uk
Feedback
Intellektual mulk yangiliklari

Intellektual mulk yangiliklari

Відкрити в Telegram

Adliya vazirligining rasmiy kanali Kontrafakt mahsulotlar, Mualliflik huquqi, Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling

Показати більше
3 374
Підписники
-324 години
+877 днів
+16030 день
Архів дописів
#jamoa 🇺🇿 Bir jamoa. Bir maqsad. Bir yurak. Adliya vaziri Akbar Tashkulov boshchiligidagi Adliya vazirligi jamoasi O‘zbekis
+9
#jamoa 🇺🇿 Bir jamoa. Bir maqsad. Bir yurak. Adliya vaziri Akbar Tashkulov boshchiligidagi Adliya vazirligi jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining uchrashuvini birgalikda tomosha qilib, futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatladi. Bu nafaqat futbol tomoshasi, balki jamoaviylik, hamjihatlik va birdamlikning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi. Birgalikda quvondik, birgalikda hayajonlandik va terma jamoamizga birgalikda muxlislik qildik. Chunki futbolning eng katta kuchi ham shunda — u insonlarni birlashtiradi. Bugun terma jamoamiz maydonda kurashgan bo‘lsa, millionlab yurtdoshlarimiz, jumladan Adliya vazirligi jamoasi ham ular bilan birga bo‘ldi. 34 yil kutilgan orzuning ro‘yobga chiqqani esa barchamiz uchun eng katta g‘alabadir. Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿 Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

🇺🇿 Bugun bir maqsad, bir yurak, bir bayroq ostida jam bo‘ldik. Adliya vazirligi jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining ilk uchrashuvini birgalikda tomosha qilmoqda. Futbol – bu shunchaki o‘yin emas, balki xalqni birlashtiradigan, Vatanga muhabbat va g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydigan kuchdir. Biz terma jamoamizga ishonamiz, ularni qo‘llab-quvvatlaymiz va g‘alabaga birgalikda ishonamiz! Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿

🇺🇿 Tarixiy lahzalar, unutilmas hissiyotlar! 34 yil davomida millionlab yurtdoshlarimiz qalbida yashagan orzu nihoyat ushaldi — O‘zbekiston Milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadi. Bu nafaqat sportdagi yutuq, balki butun xalqimizning birdamligi, ishonchi va g‘alabasidir. Adliya vazirligi jamoasi milliy terma jamoamizni Jahon chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonch bildiradi. Olg‘a, O‘zbekiston! ⚽️🇺🇿 #FIFAWorldCup #OlgʻaOʻzbekiston #BirJamoaBirMaqsad

❕“Uddaburon” tadbirkor maqsadi amalga oshmay qoldi. ✅Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni
“Uddaburon” tadbirkor maqsadi amalga oshmay qoldi. ✅Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas. ✅Shunday tadbirkorlardan biri “Y.W.” MChJ, tezda boyib ketish va katta foyda olish maqsadida “SAMSUNG ELECTRONICS CO. LTD” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan “SAMSUNG” tovar belgisiga iste’molchini adashtirish darajasida o‘xshash bo‘lgan “samsyng” belgili elektronika mahsulotlarini respublikamiz hududiga olib kirishga uringan. ✅ Holat yuzasidan “SAMSUNG ELECTRONICS CO. LTD” kompaniyasi sudga murojaat qildi va sudning 04.06.2026-yildagi qarori bilan “Y.W.” MChJning xatti-harakatlari intellektual mulk huquqlarining buzilishi deb topildi va “Y.W.” MChJ tomonidan xorijiy davlatdan import qilingan “samsyng” belgili elektronika mahsulotlariga nisbatan taqiq qo‘yildi hamda javobgardan sud xarajatlari undirilishi belgilandi. ✅Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

📚 V.Sinelnikov asarining kontrafakt nusxalarini sotgan tadbirkordan 10 mln so‘m tovon undiriladi. 🔹 Toshkent tumanlararo iq
📚 V.Sinelnikov asarining kontrafakt nusxalarini sotgan tadbirkordan 10 mln so‘m tovon undiriladi. 🔹 Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan muallif V.Sinelnikovning “Stressdan emlanish” kitobining kontrafakt nusxalari sotilishi bilan bog‘liq ish ko‘rib chiqildi. Ma'lumot uchun: hozirda ushbu asarning O'zbekistonda nashr etish va sotish huquqi shartnoma asosida "BUKHARA BOOKS PRINT" MChJga tegishli hisoblanadi. 🔹 Sud qaroriga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkor A.X.dan nashr huquqini shartnoma asosida olgan "BUKHARA BOOKS PRINT" MChJ foydasiga 10 mln so‘m miqdorida tovon undirilishi belgilandi.
‼️ Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq muallif yoki boshqa huquq egasi o‘z huquqlari buzilgan taqdirda, yetkazilgan zararni qoplash o‘rniga huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon undirishni talab qilishga haqli.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

#Intellektual_mulk ❕Intellektual mulk huquqlarini buzish holatiga chek qo‘yildi! ✅Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z bren
#Intellektual_mulk ❕Intellektual mulk huquqlarini buzish holatiga chek qo‘yildi! ✅Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas. ✅Xususan, Adliya vazirligi tomonidan fuqaro N. Fayzullayevga tegishli “Darco Plus” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari YTT “G.O.” tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi. ✅ O‘tkazilgan tekshiruv natijasida YTT “G.O.” tomonidan “Darco Plus” tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilardan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish holatlari mavjudligi aniqlandi. ✅Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan YTT “G.O.” rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi birinchi qismiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi. ✅Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz! Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

#Intellektual_mulk ✅“ANDIJON DEVZIRA OSHI” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi ✅Andijon devzira oshi
#Intellektual_mulk ✅“ANDIJON DEVZIRA OSHI” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi ✅Andijon devzira oshi asrlar davomida shakllangan oshpazlik an’analari, o‘ziga xos tayyorlanish usuli va noyob ta’mi bilan ajralib turadigan milliy taom hisoblanadi. Ushbu osh turi asosan Farg‘ona vodiysida yetishtiriladigan mashhur devzira guruchi asosida tayyorlanadi. ✅Devzira guruchi o‘zining qizg‘ish tusli, zich va sifatli donalari bilan ajralib turib, oshga betakror ta’m, xushbo‘ylik hamda dona-dona ko‘rinish bag‘ishlaydi. ✅ Geografik ko‘rsatkich maqomining berilishi “Andijon devzira oshi” nomi va uning an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qilish, mahsulotning o‘ziga xosligini saqlab qolish hamda uning sifat kafolatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. 🌍 Mazkur maqom Andijon viloyatining gastronomik salohiyatini namoyon etish, milliy brendlarni rivojlantirish, turizmni qo‘llab-quvvatlash va o‘zbek oshpazlik madaniyatini xalqaro miqyosda targ‘ib etish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. 🤝 Andijon devzira oshi — nafaqat milliy taom, balki xalqimizning mehmondo‘stligi, qadriyatlari va boy madaniy merosining yorqin timsolidir. 📌 Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning ma’lum hudud bilan bog‘liqligini hamda uning sifati va obro‘-e’tibori aynan shu hududning tabiiy va ijtimoiy omillari bilan chambarchas bog‘liq ekanligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir. Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

#Men_bilgan_adliya ✅Adliya vazirligining intellektual mulk sohasiga oid huquqiy madaniyatni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratilgan “Qaroqchi” lloyihasi haqida qanday fikrdasiz? 🔵Ushbu savolga huquqshunos, kino aktyor va jamoat faoli Otabek Mahkamov javob berdi.

“BYD COMPANY LIMITED” kompaniyasining avtomobili sanoat namunasi sifatida Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Sanoat na
“BYD COMPANY LIMITED” kompaniyasining avtomobili sanoat namunasi sifatida Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Sanoat namunasi bu: buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunalari jumlasiga kiradi. Boshqacha qilib aytganda, bu mahsulotning texnik funksiyasini emas, balki uning noyob estetik ko‘rinishini himoya qiluvchi ro‘yxatdan o‘tgan intellektual mulk obyektidir. Sanoat namunasi ro‘yxatdan o‘tkazilishi va qonuniy himoya qilinishi uchun (patent olish uchun) u ikkita asosiy mezonga javob berishi kerak: Yangilik: Uning asosiy xususiyatlarining yig‘indisi ustuvorlik sanasidan (ariza topshirilgan sana) oldin ommaga ochiq manbalardan ma’lum bo‘lmasligi kerak. Originallik: Dizaynning asosiy xususiyatlari uning noyob, ijodiy xususiyatini belgilashi kerak. Sanoat namunasi uchun patent uning egasiga (patent egasiga) dizayndan foydalanishning mutlaq huquqini beradi va boshqalarga uni ruxsatsiz nusxalash yoki undan foydalanishni taqiqlaydi. Ma’lumot uchun: Sanoat namunasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin. Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

Orzularim ustidan kulishgan – Otabek Mahkamov Kitob o‘g‘risi o‘g‘ri emasmi? Xalq artistlari va ularga berilayotgan unvonlar qanchalik odil? Qonunlar ishlamasigiga sabab… Barcha savollarga javoblarni “Qaroqchi”ning navbatdagi sonida tomosha qiling! To‘liq videoni ko‘rish👉 https://youtu.be/5O9J7fG8iHU

#Adliya_xabari 📢“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasiga start berildi 📅 Joriy yilning 25-mayi
#Adliya_xabari 📢“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasiga start berildi 📅 Joriy yilning 25-mayidan 25-iyuniga qadar Adliya vazirligi tomonidan respublika bo‘ylab “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi. 🔹 Aksiya doirasida bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish, buzilgan huquqlarini tiklash, huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlar bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib boriladi. 🔹 Shuningdek: ✅ sayyor qabullar va “Adliya kuni” tadbirlari; ✅ “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari; ✅ huquqiy targ‘ibot tadbirlari va seminar-treninglar; ✅ “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkalari; ✅ bolalar va yoshlarni qiynayotgan huquqiy muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy tadbirlar tashkil etiladi. 📌 Aksiya davomida bolalar va yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan huquqiy yordam ko‘lamini kengaytirish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratiladi. Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

#Adliya_tabrigi Aziz yurtdoshlar! Jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlovchi muqaddas ayyom – Qurbon hayiti bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz. Yurtimizda tinchlik bardavom bo‘lsin, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin. Hurmat bilan, Adliya vazirligi jamoasi 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

Repost from Biznes-ombudsman
👍 Brifing: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayonlari   Bugun, 25-may kuni Biznes-ombudsman Axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.   Unda 2026-yil 20-avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayonlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.   Tayyorgarlik raqamlarda: 👍 44 ta vazirlik va idora mutaxassislaridan iborat Respublika shtabi va ekspert guruhlari tuzildi.   👍 Mas’ul tashkilotlar tomonidan hududlarda 65 ta uchrashuv o‘tkazilib, 890 nafar tadbirkorning murojaatlari qabul qilindi (23-may holatiga).   👍 Biznes-ombudsman va SSP tomonidan o‘tkazilgan 5 ta uchrashuvda tekshiruvlar bilan bog‘liq 149 ta tizimli takliflar olindi (23-may holatiga).   👍 Batafsil saytda o‘qishingiz mumkin. Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

📢 HURMATLI FUQAROLAR! 📌 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi tahrirda ishlab chiqilmoqda. ⚖️ Bundan ko‘zlangan m
📢 HURMATLI FUQAROLAR! 📌 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi tahrirda ishlab chiqilmoqda. ⚖️ Bundan ko‘zlangan maqsad – ma’muriy javobgarlik tizimini zamon talablariga moslashtirish, huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini qayta ko‘rib chiqish hamda fuqarolar va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni aniq tartibga solish. 📨 Kodeksni jamoatchilik fikri asosida takomillashtirish maqsadida fuqarolardan qaysi huquqbuzarlik va jazolarni o‘zgartirish yoki bekor qilish, jazo qo‘llash jarayoni va boshqa masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalarni qabul qilish uchun Telegram-bot ishga tushirildi: @kodeks_taklif_bot 📩 Sizning fikr va mulohazalaringiz biz uchun muhim! Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

#Intellektual_mulk ✅Tovar belgisi huquqiy himoya qilindi. "Selena Marketing International" (Polsha) kompaniyasi murojaatiga a
+5
#Intellektual_mulk Tovar belgisi huquqiy himoya qilindi. "Selena Marketing International" (Polsha) kompaniyasi murojaatiga asosan Vazirlik tomonidan huquqbuzar O.P. faoliyatida tekshiruv o'tkazildi. Tekshiruv natijasida qurilish faoliyatida keng qo'llaniluvchi "TYTAN" tovar belgiligi germetik kley mahsulotining kontrafakt nusxalari sotilayotgani aniqlandi. Qonun buzilish holati yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi 1-qismiga muvofiq ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hurmatli tadbirkorlar! Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz. Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

#Intellektual_mulk “G‘ijduvon kulolchilik buyumlari” Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxat
+1
#Intellektual_mulk “G‘ijduvon kulolchilik buyumlari” Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 60 ga yaqin mahsulot turi va 300 dan ortiq an’anaviy naqshlarni o‘zida jamlagan G‘ijduvon kulolchiligi — milliy san’atimizning haqiqiy faxridir. Ushbu uch asrlik go‘zal an’anani bugun Narzullayevlar sulolasi munosib davom ettirmoqda. Bugungi kunda sulolaning 6 va 7-avlod vakillari 140 dan ortiq xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashib, o‘zbek madaniyatini dunyoga tanitmoqda. Eng muhimi, ular hamon qadimgi va sof texnologiyalardan foydalanishadi. “G‘ijduvon kulolchilik buyumlari” Geografik ko‘rsatkich sifatida e’tirof etilishi nafaqat uning an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy himoya qiladi, balki mahsulot nufuzini oshirib, hududning madaniy va turistik brendini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga yo‘l ochadi. Ma’lumot uchun: Geografik ko‘rsatkich — mahsulotning ma’lum bir hududga mansubligini, uning sifati va obro‘si aynan shu yerning tabiiy-iqlimiy hamda ijtimoiy-madaniy omillariga bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir. Geografik ko‘rsatkichni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirish Adliya vazirligining im.adliya.uz portali orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi. Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

#Adliya_va_yoshlar #ResearchSchool Ilmiy faoliyatni nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Yoki tadqiqot qilishni xohlaysiz-u, amm
#Adliya_va_yoshlar #ResearchSchool
Ilmiy faoliyatni nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Yoki tadqiqot qilishni xohlaysiz-u, ammo qayerdan boshlash kerakligini o‘ylayapsizmi?
⚖️ Adliya vazirligi Yoshlar kengashi aynan siz uchun “Adliya yoshlari uchun Research School: ilmiy faoliyatni tashkil etish strategiyalari” mavzusida ilmiy-o‘quv seminarini tashkil etadi! 🎓 Seminar davomida siz: ✅ ilmiy izlanishni qanday boshlash; ✅ mavzuni to‘g‘ri tanlash; ✅ tadqiqotni tizimli tashkil etish; ✅ ilmiy maqola va izlanishlarda uchraydigan xatolardan qochish; ✅ ilmiy faoliyatni shaxsiy rivojlanish strategiyasiga aylantirish bo‘yicha foydali bilimlarga ega bo‘lasiz. 👩‍🏫 Seminar spikeri — TDYU Huquq, jamiyat va madaniyat sho‘basi professor v.b., pedagogika fanlari doktori Allayarova Soliha Narzulloyevna. 📅 21-may ⏰ Soat: 10:00 📍 Manzil: Adliya vazirligi binosi hamda "ZOOM" platformasi orqali 🚀 Ilmiy faoliyat — bu nafaqat maqola yozish, balki o‘z ustingizda ishlash, tahliliy fikrlash va professional rivojlanish sari muhim qadamdir!
❗️Kelajagini ilm bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan barcha yosh xodimlarni kutamiz!
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

#Adliya_xabari #Intellektual_mulk 🏺 “G‘ijduvon kulolchilik buyumlari” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tk
+5
#Adliya_xabari #Intellektual_mulk 🏺 “G‘ijduvon kulolchilik buyumlari” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi 🔹Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumaniga xos bo‘lgan “G‘ijduvon kulolchilik buyumlari” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 🔹G‘ijduvon kulolchilik maktabi asrlar davomida shakllangan noyob an’analari, tabiiy xomashyolardan foydalanishga asoslangan ishlab chiqarish texnologiyasi hamda o‘ziga xos naqsh va bezak uslublari bilan ajralib turadi. 🔹Mazkur kulolchilik yo‘nalishida 60 ga yaqin mahsulot turlari hamda 300 dan ortiq barqaror naqsh kompozitsiyalari avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. 🔹Kulolchilik buyumlarini tayyorlashda mahalliy sof tuproq, rangli gillar, tabiiy bo‘yoqlar va ishqor siri kabi tabiiy xomashyolardan foydalaniladi. Buyumlarning och yashil, jigarrang va ko‘k rang uyg‘unligi, shuningdek, “Mehrobi”, “Parragul”, “Madohil”, “Lo‘ndagul”, “Guli bodom” va “Lolagul” kabi an’anaviy naqshlari ushbu maktabning o‘ziga xosligini namoyon etadi. 🔹Shuningdek, G‘ijduvon kulolchilik an’analarini uch asrlik tarixga ega Narzullayevlar sulolasi vakillari bugungi kungacha davom ettirib kelmoqda. 📌 Geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mazkur mahsulot nomi, uning tarixiy an’analari va tayyorlash texnologiyasining huquqiy himoyasini ta’minlaydi hamda milliy hunarmandchilik brendini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

Amerikalik tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese mualliflik huquqi buzilgani uchun sudda g‘alaba qozondi: O‘zDJTU 18 mln 75
Amerikalik tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese mualliflik huquqi buzilgani uchun sudda g‘alaba qozondi: O‘zDJTU 18 mln 750 ming so‘m tovon to‘laydi. 🔹Joriy yilning aprel oyida sharqshunos olim Mark Reese tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga mualliflik huquqi buzilishi natijasida yetkazilgan zarar yuzasidan tovon puli (kompensatsiya) undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi kiritilgan. 🔹Mazkur da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mas’ul xodimi M. Chutpulatovdan da’vogar Mark Reese foydasiga BHMning 50 baravari ya'ni 18 millon 750 ming so'm miqdorida tovon undirilishi belgilandi. 🔹Eslatib o'tamiz, avvalroq tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese uning 15 yil davomida ingliz tiliga (“Bygone Days”) tarjima qilgan “O‘tkan kunlar” asarining ruxsatsiz elektron shaklda tarqalayotgani haqida Adliya vazirligiga murojaat qilgan edi. Murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘rganish o‘tkazilib aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha universitet mas’ul xodimiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan. Sud qaroriga ko‘ra, mas’ul xodimga 2 060 000 so‘m miqdorida jarima belgilangan hamda asarning elektron nusxasini unilibrary.uz tizimidan o‘chirish majburiyati yuklatilgan.
‼️Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

"Jurnalistlarni hamkasb deb bilmayman"-Qamariddin Shayxov.
Qalampir.uz asoschisi kimlarni shallaqi deb atadi? Mediadagi haqiqatlar va pora taklif qiluvchilar.
Batafsil 👉https://youtu.be/kiX0yKbG_b4?si=6nM1gE15_4xNv1iD Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote