ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

Intellektual mulk yangiliklari

Intellektual mulk yangiliklari

الذهاب إلى القناة على Telegram

Adliya vazirligining rasmiy kanali Kontrafakt mahsulotlar, Mualliflik huquqi, Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling

إظهار المزيد
3 287
المشتركون
-624 ساعات
-167 أيام
-5830 أيام
أرشيف المشاركات
#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

#Adliya_xabari “Samarqand noni” brendi tovar belgisi sifatida ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. (Ma'lumot uchun, 2025-yilnin
#Adliya_xabari “Samarqand noni” brendi tovar belgisi sifatida ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. (Ma'lumot uchun, 2025-yilning fevral oyida “Samarqand noni” geografik ko'rsatkich sifatida davlat ro'yxatidan oʻtkazilgan edi) Mazkur ro‘yxatdan o‘tkazish Samarqand nonining o‘ziga xosligini e’tirof etish, milliy gastronomik merosimizni asrash hamda ushbu mahsulotning bozordagi nufuzini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
“Samarqand noni” nomining geografik ko‘rsatkich va tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi milliy brendlarni huquqiy muhofaza qilish hamda ularning iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi. Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi 📣#Mutaxassis_soʻzi ⚡ «Inson va qonun» gazetasining 41-sonida yangi maqola! 2026-yil 13-oktyabr kuni nashr etilgan «Inson va qonun» gazetasining 41-sonida Adliya vazirligi Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi Madina Mahmudova muallifligidagi «Suratingiz o‘zingiznikimi?» nomli maqola chop etildi. ❗️Maqola bilan gazetaning 7-betida tanishishingiz mumkin

#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi 🇵🇲 Internetda bor ekan, foydalanish mumkinmi? Muallif ko‘rsatilmagan bo‘lsa-chi? © belgisi bo‘lmasa, kontentdan foydalanish mumkinmi? Mualliflik huquqi buzilgan taqdirda qanday yo‘l tutish kerak? Ushbu savollarga batafsil javobni videomizda bilib oling! 🎥 ✅ Unutmang: internet ham qonunlardan xoli hudud emas! #Adliya #MualliflikHuquqi #HuquqiySavodxonlik 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

#OAV_biz_haqimizda “SEVIMLI”DA MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSH HUQUQLAR MASALASIDA SEMINAR BO'LIB O'TDI 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

📣#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi ⚠️ Gonorar oldingizmi? Bu hali hammasi emas! Asar yaratganingiz uchun olgan bir martalik haq — gonorar. Asaringizdan keyinchalik foydalanish uchun doimiy olinadigan haq esa — royalti bo‘lishi mumkin. 📌 Lekin royalti har doim avtomatik to‘lanmaydi — shartnoma va qonunchilik muhim! 💡 Ijodkor bo‘lsangiz, bu farqni bilishingiz kerak. 🔹 Batafsil 👉 videoda 🔖 O‘zingiz uchun saqlab qo‘ying va ijodkor tanishlaringizga yuboring! #MualliflikHuquqiniHimoyaQilishOyi #MualliflikHuquqi #Ijod 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

📣#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi 📣 Har yili Adliya vazirligi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi» doirasida ijodkorlarning huquqiy himoyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda — Sizningcha, bunday tashabbuslar ijodkorlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda qanchalik muhim⁉️ 🔵Ushbu savolga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, shoira va yozuvchi Farida Afro'z javob berdi. 🔹 Batafsil 👉 videoda #MualliflikHuquqiniHimoyaQilishOyi #MualliflikHuquqi #Ijod

📣#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

📣#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi 📜 Mualliflik huquqi aslida qayerda paydo bo‘lgan⁉️ Ko‘pchilik bu savolga javob berar ekan, 1474-yil — Venetsiyani tilga oladi. Ammo O‘zbekiston Milliy arxividan topilgan noyob manba bu tarixni yanada oldinga olib borishi mumkin… 👀 Eng qizig‘i, bu manba Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davri bilan bog‘liq! ✅ Demak, mualliflik huquqining ilk asoslari biz o‘ylagandan ancha avval — Markaziy Osiyoda shakllangan bo‘lishi mumkinmi? 📹 Bu qanday manba? Unda nima yozilgan? Va mualliflik huquqi tarixida Mirzo Ulug‘bekning qanday o‘rni bor? Barcha javoblar — videoda! 🎥 👇 Videoni tomosha qiling va fikringizni izohlarda qoldiring. Bu tarixiy ma’lumot haqida avval eshitganmisiz? #MualliflikHuquqiniHimoyaQilishOyi #MualliflikHuquqi #Ijod 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

📃 Sanoat namunasiga patent olish endi YIDXP orqali! 🌐 Sanoat namunasiga patent olish bo‘yicha davlat xizmati my.gov.uz (YID
📃 Sanoat namunasiga patent olish endi YIDXP orqali! 🌐 Sanoat namunasiga patent olish bo‘yicha davlat xizmati my.gov.uz (YIDXP) orqali elektron shaklda joriy etildi. 👥 Kimlar foydalanishi mumkin? Yuridik va jismoniy shaxslar. 🏢 Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. 🗂 Xizmatdan foydalanish uchun: ✅ buyumning tashqi ko‘rinishi haqida batafsil tasavvur beruvchi tasvirlar to‘plami; ✅ sanoat namunasining tavsifi; ✅ zarur hollarda buyum umumiy ko‘rinishining chizmasi, ergonomik sxemasi yoki konfeksion xaritasi; ✅ Konvensiya ustuvorligi so‘ralganda — birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusxasi va uning tarjimasi; ✅ hujjatlar boshqa tilda taqdim etilgan bo‘lsa — ularning belgilangan tartibdagi tarjimasi. 💰 To‘lov miqdori: Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda undiriladi. ⏱️ Xizmat ko‘rsatish muddati: Yagona portal orqali avtomatik tarzda. 📲 Xizmatdan foydalanish: my.gov.uz → xizmatlar → Sanoat namunasiga patent olish 📌 Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 297-son qarori. 🔗 Xizmatdan foydalaning: my.gov.uz 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

📃 Seleksiya yutug‘iga patent olish endi YIDXP orqali! 🌐 Seleksiya yutug‘i, jumladan hayvon zotlariga patent olish bo‘yicha
📃 Seleksiya yutug‘iga patent olish endi YIDXP orqali! 🌐 Seleksiya yutug‘i, jumladan hayvon zotlariga patent olish bo‘yicha davlat xizmati my.gov.uz (YIDXP) orqali elektron shaklda joriy etildi. 👥 Kimlar foydalanishi mumkin? Yuridik va jismoniy shaxslar. 🏢 Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. 🗂 Xizmatdan foydalanish uchun: ✅ seleksiya yutug‘ining nomi to‘g‘risidagi taklif; ✅ seleksiya yutug‘ining tavsifi (texnik anketa); ✅ seleksiya yutug‘i namunalarining fotosuratlari; ✅ seleksiya yutug‘i sinovlariga doir hujjatlar; ✅ ustuvorlikni tasdiqlovchi hujjat (agar so‘ralgan bo‘lsa); ✅ patent bojidan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat (mavjud bo‘lsa). 💰 To‘lov miqdori: Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda undiriladi. ⏱️ Xizmat ko‘rsatish muddati: Yagona portal orqali avtomatik tarzda. 📲 Xizmatdan foydalanish: my.gov.uz → Sohalar → Adliya → Seleksiya yutug‘i (Hayvon zotlari)ga patent olish 📌 Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 297-son qarori. 🔗 Xizmatdan foydalanish uchun: my.gov.uz 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

#Adliya_xabari ❕Adliya vazirligi hamda Toshkent mediatsiya markazi bilan hamkorlikda respublika bo‘ylab tashkil etiluvchi “IP
#Adliya_xabari ❕Adliya vazirligi hamda Toshkent mediatsiya markazi bilan hamkorlikda respublika bo‘ylab tashkil etiluvchi “IP Mediation” loyihasi o‘tkazilmoqda. ✅ Bunda, asarlar, brendlar, ixtirolar yoki boshqa intellektual mulk obyektlaridan foydalanishda nizolashayotgan taraflar ishlarni mediatsiya tartibida hal etish uchun Toshkent mediatsiya markaziga murojaat qilishlari mumkin. ✅Loyiha doirasida Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti tomonidan bilim va malakalari oshirilgan professional mediatorlar tomonidan quyidagi mazmundagi ishlar ko‘rib chiqilishi mumkin: ✅ patentlar, tovar belgilari, mualliflik va turdosh huquqlar obyektlari, tijorat siri hamda nou-xauga bo‘lgan huquqlarni buzish bilan bog‘liq nizolar; ✅ litsenziya nizolari, shuningdek dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazalari va boshqa raqamli mahsulotlardan foydalanish va ularni taqdim etish to‘g‘risidagi shartnomalardan kelib chiqadigan nizolar; ✅ intellektual mulk obyektlaridan domen nomlarida foydalanish bilan bog‘liq nizolar. ✅ Loyiha doirasida mediatsiya ishi bo‘yicha axborot uchrashuvlari tekin tarzda amalga oshiriladi. ⚠️ Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun hududiy adliya boshqarmalari, Toshkent mediatsiya markazi yoki vazirlikning +998 71 207-01-87 (1835, 1840) raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter