ru
Feedback
Intellektual mulk yangiliklari

Intellektual mulk yangiliklari

Открыть в Telegram

Adliya vazirligining rasmiy kanali Kontrafakt mahsulotlar, Mualliflik huquqi, Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling

Больше
3 432
Подписчики
-924 часа
+787 дней
+14330 день
Архив постов
#Adliya_xabari 📣 Jurnalistlar va blogerlarni "Maftunkor ranglar jilosi–2026" tadbirini yoritishga taklif etamiz 🎨 18-iyul k
#Adliya_xabari 📣 Jurnalistlar va blogerlarni "Maftunkor ranglar jilosi–2026" tadbirini yoritishga taklif etamiz 🎨 18-iyul kuni Bo‘stonliq tumanidagi "Olmos" Konvension markazida "Biz birgamiz!" ijtimoiy loyihasi doirasida 7–17 yoshdagi nogironligi bo‘lgan bolalar o‘rtasida "Maftunkor ranglar jilosi–2026" respublika rasm chizish tanlovi, rasm ko‘rgazmasi hamda shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tadi. 🖼 Tadbir davomida bolalarning ijod namunalari namoyish etilib, ularning iste'dodi va imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etiladi. 🎥 Ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlarni ushbu tadbirda ishtirok etish, uning yorqin lahzalarini keng jamoatchilikka yetkazish hamda nogironligi bo‘lgan bolalarning ijodiy salohiyatini keng targ‘ib etishga chorlaymiz. 🤝 Sizning e'tiboringiz va xolis yoritishingiz ezgulik, mehr va inklyuziv jamiyat g‘oyalarini yanada kengroq targ‘ib etishga xizmat qiladi. 📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 207-04-38 (ichki: 1072). 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

🌍 O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk sohasidagi 20-xalqaro shartnomaga qo‘shilmoqda 📍 Oliy Majlis Senatining o‘n ye
🌍 O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk sohasidagi 20-xalqaro shartnomaga qo‘shilmoqda 📍 Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida “Kelib chiqish joy nomlari va geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi Lissabon bitimining Jeneva aktiga (Jeneva, 2015-yil 20-may) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Mazkur xalqaro hujjatga qo‘shilish O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning navbatdagi muhim bosqichi bo‘lib, geografik ko‘rsatkichlar hamda tovar kelib chiqqan joy nomlarini xalqaro miqyosda ishonchli huquqiy muhofaza qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. ✅ Qonun qabul qilinishi natijasida: ✅ mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini xorijiy davlatlarda soddalashtirilgan tartibda xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi; ✅ geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlarini xorijda huquqiy muhofaza qilish xarajatlari o‘rtacha 4 barobargacha qisqaradi; ✅ arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari qisqaradi; ✅ hududiy brendlarni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va investitsiyaviy jozibadorlikni kuchaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi. 📌 Bugungi kunda O‘zbekistonda 32 ta geografik ko‘rsatkich va 4 ta tovar kelib chiqqan joy nomi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Jumladan, Chust pichog‘i, Samarqand noni, Marg‘ilon adrasi va Xorazm qovuni xalqaro bozorda yuqori salohiyatga ega milliy brendlar hisoblanadi. 🤝 Mazkur xalqaro shartnomaga qo‘shilish O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini qo‘llab-quvvatlash, milliy intellektual mulk obyektlarini xalqaro darajada samarali himoya qilish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning manfaatlarini yanada ishonchli ta’minlashga xizmat qiladi. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

⚡️ Dunyoning eng hashamatli global brendlaridan biri bo‘lgan Louis Vuitton tarixi haqida bilarmidingiz⁉️ Har bir buyuk brend ortida g‘oya, mehnat, sabr va yillar davomida shakllangan qadriyatlar yotadi. Louis Vuitton ham bir kunda dunyoga mashhur brendga aylanmagan. U kichik orzudan boshlanib, sifat, innovatsiya va izchillik tufayli jahon brendiga aylangan. 😍Bugungi kunda uning muvaffaqiyati nafaqat kuchli marketing va sifat, balki intellektual mulkni huquqiy himoya qilish, xususan, tovar belgisi va brend elementlarini samarali muhofaza qilish bilan ham chambarchas bog‘liq. 🎥 Ushbu videoda Louis Vuitton brendining yaratilish tarixi, dunyo bozoridagi muvaffaqiyati hamda brendni yaratish va uni huquqiy himoya qilishning ahamiyati haqida so‘z yuritamiz. 💄 Tomosha qiling va o‘z brendingizni huquqiy jihatdan himoya qiling‼️ 📚 "Dunyo brendlari tarixi" rukni. 1-qism. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

❕Intellektual mulk huquqlarini buzish holatiga chek qo‘yildi! ✅Adliya organlari tomonidan intellektual mulk huquqlarini samar
Intellektual mulk huquqlarini buzish holatiga chek qo‘yildi! ✅Adliya organlari tomonidan intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish hamda mazkur huquqlarga hurmat hissini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari va huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llanilayotgan ta’sirchoralarga qaramasdan hamon o‘zgalarning brendidan ruxsatsiz foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda. ✅Xususan, Adliya vazirligi tomonidan fuqaro A. Akbarovga tegishli “SHARP” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlar “N.T.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi. ✅ O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “N.T.” MChJ tomonidan “SHARP” tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilardan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish holatlari mavjudligi aniqlandi. ✅Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “N.T.” MChJ rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi birinchi qismiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi. ✅Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

#Adliya_xabari 🍬 “Qo‘qon holvasi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi 📍Farg‘ona viloyatiga xos bo‘
#Adliya_xabari 🍬 “Qo‘qon holvasi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi 📍Farg‘ona viloyatiga xos bo‘lgan “Qo‘qon holvasi” Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 📚 Tarixiy manbalarga ko‘ra, Qo‘qon shahri qadimdan hunarmandchilik va milliy qandolatchilik rivojlangan maskanlardan biri hisoblanadi. Aynan shu hududda shakllangan Qo‘qon holvasi o‘zining an’anaviy tayyorlash usuli, ta’mi va sifati bilan nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham e’tirof etilgan. ⚖️ Mahsulotning geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi uning nomi va an’anaviy tayyorlash texnologiyasining huquqiy himoyasini ta’minlaydi, shuningdek, mahsulotning o‘ziga xosligi va sifatini saqlashga xizmat qiladi. 🌍 Mazkur ro‘yxatga olish Farg‘ona viloyatining gastronomik merosini asrash, hududning milliy brendini rivojlantirish hamda uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning ma’lum bir hududga mansubligini hamda uning sifati, shuhrati va o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hududning tabiiy-iqlimiy va ijtimoiy-madaniy omillari bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir. Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

❕Brenddan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo‘yildi ✅Adliya organlari tomonidan intellektual mulk huquqlarini samarali him
Brenddan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo‘yildi ✅Adliya organlari tomonidan intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish hamda mazkur huquqlarga hurmat hissini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari va huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llanilayotgan ta’sir choralarga qaramasdan hamon o‘zgalarning brendidan ruxsatsiz foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda. ✅Jumladan, Adliya vazirligi tomonidan fuqaro M.Sultonovga tegishli “AMARA” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari fuqaro X.I. tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi. ✅ O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida fuqaro X.I. tomonidan “AMARA” tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilardan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish holatlari mavjudligi aniqlandi. ✅Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan fuqaro X.I. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi birinchi qismiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi. ✅Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz! Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

Birinchi xonimlarga libos tikuvchi tadbirkor ayol Kimlar unga teskqari qarab chiqib ketganu, pulga bo’lgan munosabati qanday? U nima uchun AQShdan vos kechgan? “Qaroqchi” bu gal Made in Uzbekistan'ga hissa qo’shayotgan tadbirkor va hunarmand ayolga rakurs qaratdi. To‘liq video bu yerda 👉 https://youtu.be/hKGMxC7J91M Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

"Bos, adliyada bir kunda ko‘rinasan" — bu tavsiya hayotimni o‘zgartirdi Nuridin Shermatov — Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti yetakchi maslahatchisi
Adliyaga kelganimga endigina ikki oy bo'ldi, bu joydan taklif bo'lgan paytda ustozlarimning birinchi aytgan gaplari "bos, ikki yil ishlading ko'rinmading, lekin adliyada bir kunda ko'rinasan" deyishdi. Ularning tavsiyasiga amal qilib keldim. 10 kun 15 kun ichida rahbarimizning ko'ziga ko'rindim, keyingi oyning o'zidayoq vazirimizga bir nechta loyihamizni taqdimot qildik. Shundan so'ng, Prezident Administratsiyasi ishchi guruhiga jalb qilinib, loyihaning muallifi sifatida ishlayapmiz.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

Tanlov jarayonidan lavhalar

#yilning_eng_faol_yosh_xodimi 🏆 “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlandi ⚖️ Adliya v
+9
#yilning_eng_faol_yosh_xodimi 🏆 “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlandi ⚖️ Adliya vazirligida adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. 👥 Tanlovda hududiy (saralash) bosqichlarda munosib natija ko‘rsatgan eng faol yosh xodimlar o‘zaro bilim, kasbiy mahorat, tahliliy fikrlash, tashabbuskorlik va liderlik salohiyatini namoyon etdi. 🎙 Tanlovning ochilish marosimida so‘zga chiqqan adliya vaziri o‘rinbosari Mirjalol Allakuliyev yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, bunday tanlovlar adliya tizimining ertangi rivoji uchun munosib kadrlar zaxirasini shakllantirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. 🔥 Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan tanlov yakunida hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar g‘olib deb topildi hamda tantanali ravishda taqdirlandi.
✅Natijalar: 🥇 1-o‘rin — SULAYMONOV Shuhrat To‘lqin o‘g‘li (Jizzax viloyati) 🥈 2-o‘rin — SHOYADBEKOV Shaxbozbek Shuxratbek o‘g‘li ("Adolat" MHAM) 🥉 3-o‘rin — YUSUPOVA Faringiz O‘ktam qizi (Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti)
🌟 Mazkur tanlov yosh xodimlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni yangi g‘oya va tashabbuslarga ruhlantirish hamda adliya tizimida faol, fidoyi va malakali kadrlar safini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

"Bos, adliyada bir kunda ko‘rinasan" — bu tavsiya hayotimni o‘zgartirdi Nuridin Shermatov — Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti yetakchi maslahatchisi
Adliyaga kelganimga endigina ikki oy bo'ldi, bu joydan taklif bo'lgan paytda ustozlarimning birinchi aytgan gaplari "bos, ikki yil ishlading ko'rinmading, lekin adliyada bir kunda ko'rinasan" deyishdi. Ularning tavsiyasiga amal qilib keldim. 10 kun 15 kun ichida rahbarimizning ko'ziga ko'rindim, keyingi oyning o'zidayoq vazirimizga bir nechta loyihamizni taqdimot qildik. Shundan so'ng, Prezident Administratsiyasi ishchi guruhiga jalb qilinib, loyihaning muallifi sifatida ishlayapmiz.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

Tanlov jarayonidan lavhalar

#yilning_eng_faol_yosh_xodimi 🏆 “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlandi ⚖️ Adliya v
+9
#yilning_eng_faol_yosh_xodimi 🏆 “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlandi ⚖️ Adliya vazirligida adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. 👥 Tanlovda hududiy (saralash) bosqichlarda munosib natija ko‘rsatgan eng faol yosh xodimlar o‘zaro bilim, kasbiy mahorat, tahliliy fikrlash, tashabbuskorlik va liderlik salohiyatini namoyon etdi. 🎙 Tanlovning ochilish marosimida so‘zga chiqqan adliya vaziri o‘rinbosari Mirjalol Allakuliyev yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, bunday tanlovlar adliya tizimining ertangi rivoji uchun munosib kadrlar zaxirasini shakllantirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. 🔥 Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan tanlov yakunida hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar g‘olib deb topildi hamda tantanali ravishda taqdirlandi.
✅Natijalar: 🥇 1-o‘rin — SULAYMONOV Shuhrat To‘lqin o‘g‘li (Jizzax viloyati) 🥈 2-o‘rin — SHOYADBEKOV Shaxbozbek Shuxratbek o‘g‘li ("Adolat" MHAM) 🥉 3-o‘rin — YUSUPOVA Faringiz O‘ktam qizi (Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti)
🌟 Mazkur tanlov yosh xodimlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni yangi g‘oya va tashabbuslarga ruhlantirish hamda adliya tizimida faol, fidoyi va malakali kadrlar safini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

#Diqqat_muhim 📣 Hurmatli hamyurtlar! Adliya vazirligining 1148 – “Ishonch telefoni” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzati
#Diqqat_muhim 📣 Hurmatli hamyurtlar! Adliya vazirligining 1148 – “Ishonch telefoni” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzatilmoqda. Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutaxassislar tomonidan choralar koʻrilmoqda. Muammolar bartaraf etilishi bilan bu haqida maʼlum qilamiz. Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz! Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

#Diqqat_so'rovnoma 📢 Hurmatli fuqarolar! ⚖️ Davlat xizmatlari markazlari faoliyati hamda ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari
#Diqqat_so'rovnoma 📢 Hurmatli fuqarolar! ⚖️ Davlat xizmatlari markazlari faoliyati hamda ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilash maqsadida fuqarolar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. 📝 So‘rovnoma orqali: 🔹 davlat xizmatlaridan foydalanish tajribangiz; 🔹 xizmat ko‘rsatish sifati; 🔹 Davlat xizmatlari markazlarida yaratilgan sharoitlar; 🔹 xodimlarning muomala madaniyati va malakasi; 🔹 mavjud muammo va takliflaringiz o‘rganiladi. 🤝 Sizning fikr va mulohazalaringiz davlat xizmatlarini yanada qulay, tezkor va sifatli tashkil etishga xizmat qiladi. ⏳ So‘rovnomada ishtirok etish uchun atigi bir necha daqiqa kifoya. 📌 Barcha fuqarolarni so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz! ✅ Sizning fikringiz biz uchun muhim! ✅ So'rovnomada ushbu havola orqali ishtirok etishingiz mumkin. Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

#Davlat_xizmatchilari_kuni 🇺🇿 Xalq xizmati yo‘lidagi fidoyilar ⚖️ 23-iyun — Davlat xizmatchilari kuni munosabati bilan davlat va jamiyat ravnaqi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan barcha davlat xizmatchilarini samimiy muborakbod etamiz! 🤝 Sizning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg‘usi mamlakatimiz taraqqiyoti, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xalq farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 📌 Davlat xizmati — bu nafaqat kasb, balki xalq ishonchini oqlash, jamiyat oldidagi yuksak mas’uliyatni sharaf bilan ado etishdir. ✨ Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz davlat xizmatchilari! Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

#jamoa 🇺🇿 Bir jamoa. Bir maqsad. Bir yurak. Adliya vaziri Akbar Tashkulov boshchiligidagi Adliya vazirligi jamoasi O‘zbekis
+9
#jamoa 🇺🇿 Bir jamoa. Bir maqsad. Bir yurak. Adliya vaziri Akbar Tashkulov boshchiligidagi Adliya vazirligi jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining uchrashuvini birgalikda tomosha qilib, futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatladi. Bu nafaqat futbol tomoshasi, balki jamoaviylik, hamjihatlik va birdamlikning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi. Birgalikda quvondik, birgalikda hayajonlandik va terma jamoamizga birgalikda muxlislik qildik. Chunki futbolning eng katta kuchi ham shunda — u insonlarni birlashtiradi. Bugun terma jamoamiz maydonda kurashgan bo‘lsa, millionlab yurtdoshlarimiz, jumladan Adliya vazirligi jamoasi ham ular bilan birga bo‘ldi. 34 yil kutilgan orzuning ro‘yobga chiqqani esa barchamiz uchun eng katta g‘alabadir. Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿 Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

🇺🇿 Bugun bir maqsad, bir yurak, bir bayroq ostida jam bo‘ldik. Adliya vazirligi jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining ilk uchrashuvini birgalikda tomosha qilmoqda. Futbol – bu shunchaki o‘yin emas, balki xalqni birlashtiradigan, Vatanga muhabbat va g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydigan kuchdir. Biz terma jamoamizga ishonamiz, ularni qo‘llab-quvvatlaymiz va g‘alabaga birgalikda ishonamiz! Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿

🇺🇿 Tarixiy lahzalar, unutilmas hissiyotlar! 34 yil davomida millionlab yurtdoshlarimiz qalbida yashagan orzu nihoyat ushaldi — O‘zbekiston Milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadi. Bu nafaqat sportdagi yutuq, balki butun xalqimizning birdamligi, ishonchi va g‘alabasidir. Adliya vazirligi jamoasi milliy terma jamoamizni Jahon chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonch bildiradi. Olg‘a, O‘zbekiston! ⚽️🇺🇿 #FIFAWorldCup #OlgʻaOʻzbekiston #BirJamoaBirMaqsad

❕“Uddaburon” tadbirkor maqsadi amalga oshmay qoldi. ✅Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni
“Uddaburon” tadbirkor maqsadi amalga oshmay qoldi. ✅Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas. ✅Shunday tadbirkorlardan biri “Y.W.” MChJ, tezda boyib ketish va katta foyda olish maqsadida “SAMSUNG ELECTRONICS CO. LTD” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan “SAMSUNG” tovar belgisiga iste’molchini adashtirish darajasida o‘xshash bo‘lgan “samsyng” belgili elektronika mahsulotlarini respublikamiz hududiga olib kirishga uringan. ✅ Holat yuzasidan “SAMSUNG ELECTRONICS CO. LTD” kompaniyasi sudga murojaat qildi va sudning 04.06.2026-yildagi qarori bilan “Y.W.” MChJning xatti-harakatlari intellektual mulk huquqlarining buzilishi deb topildi va “Y.W.” MChJ tomonidan xorijiy davlatdan import qilingan “samsyng” belgili elektronika mahsulotlariga nisbatan taqiq qo‘yildi hamda javobgardan sud xarajatlari undirilishi belgilandi. ✅Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot