarid qilish keng tarqalmoqda. Mazkur so‘rovnoma internet orqali xarid qilish tajribasi, iste’molchilar duch kelayotgan muammolar, murojaat qilish amaliyoti hamda fuqarolarning o‘z huquqlarini bilish darajasini o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda. So‘rovnoma natijalari elektron tijorat sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalaniladi .👉 So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola :🔗 https://forms.gle/hvKsk5s4D2P5kyTTA 🔒 So‘rovnoma anonim bo‘lib, olingan ma’lumotlar faqat umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi. ❗️Sizning fikringiz biz uchun muhim 🙌 Ishtirokingiz uchun rahmat! 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

#Intellektual_mulk ⚔️ Intellektual mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yanada qulay ✅ Endilikda tovar belgilari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa intellektual mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun talabnomalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham topshirish mumkin. ❗️Intellektual mulk — sizning bilimingiz, mehnatingiz va kelajakka qoʻshgan hissangizdir. Uni qonun bilan himoya qiling. 🎥 Batafsil maʼlumot — videoda. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

#Adliya_xabari ⚔️ Intellektual mulk haqidagi tasavvuringizni boyitish uchun tomosha qilishingiz kerak bo‘lgan 5 ta film 🔹Intellektual mulk sohasini faqat qonunlar va huquqiy normalar orqali emas, balki real voqealar asosida suratga olingan filmlar orqali ham chuqurroq anglash mumkin. 🔸Bunday filmlar ixtiro, mualliflik huquqi, patent, tovar belgisi va innovatsiyalar ortida qanday jarayonlar kechishi, qonunlar amalda qanday ishlashi hamda milliardlab dollarlik g‘oyalar va bizneslar qanday shakllanishini qiziqarli voqealar orqali namoyon etadi. 📽 Shu mavzuda "Ko‘rishingiz kerak bo‘lgan 5 ta film" nomli rolik tayyorladik. ✅ Videoni tomosha qiling va intellektual mulk olamini yangi nigoh bilan kashf eting! 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

#Adliya_xabari ⚔️ Intellektual mulk sohasidagi 10 ta apellatsiya ishi ko‘rib chiqildi ✅Adliya vazirligi huzuridagi Apellatsiy
#Adliya_xabari ⚔️ Intellektual mulk sohasidagi 10 ta apellatsiya ishi ko‘rib chiqildi ✅Adliya vazirligi huzuridagi Apellatsiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi Kengash raisi Muzraf Ikramov raisligida bo‘lib o‘tdi. 📌 Yig‘ilishda intellektual mulk sohasida vakolatli organ tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlari va e’tirozlar ko‘rib chiqildi. Xususan, tovar belgilarini huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq 10 ta ish muhokama qilindi. 📊 Ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra: 🔹 6 ta ish yuzasidan Apellatsiya kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi; 🔹 2 ta ish javobgarlarning yig‘ilishda ishtirok eta olmaganligi sababli keyingi muddatga qoldirildi; 🔹 2 ta ish esa qo‘shimcha hujjatlar taqdim etish zarurati bois 1 oydan 3 oygacha muddatga kechiktirildi. ⚖️ Ma'lumot uchun: Apellatsiya kengashi intellektual mulk sohasidagi nizolarni sudgacha ko‘rib chiquvchi kollegial organ bo‘lib, vakolatli organ qarorlarining qonuniyligi va asoslanganligini xolis hamda adolatli ko‘rib chiqishni ta'minlaydi. Ushbu mexanizm murojaat qiluvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hamda intellektual mulk sohasida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishga xizmat qiladi. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

#Adliya_xabari ⚔️“VERSAL” belgisi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan "VERSAL" tantanalar s
+1
#Adliya_xabari ⚔️“VERSAL” belgisi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi   Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan "VERSAL" tantanalar saroyining xizmat ko‘rsatish belgisi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, huquqiy muhofazaga olindi. Tovar va xizmat ko‘rsatish belgisining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ushbu brendning qonuniy himoyasini ta'minlaydi hamda uning egasiga bir qator muhim afzalliklarni beradi: ✅ tovar va xizmat ko‘rsatish belgisidan mutlaq huquq asosida foydalanish; ✅ boshqa shaxslar tomonidan aynan yoki adashtirish darajasida o‘xshash belgidan noqonuniy foydalanilishining oldini olish; ✅ brend obro‘si va ishbilarmonlik nufuzini huquqiy jihatdan himoya qilish; ✅ iste'molchilar orasida xizmatlarning ishonchliligi va tanib olinuvchanligini oshirish; ✅ franchayzing, litsenziya shartnomalari va boshqa tijorat bitimlarini tuzishda huquqiy asos yaratish; ✅ intellektual mulk obyektini biznesning qimmatli aktiviga aylantirish va uning bozor qiymatini oshirish; ✅ yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni qonuniy tartibda hal etish imkoniyatini kuchaytirish. Bugungi kunda tovar va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish nafaqat brendni himoya qilish, balki biznesni barqaror rivojlantirish, iste'molchilar ishonchini mustahkamlash va bozordagi raqobatbardoshlikni oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

#Adliya_xabari ⚔️Yuzlab qo‘ng‘iroqlar. Minglab savollar. Bitta maqsad — fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish. ❗️Adliya vazirligining 1008 ishonch telefoni call-markazi faoliyati bilan tanishing. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

#Adliya_xabari ⚔️ Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning vazifamiz! ❗️Pora talab qilish, noqonuniy xatti_harakatlar yoki boshqa korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, bu haqda darhol xabar bering. 📞 Ishonch telefoni: +998 71 207-04-64 (1321, 1322, 1323, 1324) 🤖 Telegram bot: @anticorbot
🔒 Murojaat qiluvchining shaxsi va taqdim etilgan ma'lumotlarning maxfiyligi kafolatlanadi.
⚔️Halollik va qonun ustuvorligini birgalikda ta'minlaylik! 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

⌛️ Internet va mobil aloqa orqali sodir etiladigan ta’qib va tazyiq holatlarini o‘rganish bo‘yicha SO‘ROVNOMA 📝 📣 Hurmatli
⌛️ Internet va mobil aloqa orqali sodir etiladigan ta’qib va tazyiq holatlarini o‘rganish bo‘yicha SO‘ROVNOMA 📝 📣 Hurmatli fuqarolar! 🔒 Bugungi kunda internet, ijtimoiy tarmoqlar va mobil aloqa orqali qayta-qayta bezovta qilish, tahdid qilish, haqoratlash, yolg‘on ma’lumot tarqatish, shaxsiy ma’lumotlar yoki suratlarni ruxsatsiz e’lon qilish kabi ta’qib va tazyiq holatlari ham uchramoqda. Mazkur so‘rovnoma bunday holatlarning qanchalik keng tarqalganini, fuqarolarga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini hamda jabrlanganlar qayerga murojaat qilayotganini o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda. Olingan natijalar ta’qib va tazyiq holatlarining oldini olish hamda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalaniladi. 🔗Havola: https://forms.gle/phmaZJxV6tNvUfkDA
So‘rovnomada to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob mavjud emas. O‘zingiz duch kelgan yoki kuzatgan holatlarni qanday bo‘lsa, shunday belgilang. Javoblaringiz  anonim bo‘lib, faqat umumlashgan holda tahlil qilinadi. To‘ldirish uchun 4-5 daqiqa kifoya.
❗️Ishtirokingiz uchun rahmat! 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

#Adliya_xabari ⚔️ Diqqat! Adliya vazirligi ogohlantiradi 🔸 So‘nggi vaqtlarda ayrim shaxslar o‘zlarini "Patent agentligi", "P
#Adliya_xabari ⚔️ Diqqat! Adliya vazirligi ogohlantiradi 🔸 So‘nggi vaqtlarda ayrim shaxslar o‘zlarini "Patent agentligi", "Patent markazi" yoki "Patent idorasi" xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolar va tadbirkorlarga qo‘ng‘iroq qilayotgani kuzatilmoqda. 🔹 Ular haq evaziga tovar belgisini albatta ro‘yxatdan o‘tkazib berishni va’da qilmoqda. Ayrim hollarda esa, rozi bo‘lmagan tadbirkorlarni tovar belgisini boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirib olish yoki undan foydalanishni cheklash bilan chalg‘itishga urinmoqda. 📌 Shuni unutmang: 🔹 "Patent agentligi", "Patent markazi" yoki "Patent idorasi" nomi bilan faoliyat yuritayotgan tashkilotlar vakolatli davlat organlari hisoblanmaydi. 🔹 Intellektual mulk obyektlariga patent va guvohnomalar berish bo‘yicha yagona vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hisoblanadi. 🔹 Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish ixtiyoriy bo‘lib, hech kim sizni bunga majbur qila olmaydi. 🔹 Hech bir shaxs yoki tashkilot tovar belgisining albatta ro‘yxatdan o‘tkazilishini kafolatlay olmaydi. Patent bojlari miqdori qonunchilikda belgilangan. 🔸 Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani im.adliya.uz portali orqali mustaqil ravishda yoki patent vakili orqali topshirishingiz mumkin. 🔹 Bugungi kunda respublikada 151 nafar patent vakili faoliyat yuritmoqda. Ularning ro‘yxati im.adliya.uz portalining "Patent vakillari" bo‘limida e'lon qilingan. ❗️Shubhali qo‘ng‘iroqlar va asossiz va'dalarga ishonmang. Firibgarlik alomatlariga duch kelsangiz, bu haqda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

#Adliya_xabari #intellektual_mulk ⚔️ “Xorazm guruchi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi 📌 Xorazm
#Adliya_xabari #intellektual_mulk ⚔️ “Xorazm guruchi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi 📌 Xorazm vohasida yetishtiriladigan guruch o‘zining yuqori sifati, xushbo‘yligi va pishirish xususiyatlari bilan ajralib turadi. Uning o‘ziga xosligi Amudaryo suvlari, unumdor tuproqlar, qulay iqlim sharoiti hamda avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan an’anaviy yetishtirish tajribasi bilan chambarchas bog‘liq. ⚖️ “Xorazm guruchi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ushbu nomning huquqiy muhofazasini ta’minlaydi. 🔒 Natijada: ✅ mahsulotning kelib chiqishi va sifati himoya qilinadi; ✅ nomdan noqonuniy foydalanishning oldi olinadi; ✅ iste’molchilar uchun mahsulotning haqiqiyligi kafolatlanadi. 📈 Mazkur qaror hududning qishloq xo‘jaligi salohiyatini oshirish, milliy brendni rivojlantirish hamda mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda keng targ‘ib etishga xizmat qiladi. 📚 Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan hududga mansubligini hamda uning sifati va o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hudud omillari bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

#Biz_Adliya_oilasimiz ⚔️ Adliya — shunchaki ish joyi emas. Bu — bilim bilan erishiladigan imkoniyat, mehnat bilan bosib o‘tiladigan yuksalish yo‘li, xalq roziligi bilan o‘lchanadigan sharafli xizmat. Bizni qonuniylik, insonparvarlik, halollik, professionallik, tashabbuskorlik, mas’uliyat va jamoaviylik birlashtiradi. Biz Adliya oilasimiz!

#Biz_Adliya_oilasimiz ⚔️ Adliya — shunchaki ish joyi emas. Bu — bilim bilan erishiladigan imkoniyat, mehnat bilan bosib o‘tiladigan yuksalish yo‘li, xalq roziligi bilan o‘lchanadigan sharafli xizmat. Bizni qonuniylik, insonparvarlik, halollik, professionallik, tashabbuskorlik, mas’uliyat va jamoaviylik birlashtiradi. Biz Adliya oilasimiz!

#Biz_Adliya_oilasizmiz ⚔️ Adliya — shunchaki ish joyi emas. Bu — bilim bilan erishiladigan imkoniyat, mehnat bilan bosib o‘tiladigan yuksalish yo‘li, xalq roziligi bilan o‘lchanadigan sharafli xizmat. Bizni qonuniylik, insonparvarlik, halollik, professionallik, tashabbuskorlik, mas’uliyat va jamoaviylik birlashtiradi. Biz Adliya oilasimiz!

📣 Ijodkorlar diqqatiga! O’z huquqlaringizni CLIP platformasi orqali himoya qiling‼️ ⏯️ Musiqa, adabiyot, kino, fotografiya,
📣 Ijodkorlar diqqatiga! O’z huquqlaringizni CLIP platformasi orqali himoya qiling‼️ ⏯️ Musiqa, adabiyot, kino, fotografiya, dizayn yoki boshqa ijod yo’nalishida faoliyat yuritasizmi⁉️ Unda ijodingizni himoya qilishni ham unutmang‼️ 📲 CLIP platformasi sizga mualliflik huquqlaringizni qanday samarali himoya qilishni o'rgatadi. CLIP (Creators Learn Intellectual Property) — Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan yaratilgan bepul xalqaro ta’lim platformasi bo’lib, ijodkorlarga o’z huquqlarini bilish, ularni himoya qilish va intellektual mulk sohasidagi bilimlarini oshirishga yordam beradi. 📌 Platforma orqali siz: ✔️ mualliflik huquqi va turdosh huquqlar haqida bilim olasiz; ✔️ ijod mahsulotingizni qanday himoya qilishni o’rganasiz; ✔️ asaringizdan qonuniy daromad olish imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo’lasiz; ✔️ dunyoning turli mamlakatlaridagi ijodkorlarning tajribalari bilan tanishasiz; ✔️ bepul video va interaktiv o’quv materiallaridan foydalanishingiz mumkin. 🇵🇲 Bugungi kunga qadar platforma 7 tilda faoliyat yuritib, 25 dan ortiq mamlakat ijodkorlarini qamrab olgan hamda 220 mingdan ortiq foydalanuvchi undan foydalangan. 🔗 CLIP platformasiga tashrif buyuring va ijodingizni himoya qilishni bugundan boshlang‼️ 🌐 https://goclip.org ✨ Ijod qiling. Huquqlaringizni biling. Ijodingizni himoya qiling! 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter